Shaxs psixodiagnostikasi fanidan seminar

4000 so'm


Shaxs psixodiagnostikasi fanidan seminar

 

 

Slayd 1

Shaxs psixodiagnostikasi

Slayd 2

Reja:
Shaxs haqida tushuncha.
Shaxs psixodiagnostikasi nima
Shaxs psixodiagnostikasining tarixiy ildizlari
Shaxs psixodiagnostikasining metodlari

Slayd 3

Shaxs haqida tushuncha.
Koʻpgina fanlar shaxsni, odamni oʻrganadi.
Psixologiya shaxsning maʼnaviy qiyofasi, uning psixik jarayonida, hatti-harakatlari va xulq atvorida aks etadigan tomonlarini oʻrganadi.
Lekin shuni unutmaslik lozimki, shaxs tushunchasi bir butun, yaxlit tushunchadir.

Slayd 4

Odamning maʼnaviy qiyofasini chuqur bilish uchun uning faqat psixik xususiyatlarini oʻrganishnigina emas, balki shaxsning jamiyat aʼzosi sifatidagi, jamoat arbobi, xodim sifatidagi xususiyatlarini va shu kabi tomonlarini ham yaxshi tasavvur etish zarur.
Ayniqsa, har qanday psixik jarayonni yoki shaxsning ayrim xususiyatlarini, masalan:
Kuzatuvchanlik, iroda, xarakter va shu kabilarni, umuman, uning maʼnaviy qiyofasi xarakteristikasi bilan bogʻlamay turib oʻrganib boʻlmaydi.

Slayd 5

Shaxsni oʻrganish – juda murakkab faoliyat.
Shaxs tushunchasi psixologiyada eng koʻp qoʻllaniladigan termin hisoblanadi.
Odam shaxs boʻlib tugʻilmaydi, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanib boradi.
Shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlaridan, oʻzi mansub boʻlgan jamiyatdan, undagi egallangan mavqeidan ajratib olgan holda tushunish ham mumkin emas.
Inson shaxs sifatida faqat jamiyatda, jamoada shakllanadi va
Boshqa kishilar bilan muloqotda oʻzini namoyon qiladi.

Slayd 6

Shaxs bu – jamiyatdagi oʻzining oʻzligini anglovchi, uning layoqatli aʼzosi sifatidagi insonning psixologik qiyofasidir.
Psixik qiyofa shaxsning alohida xususiyatlari bilangina emas, balki umumiy sifatlari – xarakteri va qobiliyatlari bilan yoʻnalganligi, eʼtiqodi taʼsiri ostida boʻlgan psixik jarayonlar va holatlarning oʻziga xosligini belgilovchi tugʻma zehn va tajribadan tashkil topadi.

Slayd 7

Aniqlanishicha, hayotiy tajriba orttirila borishi bilan shaxsning oʻzini oʻzi belgilashi, oʻz hayotining maʼnosini anglab yetishi, real hayotiy rejalarning shakllanishi, kelgusidagi hayotiy yoʻlining prognoz qilinishi va shu kabilar yuz beradi.

Slayd 8

Ijtimoiy muhit shaxs xulq-atvorini maʼlum maʼnoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi.
Lekin, insonning axloq-ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning oʻziga ham bogʻliqdir.
Odam oʻz-oʻzini anglashi, bilishi va oʻz ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongiga bevosita oʻziga, oʻz ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.

Slayd 9

Ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni oʻrab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga eʼtibor berishdan tashqari, oʻzining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borilishi ham taqozo etiladi.
Shaxsning oʻzi, oʻz xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil boʻlgan obraz – «men» obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.

Slayd 10

Oʻzini oʻzi anglash doimiy jarayon sifatida mavjud.
U insonning boshqa odamlar haqidagi bilimlari va ularning unga boʻlgan munosabatlari oʻrtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi.
Inson oʻzi haqida fikr yuritar ekan, u boshqa odamlar bilan oʻzaro munosabatlarini tahlil qiladi va ular samarali ekanligiga koʻra oʻz menligini yaratadi.

Slayd 11

«Menlik» insonni atrof-muhit, odamlar bilan oʻzaro munosabatlarning va oʻzaro aloqadorliklarning mahsuli boʻlib qoladi.
Lekin, uning tarkib topishi insonning fikr yurituvchanligi, yaʼni umumiy holda ruhiyatning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Mana shu maʼnoda oʻz-oʻzini anglashning ichki mazmuni bu yondashuvga koʻra 2 asos bilan belgilanadi:

Slayd 12

Birinchidan, insonning atrof-muhitga, odamlar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarning mazmuni va ikkinchidan, ana shu munosabatlar haqida uning fikr yurita olish imkoniyati.
Shulardan birinchisi ijtimoiy, demak obyektiv xususiyatga ega boʻlsa, ikkinchisi subyektiv, yaʼni insonning psixo-fiziologik va psixologik xususiyatlariga bogʻliqdir.

Slayd 13

Ana shu ikki asosning oʻzaro mos kelishi yoki mos kelmasligi oʻzlik haqidagi adekvat (toʻgʻri) tasavvurni vujudga keltiradi.
Oʻz-oʻzini anglash jarayonida ruhiyat bilan ijtimoiylashuv oʻrtasida doimo oʻzaro munosabatlar vujudga keladi.
Ularning oʻzaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi taʼsirida «menlik»ning u yoki bu turdagi mazmuni kelib chiqadi.

Slayd 14

Oʻziga oʻzi baho berish shaxsning oʻzi tomonidan oʻziga, oʻz imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va oʻrniga baho berishidir.
Hayotda shaxs oʻzini qanday va qay darajada bilishi hamda baholashi, yaʼni «men»i muhim rol oʻynaydi.
Xatarli ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning oʻzini oʻzi baholashi notoʻgʻri shakllanishi muqarrardir.
Bunday holatlarda jinoiy hatti-harakatlarga yoʻl ochishi inkor etilmaydi.

Slayd 15

Inson oʻzining kimligini aniqroq bilish uchun turli soʻrovnomalar, psixologik testlar, psixologik amaliy mashgʻulotlar orqali aniqlashi, tekshirishi va oʻzidagi xususiyatlarni toʻgʻri yoʻnaltirishi mumkin.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi.
Xuddi shu davrda psixologiyada oʻlchash gʻoyasi keng tarqaldi.
Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bogʻlangan.

Slayd 16

«Psixodiagnostika» atamasi «psixologik tashxis qoʻyish» degan maʼnoni anglatib, shaxsning ruhiy holatida toʻliq yoki biror bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot koʻrsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.

Slayd 17

«Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asarining chop etilishidan soʻng psixiatriyada tarqalgan boʻlib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshlandi.
«Diagnoz», yani «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday ogʻishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarini aniq taraqqiyot darajasini aniqlash, demakdir.

Slayd 18

Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi boʻlib, individ yoki guruhni psixologik taraqqiyot koʻrsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodika va metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bogʻliqdir.
Psixodiagnostika baholash obyekti, psixologiya fani oʻrganayotgan har qanday jarayon boʻlishi mumkin.

Slayd 19

Masalan, oʻzaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning bir-biri bilan kechayotgan xatti-harakati va muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon bilan tugatish mumkin.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qoʻyish haqidagi fandir.
Bunda diagnoz koʻrsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat.

Slayd 20

Psixologik diagnoz (diagnosis – aniqlash, bilish (grekcha) degan maʼnolarni anglatadi) shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishi, oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalardan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining soʻnggi natijasidir.

Slayd 21

Odamda eʼtiqod, dunyoqarash, eng yuksak maqsad, muomala, muloqot, milliy va mustaqil xulq-atvorni dadil shakllantirish koʻproq psixologik omillarga bogʻliqdir.
Shuning uchun inson ehtiyojlarini zamon talabi darajasida shakllantirish uchun umumpsixologik qonuniyatlarga suyanmoq lozim.

Slayd 22

Kishining tevarak atrofidagilar, yaqin kishilari, doʻstbirodarlari bilan oʻzaro ijobiy, yaxshi munosabatda boʻlishi undan bir oz psixologik bilimdonlikni talab qiladi.
Har bir inson psixologiya fani haqida mukammal, chuqur bilimga ega boʻlmasada, turli ommaviy axborot vositalari orqali qisman boʻlsa-da, tushuncha, maʼlumotga ega.

Slayd 23

Ulardan hayoti faoliyatida oʻz maqsadlari asosida foydalanishi, shuningdek, har bir kichik muammolar uchun amaliy psixologlar maslaxatiga murojaat etilmasligi tabiiy hol.
Lekin bu maʼlumotlarning psixologik talqini doim ham yetarli darajada izohlanmasligi mumkin.
Odatda insonlarning koʻpchiligida shaxsiy xususiyatlarga, ayniqsa, xarakter xislatlarga qiziqish yuqori boʻladi.
Psixologlarning fikricha, oʻzimizni yaxshiroq bilsak, boshqalarni toʻgʻriroq tushuna olamiz.

Slayd 24

Shaxs xususiyatlarini oʻrganishda, aniqlashda qator psixologik usullardan foydalaniladi.
Shuningdek, faqat bir, ikkita test yoki savolnomalarning javoblari asosida xulosa chiqarishga shoshilish yaramaydi.
Bundan tashqari har bir qoʻllanilgan usul, test natijalari toʻgʻri yoki notoʻgʻri maʼlumot berganligi bilan baholanmaydi.

Slayd 25

Har bir testning javoblari insonning xarakter xususiyatlariga toʻla toʻkis mos kelishi mumkin emas.
Uning qandaydir qismi yoki foizi toʻgʻriroq boʻlishi mumkin xolos.
Shuning uchun bunda bir qancha usul va testlardan foydalaniladi va ularning har biridan olingan toʻgʻri javoblar umumlashtirilib, jamlanadi, tahlil qilinadi.

Slayd 26

Yana tahlilda shaxsning taʼlim-tarbiyasi, ijtimoiy, nasliy, yosh davri xususiyatlari ham nazardan chetda qolmasligi lozim.
Odatda, zaruratda psixolog mutaxassislar tomonidan mana shunday usullar orqali kishining psixologik portreti yaratiladi.

Slayd 27

Psixologik topshiriqlarni bajarishda haqqoniy javob berishga intilish lozim, faqat yaxshi natijalarga erishish maqsadidan uzoqroq boʻlgan maʼqul.
Kamchiliklardan qochish, choʻchishning hojati yoʻq.
Kamchiliksiz inson boʻlmaydi.
Komillika, mukammallikka doim intilish, harakat qilish, xatolarni tuzatish orqali erishish mumkin.

Slayd 28

Jamiyatdagi barcha mavjudot oʻzining biologik ritmi bilan yashaydi.
Biologik ritm odam organizimida mavjud boʻlsada, inson koʻproq jamiyat belgilagan qonun-qoidalar, meʼyorlar asosida yashashga moslashishi kerak.
Masalan, baʼzi odamlar ertalab koʻproq uxlashni yoqtirishadi, lekin oʻqishga, ishga borishlariga toʻgʻri keladi.
Bunday insonlarning ish faoliyati asosan kechqurun faollashadi.

Slayd 29

Shuning uchun ham ular iloji boricha kechqurun ishlab, ertalab dam olishni yoqtirishadi.
Boshqa odamlar toifasi buning aksi oʻlaroq ertalab oʻqiydilar, kechasi dam oladilar.
Baʼzi insonlar ertalab ham, kechqurun ham bir xil biologik ritmda boʻladilar.
Ular turli sharoitlarga osonroq moslashadilar.

Slayd 30

Uxlashga vaqtida yotasizmi? Deb soʻrashsa, bu savolga koʻpchilik salbiy javob berishadi, baʼzilari unga qoʻshimcha qilishadi, «men Boyqushman» kabilar.
Ularga tun yarmida uxlash zararligining tushuntirishni hojati yoʻq.
«Meʼyoriy kun tartibidan orqada qolishni tabiatni oʻzi belgilab bergan», deyish yaramaydi.

Slayd 31

Bu unday emas. Qadimdan olimlarning aniqlashicha, nazariy jixatdan kishi «ovchi», bilan «qorovul» kabi toifalarga boʻlinmaydi.
Yaxshi maʼlumki, u yoki bu (insonning kechki yoki ertalabki faollik) tiplarga moyil boʻlishi nasliy berilmaydi, u aniq hayotiy sharoit natijasida shakllanadi. Insonning tongi –»soʻfitoʻrgʻay» (zagʻcha), tungi – «boyqush», yoki noturgʻun – «aritmik» boʻlishi koʻp jixatdan uning hayot tarzi va xulqiga bogʻliq boʻladi.

Slayd 32

Darhaqiqat, koʻpchilik odamlarga koʻproq «tongi qush» rejimida boʻlish tabiiyroqdir.
Agar «boyqush» toifasiga kiruvchi shaxslar doimiy hayot jarayoni shunday faoliyat kechirishni talab qilsa, yoki organizmi mustahkam moslashgan boʻlsa, unday hollarda mutaxassislar tekshiruvida va maslaxatida boʻlib turgani maʼqul.

Slayd 33

«Aritmik» xususiyatidagi shaxslar koʻproq yoshlar boʻlib ularning hayot faoliyati tartibsiz, oʻzgaruvchan xarakterga ega boʻladi.
Ularda yashash sharoiti, ish faoliyatida oʻzgarishlar kuzatilib turganligi sababli, qatʼiy rejimga odatlanib, organizm mustaxkam harakat faoliyatga moslashmagan boʻladi.
Ularda koʻproq hayot yoʻlini toʻliq bir maromga tushmaganligi, va organizmda baʼzan horgʻinlik, charchoqning mavjudligi kuzatiladi.
Bu holat koʻproq ikki yoʻldan birini tanlash bilan yakunlanadi, yaʼni tongi yoki tungi qushga oʻtiladi.

Slayd 34

Shaxs oʻzining biologik ritmini maʼlum darajagacha oʻzgartirishi mumkin, lekin toʻliq oʻzgartirishi mushkul.
Baʼzi hollarda oʻzgarmaydi.
Biologik ritmini oʻzgarishiga ikki omilni koʻrsatish mumkin, yaʼni yaxshi imkoniyat, yoki baxtsiz xodisa.
Yaxshi imkoniyatda: qiziqarli, sevimli ish, yoki obroʻ-eʼtiborni yuqori boʻlishi, iqtisodiy taʼminotni oshishi kabilar bilan bogʻliq holatlarda shaxs biologik ritmini oʻzgarishi osonroq boʻladi.

Slayd 35

Baxtsiz xodisada esa yashash tarsi majburiy oʻzgarishi, boshqa muhitga chorasiz moslashish, yoki ogʻir kasallikdan soʻng oʻzgarish mumkin.
Agar inson oʻzini zoʻriqtiradigan holatda uzoq muddat majburlasa, organizmni kasallanishiga olib keladi.

Slayd 36

Shaxs psixodiagnostikasi tarixi bevosita psixologiyaning tarixi bilan uzviy bog’langan bo’lib, uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishida katta ahamiyati mavjud.
Tarixdan ma’lumki, turli xil davlatlarda harbiy xizmatga qabul qilish uchun tanlanadigan shaxs har xil qobiliyatli va imkoniyatli sinovlardan o’tganligi hammamizga sir emas.
Bu davr qadimiy Xitoyga borib taqaladi.

Slayd 37

Xitoy imperiyasida davlat xizmatiga o’tish uchun imtihonlar tizimi mavjud bo’lgan, bu 2 ming yil davom etgan.
Qadimiy yunonlarda kelgusidagi o’quvchi va askarlarga imtihon sinovlari majburiy hisoblangan.
Ularning jismoniy va intellektual qobiliyatlarini aniqlash uchun turli sinovlardan o’tkazilgan.

Slayd 38

O’rta asrlarda 1370 – 1372-yillarda Vetnam davlati rahbariyati davlat apparatidagi barcha harbiy va fuqaroviy boshliqlarni qayta attestatsiyalashtirish o’tkazildi.
Uning natijasida Vetnam kuchli feodal davlatga aylantirildi.
Asosiy e’tibor jangavor shay harbiy xizmatchi ofitserlar korpusini shakllantirishga qaratilgan.

Slayd 39

Testologiya tarixidan ham ma’lumki, dastlabki diagnsotik metodikalar, xususan, ispan olimi Xuan Xart (1530-1589), J. Eskirol (1772-1840), E. Segen (1812- 1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson psixologiyasining ma’lum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo’lsada, tashxis natijalari sifatini baholash borasida ma’lum talablar masalalari xususida to’xtalishga erta edi.
Shunday bo’lsa-da, fransuz olimlar J. Eskirol va E. Segenlar psixik kasallik bilan aqliy taraqqiyotdan ortda qolish o’rtasida farqlashni mezonlar orqali o’rganishga kirishgan edilar.

Slayd 40

Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment vao’lchash g’oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo’yilgan katta qadam bo’ldi.
Bu boradagi urinishlarni XIX asrning 30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasidagi uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin.

Slayd 41

Bu esa nemis olimini psixometriya tushunchasini fanga olib kirgan degan xulosani beradi.
E. Veber va G. Fexnerning (XIX asrdagi o’rtalari) psixofizik tadqiqotlari ham eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o’rganishda yangi yo’nalish ochgan deyishimiz mumkin.
Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko’lamini yana bir qator olimlar misolida sharhlash mumkin.

Slayd 42

Ammo psixologik tadqiqotlarda statistik qayta ishlash usullarini tatbiq etilishini olamshumul ilmiy inqilob deb qarash mumkin.
F. Galton o’z davridayoq korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash metodini (1888-yil) antropometriya va irsiyatni aniqlashda foydalangan edi.
F. Galton va uning izdoshi K. Pirsonlarning korrelyatsiya koeffitsientini aniqlash usulini, A. Bine va T. Simon intellektni o’lchashda shkallarga tayangani (1905), V. L. Shtern tomonidan intellekt koeffitsienti (Iq)ni fanga kiritilganligi tadqiqotlarda sifat o’zgarishi yuz berishidan dalolat beradi.

Slayd 43

Yuqorida sanab o’tilgan tarixiy manbalar psixodiagnosika sohasidagi ilmiy qadamlar hisoblanadi. Psixologik testlardan foydalanishning tarixiy taraqqiyotining bir davri 20- asrning boshlarida Fransuz olimlari A. Bine va T. Simonlarning xizmatlari kattadir.
A. Bine va T. Simonning izlanishlariga qadar nemis olimi G. Ebbingaus tomonidan olib borilgan izlanishlar aynan ularning intellektual testlarni ishlab chiqishi uchun nazariy asos bo’ldi deyish mumkin.

Slayd 44

Chunki, G. Ebbingaus tomonidan taqdim etilgan xotirani o’rganish testlari inson psixologiyasi borasidagi yangi metodik izlanishlar natijasi edi.
Psixologik testlarning XX asrning boshlarida rivojlanishining tarixiy ildizlari borasidagi dastlabki mulohazalarimiz A. Bine va T. Simonning izlanishlari bilan boshlangan bo’lsa-da, ammo XX asrning boshlarida izlanishlarning Aqshda keng olib borildi.

Slayd 45

Dastlab Bine Simonning standartlashtirilmagan testlarini AQShda qo’llagan tadqiqotchi Genri Goddard hisoblanadi.
Keyinchalik Bine-Simon testlarini G. Goddartdan so’ngra amerikalik olim Lyuis Medison Termen X. D. Chayldz bilan birgalikda testlarni adaptatsiya qilish bilan shug’illana boshladi.
Intellekt testlarni ishlab chiqish bilan bir qatorda Shaxsni nokognitiv sohasini o’rganishga qaratilgan metodikalar (Shaxsni o’rganish testlari) ham yaratilishiga e’tibor qaratila boshlandi.

Slayd 46

Shaxs savolnomalari borasida Robert Session Vudvorts (1917) anomal xulqni o’rganishga mo’ljallangan testni ishlab chiqdi.
Ammo psixologiyada shaxsni o’rganish so’rovnomalari borasida dastlabki savolnomalarni birinchi bora 1909-yilda gollandiyalik olimlar G. Xeymans bilan E. Virsm tomonidan ishlab chiqilgan degan mulohazalar bor.
«Shaxsiy ma’lumotlar varag’i» tarzdagi bir necha savolnomalarning muallifi sanaladi.

Slayd 47

So’ngra Shaxs savolnomalari borasida Floyd va Gordon Olport tomonidan Shaxs fazilatlari reytingi (1921-22) taklif etdilar.
Folker tomonidan Shaxsni baholash testi (1921). Shuningdek, psixodiagnostik testlar borasida German Rorshaxning (1921) va Trumen LI Kellining (1928) xizmatlarini ham hisobga olish lozim.
XX asrning 30-yillarida bir qator testlar vujudga keldi.

Slayd 48

Ularning ko’p qismi Aqshda yaratildi. Shuningdek, 1936-yilda eng etakchi testlar sifatida quyidagi beshta testlar e’tirof etildi:
Stenford-Bine, Rorshax testi, Bernteyterning Shaxs savolnomasi, Sishoning Musiqiy talantni aniqlash testi, Strongning professional qiziqishlarning blanki.
1940 yillarda Oskar Burosning «psixik o’lchashlarning yilnomasi» nashrida psixologik testlar haqida ma’lumotlar taqdim etila boshlandi.

Slayd 49

Bunda 325 test sharhlanib, 200 test faqat sanab o’tilgan edi.
Birinchi jahon urushi singari Ikkinchi jahon urushi arafasida ham Aqshda yangi testlar ishlab chiqila bordi.
Amerikalik olimlar yana asosiy e’tiborni armiya uchun zarur guruhiy testlarni yaratishga kirishdilar va Armiyaning umumiy klassifkatsiyalovchi testi-guruhiy testi yaratildi.

Slayd 50

Unda 10 mlnga yaqin harbiy11 mlnga xizmatchilarda o’tkazildilar.
Shuningdek, harbiylarda Rorshax, Tatning qisqartirilgan testi, vaziyatli testlar ham tatbiq etila boshlandi.
Buyuk Britaniyada esa Ravenning progressiv matritsalari harbiy klassifikatsiyalashda qo’llanila boshlandi.

Slayd 51

40-yillarda erishilganlik Stenford testi, O‘tisning klassifikatsion testi, Kyuderning 168 topshiriqli savolnomasi, shu yillari Katrin Briggs va uning qizi Isabel Mayers tomonida «Mayers-Briggsning tiplar indikatori» ustida ishlar olib borilib, 1962 yildagina ushbu test e’lon qilindi.

Slayd 52

Ushbu yillarda ko’pchilikni e’tiborini Minnesotskiyning ko’p jabhali Shaxsni o’rganish savonomasi (Mmpi) o’ziga jalb etdi.
G.Y.Ayzenkning Moudsleysk tibbiyot savolnomasi yaratildi.
Gilfordning «Temperament sharhi»ni yaratilishiga olib keldi.
Urushdan so’ngra Saul Rozensveyning frustratsiyaga reaksiyani aniqlash proektiv testi (24 ta suratdan iborat) vujudga keldi.

Slayd 53

50-yillarda Vekslerning katta yoshdagilarni intellektini o’rganish shkalasi yaratildi.
R. Kettellning intellektni aniqlashning erkin madaniy testi va 16 faktorli Shaxs savolnomasi yaratildi (1958). D. Teylorning bezovtalanishning namoyon bo’lishini aniqlash metodikasi (1953) keng ko’lamda tadqiqot maydoniga kirib keldi.

Slayd 54

Shaxs haqida ma’lumot to’plashning uchta asosiy metodlari farqlanadi.
Birinchi metod – inson xulq-atvorini kundalik hayoti davomida qayd etib borish.
Bu usul tashqi kuzatishga asoslanib Shaxsning aniq sa’yiharakatlari va muvaffaqiyatlarini tashqi kuzatish va qayd etishga asoslanadi.

Slayd 55

Mazkur usul yordamida olingan ma’lumotlarni L – ma’lumotlar deb atash qabul qilingan.
Ko’p hollarda L – ma’lumotlar boshqa metodning validligini o’lchash maqsadida tashqi mezon sifatida qo’llaniladi.
Uning kamchiligi ortiqcha subyektivligidir.
Ikkinchi metod ― o’ziga o’zi hisob berishga asoslangan turli so’rovnoma va metodikalarni qo’llash.

