Ilk yoshdagi nutq nuqsonli bolalarni oilada tarbiyalash

4000 so'm


Ilk yoshdagi nutq nuqsonli bolalarni oilada tarbiyalash

 

 

Slayd 1

Ilk yoshdagi nutq nuqsoniga ega bolalarni oilada tarbiyalash

Slayd 2

Reja:
Psixomotor rivojlanishdagi kamchiliklarga ega ilk yoshdagi bolalarning xususiyatlari
Ilk yoshdagi nutq nuqsoniga ega bolalarning ota-onalarining psixologik va pedagogik bilimlarini oshirish yo’llari
Bolalar nutqini rivojlantirishda nuqsonliklarni bartaraf etishda oila a’zolari ishtirokining dasturini tuzish
Logopedning oilaga maxsus nutq tartibini tashkil qilish tartibi, bolada nutqning rivojlanishining algoritmi
Ota-onalar tomonidan kuzatuv jurnallarini yuritish tartibi. Logoped ota-onalar uchun mo’ljallangan «uy vazifasi kartochkalari»qo’llash usullari

Slayd 3

Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi pedago-gikaning muhim masalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha uzoq va ko‘p yillar davomida tad-kiqot ishlari olib borildi, Bu masala bo‘yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Елизаве́та Ива́новна Тихе́ева (1867—1943) , Nikolay Matveyevich. Shelovanov, N. M. Aksarina, N. F. Latsigina, Ye. K. Kaverina, G. L. Rozengart-Pupko, G. M. Lyalina, V. A. Petrova, N. S. Karpinskaya, I. A. Panina, S. L. Novoselova, Ye. V. Zvorigina, I. M. Kononova, N. N. Palagina, M. I. Popova, Ye. I. Radina va boshqalar tadkiqot ishlari olib bor-dilar.

Slayd 4

Yangitug‘ilgan chaqaloq (go‘dak) o‘zining nutq apparatidan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas, bu ko‘nikmani unda hosil qil-dirish kerak.
Unda nutq uchun mavzu (ob’ekt) yo‘q, u bu mavzuni (ob’ektni) to‘plashi kerak.
Unga nutqning so‘z shakllari tanish emas, bola ular bilan tanishishi kerak.
Nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun bolaning tafak-kurini rivojlantirish kerak.
Nutq kishilarning bir-birlari bilan bo‘lgan munosabatida rivojlanadi, go‘dak hali atrofini o‘rab olgan kishilar bilan aloqa o‘rnatgan emas

Slayd 5

Ilk yoshidagi davr bolaning jismoniy va ruhiy tomondan tez-korlik bilan (intensiv) rivojlanish boskichi xisoblanadi. Bu yoshda markaziy nerv sistemasining rivojlanishida sezilarli o‘zgarish-lar sodir bo‘ladi va miya fiziologik jihatdan yetilib bo‘ladi.
Masalan, 7 oylikda bolaning miyasi ikki barobar, bir yoshida uch barobar usadi. 2 Yoshida esa katta yoshdagi kishilar miya og‘irligi-ning 70 foizini tashkil etadi.
Bola ikki yoshli davrida aniq harakatlarni shakllantirish uchun javobgar bo‘lgan markaziy nerv sistemasining bo‘limi — miyacha 5 barobar, xotira, tafakkur, nutq va xayol kabi ruhiy jarayonlar hamda ixtiyoriy harakatning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan bosh miya po‘stlog‘ining maydoni esa 2,5 barobar kattalashadi.

Slayd 6

Normal sharoitda bolaning dunyoga kelishi onaning farzandi tug’ilishiga psixologik jixatdan tayyor bo’lishidir. Go’daklik davri: (0-1 yosh): Inson o’zining mavjudligi jixatidan uch yo’nalishda talqin etiladi. Bu bolalik tizim, ijtimoiy borliq hamda shaxs sifatidir

Slayd 7

Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan qilinadigan emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. 4-5 Oylikdan boshlab bola o’z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib uning psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi.

Slayd 8

Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini yaxshi biladi. 2-3 Oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli xarakatlar bilan javob qaytaradi. 3-4 Oyligidan boshlab esa, bolalar yaqinlariga o’z xarakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xoxlayotganligini ko’rsatadilar. 8 Oylikdan boshlab esa, bola begona muxit va begona qo’lga tushsa o’z xavotirini yig’isi orqali nomoyon etadi bu xavotir esa 14-18 oylikga borib asta –sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 2-3 Oylik bolalarda yuzaga keladigan ushlay olish xarakatlarining shakllantirish ularda predmetlarning shakli va kattaligini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi.

Slayd 9

Ilk bolalik davri:
Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini bolaning to’g’ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va to’g’ri to’g’ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o’z xatti –xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo’ladi.

Slayd 10

Slayd 11

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq o‘stirishning tayyorgarlik bos­kichi.
Ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi ikki davrdan iborat: tayyorgarlik davri. Bu davr bir yoshgacha bo‘lgan bolalar xayoti-ni o‘z ichiga qamrab oladi;
nutqning mustaqil rivojlanishi davri. Bu davrga ikki va uch yoshdagi bolalar kiradi.
Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha bo‘lgan davri nisbatan kam harakat va «nutqsiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti oila va yaslidagi sharoitga va tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu davr har jihatdan juda ildam rivojlanish davridir.

Slayd 12

Bir yoshgacha bo‘lgan bola hayotini to‘rt davrga bo‘lib o‘rganish lozim.’
Tug‘ilgandan 2,5 — 3 oylikkacha;
2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha;
5 — 6oylikdan 9—10 oylikkacha;
9 — 10oylikdan 1 yoshgacha.
Bu davrlardagi vazifalar turlicha bo‘lib, shu vazifalar asosida nutqni o‘stirishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

Slayd 13

Nutqqa tayyorgarlik davrining’uzi uch bosqichdan iborat:
Chinqirish davri (tug‘ilgandan 2,5*— 3 oylikkacha).
Guvrash davri (2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha).
Til chiqarish davri (5 — 6 oylikdan 9—10 oylikkacha va 9 —10 oylikdan 1 yoshgacha).

Slayd 14

Bolaning nutqi u to 1,5 yeshga yetgungacha ancha sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 so’zdan to 100 tagacha so’zni bila oladi, lekin ularni juda kam qo’llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so’rabgina qolmay bu so’zlarni talaffuz etishga ham xarakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 Yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 yoshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so’zni ishlata oladi. Shuningdek so’zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to’g’ri tuza oladilar.

Slayd 15

1-3Yosh davridagi bolalarning akliy rivojlanishi.
Shuni aloxida ko’rsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr ‘isoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur xarakatlarining yangi ko’rinishlar tashkil etadi. 1 Yoshli bola xali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda ko’rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko’zga tashlanib turadigan belgisiga o’z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko’ra taniydi.

Slayd 16

Ilk davridagi bolalar shaxsining rivojlanishi:
Bu davrdagi bolalar asosan o’z xatti xarakatlarini o’ylab o’tirmaydilar. Bu xatti –xarakatlar ularning xoxish va ‘issiyotlari asosida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning xatti –xarakatlari juda o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan: bolaning yiglashi ham yigidan to’xtashi ham juda oson. Ilk davrda bolada o’z yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga o’tadi. Endi bola o’z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi.Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-xarakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baxolari ularda o’ziga nisbatan o’z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ilk yoshdagi nutq nuqsonli bolalarni oilada tarbiyalash” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar