Rivojlanish markazlarining fanlar bilan aloqasi

4000 so'm


Rivojlanish markazlarining fanlar bilan aloqasi

 

 

Slayd 1

Rivojlanish markazlarining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Slayd 2

Reja:
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarining ahamiyati.
Rivojlanish markazlarida kichik tajribalar o’tkazish.
Rivojlanish markazlarida jamoa bilan kichik guruhlarda ishlash.

Slayd 3

Maktabgacha ta’limda metodika fanlari
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini о‘rganadi
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni maktab ta’limiga tayyorlash muammolarini о‘rganadi
ta’lim jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini о‘rganadi
bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati-unga ta’lim berish va uni tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratadi.

Slayd 4

Qurish konstruksiyalash va matematika markazi;

Slayd 5

Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi

Slayd 6

Til va nutq markazi

Slayd 7

Fan va tabiat markazi

Slayd 8

San’at markazi

Slayd 9

Rivojlanish markazlarining boshqa fanlar bilan bog‘likligi
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali jonli va jonsiz obyektlar haqida to‘liq ma’lumot berish
Nutq o’stirish metodikasi
Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o’zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi
Bolalarda predmetlar bilan ishlash tajribasi asosida boshlang’ich miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish
Teatr maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli emotsional ta’sir o’tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-ma’naviy tasavvurini shakllantiradi, aqliy tasavvurlarini rivojlantiradi, intellektual qobiliyatlarini oshiradi
Maktabgachga ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tasviriy faoliyat mashg’ulotlari jarayonida fikrlarini analiz-sintez va takrorlash ko’nikmalari shakllana boradi
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Tasviriy faoliyatga o’rgatish
Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish

Slayd 10

“Ilm-fan va tabiat» markazida bolalar kichik tadqiqotlar o‘tkazadi:
Bolalar tajriba yoki tadqiqot o‘tkazib yangi ma’lumot oladi, yangicha izlanishlar, kashfiyotlar yaratishiga harakat qiladi
Tajriba o‘tkazish orqali bolalarning bilish faolligi rivojlanadi, qiziquvchanligi oshadi, mustaqil fikrlash va tushunishga intilishi kuchayadi.
Tajriba vaqtida bolalarda mikroskop, lupa va jihozlardan foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.
Sifati va xususiyati, bir holatdan boshqa holatga o‘tishi; suvning tabiatda aylanishi (suv, bug‘, muz, yomg‘ir), jonsiz tabiatning jonli tabiatga ta’siri;
Jonsiz tabiatning (suv, havo, qum, tuproq, tosh, qora yer) xususiyatlari
jismlarning tuzilishi (gazsimon, suyuq, qattiq,)

Slayd 11

Pedagog-tarbiyachilar
Unda tugmalar, shisha probkasi, suv chig‘anoqlari, toshchalardan, tabiat materiallaridan, suv, qumlardan, po‘stloq, urug‘lar, mo‘yna, gazlama, turmushdagi buraluvchi, bo‘lunuvchi, yaxlitlovchi jihozlardan foydalaniladi.
Yog‘och bo‘laklari va rezina lentalar sanoq ishlarini bajarish uchun foydalidir.
Tahliliy ta’lim oluvchilar mantiqiy jarayonga jalb etilganda oddiydan murakkabga, kichikdan kattaga,qismlardan butunga o‘tib boruvchi topshiriqlarni aql bilan mantiqiy bajaradilar va umumlashtirishga layoqatli bo‘ladilar
Taktil–kenestetik ta’lim oluvchi bolalar o‘z qo‘llari bilan nimanidir yasash, narsalarni ushlab ko‘rish, topshiriqlarni mustaqil bajarishga intiladilar
tarbiyalanuvchilar
Tajribalar uchun shart-sharoitlar

Slayd 12

“Koinot sirlari» mavzusini markazlarda yoritish ishlari quyidagicha olib borilishi mumkin.
3-4 Yoshdagi bolalarni («Ilm-fan va tabiat»маrkazi) «Koinot sirlari» bilan tanishtirishda birinchi kosmonavt Yu.A.Gagarin haqida tushuncha berish mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin.
Tarbiyachi:Bolalar qadimdan odamlar huddi qushlar kabi osmonda parvoz qilishni orzu qilishgan.Ertaklardagi uchar gilamlar haqida,Yalmog’iz kampirni supurgi ustiga minib uchganlarini eshitgansiz.Yillar o’tib insonlar osmonga qanotlar yasab uchishga harakat qilishgan, har xil ichiga xavo va gazlar to’ldirilgan sharlarda uchishgan.Koinotga parvoz qilib undagi sir-sinoatlarni bilish odamzodni har doim qiziqtirib kelgan va ularning orzusi bo’lib qolgan.

Slayd 13

1961 Yili 12 aprelda insoniyat orzusi ushaldi. Koinotga birinchi kosmonavt Yuriy Alekseevich Gagarin parvoz qildi.(Bolalarga kosmonavt Yuriy Alekseevich Gagarin portreti ko’rsatiladi) Birinchi bor koinotga kosmik kemada insonning parvoz qilishi bu juda mashshaqatli va hatarli edi.Lekin kosmonavtning o’ziga ishonchi va koinotni bilishga, o’rganishga bo’lgan qiziqishi va intilishi barcha to’siqlarni bartaraf etdi. U kosmik kemada Yerga nisbatan uzoq masofadan turib Yer sayyoramizning shar shaklida ekanligi va u uzoqdan juda kichkina bo’lib ko’rinishini kuzatdi.Bu rasmda kosmonavt Yuriy Alekseevich Gagarin skafandrda tushgan (Rangli illyustratsiyalar asosida tushuntirish). Yu. A. Gagarin birinchi koinotga parvoz qilgan qahramon kosmonavtdir.

Slayd 14

Bolalar siz raketa qanday tezlikda uchishini ko’rishni xoxlaysizmi? Buni xozir biz oddiy rezina pufakchada ko’rishimiz mumkin. Mana hozir biz pufakchani havoga to’ldiramiz-deb pufakchani puflab havoga to’ldiradi va pufakchani teshigini mahkam ushlab turib so’ng qo’yib yuboradi. Shunda bolalar pufakchani tezlik bilan yuqoriga uchganini ko’rishadi.Pufakchani ichida havo qolmagach u yerga tushadi. Tarbiyachi gapiradi: Raketa esa yoqilg’i yordamida uchadi. Yoqilg’i esa yanada kuchliroq va uzoqroq masofaga raketani uchirib ketadi.Shuning uchun raketa butun Yer kurramiz atrofini bemalol aylanib chiqishi mumkin.(Rasm ko’rsatiladi)

Slayd 15

Rasm «Raketani rasmini chizamiz» Bolalar raketani rasmini chizishni xoxlaysizmi? Bolalar oldilariga to’q ko’k rangdagi qog’ozlar tarqatiladi.Qog’ozning o’rtasiga raketa konturi oddiy qalam bilan chizib qo’yilgan bo’ladi. Raketani bolalar havo rang bo’yoqqa, uning ikkita doira shaklidagi illyuminatorlarini qizil ranga, yulduzlarni sariq randa bo’yashadi.(Yulduzlar hol qo’yish «mazok» usuli bilan bajariladi.) Raketa juda yuqoriga yulduzlar tomon uchadi. Raketani kosmonavtlar boshqaradilar.

Slayd 16

Applikatsiya: Fazodagi kemalar. Applikatsiya ishini bajarishda har bir bola individual ravishda fazo kemasini yasaydi.Bunda ularga salfetka yoki tualet qog’ozining ichidagi kardon naychasi, qog’ozdan yasalgan konus, tualet qog’ozi, bo’yoq, mo’yqalam,yelim, arqoncha, gazeta kerak bo’ladi. Topshiriq:Tarbiyachi gazetani stol ustiga qo’yadi.Har bir bolaga kardon naychalar beriladi, agar salfetkalar naychasi uzun bo’lsa uni ikkiga bo’lib beriladi. Har bir bola naychani istagan rangga bo’yasinlar. Naychaning bir tomoniga yelim surilib unga konus yopishtiriladi. Tualet qog’ozlarini qizil, sariq rannga bo’yab uni naychaning ikkinchi tomoniga yopishtiriladi.(U olovga o’hshatiladi) Har bir bola yasagan raketani arqonchaga ilib guruhning bir tomonidan ikkinchi tomoniga ilib qo’yish mumkin.

Slayd 17

Nazorat savollari
1-Savol. Rivojlanish markazlari qaysi xususiy metodika fanlari bilan aloqador? Sanab bering
2-Savol. Rivojlanish markazlarida kichik tajribalar qanday o’tkaziladi?
3- SavolRivojlanish markazlarida jamoa bilan kichik guruhlarda ishlash haqida ma’lumot bering?
4- Savol. Rivojlanish markazlarida kichik tajribalar necha yoshdan o’tkaziladi?

Slayd 18

Asosiy adabiyotlar
Yo‘ldoshev J. «Ta’lim yangilanish yo‘lida» T.: O‘qituvchi. 2000 Yil
Takomillashtirilgan «Ilk qadam» Davlat o‘quv dasturi. T.: 2022.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 802-son «Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori, T. 22.12.2020 Yil.
O‘zbekiston Respublikasi Mtv 155-sonli buyrug‘i: T.: 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar
O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: «Aloqachi», 2007 y.
“Bolangiz maktabga tayyormi?» metodik qo‘llanma. T:, 2001.
F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova.»Maktabgacha pedagogika». -T., «Ma’naviyat». 2013
N.Qayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: Tdpu 2013.
J.Yo‘ldoshev «Ta’lim yangilanish yo‘lida» T.: O‘qituvchi. 2000 Yil.
I.V.Grosheva va boshqalar «O‘yin orqali ta’lim olish». Metodik qo‘llanma. «Poligro» nashriyoti. Toshkent 2020.

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Rivojlanish markazlarining fanlar bilan aloqasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

7 + 6 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar