Savodga o’rgatish metodikasi va kompyuter savodxonligi
4000 so'm

Slayd 1
Savodga o’rgatish metodikasi
Slayd 2
Reja:
Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablari bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlash
Xulosa
Slayd 3
Tayanch so’zlar va iboralar: kompyuter savodxonligi,texnologiya, multimedia, mediamadaniyat, Media ta’lim, progressiv pedagogik texnologiya, nutq, kreativ fikrlash, kognitiv qobiliyat, mediapedagog, operatsion zal, animatsiya effekti, videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma’lumot grafiklari, mikrofon, kompakt disk, matn, grafika, tovush, multimedia mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi, aisteyr rejasi, mativatsiya, Innovatsiya, modelli tajriba-sinov, badiiy-imitatsiya.
Slayd 4
Mtt bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish. MTTlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri – bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun, tarbiyachi (pedagog) ushbu muammoga alohida e’tibor qaratishi lozim. Kompyuterning tuzilishi va undan foydalanish ko’pgina adabiyotlarda bayon etilgan. MTTlari tarbiyalanuvchilariga kompyuterning tuzilishini va undan foydalanishni juda sodda shaklda bayon etish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirish dolzarb vazifadir. Uning dolzarbligi: birinchidan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish, tarbiyalanuvchilarga kompyuter savodxonlikni shakllantirish vazifasini qo’yilganligi; ikkinchidan, hozirgi kunda jamiyatni shu jumladan, barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi; uchinchidan, multimedia texnologiyasining asosiy vositasisiz maktabgacha ta‘lim muassasalarida ushbu vazifani amalga oshirib bo’lmasligi bilan belgilanadi.
Slayd 5
Mtt tarbiyachi (pedagog)larining kompyuter savodxonligi oliy o’quv yurtlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’rganish jarayonida shakllantiriladi. MTTdagi ish faoliyati davrida esa, masofali ta’lim tizimidagi maxsus kurslarga yozilish, viloyat va shahar miqyosidagi kompyuterlarni o’rgatishga qaratilgan maxsus seminarlarda, malaka oshirish kurslarida qatnashish, nihoyat, mustaqil o’rganish yo’LI bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi va zaruri tarbiyalanuvchi (bola)larning kompyuter savodxonligini shakllantirish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Slayd 6
Mtt tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirishda turli usullar(masalan, analogiya va modellashtirish)dan foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanilganda kompyuterning tashqi qurilmalarini o’rganish va ulardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish oson kechadi. O’rganish jarayoni esa, bosqichma-bosqich amalga oshirilib, dastlab oddiy elementlardan boshlanadi, so’ngra murakkablariga o’tiladi. Analogiya – kompyuterni televizor bilan taqqoslash asosida olib boriladi (hozirgi davrda barcha MTTlarida va har bir oilada televizorlar mavjud).
Slayd 7
Tashqi o’xshashlik:
Tarbiyalanuvchilarga kompyuterda televizor ekraniga o’xshash ekran borligi ta’kidlanadi
Televizor ham, kompyuter ham ishlatish oldidan elektr tarmog’iga ulanadi (tarbiyachi yoki pedagog bir vaqtning o’zida ko’rsatib boradi)
Televizor antenna yordamida telemarkazdan yuborilayotgan tasvirlarni (ma’lumotlarni) qabul qiladi. Kompyuter esa, uning xotirasiga kirgiziladigan ma’lumotlar va axborotlarni qabul qiladi
Televizor maxsus pultlar orqali boshqariladi (kanallar va tovush o’zgartiriladi). Kompyuter esa, maxsus tugmachalar va «Sichqoncha» orqali boshqariladi. Bularni ham tarbiyachi bir vaqtning o’zida ko’rsatib boradi
Televizorda Dvd qurilmasi yordamida kompakt disklardagi tasvirlarni qayta ko’rsatish mumkin. Kompyuterda esa, kompakt disklardan tashqari, uning xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta ko’rsatish mumkin
Televizorda yozuv ishlarini bajarib bo’lmaydi, kompyuterda esa, klaviatura yordamida yozuvlarni yozish mumkin (tarbiyalanuvchilarga klaviatura qurilmasi ko’rsatiladi). Printer qurilmasi esa, yozuvlarni chop etib beradi (printer qurilmasi ham ko’rsatiladi). Televizor ekranida markaz yuborayotgan turli xil o’yinlarni (masalan, stadiondan futbol o’yinini) ko’rish mumkin. Kompyuter monitorida esa, uning xotirasiga kiritilgan dasturdagi va Internetdan olingan turli xil o’yinlar ko’rsatiladi (tarbiyachi biror-bir kompyuter o’yinini namoyish etadi). A. Tarbiyachi kompyuterning afzalliklarini ko’rsatadigan yana bir nechta taqqoslashlar keltiradi
Slayd 8
Jumladan:
Tarbiyalanuvchining daftariga chizgan rasmi harakatlanmaydi (statik holat). Kompyuter xotirasidagi rasm harakatlanib turishi mumkin (animatsiya)
Tarbiyalanuvchi daftariga 15-20 ta rasm chizganda daftari to’lib qoladi. Kompyuter esa, minglab rasmlarni xotirasida saqlashi mumkin
Tarbiyachi «A» harfini doskaga yozib ko’rsatadi va ma’lum vaqtdan keyin u o’chirib tashlanadi. Kompyuterga kiritilgan «A» harfi uning xotirasida uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib ko’rsatilishi mumkin
Tarbiyalanuvchi geometrik shakllar – uchburchak, to’rtburchak, ko’pburchaklarni chizish uchun ko’p vaqt sarflaydi, kompyuterda bu jarayon qisqa vaqtda va oson bajariladi
Slayd 9
B. Mtt tarbiyalanuvchilarining yoshiga mos kompyuter qurilmalari bilan tanishish va ishlash algoritmi beriladi hamda ishlash jarayoni o’rgatiladi. Jumladan, kompyuterda ishni boshlash uchun:
a) dastlab u elektr tarmog’iga ulanadi;
b) o’zini-o’zi tekshirish amali bajariladi;
v) operatsion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar ta’siri tekshiriladi;
g) «Sichqoncha» yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar bajariladi;
d) belgilangan vazifalar bajarilib bo’lingach, yuklangan dasturlarning ishlashi to’xtatiladi, ko’rsatuv oynasi va boshqaruv qismi o’chiriladi;
ye) kompyuter elektr tarmog’idan uziladi
Yuqoridagilar Mtt tarbiyalanuvchilari uchun o’rgatilishi kerak bo’lgan minimal elementar bilimlardir (yosh bolalarga kompyuterning ichki tuzilishi o’rgatilmaydi)
Slayd 10
V. Ma’lumki, MTTlarining tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirish deganda, yuqoridagilardan tashqari, ularning amaliy faoliyati va kompyuterda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda amaliy malakalarini shakllantirish ko’zda tutilgan. Tabiiyki, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda tarbiyalanuvchilar birdaniga klaviaturadan yoki «Sichqoncha»dan foydalana olmaydilar. Buning uchun, ular dastlab o’z malakalarini oshirishlari kerak. Tarbiyalanuvchilarning malaka oshirishlari quyidagicha amalga oshiriladi:
Mtt sharoitida klaviaturaning kattalashtirilgan modeli va «Sichqoncha»ning o’ziga o’xshash modeli tayyorlanadi. Tarbiyachi dastavval tarbiyalanuvchilarni klaviatura modelida mashq qildiradi. Jumladan, ularni harflarni va kompyuterni boshqarishga tegishli tugmachalarni birin-ketin barmoqlari bilan bostirib chiqadi va tushuntirib boradi. So’ngra tarbiyalanuvchilar «Sichqoncha» modeli bilan mashq qiladilar
Slayd 11
Bunda «Sichqoncha» modeliga ulangan ko’rsatgichlar kompyuter ekraniga o’xshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning tarbiyachi belgilab bergan nuqtasiga olib boradi. Shundan keyin, tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yoki pedagog nazorati ostida haqiqiy klaviaturada va «Sichqoncha» bilan ishlashga o’tadilar. Dastlab klaviaturada biron-bir harfni, masalan, «A» harfiga mos tugmachani bosib, uni kompyuter ekranida hosil qilish bo’yicha mashq bajaradilar va ekrandagi harflarni printerdan chiqaradilar.
Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida «Sichqoncha» yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o’xshash vazifalarni bajartirishga o’tadi. Tarbiyalanuvchilar «Sichqoncha»dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi.
Slayd 12
D. Mtt tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirishning yana bir qulay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o’yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to’g’ri javob topishlari shart. MTTlarida masofali ta’lim texnologiyasidan foydalanish jarayonida ham kompyuterdan foydalanish qo’l keladi. Internetdan foydalanish tarbiyachining bevosita nazorati va ko’rsatmasi asosida o’tkaziladi.
Kompyuterni televizorga taqqoslash jarayonida tarbiyalanuvchilarga Dvd qurilmasi, uning pulti va undan foydalanish kompyuter bilan ta‘minlanmagan ba’zi bir MTTlaridagi tarbiyachi-pedagoglarga multimedia texnologiyasidan foydalanishda qo’l keladi, ya’ni ta’lim muassasasi kompyuter bilan ta’minlangunga qadar vaqtinchalik ta’lim-tarbiya jarayonida televizor va DVDdan foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yo’nalish bo’yicha ta’lim materialiga tegishli kompakt disk tayyorlash kifoyo.
Slayd 13
Kompyuterli mashg’ulotlar an’anaviy mashg’ulotlarga nisbatan qiziqarli o’tadi, hatto passiv bo’lgan tarbiyalanuvchilar ham kompyuterli mashg’ulotlarda faol qatnashadilar. Masalan, «Turnacha» MTTidagi faol bo’lmagan tarbiyalanuvchilar, kompyuterda o’rganiladigan o’yinni kuzatib, tarbiyachiga bu to’g’rida savol bera boshladilar. Bu esa, faol bo’lmagan tarbiyalanuvchilarning o’rganiladigan material (o’yin)ga qiziqishlari oshganini bildiradi.
Bolalarga elementar matematik bilimlarni berish.
Mtt tarbiyalanuvchilarida elementar matematik tushunchalarni shakllantirish borasida taniqli matematiklar ilmiy asoslangan metodik tizimlar yaratganlar. Bunday olimlar qatoriga I.A.Markushevich, S.I.Shvarsburd, B.V.Gnedenko va boshqa olimlarni kiritish mumkin. I.A.Markushevich tarbiyalanuvchilarning ko’nikmalari bo’yicha metodologik dastur beradi, S.I.Shvarsburd bir necha komponentlarga ajratgan holda matematik tushunchalarni shakllantirish metodikasini beradi. B.V.Gnedenko o’z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki xil: «Oddiy, o’rta qobiliyat» va «o’rtadan yuqori bo’lgan qobiliyat» kabi darajalarini ajratib ko’rsatadi, shuningdek, matematikani o’rgatishda tarbiyaviy choralarning qator omillarini kiritadi.
Slayd 14
MTTlarining tarbiyalanuvchilarida elementar matematik tushunchalarni shakllantirish masalasi bo’yicha A.A.Stolyar, A.V.Beloshistaya, Z.I.Kalmikova va boshqalar ham ilmiy-tadqiqot olib borishgan.
Bu borada Respublikamiz olimlari va metodistlari ham bir qator metodik qo’llanmalar chop ettirgan. Masalan, M.Ye.Jumayev «Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi», N.U.Bikbayeva va boshqalar, «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish» kabi qo’llanmalarida bolalarda matematik bilimlarni an’anaviy usulda shakllantirish masalalari yoritib berilgan. Z.A.Raxmonqulova va N.Qurbonovalar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar ishlanmasini tavsiya etganlar.
Slayd 15
Tayyorlov guruhi o’quv dasturida geometrik shakllar ko’rinishini o’zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan. Tarbiyachi bolalarga o’z ixtiyorlaridagi shakllarni olishni, ularni shakl bo’yicha taqsimlab, qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so’ngra qandaydir ikki yoki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo’LI bilan yangi shakl tuzish mumkinligini o’ylab ko’rish topshiriladi. Bolalar shakllarni tuzganidan keyin, qanday shakllar hosil bo’lganini gapirib berish taklif qilinadi.
MTTlarida multimedia texnologiyasi asosida tarbiyalanuvchilarga elementar matematik bilim berishda analogiya usulidan foydalanish samarali natija beradi. Ayniqsa sonlar, buyumlar, obyektlar, masofalarning katta-kichikligi, past-balandligi, qisqa-uzunligi, ko’p-kamligi va hokazolarni o’rganishda qo’l keladi. Qo’yida analogiya metodidan foydalanilgan bir nechta misol keltiramiz.
Slayd 16
Monitor ekraniga uchta qizil rangli va ikkita ko’k rangli shar chiqariladi. Tarbiyachi bolalardan ekranda nimalarni ko’rayapsiz deb so’raydi. Bolalar «sharlarni», – deb javob beradilar. Tarbiyachi yana savol beradi. Qizil ranglilari nechta, ko’k ranglilar nechta deb so’raydi.
Bolalar sanab chiqib, «qizil ranglilari uchta (3)», «ko’k ranglilari ikkita (2)» deb javob beradi. Tarbiyachi yana savol beradi. Qaysi ranglilari ko’p va nechtaga? Bolalar, «qizil ranglilar ko’k ranglilarga qaraganda bitta ortiq (ko’p)» deb javob beradilar.
Tarbiyachi katta va kichik belgilari to’g’risida tushuncha beradi va ekranga > – katta, 2 shaklida yozib ko’rsatadi.
Shundan keyin, tarbiyalanuvchilardan tenglik belgisi bo’lishi uchun nima qilish kerak deb so’raydi. Tarbiyalanuvchilar ikkita ko’k sharlarga, yana bitta ko’k shar qo’shish kerak deydi va shunda qizil sharlar bilan ko’k sharlar teng bo’ladi. Tarbiyachi buni ekranda 3=3 shaklida yozib ko’rsatadi. So’ngra tarbiyachi har uch nafar tarbiyalanuvchiga navbatma-navbat ko’rsatilgan vazifalarni mustaqil bajarishni topshiradi.
Slayd 17
Quyida multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta’lim)ga asoslangan elementar matematik bilim berish bo’yicha bir necha namunaviy mashg’ulotlarni qo’rib chiqamiz.
1-Mashg’ulot: Mavzu: «5 sonigacha qo’shish va ayirish amallarini o’rganish» (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich).
5 Sonigacha qo’shish va ayirish amallarini o’rganish bo’yicha mashg’ulotning texnologik haritasi 5 – ilovada berilgan.
Quyida 5 sonigacha qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga bag’ishlangan va birinchi mashg’ulotda foydalanishga mo’ljallangan ikkita multimediali lavhani keltiramiz.
Ushbu taqdimotda archalarga animatsiya samaralar berish orqali ular monitor ekranida harakatlanib, birin-ketin chiqib kelaveradi, ranglari jilolanib turadi, tarbiyachi-pedagog qo’shish va ayirish amalini tushuntirib, materialni sharhlab boradi. Raqamlarning monitor ekranidagi ko’rinishi o’zgarib turadi, ya’ni multimediali samara hosil qilinadi.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.