Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 2

4000 so'm


Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 2

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari

Slayd 2

Reja:
Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar, ularning ahamiyati.
Individualva guruh mashg‘ulotlari.
Klubmashg‘ulotlari, ommaviy ishlar va ularning turlari

Slayd 3

Darsdan tashqari ishlar uy ishlari (vazifalar)ga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o’quv-tajriba maydonchasidagi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo’yicha bajariladigan ishlar kiradi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish, Shuningdek, maktab dasturini kengay-tirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi.

Slayd 4

Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’l-magan ko’ngilli shakllari: indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, «Yosh tabiatShunoslar» to’garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv material! Asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan chek-lanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarli hamda kerakli tomonlarini ochib beradi.

Slayd 5

Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olin-gan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkret-lashtirish,tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imko-niyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o’quvchilarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko’nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni teranlashtiradi. Tabiatshunoslik bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini bar tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.
Uzoq muddatli tajribalar o’tkazish, gerbariy va kolleksiyalar uchun material yig’ish, model, maket va boshqa ko’rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o’rganishni hayot bilan bog’lash va o’quvchilarni politexnik tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo’lgan amaliy o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi.

Slayd 6

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni.
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’rganish va muhofaza qilish, o’sirnliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e’tiborini tabiat, Shuningdek, maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o’qish bilan birga olib borilishi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o’ylab chiqish zarur.

Slayd 7

Slayd 8

Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1- Guruhga ko’plab o’quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar;
2- guruhga cheklangan o’quvchilar doirasida olib boriladigan to’garak ishlari;
3- guruhga tabiatni o’rganishga qiziqqan ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg’ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va yurislar o’tkazishni, ertaliklar, o’quvchilar ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilishni, Shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog’ haftaligi, daraxtlar o’tqazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar)ni o’tkazishni nazarda tutadi.
Guruh mashg’ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatShunoslar kabi klub ishlari kiradi.
Individual mashg’ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqa-rishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o’quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o’qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o’z ichiga oladi.

Slayd 9

Individual ishlar.
Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo’lmaganda qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilar bilan tabiatshunoslik bo’yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o’qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o’quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o’ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o’qitishni qanday yo’lga qo’yishiga o’quv-chilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog’liqdir.
Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko’nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to’ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.

Slayd 10

Ommaviy ishlar.
Tabiatshunosllk bo’yicha sinfdan tashqari ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino-filmlarni ko’rsatish biian birga tematik kechalar, har xil tadbiriar (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o’tqazish, Hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o’z ichiga oladi.Ulardan maqsad — sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko’proq o’quvchilarni jalb etish, ularda qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg’otish, bolalar faolligini yo’lga qo’yish, ularni ijtimoiy-foydali ishlarga yo’naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir.
Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. U yoki bu tadbirni o’tkazish uchun oldindan uncha katta bo’lmagan tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlarni hamma qatnashchilarga taqsimlash kerak. Gunihning har bir a’zosi o’z zimmasiga rejaning muayyan bo’limini bajarish mas’uliyatini oladi. Chunonchi, «Bahor keldi» nornli bayram tadbiriga tayyorla-nishda o’quvchilardan biri bahor to’g’risida axborot beradi, boshqasi — otaliqqa olingan sinf biian badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi – ijrochilar uchun kiyim-kechak, to’rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo.

Slayd 11

Bilimni tekshirish uchun savollar
Sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tuShunasiz?
Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati nimada?
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmunini qanday lushunasiz?
Sinfdan tashqari ishlarning qaysi turlarini bilasiz?
Individual,guruh va ommaviy mashg’ulotlarning xususiyatlari nimada?
Individualtopshiriqlar qanday ahamiyatga ega?
Individualtopshiriqlami bajarishda o’qituvchining vazifasi nimalardan iborat?
Guruh mashg’ulotlarining ahamiyati qanday?
Sinfdan tashqari ishlarda to’garaklar qanday ahamiyatga ega?
«Hamma narsani bilishni istayman» to’garagiriing rejasi qanday tuziladi?

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

one × 3 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar