Boshlang’ich sinflarda liro-epik asarlar metodikasi

4000 so'm


Boshlang'ich sinflarda liro-epik asarlar metodikasi

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich sinflarda liro-epik asarlar ustida ishlash uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish (3-4-sinf)

Slayd 2

Reja:
Badiiy janr va ularning turlari
Ertak va uni o’rganish metodikasi
Hikoya va uni o’rganish metodikasi
Ilmiy-ommabop asarlar va ularni o’rganish metodikasi

Slayd 3

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida ilmiy jihatdan tashkil etilmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bundan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.

Slayd 4

Ertak va uni o’qitish metodikasi
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib , qiziqib o’qilishining sabalaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash jam muhim ahamiyat kasb etadi.

Slayd 5

Ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Ertak bilan tanishtirish:
a) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va boshqalar
Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi o’tkazish
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
Ertakni so’zlab berish;
Umumlashtiruvchi suhbat;
Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o’qish(ijodiy va mustaqil ishlar);
Vazifani tekshirish va yakunlash;
Uyda ertakni o’qib (aytib) berishga tayyorlanish

Slayd 6

Hikoya va uni o’qitish metodikasi
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishilar hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir.
Hikoya janri hayotiyligi bilan o’ziga xos hisoblanadi.unda voqealar tez rivojlanib boradi.
Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
Matn yuzasidan savollarga javob berish;
Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish;
Hikoya yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi;
Hikoya mos rasmlar chizish;
Hikoya matnini qismlarga bo’lish;
Har bir qismga sarlavha topish;
Hikoyaga reja tuzish;
Reja asosida qayta hikoyalash;
Reja asosida bayon yozish.

Slayd 7

Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tushunarlilik bu- yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligidir.
Hikoyani izohli o’qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin:
Hikoyani o’qishga tayyorlash;
Hikoyani o’qish;
Lug’at ustida ishlash;
Idrok etishni tekshirish;
Hikoyani qayta o’qish;
Hikoyaning bo’limlari asosida suhbat o’tkazish, hikoya rejasini tuzish;
Reja asosida qayta hikoyalash;
Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar;
Hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish;
Hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.

Slayd 8

Ilmiy-ommabop asarlar va ularni o’rganish metodikasi.
Boshlang’ish sinflarda ilmiy ommabop asarlarni o’qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o’rganish o’quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o’rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi.

Slayd 9

O’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, matn mazmumnini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish;
Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o’qish, o’quvchiga notanish bo’lgan so’zla ma’nosi ustida ishlash;
Asar rejasini tuzish;
O’qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish;
Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish;
Reja asosida maqolani qayta o’qish;
Maqolani yaxlit o’qish;
Reja asosida qayta hikoyalash;
Xulosalash va umumlashtirish

Slayd 10

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 11

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinflarda liro-epik asarlar metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar