Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari

4000 so'm


Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari

 

 

Slayd 1

Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari

Slayd 2

Reja:
Sotsial psixologiya fani predmeti
Sotsial psixologiya va sotsiologiya
Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai

Slayd 3

Sotsial psixologiya fani predmeti
Sotsial psixologiya yosh fan. Biz har doim o‘quvchilarga sotsial psixologiyani yosh fan ekanligini eslatamiz, chunki bizdagi mavjud bo‘lgan savollarni qisman bo’lsada o‘zgartirib boradi. Lekin bu haqiqat. Sotsial psixologiyada olib borilgan birinchi eksperiment haqidagi fikrlar 1898 yilda paydo bo‘lgan. 1924 yilda Sotsial psixologiya bo‘yicha birinchi darslik nashr etildi. Sotsial psixologiya 1931 yildan boshlab o‘zining hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sotsial psixologiya – bu psixologiya fanining shunday bo‘g‘iniki, odamlarning o‘zaro xarakatlari natijasi sifatida namoyon bo‘luvchi sotsial psixologik funksiyalashuvni o‘rganadi.
Bugungi kunga kelib sotsial psixologiyaning qiziqishlar sferasi kengayib bormoqda. Sotsial psixologiya quyidagi muammolarga diqqat qaratmoqda.

Slayd 4

-Vaziyatning hukmdorligi. Biz hammamiz biron bir vaziyatga tushamiz va shu vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
-Shaxs hukmdorligi. Biz o‘zimizning ijtimoiy dunyoqarashimizni yaratamiz. Shaxsning guruhdagi ishtiroki guruhning qanday tuzilganligiga bog‘liq. Agar guruh noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa uning a’zolari bunga o‘z yutuqlarini olib kiradi (yoki yomonlik, qarshilik qilish). Bunday vaziyatga har bir odam turlicha ta’sir ko‘rsatadi
-O‘z-o‘zini anglash. Odamlar turlicha fikrlaydilar. Ular har xil fikrlaganlari uchun ham turli xil ta’sir ko‘rsatadilar.
-Sotsial psixologiyada prinsiplarni amaliy jihatdan qo‘llash. Sotsial psixologiya psixologiyaning boshqa tarmoqlari va sotsialogoiyadan tubdan farq qiladi. Sotsial psixologiya insonlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, bir- biri haqida nimalarni aytishi,bir- biriga ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.

Slayd 5

-Vaziyatning hukmdorligi. Biz hammamiz biron bir vaziyatga tushamiz va shu vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
-Shaxs hukmdorligi. Biz o‘zimizning ijtimoiy dunyoqarashimizni yaratamiz. Shaxsning guruhdagi ishtiroki guruhning qanday tuzilganligiga bog‘liq. Agar guruh noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa uning a’zolari bunga o‘z yutuqlarini olib kiradi (yoki yomonlik, qarshilik qilish). Bunday vaziyatga har bir odam turlicha ta’sir ko‘rsatadi
-O‘z-o‘zini anglash. Odamlar turlicha fikrlaydilar. Ular har xil fikrlaganlari uchun ham turli xil ta’sir ko‘rsatadilar.
-Sotsial psixologiyada prinsiplarni amaliy jihatdan qo‘llash. Sotsial psixologiya psixologiyaning boshqa tarmoqlari va sotsialogoiyadan tubdan farq qiladi. Sotsial psixologiya insonlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, bir- biri haqida nimalarni aytishi,bir- biriga ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.

Slayd 6

Hozirgi kunda sotsial psixologiyaning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Sotsial psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Chunki ko‘p vaqt davomida ijtimoiy psixologiya fanining predmeti borasida tortishuvlar kechgandir. Sababi – sotsial psixologiya fani ikki turdagi qonuniyatlar — ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o‘rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjudligini kuzatamiz.
Insoniyat jamiyati paydo bo’lib, odamlar xamkorlikda mehnat qilish va yashash extiyojini sezgan davrdan boshlab ularda ijtimoiy psixologik tafakkur, ijtimoiy rux paydo bo’lgan. Insoniyatning eng ilgor vaqillari bunday rux qonuniyatlarini o’rganish, uning sirli tomonlarini sharxlashga o’rinib kelganlar. Lekin ijtimoiy rux qanchalik qadimiy bo’lsa, uning sirlarini o’rganuvchi fan-Ijtimoiy psixologiya shunchalik navkirondir

Slayd 7

Ijtimoiy psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908 yil hisoblanib, xuddi ana shu yil ingliz psixologi V. Magdugall «Ijtimoiy psixologiyaga kirish», amerikalik sotsiolog E. Ross esa «Ijtimoiy psixologiya» darsligini chop etdilar. Bu yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soha bo’yicha kitob yozishlarining o’zi ramziy ma’noga ega bo’lib, bu fanning ikki fan oraligida
Psixologiya va sotsiologiya oraligida paydo bo’lganligining yana bir isboti bo’lib xizmat qildi. Ya’ni, Ijtimoiy psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar – ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo’lsa kerak, hozirgi kungacha Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o’rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud
Taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M. Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradilar: «Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar – ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob’ekti esa ijtimoiy o’zaro ta’sirdir» Demak, har odamlar uyushmasida sodir bo’ladigan o’zaro ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar Ijtimoiy psixologiya o’rganishi kerak bo’lgan sohalardir.

Slayd 8

Rus sotsiologlari G. P. Predvechniy va Yu. A. Sherkovinlarning «Sotsial psixologiya»kitobida esa uning predmeti»… Ob’ektiv borliqning va unda ro’y beradigan xodisalarning psixika tomonidan o’ziga xos tarzda in’ikos etilishidir», – deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o’rganish ob‘yektlarini sharxlar ekanlar, ko’prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar. Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga psixologik yondashuv A. V. Petrovskiy va V. V. Shpalinskiylarning «Jamoaning Ijtimoiy psixologiyasi» kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha, «Ijtimoiy psixologiya -psixologiya fanining shunday tarmog‘iki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o’zaro ta’sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik xodisalarni o’rganadi».

Slayd 9

Shuning uchun ham Galina Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o’rinda uch xil yondashish borligini e’tirof etadi.
Birinchisi, sotsiolog yondashish bo’lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni – xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo’lishini o’rganishi kerak (Yu. A. Sherkovin, G. P. Predvechniy, R. Pento, M. Gravits va boshqalar).

Slayd 10

Ikkinchi psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo’lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xaslatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o’rni, mavqei, ijtimoiy ustanovkalar va hokazolarga qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar (A. V. Petrovskiy, B. F. Parigin, A. G. Asmolov, V. Magdugall, va boshqalar). Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik, ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o’rganishni yuklab, tadqiqotlar o’tkazmoqdalar. Masalan, V. Myasishev o’zining «Shaxs va nevrozlar» kitobida yozishicha, ijtimoiy psixologiya shaxslararo o’zaro ta’sir jarayonida shaxsda paydo bo’ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o’ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaqtda o’rganishni taklif etadi.

Slayd 11

Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo’lgan. Ularga bu fanning mavzu bahsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan kidirish (intradissiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oralig’idan qidirish hollarini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu sohadagi tortishuvlar qanchalik bo’lmasin, baribir, G. M. Andreevaning obrazli iborasiga ko’ra, uning»ota-onasi»sotsiologiya bilan psixologiya ekanligini tan olishi kerak. Bu boradagi aniq fikrni fransuz olimlari R. Pento va M. Gravitslar ham ta’kidlashgan: «Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo’lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o’rganib keldi. Ijtimoiy psixologiya paydo bo’ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o’rganmoqda». Umumiy holda, Ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir, deb ta’rif berishimiz mumkin.

Slayd 12

Sotsial psixolog va sotsiologlarnig qiziqishlari guruhdagi insonlarning xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, sotsiologlar o‘sha davrlarda kichik guruhlardan tortib katta guruh (masalan, jamiyat va unga tegishli bo‘lgan maxsus tendensiyalar) a’zolarining soni nechtani tashkil etishini o‘rganganlar. Sotsial psixologlar esa guruhda isonlarning individum sifatida o‘rtacha me’yorini va ularni guruh a’zolarining bir-biriga ta’sirini va ularni o‘zaro munosabatlarini nimani his qilishlarini o‘rganadi. Bunday tadqiqotlarni o‘tkazish asosida guruhning individumga ta’siri,shuningdek individumning guruhga ta’siri o‘rganiladi.
Quyidagi misollarni keltirish mumkin Sotsiolog grajdanlik nikohlarini va ajrim sabablarini o‘rgansa sotsial psixologlar esa insonlarning bir- biriga bo‘lgan munosabatlarini (yoqimlilik) o‘rganadi.
Sotsial psixolog va sotsiologlar ba’zida bir xil tadqiqot metodini qo‘llasalarda psixologlar eksperiment o‘tkazishda olingan faktorlarga asoslanadi.
Sotsial psixologiya va sotsiologiya

Slayd 13

Sotsial psixologiya va shaxs psixologiyasi
Sotsial psixologiya va shaxs psixologiyada individni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bir xil bo‘lib bir-biriga mos keladi. Sotsial psixologiyasi sohasida shaxsni o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo‘nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya – «psixologik ijtimoiy psixologiya» va «sotsiologik ijtimoiy psixologiya» mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni psixologik sotsial psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi.

Slayd 14

Sotsial psixologiyada shaxsning o‘rganishning o‘ziga xosligini tushuntirish va ko‘rsatish maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha olimlar o‘z qarashlarini o‘ziga xos tarzda ifodalay olgan.
Sotsial psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini va ular biri-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi:
– Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g‘ri? Do‘stlarimiz haqidagisichi? Notanishlar haqidagi fikrlarimizchi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa qanchalik ahamiyatga ega?
– Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir o‘tkazadilar? Ijtimoimy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin?
– Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar, ba’zi paytlarda yordam beradilar?
Bu savollarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy psixologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug‘ullanadi. Qisqasini aytganda ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligi shundaki, bu fan odamlar bir-birlari haqida nima o‘ylashidan tortib, ular bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishigacha o‘rganadigan fandir.

Slayd 15

Shuning uchun ham G. M. Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi xaqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish borligini e’tirof etadi. G. Andreeva fikricha ijtimoiy psixologiya mavzu baxsi:
Birinchisi, sotsiologik yondashish bo‘lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni—xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlarning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak
Ikkinchi—psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo‘lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, ijtimoiy ustanovkalar va hokazolarga qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar. Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsninig xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishni yoqlab tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar
Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Chunki, shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiati, psixikasini o‘rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning jamiyatga munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda.

Slayd 16

Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.

Slayd 17

Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai
19 Asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu bo’ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba – xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.
Xalqlar psixologiyasi nazariyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida 19 asrning o’rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy g’oya shu ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan rux mavjud bo’lib, bu rux o’zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo’ysunadi.

Slayd 18

Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o’rganish, xalq ruhiyati konunlarini ochish, xalq psixologiyasiga oid bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarning paydo bo’lishi va yo’nalishini tushuntirib berishdir». «Psixologiyaning otasi» hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga asoslangan ma’lumotlar to’plashga o’z diqqatini qaratdi. U o’zining «Inson va hayvon ruhi haqida lektsiyalar»i (1863 y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan o’n tomli «Xalqlar psixologiyasi» asarlarida asosan o’zi to’plagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bag’ishlangan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi.

Slayd 19

Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o’rganuvchi eksperimental fan bo’lib, oliy psixik jarayonlar — tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani tajriba usulida tadqiq etish mumkin. Tajriba usulida o’rganib bo’lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o’rganadi, chunki undagi o’rganish usullari o’ziga xosdir — u madaniy mahsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi.
Vundtning qarashlari idealistik asosda bo’lgan, ya’ni u individ bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab dialektik munosabatni idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o’rnini ko’ra bilmagan. Uning izdoshlari — Rusiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u yo’l qo’ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o’ziga xos usullar yordamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarnni ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo’ldi.

Slayd 20

Omma psixologiyasi nazariyasi paydo bo’lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo’lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo’ldi Ommaviy hodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning «Taqlid qilish qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Frantsiyada ro’y berayotgan ommaviy hodisalarni, shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo’lib, har bir individ ommaga qo’shilgan zahoti unga taqlid qilishga tayyorlik instinkti ustun bo’lib qoladi. Italiyalik huquqshunos S. Sigeli va frantsuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qullab, uning nazariyasini faktik materiallar bilan, ya’ni 1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining «Ommaning jinoyatlari» va Lebonning «Omma psixologiyasi» kitoblari orqali boyitdilar.
Sotsiolog Lebon esa asosan diqqatini ommani elitaga — jamiyatdan yuqori turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo’yishga qaratdi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror hodisa ro’y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bir yerda to’planishi ommani hosil qiladi va bu, odamlar kim bo’lishidan qati nazar — olimmi yoki oddiy insonmi, shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo’qotadi.

Slayd 21

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar