Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik ekskursiya darsi

4000 so'm


Boshlang'ich sinf tabiatshunoslik ekskursiya darsi

 

 

Slayd 1

Ekskursiya darsi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatshunoslikni o‘rganishdagi o‘rni

Slayd 2

Reja:
Ekskursiya darsilari va uni tashkil etish.
Ekskursiya darsilarida turli metodlardan foydalanish.
Ekskursiya darsi davomida predmetlararo bog‘lanish didaktik tamoyilining amalga oshirish yo‘llari.

Slayd 3

Slayd 4

Ekskursiya darslari.
Ekskursiya (lotincha: — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar, korxonalar va hokazo)ga jamoa boʻlib borish. Koʻpincha turizm bilan birga amalga oshiriladi.
Ma’lumki, tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish qiladi. Amaliy ishlarni bajarish yo’LI orqali o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi: ekskursiyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta yodga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi eks-kursiyalarda o’quvchilar awal olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.

Slayd 5

Darslarning uy vazifalari bilan, xususan, eksperimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lrnagan tajribalarni amalga oshiradilar, kuzatishlar o’tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklariniyelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini chizadilar). Bu o’qitishning eng yuqori ko’rgazmalilikka va o’quvchilarning ijodiymustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir.
Dasturning deyarli bar bir mavzusi bo’yicha ekskursiyalar mo’ljallangan. Vatanimizning tabiiy sharoiti ular sonini anchako’paytirishga imkon beradi,
Ekskursiya o’quv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilirnlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o’qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi o’quv yilining boshida bir yil uchun choraklar bo’yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi.

Slayd 6

— Ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
— aniq o’quv-tarbiya vazifalarini belgilash;
— obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
— kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
—- ekskursovodni yoki korxona xodimlarini o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
— o’quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo’yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskur-siyadagi xulq-atvor qoidalari biian tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);
— kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yo’nalish tanlash;
— ekskursiya o’tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.

Slayd 7

Slayd 8

Ekskursiya vaqtida o’quvchilar ekskursiya joyigacha yo’1-yo’lakay kuzatishlar o’tkazib boradilar;
eks­kursiya davomida o’qituvchi tushuntirib boradi;
ekskursiya joyida o’quvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar;
ishchilar va muhan-dislar bilan suhbatlashadilar;
tabiiy material yig’adilar va oldindan tayyorlab qo’yilgan jild, quticha, bonkalarga soladilar;
o’lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda) olib boradilar;
kompas bo’yicha yo’nalishlarni aniqlaydilar;
rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar, xulosalarni umumlashtiradilar;
kuzatayotgan obyektda baholi qudrat ijtimoiy foydali mehnat qiladilar.

Slayd 9

Ekskursiya vaqtida to’plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma materialbo’lib xizmat qiladi yoki ulardan ko’rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, Shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foyda­laniladi.
Ekskursiyada to’plangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1- sinfda «Alifbe» o’qitilayotgan davrda o’quvchilar bilan «Kuz» mavzusi bo’yicha ikkita ekskursiya o’tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o’quvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida o’simliklar hayotidagi o’zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig’adilar.
Qish va bahorda o’quvchilarning o’simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqiarni ko’rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o’sha obyektlarda o’tkaziladi. 2- Sinfda tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar mavzusi bilan bog’lq holda ekskursiyalar o’tkaziladi, ularda o’qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va Chuqur-lashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi.

Slayd 10

Slayd 11

1- Sinfda bolalar ekskursiyalarda 3—4 o’simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2- Sinfda bunga yana 3—4 o’simlik turi qo’shiladi, 3- sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6—8 o’simlik turlari (daraxt, buta va o’t o’simliklari)m taniy va ta’riflay olishlari, 4- sinfda esa 8—10 turni yaxshi bilib olishlari kerak.
Ekskursiya o’quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiruvchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur bo’lgan noyob bilim manbaidir.
Misol sifatida eng ko’p tarqalgan suv o’simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o’tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3-Sinf):
ilgari tabiatga (bog’cha, xiyobonga) o’tkazilgan ekskursiya mazmuni bo’yicha suhbat;
yangi mavzu bo’yicha (suv havzasining mavjudotlari haqida) kirish suhbati;

Slayd 12

O’smliklarni kuzatish;
hayvonlarni kuzatish;
yaqinda joylashgan suv havzasidagi o’simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;
ekskursiya materialini yig’ish;
umumlashtiruvchi suhbat;
uyga vazifa berish (jadval).

Slayd 13

Bilimni tekshirish uchun savollar
Tabiatshunoslik darslari orasida ekskursiya darsi qanday o’rinni egallaydi?
Ekskursiya darsiga tayyorgarlikning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
Ekskursiya vaqtida qanday tajribalarni o’tkazish mumkin?
Ekskursiya davomida o’quvchilar qanday ishlarni bajarish imkoniyatiga egabo’Iadilar?
Ekskursiya o’tkazishda qanday metodlardan foydalaniladi?
Ekskursiya darsida turli metodlardan qay yo’sin samarali foydafanish mumkin?
Ekskursiyada to’planadigan materiallardan tabiatshunoslik darslaridan tashqari yana qaysi darslarda foydalanish mumkin?
Ekskursiya darsining rejasi qanday tuziladi?
Ekskursiyadan keyin tabiatshunoslikka oid maqolalarni o’qishning ahamiyati qanday?
O’quvchilarning kuzatishlari bilan bog’liq o’qish darslari qanday ahamiyatga ega?
Ekskursiya darsi davomida predmetlararo bog’lanish didaktik tamoyilining amalga oshirish yo’llarini qanday tushunasiz?

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik ekskursiya darsi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar