Neft va tabiiy gaz hamda toshko’mir mahsulotlari
4000 so'm

Slayd 1
Neft va tabiiy gazning qayta ishlash mahsulotlari. Toshko’mir va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Slayd 2
Neft va tabiiy gazning qayta ishlash mahsulotlari
Toshko’mir va uni qayta ishlash mahsulotlari
Neft va toshko’mirning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Reja:
Slayd 3
Yer po’stlog’ida uglevodorodlar asosan neft, tabiiy gazlar va tog’ mumi holida bo’ladi. Shu sababli hozirgi vaqtda ko’pgina uglevodorodlar ana shulardan ajratib olinadi.
Neft. Neft — qora-qo’ng’ir moysimon suyuqlik bo’lib, turli xil uglevodorodlarning aralashmalaridan iborat. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari ba’zan kislorodli, oltingugurtln va azotli birikmalar ham bo’ladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha bo’lib, uning solishtirma og’irligi 0,73 bilan 0,97 orasidadir. Neft tarkibiga qattiq, suyuq va gaz holidagi uglevodorodlar kiradi.
Slayd 4
Slayd 5
Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yo’ldosh gaz (neft qazib olishda chiqaditan gaz) holida chiqadi. Tarkibida asosan suyuq uglevodorodlar bo’ladigan neft — parafin asosli, qattiq uglevodorodlar bo’ladigan neft esa—asfalt asosli neft deb ataladi. Neftning paydo bo’lishi haqida bir qancha gipotezalar mavjud bo’lib, hozirga qadar ulardan birortasi ham to’la tasdiqlanmagan.
Slayd 6
Ba’zi olimlar neft metall karbidga (metallarning uglerodli birikmalariga) suv ta’sir etishidan paydo bo’lgan esa boshqa olimlar esa neft yer ostida qolib ketgan o’simlik va hayvonlarning chiqarishidan hosil bo’lgan deb taxmin qiladilar. Neftning xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyati bor, chunki uni qayta ishlab, sanoatda foydalaniladigan mahsulotlar ajratib olinadi
Slayd 7
Neftni Qayta Ishlash — neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va b.) olishda qo’llanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashda avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalardan tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bug’latib haydash, distillyatlarni tozalash, qo’shimchalar qo’shish va b. Bajariladi. Neftn haydash usuli mil. Av. Ma’lum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qo’llangan. Qad. Yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ib Sino neftni haydashga oid tajribalar o’tkazishgan.
Slayd 8
Slayd 9
Xorazm geografi Bakron (13-a.) Boku neftini haydash haqida birinchi bo’lib eslatib o’tadi. 18-A. Ga ke-lib neft konlarini qidirish va o’rga-nish munosabati bilan neftni haydashga katta e’tibor berildi. Neftni haydash lab. Quriddi. 1823 y. Da aka-uka Dubininlar Mozdok sh. Yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash z-dini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash z-dlari taraqqiy eta boshladi.
Slayd 10
Suv va tuzlarni yo’qotish. Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burg’i suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz bo’ladi. Ularni yo’qotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qo’shilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil bo’lgan emulsiyani 100—140° S gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish ta’sirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar cho’kadi va chikarib tashlanadi.
Slayd 11
Neftni shtangali chuqurlik nasosi bilan qazib olish qurilmasi sxemasi:
1–so’ruvchi klapan;
2– dam berish klapani;
3– nasos shtangalari;
4– uch tomon o’tkazgichi;
5–salnik;
6–balansir;
7,8–krivoship–shotun mexanizmi;
9– dvigatel.
Slayd 12
Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2 % gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) to’planadi.
Neftni stabillash. Neft tarkibida uglevodorodlarning butan-propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo’ladi. Neftni tashish va saklashda eng zarur uglevodorodlarning yo’qolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug’lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzizlantirish kurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi.
Slayd 13
Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyam neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko’tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bug’lanib havoga ko’tarila boshlaydi. Nisbatan past t-ralarda bug’langan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning og’irroq qismi hisoblanadi. Bug’langan neft sovitilsa, u yana suyuq xolatga o’tadi.
Slayd 14
Neftni bug’latib, keyin bug’langan uglevodorodlarni su-yuqlikka aylantirish jarayoni neftni to’g’ri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neftni haydash. Odatda neftdan quyidaga t-ralar oralig’ida qaynab bug’lanadigan distillyatlar olinadi: benzin 28—180°, ligroin 110—230°, kerosin 120—315°; gazoyil 230—330°; solyar 280—380°; moy 320—500°.
Neftni qayta ishlab yonilg’i va moylar olishda uni to’g’ri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi. To’g’ri haydash pech quvurlarida harakatda bo’lgan neftni qattiq qizdirib bug’latish, bug’ni rektifikasiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga bo’lish yo’li b-n amalga oshiriladi.
Slayd 15
Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikasiya ustunining o’rta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bug’lari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikasiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan bo’lib, pastki tarelkalarda og’ir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
Slayd 16
Slayd 17
Neftni to’g’ri haydashda rektifikasiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Rektifikasiya ustunining tagida yig’ilgan mazut kreking quril-malarida qayta haydalishi yoki yoqilg’i mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishla-nishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yig’iladi.
Slayd 18
Neftni tozalash. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maksadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qo’llanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7—40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilg’isi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Slayd 19
Yonilg’i distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yo’qotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qo’llanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qo’shilib, hosil bo’lgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilg’i va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini ta’minlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Slayd 20
Neftni to’g’ri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilg’isi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50%idan oshmaydi. Yonilg’ilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada ko’tarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, ya’ni ikkilamchi jarayonlar qo’llanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonasiyaga turg-unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qo’llanishi mumkin.
Slayd 21
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qo’shimchalar qo’shiladi.
Neftda uglerod miqdori tahminan 83-86%, vodorod miqdori – 12-14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3% bo‘ladi. Massa bo‘yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil etadi.
Slayd 22
Tarkibidagi elementlarning o‘xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o‘zaro turli shaklda birika olishida. Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va xossalari. Neft mahsulotlarining tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bo‘yicha 3 xil guruhga bo‘linadi.
Slayd 23
Neft tarkibidan tabiiy va yo’ldosh gazlarni ajratib olish.
Bizga ma’lumki, neft va gaz konlarda quduqlardan burg’ilash yo’li bilan qatlam bosimi ostida yoki nasoslar yordamida yer ostdan tortib olinadi. Dunyo olimlari fikriga ko’ra neft organik modda mahsuli sifatida qaraladi. U dastlab dengiz loyqalari orasida qolib ketgan kimyoviy o’zgarishlari orqali vujudga kelganligi qayd qilinadi. Neft bir jinsli suyuqlik bo’lmay, turli molekula massasiga ega bo’lgan uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan.
Slayd 24
Tarkibi ham har xil bo’lib, oltingugurtli, azotli, kislorodli va smolasimon (qatron) moddalar miqdori bilan farq qiladi.
Konlardan qazib chiqarilayotgan neftlar o’zi bilan birgalikda yo’ldosh gazlar, mexanik qo’shimchalar (qum yoki, mahsuldor qatlam tog’ jinslari yemirilishidan hosil bo’lgan zarralar), tuz (erigan yoki, kristall holatda) va suvni olib chiqaradi. Neftdagi yo’ldosh va erigan gazlar gaz–ajratkich (separator) larda quduq bosimidan atmosfera bosimigacha pasaytirish yo’li bilan ajratiladi.
Slayd 25
Separatorning yuqori qismidan ajratilgan gaz qisman kondensatdan ajratilib, gazni qayta ishlash zavodlariga yoki qatlam bosimini saqlash maqsadida haydovchi quduqlarda qayta haydaladi. Neft tarkibida separatorlardan o’tgandan keyin ham erigan gazlar qoladi, ya’ni ularning miqdori 4 % (mass.) gacha bo’lishi mumkin. Konlarda quduqdagi mahsulotlarni fazalarga ajratish maqsadida foydalaniladigan separatorlarning bunday turi– trap deb, nom olgan. Trap– gaz separator (ajratgich) larda gazlarni ajratish bilan bir vaqtda neftdagi mexanik jinslar va suvni katta miqdorini ajratish uchun tindirish jarayoni o’tkaziladi.
Slayd 26
Tabiiy yonilg’i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini o’zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiqadigan gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, siyrak gazlar–geliy va argon) bo’ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug’laridir. Tabiiy gazlar tarkibidagi uglevodorodlarni miqdorini foizlarda shartli ravishda uch guruxga bo’lish mumkin.
Slayd 27
– Birinchi guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo’ladi.
– Ikkinchi guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal sharoitda gaz ko’rinishida, yuqori bosimlarda ular suyuq holatga o’tadi.
– Uchinchi guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo’lib, benzin tarkibiga kiradi.
Slayd 28
Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo’qotish, so’ngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir.
Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin:
Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo’lgan bo’lib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
Yo’ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo’ladigan gazlar.
Slayd 29
Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yonilg’i sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan vodorod, asetilen, polietilen, formaldegid, xloroform va boshqalar.
Yo’ldosh gazlar maishiy ehtiyojlar uchun yonilg’i va avtotransportlarda yoqilg’i sifatida ishlatiladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham foydalaniladi. Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir–biridan farqlanadi.
Slayd 30
Termik kreking gazlari tarkibida metan va turli miqdorlarda to’yinmagan uglevodorodlarga boy bo’ladi.
Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil bo’ladi. Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar: metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi.
Slayd 31
Tabiiy gaz gidratlari kimyoviy jihatdan quyidagi formulaga egadir: Sn4·6N2O; S2N6·8N2O; S3N8·17N2O; S4N10·17N2O; N2S·6N2O; N2·6N2O; So2·6N2O. Gidratlar ko’rinishi, oq kristall moddalar bo’lib, hosil bo’lish sharoitiga ko’ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o’xshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to’la bo’ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo’ladi.
Slayd 32
Gaz gidratlari hosil bo’lishi quvurlar va jihozlarda tiqinlar tufayli ko’ndalang kesim yuzasini kichrayishiga olib keladi. Neft va gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo’lishiga qarshi kurashda ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi va natijada suv bug’lari bosimi hamda gidratlar hosil bo’lish harorati pasaytiriladi.
Slayd 33
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Janubiy osiyo mamlakatlari. Hindiston mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya







Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.