Ilm yo’li variativ dasturi asosida maktabga tayyorlash
4000 so'm

Slayd 1
Ilm yo’LI variativ dasturi
Slayd 2
Reja:
Kirish
«Ilm yo’LI» variativ dasturi asosida 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
Ilm yo’LI variativ dasturida «Inklyuziv ta’lim»ning tamoyillari
Xulosa
Slayd 3
O’zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o’qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg’otadigan muhim bosqichga aylantirildi. O’zbekistonda milliy ta’lim va tarbiya, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan «Ta’lim konsepsiyasi»ning muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimining to’rt bosqichi barpo etildi. Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-ona ishda bo’lgan paytlarida ularning bolalari asosan «bexavotir saqlab turiladigan joy» sifatida amal qilib kelgan. Bugun esa maktabgacha ta’lim bolani intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatlarini rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo’g’iniga aylandi.
Slayd 4
Yurtimizda maktabgacha ta’lim bola yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda Respublika bo’yicha jami 17 ming 200 dan ziyod Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning 67% tarbiyalanmoqda. Mutaxassislar inson o’z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olishini ta’kidlashadi. Endi shu o’rinda kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini tasavvur qiling. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2020-2021 yillar davomida Respublikamizning bir qancha maktabgacha ta’lim tashkilotlari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Slayd 5
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormagan bola to’g’ridan-to’g’ri maktabga kelganda dastlab boshqa bolalarga qo’shila olmaydi. Chunki ular ko’proq oila muhitida ulg’ayganligi sababli nisbatan tortinchoq bo’lishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa bolalarni nafaqat tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko’nikmalari rivojlantirladi. Bu borada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda «Ilk Qadam» davlat o’quv dasturi hamda «Ilm Yo’LI» variativ dasturi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda asosiy me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.
Bundan tashqari Steam, Play guruhlar kabi dasturlar ham bolani maktabga tayyorlashda zamonaviy xorij amaliyotini maktabgacha ta’lim o’quv jarayoniga olib kirishni taqozo etmoqda. Bolalarni bugun 6 yoshdan boshlab maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalar bilan kelishligan holda kunning birinchi va ikkinchi yarmida bog’chada, maktabda, kollejda, barkamol avlod sport maktablarida, musiqa va san’at maktablarida mahalla binolarida yoki shunga mosroq bo’lgan bino va inshootlarda ta’lim berilmoqda. Shu ma’noda, ushbu Dastur asosida maktabgacha ta’lim sifati tubdan yaxshilandi, undagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ilg’or tajribalar joriy etildi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga faqatgina harfni o’rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas tuyg’ular singdirildi.
Slayd 6
Ilm yo’LI variativ dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlash.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar haqida»gi 5198 – Farmoni ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o’quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo’ldi.
Slayd 7
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi «Boshlang’ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma- bosqich o’tish bo’yicha chora-tadbirlar haqida»gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O’zbekiston o’z zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga to’lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo’yicha majburiyatni oldi. 6-7 Yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, «Ilm yo’LI» dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo’ldi.
Slayd 8
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, «Ilm yo’LI» variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan «Ilk qadam» Davlat o’quv dasturi, O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
Slayd 9
«Ilm yo’LI» variativ dasturi bolaning to’laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o’qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo’lib sanaladi. Mazkur dastur o’ziga xos bo’lib, unga ko’ra, o’quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Slayd 10
Dastur idoraviy bo’ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llanilishi mumkin:
•bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo’lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
•maktabgacha va boshlang’ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o’rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
•maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Slayd 11
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo’yicha O’zbekiston Respublikasidailkvamaktabgachayoshdagibolalarning rivojlanishiga qo’yiladiganDavlattalablarikiritildi.Dastur (kurrikulum)ning o’rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 6-7 Yoshli bolalarni o’qitish majburiy boshlang’ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo’naltirilgansifatlipedagogikagaprinsiplarigaasoslangan.
Slayd 12
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
•katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi;
•maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo’lmaganda);
•umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
•ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
•g’ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Slayd 13
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarnita’minlashniko’zdatutadi:
-zarur bo’lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7yoshli bolalar uchun mo’ljallangan majburiy boshlang’ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to’liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki muayyan sabablarga ko’ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;
6-7yoshli bolalar uchun mo’ljallangan majburiy boshlang’ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur(jismoniyrivojlanishvasog’lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg’un rivojlanishini ta’minlashga mo’ljallangan;
•maktabta’limigaumumiypsixologiktayyorgarlik.
Slayd 14
Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:
•istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo’lishini ta’minlashga;
•amaliyotga bola yo’naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishga;
•oila va jamoalar bilan hamkorlik;
•ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va ustuvorliklarni e’tiborga olish;
•qulay, do’stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Slayd 15
Majburiy boshlang’ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan:
•bolaga yo’naltirilgan ta’limga yondashuvi;
•inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish; •bolanixolistik(yaxlit)rivojlanishinita’minlaydiganta’lim muhitining xususiyatlarini belgilash;
•maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o’yin asosida ta’lim berish;
bola -ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
•rejalashtirish va baholash samaradorligi;
•bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni
•hamkorlik asosida jalb etish;
•interfaol ta’lim;
•integrativ o’qitish
Slayd 16
Dasturda ko’zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o’yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to’liq bajarilishi lozim.
Slayd 17
Nazorat savollari.
.Maktabgacha ta’lim tashkilot to’g’risida ma’lumot bering.
«Ilm yo’LI» variativ dasturi asosida 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
Ilm yo’LI variativ dasturida «Inklyuziv ta’lim»ning tamoyillari qaysilar?
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.