Psixik jarayonlarda tilning ahamiyati

4000 so'm


Psixik jarayonlarda tilning ahamiyati

 

 

Slayd 1

Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati

Slayd 2

Reja:
Mehnatfaoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi.
Nutqning funksiyasi
Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Mehnatfaoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi
Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishiInson mehnat qurollarini ishlatish natijasida faoliyatga munosabatning boshqa shakllari vujudga kela boshlaydi.
Inson biologik motivlarni boshqarishni o’rganadi, insonnning maqsadlari murakkab xarakterga ega bo’la boshlaydi.

Slayd 3

Ular mehnat qurollarini avval toshlardan ishlatgan bo’lsalar, keyinroq insonlar mustaqil ravishda mehnat qurollarini ishlab chiqara boshlaydilar. Ibtidoiy jamoadagi mehnat taqsimoti ham ularni ijtimoiy hayotga qadam qo’yganligidan dalolat beradi26. Agar ayol olovni asrash funksiyasini bajarsa, erkaklar ov qilish funksiyasini amalga oshirishgan. Jamoa bo’lib qilishda mehnat taqsimotlari ham shakllangan, agar bir odam bir vazifani bajarsa, ikkinchisi boshqa vazifani bajargan. Ibtidoiy jamoa tuzimidagi insonlarning xatti-harakatlari anglanmagan tarzda amalga oshirilgan, bu hayvonlarning xatti-harakatida kuzatilgan holatlar sirasiga kiradi. Shundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, murakkab ongli faoliyat bu ijtimoiy muxit rivojlanishining maxsulidir27. Inson nutqi hayvonlar nutqidan tubdan farqlanadi. Hayvonlarda ham bir birlari bilan ma’lumot almashinish mavjud. Bu asosan gala bo’lib yashaydigan hayvonlarning faoliyatida kuzatilishi mumkin.

Slayd 4

Masalan turnalar galasida, gala sardori xavfni ko’rsa turnalarni ogohlantiradi,maymunlarda ham shu holatni kuzatishimiz mumkin. Maymunlarda 30-40 tagacha tovushni ajratish xususiyati mavjud bo’lib ular turli vaziyatlarda turlicha tovush chiqaradilar. Hattoki arilarda ham so’zlashuv uslubi mavjud ekan. Ular asallarni topishda shu signallar tizimidan foydalanishadi. Lekin shuni aytish joizki hayvonlarning tili insonlarnikidan tubdan farqlanadi. Insonlarning tilida sifat va munosabatlar mavjud. Masalan «oyna» so’zi otni anglatsa, «sariq» so’zi sifatni anglatadi. Bu funksiya nemislarda predmetlarni aniqlash funusiyasi deb nomlanadi, bu holatni hayvonlarda kuzatish mumkin emas. Inson va hayvon tillari bir birlaridan tubdan farqlanadi. Turnalar havf mavjud bo’lgan vaziyatda chiqargan ovozlari buyum yoki narsalarni anglatmaydi, u affektiv holatni anglatishi mumuin.

Slayd 5

Turnalar havotirlanadilar va shu havotir ularning ovozlarida aks etadi, bu holat esa boshqa turnalarga yuqadi. Maymunlar ham havotirni his qilishadi va kerakli tovushni chiqara boshlashadi. Maymunlardagi tovushlar turli tumandir, ular turli holatlarini aks ettirishlari mumkin.
Masalan: qoniqish, havotir, ochlik, xotirjamlik. Biroq bu tovushlarning barchasi emosional holatlarni aks ettiradi. Maymunlarni predmetlarni anglatishga qaratilgan xatti harakatlar samarasiz yakunlangan. Ularda predmetlarni ko’rsatish holatlari kuzatilmadi.
Hayvonlarning tili oddiy tilligicha qolgan, ular faqat holatlarni aks ettirishlari mumkin ekan. Insonning nutqi bir qator qonuniyatlariga egadirlar. Agar hayvonlarning nutqi ma’lum bir emosional holatlarni anglatsa inson nutqi predmetlarni anglatadi. Nazariy jihatdan nutqning paydo bo’lishi turli xil afsona va nazariyalarni keltirib chiqargan. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra nutq bu maxsus in’om sifatida insonga berilgan eng katta sovg’adir.

Slayd 6

Boshqa olimlarning fikriga ko’ra esa nutqning paydo bo’lishi, hayvonlarning instinktiga borib taqalar ekan. Bu tovushga taqlid gazariyasi deb nomlangan. Hamma nutq shakllari taqlid sifatida vujudga kelganmi, yoki yo’q degan savollar ham paydo bo’lgan. Nuare tomonidan nutqning paydo bo’lishiga doir nazariya ishlab chiqilgan. Bu quyidagicha ko’rinishga egadir.
Jamoa bo’lib mehnat qilish jarayonida bir biriga bir nima deyishni obyektiv ehtiyoji paydo bo’ogan. Jamoa bo’lib mehnat qilgan paylarda bir nima deyish ehtiyoji eng kerakli ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Bu holat boshida xatti-harakatlar va tovushlar bilan aks etgan, so’ngra bular predmet nomlariga aylangan, bu hatti-harakatlar faqat kishioarning mehnat qilish jarayonida ko’ringan, boshqa faoliyatda ko’rinmagan. So’zlar avval mehnat jarayonida paydo bo’lgan, so’ngra ular predmetlar bilan birgalikda qo’llanilgan, bu holatlar mehnat jarayonlaridan keyin ham qo’llana boshlagan.

Slayd 7

Bu oddiy diffuz nutq deb nomlangan, shu diffuz nutq tilning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Asta sekinlik bilan mehnat jarayonida vujudga kelgan so’zlar, tovushlar va jestlar, faoliyatdan ajrala boshlagan, mehnat bilan aloqasini asta sekinlik bilan yo’qota borgan va mustaqillikka erishgan. Shu tariqa nutqning leksik kodi rivojlangan. Til kodlar tizimi hisoblanadi, ular orqali insonlar bir birlari bilan muloqot qiladilar. Nutqning asosi so’zlar xisoblanadi. Ular predmetlarni va faoliyatlarni anglatishi mumkin. So’zning psixologik strukturasi quyidagilardan iborat. Birinchisi: predmet va funksiyalarni o’rnini almashtiradi. Har bir so’z ma’lum bir predmetni anglatadi. Masalan yosh bolada tajriba o’tkazilgan, bola qo’ng’iroq chalinganda rezinali nonni bosishi talab qilingan. So’ngra shuni rasmi bilan qo’ng’iroqni bosishgan, bolada shartli refleks paydo bo’lgan, shundan so’ng rasm so’zga almashtirilgan, bolada shartli refleks so’zga nisbatan ham paydo bo’lgan.

Slayd 8

Bu Ivanov-Smolenskiy tajribasi hisoblanadi. Bundan tashqari Pavlovning shogirdi professor Dolinin tomonidan tajriba o’tkazilgan. Markosa ham shunga doir bir qator tajribalar o’tkazgan. Nutqiy faoliyatlar asta sekinlik bilanmehnat faoliyatidan ajralgan holda mustaqil bo’la boshlagan. Sintagma, ibora yoki gaplar nafaqat buyumlarni aks ettiradi, balki tayyor voqyealarni ham ko’rsatadi. Sintagma yoki gapni ikki xil ko’rinishi farqlash mumkin. Voqyealar kommutasiyasi va munosabatlar kommutasiyasi. Voqyealar kommutasiyasi uy yonmoqda, daraxt yiqildi, bola yilayapti kabi so’zlarda aks etadi. Voqyealar kommutasiyasi bu asosiy va oson iboralar funksiyasidir, munosabatlar kommutasiyasi esabu murakkab funksiyalar hisoblanadi. Munosabatlar kommutasiyasini rasmlar bilan ifoda qilish qiyin kechadi. Nutqning funksiyasiInsonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi.

Slayd 9

Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo’lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur. Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini yetkazuvchi shartli ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy28 rivojlanish mahsuli bo’lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo’ladigan tarkib topgan tilga ega bo’ladi va rivojlanish jarayonida uni o’zlashtirib boradi. Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so’zlarning ma’lum tizimiga egadir.

Slayd 10

Bundan tashqari, til so’z va so’z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo’lgan til gram-matikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo’lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir. Til, asosan, har bir so’z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So’zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina», «stol» va boshqalar. Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot yetkazish, ko’rsatma, savol, buyruq berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq yordamida u yoki axborotni yetazish uchun ma’lum ma’noga ega bo’lgan mos so’zlarni tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir so’z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo’lishi zarur. Bunga so’zni ma’lum kontekstga kiritish bilan erishiladi.

Slayd 11

Masalan, «Bu qanday mashina?» degan savol bilan bizni jismning o’zida qiziqtirayotgan holatni aniqlashtirmoqchi bo’lganimizda murojaat qilamiz, agarda «Bu kimning mashinasi?», deb savol bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo’ladi. Nutqda so’z ifodalari bilan yetkaziladigan mazmundan tashqari, bizning so’zlayotganlarimizga nisbatan munosabatimiz ham ifodalanadi. Bu hodisa nutqning emotsional-ifodali jihati deb ataladi va iborani talaffuz qilishda qo’llaydigan so’zlarning jaranglash toni bilan belgilanadi. Va nihoyat, nutq psixologik jihatdan mohiyatga ega bo’lgan u yoki bu ibora maqsadini aks ettiruvchi kontekstdan iborat bo’ladi. Shunday qilib, nutqiy muloqot – bu murakkab va ko’p tomonlama jarayon. A. N. Leontyevning fikriga ko’ra, har bir nutq akti «o’ziga xos nutqning shakli va turi, aniq sharoitlar va muloqot maqsadlariga ko’ra, turli nutq vositalarini qo’llashni talab etuvchi psixologik muammoning yechimini topishdan iborat».

Slayd 12

Xuddi shu nutqni tushunishga ham tegishlidir. Muloqoting universal vositasi sifatidagi hozirgi zamon nutq holatigacha odamning uzoq davom etgan filogenezdagi taraqqiyot jarayoni bo’lib o’tgan edi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, nutq – bu insonga xos bo’lgan faoliyat. Nutq bilan birga til ham, ilk marotaba faqat insoniylik jamiyatida, hamkorlikdagi mehnat jarayonida yuzaga keldi. Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga ko’ra, dastlabki nutq vositasi majmuiy ki-netik nutq bo’lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan bog’langan bo’lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo’lgan. Majmuiy kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot yetkazishning sodda tizimiga aytiladi. Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning jestlarga aylanishi bilan bog’liq.

Slayd 13

Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga bo’linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo’ldi. Natijada maxsus qo’l bola til va qo’l (kinetik) nutqi paydo bo’ldi. Shunday qilib, odam qo’li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo’lib qoldi. Tovushli nutqqa o’tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo’lishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi bo’linishi bilan bog’liq bo’lgan. Qo’l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar alohida tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo’lgan talab paydo bo’ldi.

Slayd 14

Muloqot jarayonida qo’l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt o’tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o’z zimmalariga oldilar, bundan tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib, nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko’tarildilar. Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So’zlar, birlamchi, qo’l imo-ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so’z mazmuni turlicha bo’lgan jismlarni belgilashda qo’llanilishi mumkin edi (ibtidoiy polisemantizm). Ilk so’zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo’lgan. Ularda yashirin ma’no, jumlalar bo’lmagan.

Slayd 15

Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni yetkazishdagina ishlatilgan. So’ngra mehnat ta’sirida so’z ma’nolari rivojlana borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo’lgan tilning shakllanishiga olib keldi. Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi yozuvning yaratilishidir. Yozuvli nutq og’zaki nutq kabi o’z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o’tdi. Dastlab yozuv belgilari paydo bo’ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo’lishi bilan yozuv belgilari tovushlar ma’nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo bo’ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Psixik jarayonlarda tilning ahamiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar