O’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirish omillari
4000 so'm

Slayd 1
O’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirish omillari
Slayd 2
Annotatsiya. Ushbu ma’ruzada oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan fanlarning o’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni ko’rsatib beriladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik faoliyatni rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlarining ahamiyati izohlanadi.
Slayd 3
Reja:
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati.
Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni qo’llash.
Interfaol ta’lim texnologiyasi.
Ta’lim jarayonini innovatsion usullardan foydalanib tashkil etish.
Slayd 4
2020 Yil 23 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo’nalishlarini belgilab berdi. Unda qo’yilgan asosiy masalalardan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash hisoblanadi. Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ehtiyoj va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko’rsatiladi. Ushbu ishlarning barchasi pedagogik faoliyatda bajariladi.
Slayd 5
Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini ta’minlashda esa oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan pedagogika fanining zimmasiga tushadi. Shu manoda o’qituvchining innovatsion faoliyatga yo’naltirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan hisoblanadi.
O’quv mashg’ulotlarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga egadir. Chunki fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning barcha ijobiy sifatlari, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, talabalarni faollashtirish, mustaqil ishlashga o’rgatish, ta’limning keyingi bosqichlarida ham talabalarning ta’lim jarayonining faol sub’ektlariga aylanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Slayd 6
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni qo’llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday usullarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarda dars mazmunini teran anglash ko’nikmasini shakllantiradi.
Pedagogik ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyalarga intilish, talabalarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol uslublardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba o’z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o’zlashtiradi.
Slayd 7
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o’qituvchi barcha talabalar ko’zda tutilganidek, o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir talaba intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi muhim omil bu innovatsion pedagogik faoliyatdir.
Ta’lim jarayonini innovatsion usullardan foydalanib tashkil etish uchun, avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur.
Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va talabalarning ko’nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim.
Slayd 8
Shuningdek, u qanday o’qitish usullaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Faol tanlashda ko’proq interfaol usullarga etiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi.
Interfaol usullarning barchasida ham o’qituvchi va talaba faoliyati o’rtasidagi hamkorlik, talabaning ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. Masalan, biror bir mavzuni o’rgatishda uni modellashtirish qismida o’qituvchi talabalarga modelni namoyish qilish oldida «Aqliy hujum» usulidan foydalanishi mumkin. Yani o’quvchilar qo’yilgan muammoni qanday tushunishlari va ko’nikmani qanday egallashlari mumkinligi ulardan so’ralib, ularning fikrlari umumlashtiriladi. Bunda talabalar fikri mutlaqo tanqid qilinmaydi.
Slayd 9
Amaliy boshqaruv qismida o’qituvchi «Bir-biriga o’rgatish» usulidan foydalanishi mumkin. Bu usul darsni yuqori saviyada tashkil etishga imkoniyat yaratib, o’quvchilrning o’z faoliyatini tanqidiy nazorat qilish va xatolarni bartaraf etishga o’rgatadi. Uni qo’llash quyidagicha:
Guruh birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo’linadi.
Darsni o’tish usulidan foydalanib birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor esa birinchisiga o’yin qoidasining qismlarini o’rgatadi.
O’qituvchi xohlovchilarga ta’lim usullari vositasida mashq qismlarini avval tushuntiradi keyin ko’rsatadi. Talabalar o’qituvchi aytgan va ko’rsatganlarini takrorlaydi va bajaradi.
Slayd 10
O’qituvchi auditoriyani nazorat qilish uchun o’ziga ixtiyoriy 2 nafar hamkorni tanlaydi. O’qituvchi o’z hamkorlariga o’rganilayotgan mashqni bosqichma-bosqich bajartirib ko’radi. Tushunmaganlarini tushunib o’rganishlariga yordam beradi.
O’qituvchi auditoriyadagi hamkorlarga birinchi qismni bir-birlariga o’rgatishlari va bajarishlarini aytadi. Ularni harakatlarini nazorat qilib, kamchiliklarni bartaraf etishga yordamlashadi. Shundan keyingina navbatdagi bosqichga o’tiladi. O’qituvchining hamkorlari esa auditoriyani nazorat qilishda o’qituvchiga yordamlashadi.
Bu ish usuli darsning boshqa qismlarini ham bajarishda davom etadi. Bu talabalarni birbiriga va o’ziga talabchan bo’lishga, xatolarni o’z vaqtida bartaraf etishga, ishni tanqidiy baholay bilishga o’rgatadi.
Slayd 11
Tushunchalarni tekshirishda o’qituvchi turli interfaol usullar («Bumerang»,»Charxpalak», «Aql charxi» va boshqalar)dan foydalanishi mumkin. Masalan, «Charxpalak» usuli. Talabalar guruhlarga bo’linadi va ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi.
Talabalar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi boshqa talabalarga tarqatiladi. Ular tegishli o’zgartirishlar kiritganlaridan keyin yana boshqa talabalarga beriladi va shu tarzda talabalarning har birining ishi guruhdagi barcha talabalar qo’lidan o’tadi va oxiri o’ziga qaytadi. Har birlari o’zlari nuqtai nazaridan ishga o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Keyin o’qituvchi to’g’ri javobni ko’rsatadi. Bu usulda talabalar ijodiy fikrlashga, o’z fikrlarini erkin bayon etishga va o’z kamchiliklarini bilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Slayd 12
Bunday usullar talabada bilimga ishtiyoq uyg’otadi. Talaba darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Xulosa qilib aytganda, interfaol usullar darsning qiziqarliligi va ta’sirchanligini oshiradi, talabalarni ta’lim jarayonining faol sub’ektlariga aylantiradi.
O’qituvchini esa innovatsion faoliyat yuritishga undaydi.
Slayd 13
Nazorat uchun savollar:
O’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirish omillari nimalardan iborat?
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati nimalardan iborat bo’ladi?
Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni qanday qo’llash mumkin?
Interfaol ta’lim texnologiyasi mazmuni nimadan iborat?
Ta’lim jarayonini innovatsion usullardan foydalanib tashkil etish yo’lini izohlab bering.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.