O’quvchilar bilim va malakalarini tashxislash
4000 so'm

Slayd 1
O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish
Slayd 2
Reja:
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari
Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari
Slayd 3
Diagnostika (tashxis)— bu didaktikda jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog’liq holda, o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Slayd 4
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarini aniqlaydi.
Tashxislashning asosiy komponentlari: nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to’plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o’z ichiga oladi.
Slayd 5
O’zlashtirishning asosiy nazorat ko’rinishlari
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish— nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’yektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.
Slayd 6
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho nimani ko’rsatishi lozimligi: ta’lim oluvchi o’zlashtirishning qat’iy belgilovchisi sifat ko’rsatkichi bo’lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko’rsatkichi bo’lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda.
Slayd 7
Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug’ilishini buyuk , pedagog Ya. A. Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’yektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Slayd 8
Pedagogik amaliyotida o’quvchilar o’quv faoliyatini Nazorat qilishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Yakuniy nazorat
Oraliq nazorat
Joriy nazorat
Slayd 9
Joriy nazorat o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o’qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o’zlashtirmagan o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha choralar belgilaydi.
Slayd 10
Oraliq nazorat— bu o’quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo’limlarining o’zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o’qituvchi dars jadvali asosida darsda o’quv materialining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o’tkazadi.
Oraliq nazorat o’tkazishdan oldin o’quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. Yakuniy nazorat og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o’tkaziladi.
Slayd 11
Nazoratning asosiy besh shakli
Nazoratning ommaviy shakli
Nazoratning individual shakli
Nazoratning kombinatsiyalash
Gan shakli
Nazoratning guruhli shakli
O’z-o’zini nazorat qilish shakli
Slayd 12
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
Og’zaki tekshirish
Yozma tekshirish
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish
Uy vazifalarini tekshirish
Slayd 13
Og’zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan anpanaviy usullaridan biridir.
Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi.
Yozma tekshirish—o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi mumkin.
Uy vazifalarini tekshirish. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega.
Slayd 14
Shkalalash— aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting nazoratida o’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abuturiyentlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Slayd 15
Gar inson ekansan, xalq manfaati yo’lida harakat qil
O’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari.
O’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi.
Slayd 16
O‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa;
O‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa;
Egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa;
O‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa.
» 5 «Baho qo‘yiladi, agar:
Slayd 17
» 4 «Baho qo‘yiladi, agar:
O‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa;
O‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa;
Egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa;
Og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
Slayd 18
» 3 «Baho qo‘yiladi, agar
O‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa;
Savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa;
Yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
Slayd 19
» 2 «Baho qo‘yiladi, agar:
O‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan,
Yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.