Boshlang’ich sinflarda vaqt o’lchov birliklarini o’rgatish metodikasi
4000 so'm

Slayd 1
Boshlang‘ich sinflarda vaqt o‘lchov birliklarini o‘rgatish
metodikasi
Slayd 2
Reja:
Boshlang‘ich sinflarda vaqt va uni o‘lchash
Vaqt o‘lchov birliklarining turlari va ular ustida
Amallar
Vaqt o’lchov birliklarini o’rgatish metodikasi
Slayd 3
Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab bo’lgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, massa xossalariga o’xshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklari taqqoslash, qo’shish, ayirish mumkin.
Tayanch iboralar: sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va kabisa yili, litr.
Slayd 4
Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o’lchash, taqsim qilishi, qadrlash uquvi bilan bog’liq. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlari o’lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig’idan birmartagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishdatakrorlanuvchi jarayon bo’lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut, sekund birliklari kishilar o’ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka.
Slayd 5
Yerning o’z o’qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. Shuning uchun har yilga olti soatdan qo’shish o’rniga har to’rttinchi yilga butun sutka qo’shiladi. Buyil 366 kundan iborat bo’lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46 yilda Rim Imperatori Yuliy Sezar o’sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi. Shuning uchun bu yangi kalendar yulian kalendari deyiladi. Shu kalendarga asosan yangi yil 1-yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi.
Slayd 6
Bu kalendarda vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o’lchovlardan hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning uncha aniq bo’lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning Er atrofida aylanishi bilan bog’liq. Oy taxminan 29,5 sutkada Yerni to’la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan 12 marta aylanadi. Shu ma’lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo’ldi. Ko’p asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida-hozirgi kalendar vujudga keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo’linishi ham qadimgi davrdan kelib chiqqan bo’lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib chiqqan.
Slayd 7
1 Soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1 Soat = 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq sistemasining ta’siri bor faraz qilinadi. I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr «vaqt o’lchovi» ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Slayd 8
Insonning butun umri vaqt bilan, va uni qadrlash uquvi bilan bog’liq. Vaqt beto’xtov o’tadi,uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Shuning uchun vaqt oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo’yicha taqqoslash ham qiyin. Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig’ida nima bo’layotganligigabog’liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o’tayotgandek bo’lib tuyuladi. Shuninguchun vaqt o’rganish qiyin bo’lgan miqdorlardan biridir. Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo’lgan davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Slayd 9
Voqealarning vaqt bo’yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo’lgan edi, nima keyin bo’lgan edi) va hodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidan qiyin o’zlashtiriladi. Birinchi sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar o’qiganlarida va kinofilmlar ko’rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabulqilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt o’zgarishiniko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi.
Slayd 10
Dastur 1-sinfda bolalarni haftakunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. Shu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanishvaqt oraliqlarini taqqoslashni ya’ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabitushunchalarni o’rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig’ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlarini o’rganishga zamin bo’ladi. Berilgan mavzunio’rganishga bag’ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagitasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o’qituvchi tabel kalendardan foydalanadi.
Slayd 11
Bolalar tabel–kalendar yordamida biryilda o’n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo’lgan oylarning nomini o’zlashtiradilar, ajratadilar: aprel, iyun, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. Shu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o’rgatiladi. Masalan yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyul, avgust, oktyabr tartib bo’yicha nechanchi oylar? Agar oy va sana ma’lum bo’lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha haftaning kunlari ma’lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to’g’ri kelishini aniqlash mumkin?
Slayd 12
Bolalarni kalendar bo’yicha quyidagi savollarga javob berishga o’rgatiladi: – Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro’z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi kuniga to’g’ri keladi? – Yanvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari? – Yilda ikkinchi, to’rttinchi, sakkizinchi bo’lib keluvchi oyning nomi nima? – Kalendardan biling-chi bahorgi kanikul necha kun davom etarkin? (Bahorgi kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.) Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibinibelgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalargayaqin bo’lgan qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha bo’lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibihaqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun, indini, o’tgan kuni.
Slayd 13
Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o’tgan vaqt oralig’i sutka debataladi deb tushuntiriladi. Tabelkalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashinisutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minuttushunchasi o’rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlariularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O’rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag’ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o’lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to’rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat.
Slayd 14
“Vaqt o’lchovlari» mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularnisistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish vauni o’zlashtirishdan boshlanadi: 1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat 1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut 1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund Fevral oyi 28 yoki 29 sutka. Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o’lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag’ishlanadi. 4 Soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut 194 minut = 3 soat 14 minut 1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.