Nutq faoliyatida multimedia texnologiyalaridan foydalanish
4000 so'm

Slayd 1
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq faoliyati jarayonida multimedia foydalanish.
Slayd 2
Reja:
Kirish
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Media ta’limning asosiy mazmuni
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o’rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o’rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish
Xulosa
Slayd 3
Tayanch tushunchalar: texnologiya, multimedia, mediamadaniyat, Media ta’lim, progressiv pedagogik texnologiya, nutq, kreativ fikrlash, kognitiv qobiliyat, mediapedagog, operatsion zal, animatsiya effekti, videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma’lumot grafiklari, mikrofon, kompakt disk, matn, grafika, tovush, multimedia mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi, aisteyr rejasi, mativatsiya, Innovatsiya, modelli tajriba-sinov, badiiy-imitatsiya.
Slayd 4
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Multimedia atamasining lug’vaiy ma’nosi (multim-mediur yoki multi-media) ikkita so’z yig’indisidan tashkil topgan bo’lib, muiti-ko’p, media-muhit ma’nosini anglatadi. Atama ilmiy va o’quv adabiyotlarida «ko’p vositalilik», «multimediya muhiti» «ko’p qatlamli muhit», «ma’lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda2. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko’p qirrali bo’lib, turli hil tushunchalarni ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir
Slayd 5
«Multimedia» tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta ta’rifini keltiramiz:
«Multimedia – deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi»,
«Multimedia – bir vaqtning o’zida turli ko’rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va boshqalardan foydalanishni ko’zda tutgan foydalanuvchi interfeysining kontseptsiyasi»,
«Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir». Multimedia bu maxsus texnologiya bo’lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtningt o’zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. Multimedia – tasvirli ma’lumot bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. Odatda, multimedia deganda. Turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Multimedia – kompyuter tizimida matn, videotasvir va turli animatsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyasidir
Slayd 6
Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tushunchasining quyidagi ta’rifini keltirish mumkin:
Multimedia – bir nechta axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bita diskka jamlangan axborot yig’indisidir. Multimedianing shakllanish bosqichlari uning asosiy texnik ta’minoti bo’lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bog’liqMultimediani tashkil etuvchi va ularning rivojlanish bosqichlari quyidagilardir:
Matn shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlarni toshga o’yib yozgandar, qog’oz ixtiro qilingach parranda pati, qalam va ruchkalardan foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyinchalik yozuv mashinasi ixtiro etilgach, uzoq yillar mobaynida ulardan foydalanib kelindi. Nihoyat, kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o’rnatilgach, yozuv ishlari kompyuterda bajariladigan bo’ldi 1980 yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foydalanish yo’lga qo’yildi, jumladan, 1982 yilda Polygram kompaniyasi Audio CD ni ishlab chiqdi, Sony kompaniyasi esa, o’sha yili standart yozuvlarni CD disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, Sd disklarda yozish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mikrofon yordamida nutq va musiqa yozish ham shakllandi.
Slayd 7
Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma’lumot grafiklari va hokazolar kiradi. Videotasvirlar dastlab magnit lentalarida yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so’ngra videotasvirlarni yozish kompakt disklarda amalga oshirildi. Multimedianing animatsiya samarasi. Multimediani tashkil etuchi axborot t urlaridan biri – axborotlaga animatsiya samarasini berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish etilishi asosida sodir bo’ladi. Hozirgi kunda multiplikatsion filmlar kompyuterda 3D. Flash dasturi asosida yaratilmoqda. Multimediada esa maxsus dasturlar (Power Point, Makromedia Flash, Swish, Adobe Prmiere, Media Player, CD Player) orqali amalga oshiriladi. Bir so’z bilan aytganda, ta’lim muassasalari malakali mediapedagoglarni kutmoqda.
Slayd 8
Ammo bu borada bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar kun tartibida dolzarb bo’lib turibdi:
–ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasiga xizmat ko’rsatuvchi o’rta maxsus ma’lumotli malakali mutaxassislar (texnik xodimlar) bilan ta’minlash;
–pedagoglarini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga o’rgatish, ularni qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borish;
–elektron dars ishlanmalari, testlar majmui, elektron ko’rgazmali qurollar va o’quv filmlari yaratish, ularni doimiy yangilab borish; o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan unumli (kuniga 10-12 soat) foydalanishni yo’lga qo’yish;
–shu bilan birga, shubhasiz, barcha muassasalarda barqaror elektr kuchlanishi, sifatli telefon aloqasi bo’lishini ta’minlash zarur.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o’z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvni, mashg’ulot o’tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali
foydalanishlari zaruriyati paydo bo’ladi.
Slayd 9
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy
etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va ko’nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning mashg’ulotni tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o’rnini o’zgartiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko’plab bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Lekin shunga karamay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo’lib rivojlanishida kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o’qish, rasmlarni ko’rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o’yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Slayd 10
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo’ljallangan kompyuterli o’yin dasturlarining barchasi ham ta’lim jarayonida o’z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham kompyuter o’yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondashuv va e’tibor kerak bo’ladi.
Kompyuterli o’yin dasturlari shunday yaratilgan bo’lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to’g’ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O’yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini o’ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning axborot texnologiyalari bo’yicha boshlang’ich savodxonligini ham oshirish zarur, ya’ni kompyuterning umumiy tuzilishi,asosiy qurilmalari to’g’risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin.
Slayd 11
Media ta’limning asosiy mazmuniRespublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy- pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar. Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi, degan savol paydo bo’lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan joylarini o’zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo’lmaydimi? – Degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo’ldan bormoqda. Bu yo’l ilojsizlikdan izlab topilgan bo’lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo’lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq xizmat qila olmaydi.
Slayd 12
Chunki: ma’lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi:
an’anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli «Axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyatibirgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
-fan-textika taraqqiyotininig o’rta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
-kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;
-yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa majmuaviy yondoshuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Keyingi 10 yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag’ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg’or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan, ularning o’zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan.
Slayd 13
Media ta’lim nima?
Media ta’lim interfaol, bolaga individual ta’sir etadigan usulsifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim bolani mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik au1092 faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rgatadi.O’quv xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmokda. Bularning barchasi media ta’lim nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Media ta’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini bilish,tushunishdir.Uning pedagogik strategiyasi mediamatnlarni badiiy tahlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini ko’zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va bolalar uni qanday qabul qiladilar – bu savollar hozirgacha turli munozaralarni tug’dirmoqda.
Slayd 14
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’limning markazida bola shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o’rgatish kerak. Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko’ra, media ta’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, bolalarni o’quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o’rgatadi.
Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni toborajadallashib borayotgan axborot oqimida, har xil axborotni olish, tushunibetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to’g’ri, maqsadli foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Shuning uchun ham mediamashg’ulotlar:
«Badiiy-imitatsiyali» – kichik senariylar, mediamatnlar tuzish,uni interfaol usulda namoyish etish;
•Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epizodlarni sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);
•Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko’rgazma, ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo’llay olish ko’nikmasini hosil qiladi.
Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlilasosida xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga olib keladi. Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Slayd 15
Mediamashg’ulotlar berilayotgan axborotni qabul qilish, o’zlashtirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.
Mediamashg’ulotlarda kompyuterlar universal holda qo’llanishi bilan xarakterlanadi.
An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to’ldiruvchi bo’lib kiradi. Dasturiy ta’minot ayrim mavzularni o’qitish va o’zlashtirish uchun Mediata’lim qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni
aniq, ravon shakllantirilgan bo’ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.
Mediamashg’ulotlarning afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida bolalarning mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu munosabat bilan mediamashg’ulotlar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina o’quv fani mazmuni nuqtai nazaridan yondashmasdan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Mediamashg’ulot axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ya’ni kerakli axborotni olish, uni yangi texnik vositalar yordamida qayta ishlash, amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi.
Slayd 16
Media mashg’ulotlar kompyuterlashtirilgan o’quv xonalarida, multimedia proyektor yordamida o’tkaziladi. Bu mashg’ulotni tashkil etishning o’ziga yarasha sanitariya-gigiena me’yorlari. Bolalarning uzluksiz ishlash me’yorlari mavjud.
Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin:
* videofragmentlarni frontal ko’rish;
* topshiriq, mashqlarni individual bajarish;
* umumiy o’quv loyihalari, modelli tajriba-sinovni amalga oshirishda kichik guruhlarda ishlash;
* media mashg’ulotlarni tashkil etishda ham o’quv jarayonining hamma
komponentlari o’z aksini topishi va kompyuterdagi va kompyutersiz faoliyat
almashib turishi mumkin;
* faollashtirish (o’quv materialini takrorlash, materialni birdaniga o’zlashtirish, kompyuterda yoki kompyutersiz);
* bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, o’quv axboroti blokining mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash (kompyuterda yoki uning ishtirokisiz);
* o’quv materiallarini amalda qo’llay olishini nazorat qilish (kompyuter va kompyutersiz).
Slayd 17
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o’rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari.
Maktabgacha ta’lim o’quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, o’quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni yechishni to’g’ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarni to’g’ri echimini topishga yo’naltiradi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o’rganadi. Ta’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bog’langan holda maktabgacha yoshdan boshlab o’zligini anglash, erkin fikrlash, g’urur tuyg’ularini shakllantirishgaqaratiladi.
Innovatsiya (inglizcha innavation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba yoki o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.