Slayd 56

Shunga o’xshash tadqiqot natijalari Q – ma’lumotlar deb atalib, ular o’zining qulayligi, axborot olishning osonligi bilan Shaxsga oid tadqiqotlarda markaziy o’rinni egallaydi.
Biroq bu metod ham kamchiliklardan xoli emas.
Mazkur metod o’ziga o’zi hisob berishga asoslanganligi bois ba’zi ma’lumotlar qisqartirilgan bo’lishi mumkin.

Slayd 57

Bunday qisqarishlar tekshiriluvchilar12 ning madaniy va intellektual taraqqiyotining pastligi, motivatsiyasining tabiati, noto’g’ri etalonlardan foydalanilganligi bois kuzatilishi mumkin.
Uchinchi metod – ob’ektiv ma’lumotlarni qayd etishga asoslangan.
Bunday metodlar yordamida olingan ma’lumotlar T – ma’lumotlar deb ataladi.

Slayd 58

Mazkur metodning kamchiligi yuqori darajada ko’p mehnat talab qilishi va natijalarni rasmiylashtirishning murakkabligidadir.
Yuqorida sanab o’tilgan metodlardan eng ko’p qo’llaniladigan so’rovnomalardir.
Buning sababi ularning soddaligida emas, balki ular yordamida turli Shaxs konstruktlarini tuzish imkonining mavjudligi va asosida mualliflarning Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlari yotishidir.

Slayd 59

Shuningdek, so’rovnomalarning ommaviylashib ketishi yangi metodikalar ishlab chiqishga matematik usullarni qo’llash imkonining mavjudligidir.
So’rovnomalar asosida shaxsni o’rganishning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud:
Shaxs xislatlarini ajratishga yondashishi – so’nggi bazi sifatlar to’plami mavjudligini taqazo etadi, va Shaxs tafovutlari uning ifodalanish darajasiga ko’ra aniqlanadi;

Slayd 60

Tipologik yondashuv – Shaxs tipi yaxlit tuzilma bo’lib, alohida Shaxs omillarining shunchaki kombinatsiyasi (birikuvi) emas dugan postulatlan kelib chiqadi.
Mazkur yondashuvlarni alohida tahlil qilish mumkin: Hislatlar bir-biriga bog’liq belgi (psixologik xususiyatlarni birlashtiradi va shu guruhga kiruvchi belgilar haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi integral xususiyat sifatida namoyon bo’ladi.

Slayd 61

Hislatlar miqdori shaxsiy makonning ko’lami bilan belgilanadi.
Tiplar o’xshash tekshiriluvchilar guruhini birlashtiradi va boshqa izohlovchi tushunchalar to’plamini tashkil etadi.
Bunda tushunchaning nomi sifatida mos tipning nomi qabul qilinadi, mazmuni esa tipik (o’rtacha) ishtirokchining tavsifi bo’yicha amalga oshiriladi.

Slayd 62

Shunday qilib, xislatlarga asoslangan yondashuv shaxs belgilarini guruhlashtirishni, tiplarga asoslangan yondashuv esa tekshiriluvchilarni guruhlashtirishni talab qiladi.
Har ikki vazifani hal etishning maxsus matematik metod va modullari mavjud.
Ko’p hollarda belgilarni guruhlashtirish uchun omilli tahlil, tekshiriluvchilarni guruhlashtirish 13 uchun esa avtomatik tasniflash metodidan foydalaniladi.

Slayd 63

Bu metodlar eksperimental ma’lumotlar ichida umumlashtirishni shakllantirishning ikki usulidir.
Ular belgilar tekshiriluvchilar o’rtasidagi aloqalar tarkibining bir xil emasligini qisqartirish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter vositalari test va so’rovnoma natijalarini qayta ishlashni bir muncha osonlashtiradi.
Shuningdek psixologik vazifalarni echish uchun modellashtirish metodlaridan ham foydalanish mumkin.

Slayd 64

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 65

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Shaxs psixodiagnostikasi fanidan seminar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar