Ta’lim mazmuni va didaktikasi
4000 so'm

Slayd 1
Ta’lim mazmuni.
Slayd 2
Taʼlim
Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Slayd 3
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
Taʼlim
Slayd 4
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi – oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi.
Slayd 5
Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan «Tashxis markazlari» tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik tahlil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi.
Slayd 6
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;Ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;Ta’lim jarayon uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
Slayd 7
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
Pedagogik kengash;
Kuzatuv (vasiylik) kengashi;
Oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
Ta’lim tashkilotining rahbari
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.
Ta’lim tashkilotini boshqarish
Slayd 8
Bilim— shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
Bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
Slayd 9
Ko’nikma — olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi; Malaka — ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi; Ta’lim — o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
Slayd 10
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagicha tizimlashtiriladi.
Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
Slayd 11
O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Suhbat.
Slayd 12
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.
Slayd 13
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
Slayd 14
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi.
Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar) O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Slayd 15
Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
Ijodiy mashq.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.