Maktabgacha ta’lim tashkilotida moliyaviy hujjatlar yuritilishi
4000 so'm

Slayd 1
Maktabgacha ta’lim tashkilotida moliyaviy hujjatlarning yuritilishi
Slayd 2
Reja:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida moliyaviy hujjatlarning ahamiyati
Moliyaviy hujjatlarni yuritish tartibi
Moliyaviy nazorat va hisobotlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotida yuritiladigan asosiy moliyaviy hujjatlar
Slayd 3
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda, moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ham talab etadi. Shu sababli Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda moliyaviy hujjatlarni to‘g‘ri va tartibli yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy hujjatlar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining iqtisodiy faoliyatini aks ettiruvchi asosiy manbalar bo‘lib, ular orqali mablag‘larning kelib tushishi, sarflanishi va
hisob-kitoblari nazorat qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilot faoliyatining shaffofligi va qonuniyligini ta’minlaydi.
Slayd 4
Maktabgacha ta’lim tashkilotida yuritiladigan asosiy moliyaviy hujjatlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy hujjatlar muassasa faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu hujjatlar orqali tashkilotning moliyaviy holati, mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘liq aks ettiriladi. Moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri va tartibli yuritilishi Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlaydi.
Moliyaviy hujjatlar byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish imkonini beradi. Ular asosida xarajatlar rejalashtiriladi, smeta tuziladi va amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar tahlil qilinadi. Bu esa mablag‘lardan oqilona foydalanishga va ortiqcha xarajatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, moliyaviy hujjatlar Maktabgacha ta’lim tashkilotida moddiy boyliklar va pul mablag‘larining saqlanishini ta’minlaydi. Har bir moliyaviy operatsiyaning hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi moliyaviy intizomni mustahkamlaydi va turli qonunbuzarlik holatlarining oldini oladi.
Moliyaviy hujjatlar rahbariyat uchun muhim boshqaruv vositasi bo‘lib, ular orqali muassasaning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi va kelgusidagi faoliyat uchun qarorlar qabul qilinadi. Bundan tashqari, tekshiruv va audit jarayonlarida moliyaviy hujjatlar asosiy dalil sifatida xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida moliyaviy hujjatlarning ahamiyati juda katta bo‘lib, ularni belgilangan tartibda va mas’uliyat bilan yuritish muassasaning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
Slayd 5
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash uchun bir qator moliyaviy hujjatlar yuritiladi. Ushbu hujjatlar muassasaning moliyaviy holatini aks ettiradi hamda hisob-kitob ishlarini tartibga soladi.
Smeta- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritiladigan asosiy moliyaviy hujjatlardan biri smeta hisoblanadi. Smeta tashkilotning bir yil davomida rejalashtirilgan daromad va xarajatlarini ko‘rsatadi. Unda ish haqi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, xo‘jalik va o‘quv vositalariga ajratiladigan mablag‘lar belgilab qo‘yiladi.
Kassa hujjatlari- ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularga kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi va kassa daftari kiradi. Ushbu hujjatlar orqali naqd pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi hisobga olinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bank orqali amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar bank hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Bular jumlasiga to‘lov topshiriqnomalari, bank ko‘chirmalari va hisob-raqam bilan bog‘liq hujjatlar kiradi.
Slayd 6
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash – bilan bog‘liq ish haqi hujjatlari ham asosiy moliyaviy hujjatlar sirasiga kiradi. Ularga ish haqi vedomostlari, shtat jadvali va tarif stavkalari kiradi. Bu hujjatlar ish haqi hisob-kitobining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
Budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish
Budjet tuzish: Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun moliyaviy reja tuzish — ularning resurslarini qanday taqsimlash va qaysi yo‘nalishlarga sarflashni belgilashni anglatadi. Bu rejada daromadlar va xarajatlar, shu jumladan, o‘qituvchilarning maoshi, ta’lim jarayoni uchun zarur materiallar, binolarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari hisobga olinadi. Harajatlarni nazorat qilish: Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun xarajatlarning samarali boshqarilishi muhim. Bu ishga qo‘shimcha ravishda, xarajatlar haqida muntazam hisobotlar tayyorlash va ularni tahlil qilish kiradi.
Slayd 7
Qarzlar va moliyalashtirish manbalari
Maktabgacha ta’lim muassasalari ko‘p hollarda davlat budjeti yoki mahalliy xo‘jaliklar orqali moliyalashtiriladi,
ammo shuningdek, ayrim hollarda xususiy manbalar va donorlik yordamlari ham mavjud.
Moliyalashtirish manbalari shu jumladan: Davlat budjetidan moliyalashtirish: Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy moliyalashtirish manbai davlat budjeti hisoblanadi. Bu holda, davlat ushbu muassasalarga belgilangan summada
mablag‘ ajratishni amalga oshiradi. Hususiy investorlar va donorlar:
Ayrim hollarda xususiy sektor va jamoat tashkilotlari
ham maktabgacha ta’limga qo‘shiladi, bu mablag‘lar asosan infratuzilma, o‘quv
materiallari va loyihalar uchun sarflanadi.
Slayd 8
Moliyaviy tahlil va hisobot berish
Hisobotlar va monitoring: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari moliyaviy holatini muntazam baholash va hisobotlar tayyorlashni talab qiladi. Bu ishga xarajatlarni tahlil qilish, daromadlarni hisoblash, buxgalteriya hisobini yuritish va audit o‘tkazish kiradi. Kaznalar va pul oqimlari: Moliyaviy monitoringda tashkilotning pul oqimlari, sarflar va daromadlarning to‘g‘ri yo‘nalishda yuritilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Pul sarflash va resurslarning samarali taqsimoti
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligi ham moliyaviy boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda muhim nuqtalar: Maqsadga muvofiq sarflash: Har bir xarajat maqsadli va samarali bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir mablag‘ning qaysi maqsadda ishlatilishini aniq belgilash va uning ijobiy natijalarga olib kelishiga e’tibor qaratish kerak. Resurslarni taqsimlash: Maktabgacha ta’lim muassasalarida sof va ifodali resurslarni taqsimlash, ularni har bir o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishga, o‘quv jarayonini amalga oshirishga yoki zarur texnikalarga sarflash muhim.
Slayd 9
Moliyaviy xavf-xatarlarni boshqarish
Moliyaviy xavf-xatarlar har qanday ta’lim tashkilotining faoliyatida mavjud. Ularning oldini olish yoki minimallashtirish uchun: Rezerv mablag‘lari: Maktabgacha ta’lim muassasalari favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish uchun rezerv mablag‘larini ajratishlari kerak. Moliyaviy plandash: Qarzlar, chiqimlar, murakkab moliyaviy holatlar va iqtisodiy shartsharoitlar o‘zgarishlarini o‘rganib, ularga moslashish.
Kadrlar va moliyaviy resurslar aloqasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi kadrlar bilan moliyaviy manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, ya’ni o‘qituvchilarning maoshlari, ularning mehnat haqini to‘lash va ish joyini saqlashga zarur moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega.
Slayd 10
Huquqiy va tashkiliy jixatlar
Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyaviy boshqarishda davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va reglamentlar ham muhimdir. Bu yerda muassasalarning moliyaviy holatini yaxshilash uchun davlat va mahalliy hokimiyatning ko‘magi katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy boyliklar hisobi hujjatlari yuritiladi. Bularga kirim-chiqim dalolatnomalari, inventarizatsiya hujjatlari va ombor hisobi kiradi. Ushbu hujjatlar moddiy resurslarning saqlanishi va nazoratini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, moliyaviy hisobotlar (oylik, choraklik va yillik) tuziladi. Ular orqali Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy faoliyati tahlil qilinadi va yuqori tashkilotlarga hisobot beriladi.
Slayd 11
Moliyaviy hujjatlarni yuritish tartibi:
Moliyaviy hujjatlarni yuritish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy intizomni ta’minlash va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan. Moliyaviy hujjatlar amaldagi qonunchilik, me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda belgilangan buxgalteriya qoidalariga muvofiq yuritilishi lozim.
Moliyaviy hujjatlar belgilangan shakllar asosida rasmiylashtiriladi. Ularda sana, hujjat raqami, operatsiya mazmuni, summa va mas’ul shaxslarning imzolari to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Hujjatlarda o‘zboshimchalik bilan tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalar kassa hujjatlari orqali yuritiladi va kassa daftari muntazam ravishda to‘ldirib boriladi. Bank orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar esa to‘lov topshiriqnomalari asosida rasmiylashtiriladi va bank ko‘chirmalari bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hujjatlar o‘z vaqtida ro‘yxatga olinadi, saqlanadi va belgilangan muddatlarda hisobotlar tuziladi. Hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanishi va zarur hollarda arxivga topshirilishi kerak.
Moliyaviy hujjatlarni yuritish tartibiga qat’iy rioya etish maktabgacha ta’lim tashkilotida moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi hamda mablag‘lardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy hujjatlarni yuritish asosan buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Har bir moliyaviy operatsiya tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida hisob-kitob ishlari olib boriladi. Hujjatlar aniq, tushunarli va xatolarsiz to‘ldirilishi shart.
Slayd 12
Moliyaviy nazorat va hisobotlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy nazorat va hisobotlar mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy nazorat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatida moliyaviy intizomni mustahkamlash, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda moliyaviy faoliyatni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Moliyaviy nazorat ikki shaklda amalga oshiriladi: ichki nazorat va tashqi nazorat.
Ichki moliyaviy nazorat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbariyati va buxgalteriya xodimlari tomonidan olib boriladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi, smeta ijrosi hamda mablag‘larning belgilangan maqsadlar asosida sarflanishini tekshirishdan iborat.
Slayd 13
Tashqi moliyaviy nazorat esa yuqori turuvchi tashkilotlar, moliya organlari, soliq idoralari hamda audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu nazorat orqali Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy faoliyati amaldagi qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.
Moliyaviy hisobotlar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatining muhim yakuniy hujjatlari hisoblanadi. Hisobotlar orqali tashkilotning moliyaviy holati, daromad va xarajatlar hajmi hamda smeta ijrosi aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar belgilangan tartibda tuziladi va tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri topshirilishi moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotlar asosida kelgusidagi moliyaviy rejalashtirish ishlari amalga oshiriladi.Moliyaviy nazorat va hisobotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy intizomni ta’minlash, mablag‘lardan samarali foydalanish va muassasa faoliyatining barqarorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.