Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari

4000 so'm


Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari

 

 

Slayd 1

Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari.

Slayd 2

Sinf rahbari kim?
Uning shaxsi pedagogik-psixologik hususiyatlari to’g’risida nimalarni bilasiz?

Slayd 3

Sinf Rahbari
Sinf rahbari o’z o’quvchilarini erkin fikrlashga tayyorlash, milliy va umum insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashi, vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirishi kerak.
Sinf rahbari «Ta’lim to’g’risidagi “ Qonun, O’zbekiston Respublikasining
umumta’lim maktabi to’g’risidagi Nizom, O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risidagi Nizom va boshqa pedagogik hujjatlar asosida faoliyat olib boradi.

Slayd 4

Sinf rahbari
Biror fandan yaxshi o’zlashtira olmayotgan o’quvchi bilan bevosita o’zi shug’ullanadi, fan o’qituvchilarini ham jalb qiladi Ishining hajmi, ko’lami faoliyatining rangba- rangligi jihatidan sinf rahbarini maktabdagi biror bir ma’muriy yoki oddiy xodimga tenglashtirib bo’lmaydi. Sinfdan tashqari o’qish va tarbiyaviy tadbirlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu ishlarga kutubxonachi ota-onalarni ham jalb qiladi.

Slayd 5

Aqliy tarbiya
Sinf rahbariningtarbiyaviy ish yo’nalishlari
Vatanparvarlik tarbiyasi
Huqiy tarbiya
Nafosat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasi
Jismoniy tarbiya
Iqtisodiy tarbiya
Ekologik tarbiya
Shaxsiy ozodalik atrbiyasi

Slayd 6

Sinf rahbari ish rejasi
Sinf rahbarining ish rejasi –faoliyatining ajralmas qismi bo’lib, o’qituvchining o’quvchilar arbiyasiga yo’naltirilgan munosabati ushbu rejada o’z aksini topadi.

Slayd 7

Sinf jamoasiga tavsifnoma berish;
Sinf jamoasining faoliyat ko’rsatkichi;
Tarbiyaviy ishlar tahlili hamda sinf jamoasiga asoslangan holda
yangi o’quv yiliga tarbiyaviy maqsad va vazifalarni belgilab olish;
Ota-onalar bilan ishlash;
Jamoatchilik bilan hamkorlik ishlari;
O’tgan o’quv yilidagi sinfning tarbiyaviy ishlarini tahlil qilish (agar sinf bilan avval ham ishlagan bo’lsa)
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasining tuzilmasi
O’quvchilar bilan individual ishlash;
Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash; Pedagogik kuzatishlar
-Fan o’qituvchilari bilan aloqa; O’tkaziladigan tadbirlar.

Slayd 8

O’tkazilgan tadbirlar soni, shakli va metodlari. Ularning natijaviyligi, sinf jamoasiga hamda sinf rahbarining nazoratida bo’lgan o’quvchilarga umumiy ta’siri;
o’zini- o’zi boshqarish bo’yicha bajarilgan ishlar, umumiy faollik;
ota-oanalar bilan ishlash shakllari, samaradorligi, faol ota-onalar guruhini tuzish;
jamoatchilik bilan ishlash shakl va usullari;
-tarbiyaviy ishlar tahlili bo’yicha xulosa qilish.
Rejalashtirish bir necha bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichida e’tibor berish kerak:

Slayd 9

Ikkinchi bosqichda sinf rahbari o’zining, fan o’qituvchilarining ota-onalarning oldiga strategik,taktik maqsad qo’yadi. Bunda quydagilarga e’tibor beriladi:
Reallik-aniq bir vaziyatning imkoniyatlarini hisobga olish;
Izchillik-faoliyatning har bir bosqichida maqsad va vazifalarni bog’lash;
Moslik- faoliyatning har-bir ishtirokchisining maqsad va vazifalarining bog’liqligi;
Aniqlik- aniq natijaga erish;
Diagnostik-pedagogik jarayonning barcha ishtirokchilarining ehtiyoji va imkoniyatlarini doimiy o’rganish asosida maqsad va vazifalarni o’rganish

Slayd 10

Rejalashtirishning uchunchi bosqichida sinf jamoasining rivojlanishi diagnostika va monitoring qilish uchun turli anketa so’rovlari o’tkaziladi. Bunda quydagilarga e’tibor qaratiladi:
Tarbiyaviylik, shaxslar aro munosabat, bilish darajasi, maktab hayotidan mamnunligi o’z-o’zini baholashi;
Olingan ma’lumotlar o’tgan o’quv yilidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi, sinf jamoasining rivojlanish grafigi tuziladi

Slayd 11

Tarbiyaviy
Ishlarning muhim yo’nalishlari
Umummadaniy yo’nalish- estetik rivojlanish, salomatlik madaniyati,
ekologik tarbiya.
Umumintelektual yo’nakish – dars jarayonidagi hamda darsdan
tashqari faoliyati, darsdan tashqari tadbirlar.
Ijtimoiy-ahloqiy yo’nalish- o’z-o’zini boshqarish,
kasbiy tayyorgarlik

Slayd 12

Unda bolaning:
-Psixo- fiziologik,
-intellektual,
-axloqiy rivojlanishi yozib boriladi.
O’quvchilar bilan individual ishlashda «O’quvchining individual xaritasi» ishlab chiqiladi.

Slayd 13

O’quvchining portfoliosi tashkil qilinadi. Bunda:
Rezyume tanishuv;
“Mening o’qishdagi muvaffaqiyatlarim»
Darsdan tashqari faoliyati
Olingan faxriy yorliqlar, medallari, tashakkurnomalari va boshqalar o’z aksini topadi.

Slayd 14

Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish- bu maqsad va vazifalar, ularga erishish yo’llari, usul va shakllari belgilab berilgan tarbiyaviy jarayonning loyihasini ishlab chiqish demakdir.

Slayd 15

Sinf rahbarining siklogrammasi
Ushbu atama siz tinglovchilar uchun yaxshi tanish. Cunki sinf rahbari har kuni o’quvchilarni ta’lim- tarbiyasidan tortib, ota- onalari, do’stlari bilan o’zaro munosabati, darslardagi ishtirokiyu, o’zlashtirish darajasi bilan shug’ullanishi lozim. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, uning kinlik, haftalik, oylik, choraklik hamda yillik takrorlanuvchi ishlar siklogrammasi mavjud. Uni to’g’ri yo’lga qo’ya olgan sinf raxbari maqsadlarni belgilab olish va o’quvchilar bilan tizimli tarbiyaviy ishlarni olib borishda chalg’imaydi. Shu bois e’tiboringizga na’munaviy siklogramma havola etiladi. Marhamat tanishib chiqing:

Slayd 16

Har kuni:
Kech qolgan o’quvchilar bilan ishlash hamda o’quvchilarning darsda qatnashmaganlik sabablarini aniqlash.
O’quvchilarning ovqatlanishini tashkil qilish.
Sinf xonasida navbatchilikni tashkil qilish.
O’quvchilar bilan individual ishlash

Slayd 17

Har haftada
O’quvchilarning kundalik daftarlarini tekshirish.
Sinfda tadbirlar o’tkazish yoki tadbirlarni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish (reja asosida).
Ota-onalar bilan ishlash.
Fan o’qituvchilari bilan ishlash.
O’quvchilarning sog’lig’I haqidagi ma’lumotnomalar bo’yicha maktab shifokori bilan uchrashish.

Slayd 18

Har oyda
O’z sinfining darslarini kuzatish
Ota- onalar faollari bilan uchrashish
Faoliyatni rejalashtirish va tashkil qilish bo’yicha yig’ilish(maktab grafigi asosida)
Maktabda navbatchilikni tashkil qilish

Slayd 19

Chorakda bir marta
Chorak natijalari bo’yicha sinf jurnalini to’ldirish
Sinf rahbarlarining o’quv seminarida qatnashish
Choraklik rejaning bajarilishini tahlil qilish hamda keyingi chorak uchun reja tuzish

Slayd 20

Bir yilda bir marta
Ochiq tadbir o’tkazish (maktab rejasi asosida)
O’quvchilarning shaxsiy varaqalarini to’ldirish
O’tgan o’quv yilida bajarilgan ishlar tahlili hamda sinfningyangi o’quv yiliga ish rejasini tuzish
Sinfdagi o’quvchilar soni haqida ma’lumot (1- setyabrgacha)

Slayd 21

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

three × three =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar