Sotsial psixologik qarashlar rivojlanish tarixi
4000 so'm

Slayd 1
Sotsial psixologik qarashlarning rivojlanish tarixi
Slayd 2
Reja:
Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta’limotlarning rivojlanishi,
Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai,
Rus sotsiologlarining fan predmetiga bergan ta’rifi,
Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi.
Slayd 3
Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo‘lib, sof sotsial psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo‘lganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Insoniyat tarixini o‘rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar sotsial psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarining guvohi bo‘lamiz. Lekin ular bu hodisalarni o‘z davri ruhida, o‘z nazariy va sotsial qarashlari, hattoki, turli oqimlar orasida tushunishga uringanlar. Shuning uchun ham sotsial psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o‘rganish uchun sotsial psixologik muammolar yoritilgan asar yoki olimning yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o‘rganish lozim. Ilmiy manbalar sotsial psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o‘zining sezilarli ulushini qo‘shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim Gordon Uillard Ollport (1897-1967) sotsial psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog‘liq, deb yozgan edi.
Slayd 4
Platon o‘zining «Davlat» va «Qonunlar» deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha sotsia o‘zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflari Tomas Gobbs, Klod Adrian Galvetsiy, Jon Lokk, Jan Jak Russo, Vilgelm Gegel, Nikollo Makiavelli, Sharq faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga urindilar, lekin hech qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko‘tara olmadi.
Slayd 5
XIX asrning o‘rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o‘sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi etnolog Edvard Teylor (1832- 1917) ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to‘liq o‘rganib chiqdi, amerikalik etnogrof Lyuis Genri Morgan (1818-1881) hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi Lyusyen Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o‘rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy muhitning ta’sirini o‘rganishga majbur bo‘lishdi. Ya’ni ular alohida individ u yoki bu yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog‘LI bog‘liq ekanligini nazariy jihatdan isbot qildilar.
Slayd 6
Lekin sotsial psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmatini ko‘rsatib o‘tmay bo‘lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi sotsial hodisalarni o‘rganish uchun albatta, o‘ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o‘rganmoq lozim, degan fikrni qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir sotsial voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda «Sotsial fakt» boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Sotsial xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo munosabatni o‘z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o‘rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo‘nalish paydo bo‘ldi. Tarddan keyin Lester Frenk Uord, Franklin Genri Giddings va boshqalar sotsiallik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o‘rgana boshladilar. Ularning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur bo‘lib, u «Jamiyat psixologiyasi» yoki sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Slayd 7
Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‘ldiki, ular xaqli ravishda sotsial psixologiyani mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan shu narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini tushuntirishga harakat qilgan. Bular: xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, sotsial xulq-atvorning instinktlari nazariyalaridir.
Slayd 8
Xalqlar psixologiyasi sotsial psixologik nazariya sifatida XIX asrning o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariy fikr shundan iborat ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo‘lib, bu ruh o‘zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo‘ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitliklarning bo‘laklari bo‘lib, ular shu ruhga bo‘ysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Xalqlar psixologiyasining tarixiy -afkuraviy asosi bo‘lib Gegel falsafasi va nemis romantizmi xizmat qilgan, deyish mumkin. Chunki Gegeldagi «individdan yuqori turuvchi ruh» g‘oyasi xalqlar psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan to‘laligicha qabul qilindi. «Xalqlar psixologiyasi» iborasi birinchi marta faylasuf Morits Latsarus (1824-1903) hamda tilshunos Xeyman Shteyntal (1823-1899) asarlarida ishlatildi.
Slayd 9
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 10
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.