Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik materiallarini tanlash va joylashtirish
4000 so'm

Slayd 1
Tabiiy fanlarni o»qitishning moddiy texnik bazasi. Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik materiallarini tanlash va joylashtirish tamoyillari
Slayd 2
Reja:
O‘qitishda muntazamlilik, izchillilik, ilmiylik, tushunarli bo‘lish, o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyillari. Bilimlarni puxta o‘zlashtirish, o‘qitishning ko‘rgazmalilik va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyillari va ularning o‘qitishdagi ahamiyati
O‘qitishning individuallashtirish va o‘lkashunoslik tamoyillari. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. Jonli tabiat burchagi va uni tashkil etish
Slayd 3
Maktabda o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O’qitishning shakli tarbiyaviy ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv, idrok qilish faoliyatini o’tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. Maktablarda o’rganiladigan barcha predmetlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslikda belgilangan o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir.
Slayd 4
Dars deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlarning ma’lum yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyani qo’llab dars o’tish o’quvchilarning tabiatshunoslikdan olgan bilimlarini e’tirof etish o’quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Darsda butun ta’lim-tarbiya tizimi: o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga muvofiq, o’qituvchi rahbartigida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. O’qituvchi materialni o’quvchilarga tuShunarli bayon qilib, xilma-xil o’quv, ko’rgazmali qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, o’quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish o’quvlarini singdiradi.
Slayd 5
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad o’quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tuShunarli bo’lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirish yotadi. O’qituvchi o’quvchilar ishini Shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o’rganiladiganlarni ilgari o’tilganlar bilan bog’lanishini tushunsinlar, materialni puxta, tushunib o’zlash-tirsinlar.
Dars o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda qiziqish uyg’otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog’liq, o’quvchilarga yaqin bo’lgan materialdan foydalanilganda bo’lishi mumkin.
Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigina emas, balki o’quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini, ilgari o’rganilganlarni o’zlashtirish darajasi, olingan bilimlarning puxtaligi ham hisobga olinishi lozim.
Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi.
Dars ta’lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Slayd 6
Tabiatshunoslik o’qitishning asosiy shakli
Darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’qitish jarayonida Shu o’qitishning barcha shakllari asosiy shakl — dars bilan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish etadi. Amaliy ishlarni bajarish yo’LI bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.
Slayd 7
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllarqo’llaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi, O’rga-nilayotgan materiallar, tushunchalaryig’indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi, ekskur-siyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Slayd 8
Tabiatshunoslik fanining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotiarning majburiy bo’lmagan turli shakllari: individual, sinfdan tashqari, ijtimoiy foydali ishlar, yosh tabiatshunoslar to’garagining ishi, ommaviy kechalar va boshqa tadbirlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat to’g’risidagi fanning kerakli tomonlarini ochib beradi.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o’quvchilarning egallagan bilimlaridan, ko’nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qo’yilgan didaktik masalani mu-vafifaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’laklarga bo’lish, o’qitish usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni o’zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. O’qitish uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi.
Slayd 9
Tashkiliy qism (salomlashish, yo’qlarni belgilash, ishga tayyorlanish).
Uy vazifasining bajarilishini tekshirish (o’quv qurollari va tajribalardan foydalanib, o’quvchilarga ma’lum bo’lganlarni so’rash).
Yangi materialni o’rganish: yangi mavzu bo’yicha kirish suhbati; amaliy ish; o’qituvchining hikoyasi yoki o’quvchilarga ma’lum bo’lgan faktlarga tayanuvchi yoki yangi narsalarni qarab chiqish bilan, darsda o’rganilishi kutilgan hodisalar bilan bog(-liq bo’lgan suhbat, narsa va hodisalarni o’rganish asosida xulosalar chiqarish; dars davomida daftarlarga yozish va chizish; darsda olingan bilimlarni mustahkamlash bo’yicha darslik bilan ishlash; o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish.
Darsda o’rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash. (Bunda yangi material bilan ilgari o’tilganlar o’rtasida bog’lanish o’rnatiladi, yangi mavzuni tuShunib olish uchun zarur bo’lgan bilimlar aniqlanadi).
Qiziqarli materiallar (maqol, matal, topishmoq, tabiat to’g’risidagi asarlardan olingan parchalar)dan foydalanish.
Uyga vazifa berish.
Slayd 10
O’quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, yerning shakli va relyefl, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish;
Botanika,geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish;
O’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;
Rivojlanishning har tomoniama garmonik bo’lishiga erishish;
Tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilim olish uquvlarini hosil qilish;
Tabiatshunoslikni o’rganishga qiziqishni shakllantirish;
Mehnatsevarlikni, maktabda va o’quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish xohishini tarbiyalash.
Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi:
a) ta’lim-tarbiyaviy;
b) didaktik;
d) psixologik;
e) gigiyenik
talablarga birlashtirish mumkin.
Slayd 11
A) ta’lim-tarbiyaviy talablar
Ma’lumki tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik vajismoniy tarbiyasi birligini ta’minlaydi.
Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi. Shunga ko’ra o’qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga tayyorianishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, Shu darsda o’quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o’quv hamda ko’nikmalar shakllantirilishini,qanday tarbiyaviy g’oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qizi-qishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko’rsatishini sinchiklab o’ylab olishi kerak.
Slayd 12
B) didaktik talablar
Tabiatshunoslik darslarini o’tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to’g’ri qo’yish bilan ta’minlanadi,
Dars vazifalarini belgilagach, o’qituvchi uning muvofiqroq tuzi-lishini tanlashga kirishadi, ya’ni so’rash, tushuntirish, mustah-kamlash, yangi va ilgari o’ziashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va ketma-ketligini qanday izchillikda o’tkazish kerakligini, so’rashning qaysi turidan – yakka (individual) so’rash yoki frontal (umumiy) so’rashdan foydalanishni o’ylab chiqadi.
Slayd 13
D) psixologik talablar
Tabiatshunoslik darsining reja va konspektini tuza turib, o’qituvchi har bir o’quvchining psixologik xususiyatlarini, ya’ni:
—tafakkur tipini (ijodiymi yoki yo’qmi);
—xotira turini (ixtiyoriy yoki beixtiyoriy);
—tanib olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash uquvini;
—diqqatning mavjudligini (o’rganilayotgan narsaga fikrlarini jamlash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o’z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo’ya olishi va ularga erisha bilishini), hissiy faolligini hisobga olishi kerak.
Slayd 14
E) gigiyenik talablar
Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish me’yoriga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o’qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan charchashining oldini olish uchun o’quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo’lishidan ehtiyot bo’lish, nazariy materialni har xil sezgi a’zolarini ishga jalb etish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.