Pedagogik tadqiqotlarni himoyaga tayyorlash

4000 so'm


Pedagogik tadqiqotlarni himoyaga tayyorlash

 

 

Slayd 1

Pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash va ommalashtirish

Slayd 2

Reja:
Dissertatsiyaningtuzilishi va mazmuni.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati xaqida ma’lumot
Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar xaqida ma’lumot.

Slayd 3

Dissertatsiyaning tuzilishi va mazmuni. Doktorlik dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: mundarija; kirish (dissertatsiya annotatsiyasi); asosiy qism; xulosa; foydalaniigan adabiyotlar ro‘yxati; shartli belgilar va atamalar ro’yxati (mavjud bo‘lsa); ilovalar (mavjud bo’lsa). Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Foydala-
Niigan adabiyotlar ro‘yxati
Shartli belgi-lar
Atamalar ro’yxati (mavjud bo‘lsa)
Ilovalar (mavjud bo’lsa).

Slayd 4

Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
Dissertatsiyaning kirish qismi

Slayd 5

Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishiari rejalari bilan bog‘liqligi
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari

Slayd 6

Tadqiqotning ob’ekti, predmeti,tadqiqot usullari
Tad­qiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Slayd 7

Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi.
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan,

Slayd 8

Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat boiishi lozim.
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo’yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi

Slayd 9

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to plamlar
Foydalanilgan boshqa adabiyotlar

Slayd 10

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo’yilmaydi.
Dissertatsiyada foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to’liq ko‘rsatilishi lozim.
Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammuallifiarning g’oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart.

Slayd 11

Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.
Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiyiashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materialiar kiritilishi mumkin.
Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos keiishi kerak.

Slayd 12

Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar faniar yo’nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi

Slayd 13

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari. Magistrlik dissertatsiyasi o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-o‘qituvchilari tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.

Slayd 14

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi

Slayd 15

Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, taiabaga qo‘shimcha ravishda tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Belgilangan talablarga muvofíq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bo‘lgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta’lim muassasasida o‘quv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan o‘quv yuklamasiga kiritiladi.

Slayd 16

Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qísmlardan iborat bo’lishi kerak: titul varaq; ikki tilda (o’qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro‘yxati; ilovalar (mavjud bo‘lsa).

Slayd 17

Dolzarbligi
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Ilmiy yangiligi
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Adabiyotlar sharhi
Metodikaning tavsifi
Ish tuzilmasining tavsifi

Slayd 18

Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
Tadqiqot ob’ekti va predmeti;
Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Ilmiy yangiligi;
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); tadqiqotda qo‘llanilgan.
Metodikaning tavsifi;
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
Ish tuzilmasining tavsifi.

Slayd 19

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo‘lib
Boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo’lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
Tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
Tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

Slayd 20

Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur boigan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.

Slayd 21

Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on sitatalar keltirishga yo‘l qo’ymaslik) lozim.
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo’lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim: qatorlar oralig‘i — 1,5 sm; yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman sriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo’lishi tavsiya etiladi.

Slayd 22

Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasini o‘tkazish tartibi. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidari tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.
Dastlabki himoyaga boshqa kafedraiardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo’lishi kerak

Slayd 23

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o’rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:
Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugal-langanligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish;
Dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;
Kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish.

Slayd 24

Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlami soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiyá komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.

Slayd 25

Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
Rasmiy himoyada Komissiya a’zoiari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi: magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog’liqligini ko’rsatib bera olishi; magistratura talabasining tadqiqotga va vazifálarni hal etishga mustaqil yondashuvi; foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to’liqligi va chuqurligi; tadqiqot usullari amaliyotda qo’llanilganligining asoslanganligi; olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyaiarning amaliy ahamiyati; magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalami rivojlantirish istiqboliarini ko‘ra bilish qobiliyati; magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.

Slayd 26

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 27

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik tadqiqotlarni himoyaga tayyorlash” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar