O’qitish jarayoni mohiyati va baholash
4000 so'm

Slayd 1
O‘qitish jarayoni. O’qitish jarayoning mohiyati. O‘quvchi bilimini tekshirish va baholash
Slayd 2
Reja:
O’qitish jarayoni
O’qitish jarayonining mohiyati, hozirgi o’qitish jarayonigaqo’yiladigan talablar
O’qitish jarayoniga noan’anaviy yondashish
Slayd 3
Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni:
“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi»fani boshlang’ich sinflarda o’qitish jarayoninimazmunli tashkil etish asoslari bilan talabalarni qurollantiradi.Bunda asosiy e’tibor boshlang’ich ta’limni tashkil etish , uning maqsadli , mazmuni va vazifalari tog’risida kasbiy bilim, ko’nikma, hamda malaka berishga yo’naltiriladi.
Slayd 4
Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayonining mazmunida quidagi uch masala muhim o’rin tutadi:
o’qitish
o’qish
o’zlashtirish
Slayd 5
O’qitish – bu shaxsga zaruriy bilimlar berish jarayoni bo’lib , uning vositasida shaxs kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotga ega b’ladi.
Boshlang’ich ta’limda o’qitish – alohida komponentlarga, ya’ni o’zining maqsadi, mazmuni, shakli, usullari, uslublari va texnologiyalari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat bo’ladi.
Slayd 6
O’qish – bu o’z mazmuni jihatidan maqsad , vazifa, tamoyil,mezon va harakatlar bilan bog’liq bo’lib , ular yordamida o’quvchilar davlat ta’lim standartlari asosida belgilangan muayyan bilimlarni o’zlashtiradi .
Shu jihatdano’qish boshlang’ich sinf o’quvchilarining borliq , voqelik va hodisalar to’g’risidagi bilim, ko’nikmalari va malakalarimajmuyidir.
Boshlang’ich ta’limda o’qish jarayoni motivlashtirilgan belgilar asosida amalga oshiriladi.
Slayd 7
O’zlashtirish – bu tushunish va o’rganish orqali axborotning mazmuni , undan foydalanish to’g’risida bilim , ko’nikma hamda malakalarning hosil bo’lish jarayonidir.
Boshlang’ich ta’limda o’zlashtirishning darajalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
-o’rgatilgan bilim ko’nikmalarni to’g’ri takrorlash
-bilimlarnig ma’nosini tushunib birish va yodda saqlash
-o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish.
Slayd 8
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari pedagogik tajribadan o’tgan shakllarga asoslanadi:
Dogmatik o’qitish-o’qitishning bu turida qat’iy belgilab olingan tamoyillarga asoslanadi.
Misol uchun: boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qish, yozish, chizish,va hisoblash ko’nikmasiga ega bo’lish shart.
Slayd 9
Rivojlantiruvchi o’qitish
O’qitishning mazkur turida o’quvchilarning ixtiyoriy ta’lim olishga asoslanadi
Bunda o’quvchilarning qiziqishiga qarab ma’lumotlar kengaytiriladi yoki qisqartiriladi.
Asosiy maqsad o’quvchilarni fikr yuritishga o’rgatishdir.
Slayd 10
Tushuntiruvchi o’qitish – o’qitishning bu turida bilimlar va ko’nikmalar tushuntiriladi, uning asosida o’quvchilar amaliy faoliyatga tayyorlanadi.
Bunda o’qituvchi o’quv materiallarini erkin tanlaydi, ya’ni o’qituvchi darslikdan farqli ravishda o’quv materiali tayyorlashi mumkin.
Slayd 11
Muammoli o’qitish – o’qitishning mazkur turida avvalo muammo qo’yiladi, keyin uning yechimi o’quvchilar ishtirokida topiladi.
Bu tur o’quvchilarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, fikrlash va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantiradi.
Slayd 12
Dasturli o’qitish-o’qitishning bu turida kompyuterli texnologiyalarga asoslaniladi.
Bunda o’qituvchi va o’quvchi kompyuter vositasida muloqotga kirishadi. Mazkur tur o’quvchilarga ma’lumotlarni xohlagan tarzda berish , topshiriqlarga tuzatishlar kiritish, o’quv jarayonini virtual nazorat qilish imkonini beradi.
Slayd 13
Modulli o’qitish-o’qitishning mazkur turida o’qituvchi va o’quvchi ma’lumotlarni modul tarzda qabul qiladi.
Bunda o’quv fanlarining mavzulari muayyan tartib asosida yoritiladi va o’quvchilar modellashgan ma’lumotlarni qabul qiladi.
Shu sababli modulli o’qitishda bo’limlar, mavzular va bandlar kompyuterli dasturga kiritiladi.
Slayd 14
Tashxislash
Nazorat, tekshirish
baholash
statistik ma’lumotlar to‘plash
ularni tahlil qilish
dinamika
tendensiyalarni aniqlash
voqealarning keyingi rivojini taxminlash
Slayd 15
Baho nimani ko‘rsatishi lozim?
Ta’lim oluvchi o‘zlashtirishning qat’iy belgilovchisi – sifat ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi
u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi
Slayd 16
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Slayd 17
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi xamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Slayd 18
Tekshirish tizimi
Birinchi bo‘g‘in – oldindan aniqlash;
ikkinchi bo‘g‘ini – joriy tekshirishdir;
uchinchi bo‘g‘ini – takroriy tekshirish;
to‘rtinchi bo‘g‘ini – davriy tekshirish;
beshinchi bo‘g‘in – yakuniy tekshirish va hisobga olishdir
Slayd 19
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Slayd 20
O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi
Slayd 21
Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qishni, ijobiy motivatsiyani rag‘batlantirishning va shaxsga ta’sir ko‘rsatishning yagona vositasi.
Slayd 22
O‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish;
o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish
Slayd 23
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish:
Nazorat,
O‘qitish,
Tarbiyalash
Rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Slayd 24
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi ham-da o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
Slayd 25
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi.
Slayd 26
Tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Slayd 27
Rivojlantiruvchi vazifa shaxsning tafakkurini rivojlantirish, his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
Slayd 28
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Xolislik (ob’ektivlik)
tizimlilik (sistemalilik)
ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
Slayd 29
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Slayd 30
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashhisga jalb etilishini anglatadi.
Slayd 31
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi.
Slayd 32
O‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning turlari:
Joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat
Slayd 33
Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
Ommaviy (frontal);
guruhli;
individual
kombinatsiyalangan (biriktirilgan);
o‘z-o‘zini nazorat qilish
Slayd 34
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari:
Og‘zaki tekshirish,
yozma tekshirish,
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish,
uy vazifalarini tekshirish.
Slayd 35
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Slayd 36
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Slayd 37
№
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasini aniqlash mezonlari
1
5
A’lo
-Mavzuning mazmuni dastur, darslikda va tavsiya etilgan o’quv qo’llanmalarda berilgan o’quv materiallari orqali to’lig’icha ochib berilsa;
-mavzuni mehnat fanidagi terminologiya va usullardan aniq foydalanib, ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda, savodli tilda bayon etsa;
-javob bilan bog’liq bo’lgan rasmlarni, chizmalarni, grafiklarni to’g’ri bajarsa;
-nazariyani aniq misollarda tasvirlab, uni amaliy topshiriqlarni bajarishda yangi vaziyatlarga qo’llay olish ko’nikmalarini ko’rsatsa;
-javob berishda ilgari o’rganilgan materiallarning o’zlashtirilganini, foydalanilayotgan ko’nikma va malakalarning shakllanganini va mustahkamligini namoyish etsa;
-o’qituvchining yordamchi savollarisiz, mustaqil ravishda javob bersa.
Slayd 38
№
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasini aniqlash mezonlari
2
4
Yaxshi
-Bayon etishda javobning mehnat metodikasi mazmunini buzishga olib kelmaydigan. Unchalik katta bo’lmagan noaniqliklarga yo’l qo’yilsa;
-javobning asosiy mazmunini yoritishda bir-ikkita kamchilikka yo’l qo’yilsa va o’qituvchi bildirgan e’tirozdan so’ng tuzatilsa;
-ikkinchi darajali savollarga yoki qo’shimchalarni yoritishda xato yoki ikkitadan ortiq kamchilikka yo’l qo’yilsa hamda o’qituvchi bildirgan e’tirozdan so’ng ular osonlik bilan tuzatilsa.
Slayd 39
3
3
Qoniqarli
-Tushunchalarni ta’riflashda, chizmalarda, qo’shimchalarda qiynalsa yoki xatolarga yo’l qo’yib, o’qituvchining bir nechta yordamchi savollaridan so’ng tuzatsa;
-o’quvchi amaliy topshiriqlarni bajarishda nazariyani yangi vaziyatga qo’llay olmasa, biroq berilgan reja bo’yicha belgilangan qiyinlik darajasidagi topshiriqlarni bajarsa;
-nazariy mavzudan yetarli bilimlar bo’lgani holda asosiy ko’nikma va malakalarning yetarli darajada shakllanganligi aniqlansa.
Slayd 40
4
2
Qoniqar-siz
-Mavzuning asosiy mazmuni yoritilmasa;
-o’quvchi mavzu mazmunining katta yoki juda muhim qismlarini bilmasligi yoki tushunmasligi aniqlansa;
-tushunchalarni ta’riflashda, xatolarga yo’l qo’yilsa, ular o’qituvchining bir necha yordamchi savollaridan so’ng ham tuzatilmasa.
Slayd 41
Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha.
O’z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo’nalganligi bilan bog’liq bo’lib, inson o’z oldiga qo’ygan hayotiy muhim maqsadlari yig’indisining ifodasi bo’ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o’zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi.
Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Slayd 42
“Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasidan kengroq tushunchadir. Zamonaviy psixologiyada ular kamida ikkita ruhiy hodisani belgilaydilar:
shaxsning faolligini va uni belgilaydigan faoliyatini keltirib chiqaradigan motivlar to’plami, ya’ni xatti-harakatni belgilovchi omillar tizimi (bu, xususan, ehtiyojlar, sabablar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar va boshqalarni o’z ichiga oladi);
ta’lim jarayoni, motivlarni shakllantirish, muayyan darajadagi xatti-harakatlarni rag’batlantiradigan va qo’llab-quvvatlaydigan jarayonning o’ziga xos xususiyati.
Slayd 43
Hozirgi yangi milliy dasturdagi ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida diktantning baholash mezonlari asosan uning uchta xususiyatini hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi takidlanib o‘tilmoqda:
Nutqiy savodxonlik darajasi:
Matnning adabiy til meyorlariga (fonetik ,leksik, grammatik, punktuatsion, uslubiy )ga amal qilgan holda yozish 70 ballgacha baho qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi
Xat boshi (abzas)ni to‘g‘ri ajratish malakasi. 15 Ballgacha baho qo‘yish maqsadga muvofiq boladi
Tuzatishlarsiz va husnixat bilan yozish malakasi 15 ballgacha baho qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi
Slayd 44
Diktantda orfografik uslubiy va punktuatsion xatolar mavjud bo‘lmasa-70 ball
2ta orfografik, 3ta puktuatsion, 1ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-65 ball
2ta orfografik, 3ta punktuatsion, 2ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa -60 ball
3ta orfografik, 4ta punktuatsion, 3ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-55ball
4ta orfografik,5ta punktuatsion, 4ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa -50ball
5ta orfografik, 6ta punktuatsion, 5ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-45ball
6ta orfografik, 7ta punktuatsion, 6ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-40ball
7ta orfografik, 8ta punktuatsion, 7ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-35ball
8ta orfografik, 9ta punktuatsion, 8ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-30ball
9ta orfografik, 9ta va undan ortiq punktuatsion, 9ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-25ball
-10ta va undan ortiq orfografik , 10ta undan ortiq uslubiy vapunktuatsion xato mavjud bo‘lsa-20ball
Slayd 45
Xatoliklar yuqoridagilardan ortiq bo‘lganda-15ball qo‘yiladi.
Xat boshi(abzas)ni to‘g‘ri ajratish malaksi (15 ball)
Matndagi barcha xatboshilar to‘g‘riajratilgan bo‘lsa 15 ball beriladi.
Matndagi xatboshilarning ayrimlari ajratilgan bo‘lsa 10 ball beriladi.
Matndagi xat boshilar umuman ajratilmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Tuzatishlarsiz va husnixat bilan yozish malakasi:
Matnda tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmagan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa 15 ball qoyilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Matnda 1-2ta tuzatishlarga yo‘l qo‘yilgan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa 10 ball
matnda 3-4 ta tuzatishlarga yo‘l qo‘yilgan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa -5 ball
matndagi tuzatishlar soni 5dan ortiq bo‘lsa, husnixati talabga javob bermasa o ball qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Slayd 46
Biz hozir umumuiy 100 ballik sistemasida ko‘rsatdik. O‘quvchi ozi yig‘gan umumiy ballni bahoga almashtiramiz:
100 balldan 86ballgacha a’lo yani -5baho
71 -85 ballgacha yaxshi ya’ni -4baho
56-70 balgacha qoniqarli ya’ni -3 baho qo‘yiladi
0-55gacha yomon baho – 2 bilan baholanadi
Slayd 47
“Aktivator – 3, 2, 1″ metodi
Eslab qoldim:
__________
Menuchun muhim:
Qo’llayman:
Slayd 48
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 49
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.