Global isishning demografik migratsiyalardagi o’rni

4000 so'm


Global isishning demografik migratsiyalardagi o'rni

 

 

Slayd 1

Dunyo iqlimidagi global isishning demografik megratsiyalardagi o‘rni.

Slayd 2

XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p va murakkab muammolar vujudga keldi, ularning asosiy qismi ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi.

Slayd 3

Slayd 4

Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi.

Slayd 5

Slayd 6

Global muammolar aholi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrof- muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar, birinchidan-jami insoniyatga, barcha mamlakatlar xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta’sir ko’rsatuvchi; ikkinchidan-iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan- yechimini topishda umumplanetar miqyosidagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolar.

Slayd 7

Global ekologiktizimning degradatsiyalanishi
Global ekologik
tizimning degradatsiyalanishi
ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda
tabiatdan foydalanish oqibatida atrof
muhitning degradatsiyalanishi
atrof-muhitni inson faoliyati
chiqindilari bilan ifloslanishi
atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan
“zaharlanishi» ga bo’lishi mumkin.

Slayd 8

Global muammolarning soni taxminan o’ntadan qiriq-elliktagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni o’ntadan oshmaydi.

Slayd 9

Integral Muammolar
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi.
Tinchlik va qurolsizlanish, yani jaxon urushining oldini olish muammosi.
Ekologik muammo.
Energetik muammo.
Xomashyo muammosi.
Oziq-ovqat muammosi.
Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.

Slayd 10

Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi va mavqeyining sezilarli holda oshganligi bilan bog’langan.

Slayd 11

Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning ¾ qismi Afrikada, 1 tasi Yevropada, 4 tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy va Sharqiy Afrikada, Ruanda va Burundi davlatlarida 1994-yillarda yuz bergan etnik mojarolar bir millionjdan ortiq kishilarning hayotiga zomin bo’ldi.

Slayd 12

Slayd 13

Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan. 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo’lib o’tgan chuqur va miqyosli o’zgarishlar G’arb bilan Sharq o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan global yadro urushi xavfni amalda yo’q bo’lishiga sabab bo’ldi. Bunday holat ushbu xavfni tarqatuvchi mamlakatlar Rossiya va Aqsh hamda Nato davlatlarida harbiy-siyosiy sohada aniq amaliy tadbirlarni hayotga tadbiq etish bilan bog’langandir.

Slayd 14

Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to’g’risida so’z yuritmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda uch tarkibiy qisimga: 1) ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degradatsiyalanishi; 2) atrof-muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi; 3) atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan «zaharlanishi» ga bo’lishi mumkin.

Slayd 15

Slayd 16

Hozirgi vaqtda energetika va xomashyo muammosi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng dolzard muammolardan biridir. Mazkur muammolarning kun tartibiga birichi bor chiqishi XX asrning 70-yillarida qayd etildi. 1973-yilda yuz bergan energetika muammosi va uning oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda. Energetik inqiroz va undan keyingi chuqurlashgan hom ashyo muammosi yoqilg’i va xomashyoga bo’lgan talab va taklif nisbati bilangina belgilanmasdan, balik ularni qazib chiqarish sharoitlari, dastavval kongeologik sharoitlarning murakkablashuvi hamda xomashyo qazib olinayotgan va u birlamchi qayta ishlanayotgan hududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham bog’langandir.

Slayd 17

Global oziq-ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarning boshiga tushgan eng katta kulfatlardan biri bo’lgan. Ocharchilik 2 shaklda namoyon bo’ladi. Birinchi shakilda ocharchilik surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning sog’lig’i yomonlashadi, tinkasi qurioydi va harhil kasalliklarga chalinishi ehtimoli kuychayadi. Ocharchilikning bu shakli «to’yib ovqat yemaslik» deb ham ataladi. Ikkinchi shaklida balum bir vaqtda, malum bir hududda qurg’oqchilik yoki boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lgan ocharchilik oqibatida millionlab, o’n millionlab insonlar halok bo’ladi.

Slayd 18

2015 yil sayyoramizda 8 mlrd. kishi.
1999 yil 6 mlrd. kishi

Slayd 19

Fao (xalqaro oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkiloti), Voz (xalqaro sog’liqni saqlash) va boshqa tashkilotlarning ma’lumotiga ko’ra insonning bir kunlik oziq-ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo’lmasligi lozim. Ba/zi mualliflar ushbu ko’rsatkich 2700-2800 kkal ga teng bo’lishi lozim deb hisoblamoqdalar. Shu bilan birga, maskur ko’rsatkich insonlarning yoshi, jinsi, mehnat faoliyati, kasb-hunari, tabiiy-ijtimoiy sharoitlari bilan aloqador tarzda o’zgarishi mumkin. «Ovqat to’yib yemaslik» holati yuqoridagi norma 1800 kkal dan pastga tushganda sezila boshlaydi, ocharchilik esa ushbu ko’rsatkich 1000 kkal dan kam bo’lganda kuzatiladi.

Slayd 20

Yer
Qishloq aholi soni o’sishi natijasida talabning ortib borishi
Tabiy resurslar
O’simlik dunyosi
Hayvonot dunyosi
Ichimlik suvi

Slayd 21

FAOning ma’lumotlariga ko’ra yerdagi jami aholining 35 foizi to’yib ovqatlangan, 15 foiza zaruriy miqdordagi kaloriyalarni qabul qilgan, lekin ular oqsilni yetarli miqdorda iste’mol qilmagan. Aholining 20 foizi oqsilga bo’lgan talabi qondirilmagan, 30 surunkasiga ovqatni to’yib yemagan yoki och qolgan. Hozirgi vaqtda ocharchilik 580-650 mln. kishini qamrab olgan. 1-1,3 mlrd. kishi esa to’yib ovqat yemayapti. Rivojlanayotgan mamaliakatlarda ocharhilikdan yiligi 13 mln. Dan 18 mln. Gacha kishi o’lmoqda, shularnin ¾ qismini bolalar tashkil etmoqda. Hozirgi kiunda ocharchilikka mahkum bo’lan jami aholining 200 mln. Afrikaga, 370 mln. kishi Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoga, 70 mln. Janubiy Amerikaga, 30 mln. kishi Yaqin va O’rta Sharq regionlariga to’g’ri keladi.

Slayd 22

Yuqoridagi malumotlar hatto juda katta miqdordagi oziq-ovqat yordam ko’rsatish bilan ham hal etib bo’lmaydi. Buning uchun rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash, qishloq xo’jaligini ko’rsatish zarur.

Slayd 23

Aholi ko’payishi nazoratga olingan davlatlar
Xitoy
Hindiston
Singapur
Kolumbiya
Shri lanka
Masalan, Xitoyda «Bir oila – bir farzand» davlat dasturi qabul qilinib, rag’bat sifatida yagona farzand uchun bepul tibbiy xizmat, maktab ta’limi, moddiy ta’minot, qo’shimcha oziq-ovqat, ota-ona uchun esa yuqori nafaqa ko’zda tutilgan. Ikkinchi farzand dunyoga kelsa, er va xotin barcha imtiyozlardan mahrum etilib, katta miqdorda jarima to’laydilar. Ammo mazkur siyosat Xitoyning katta shaharlarida muvaffaqiyatli o’tkazilgan bo’lsa-da, qishloq joylarida sezilarli o’zgarishlarga olib kelmadi.

Slayd 24

1970 yil – 460 mln. kishi
1990 yil – 550 mln. kishi
2014 yil – 660 mln. kishi
Har kuni ochlikdan 35 ming kishi vafot etayotganini inobatga olsak, yiliga 12 million kishi hayotdan ko’z yumayotgani ayon bo’ladi. yiliga 80 million kishi tug’ilayotganigina bunday yo’qotishlar o’rnini to’ldirayapti, xolos.
Ochlikdan azob chekayotganlar

Slayd 25

Bmt ma’lumotlariga ko’ra, agar aholi ehtiyoji zamonaviy G’arb jamiyati andozalariga mos ravishda qondirilsa, xom ashyo va energiya resurslari bir milliard kishiga yetadi, xolos. Bu AQSh, Yevropa va Yaponiya aholisiga teng, deganidir. Shu sababli ayrim tahlilchilar bu davlatlarni «oltin milliard» deb nomlashga urinmoqdalar.

Slayd 26

Jahon Demografikmuammosi (Osiyo, Afrika davlatlarda)
Jahon Demografik
muammosi (Osiyo, Afrika davlatlarda)
Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning
yomonligi
Ekologik muammolar
Aholi salomatligi

Slayd 27

Jahon Demografikmuammosi(rivojlangan davlatlarda)
Jahon Demografik
muammosi(rivojlangan davlatlarda)
Tug’ilish darajasi past
Keksalar soni ko’p
Aholining umumiy sonining
kamayishi

Slayd 28

Insoniyatning ko’payib borishi
8 Ming yil avval – 10 mln.
VIII asrning o’rtalarida taxminan – 800 mln.
1820 yilda – 1 mlrd.
1927 yilda – 2 mlrd.
1957 yilda – 3 mlrd
1974 yilda – 4 mlrd
1987 yilda – 5mlrd
1998 yilda – 6mlrd
Ayni paytda har yili 130 million kishi tug’ilib, 50 million kishi vafot etayotgani, shu tarzda odamzot yiliga qariyb 80 million nafarga oshib borayotgani qayd etilayapti.

Slayd 29

Shuning uchun ham tahlilchilar odamzot ongi, hayot tarzi va ekologik masalalarda sezilarli o’zgarishlar ro’y bermasa, biosfera aholi zichligini ko’tara olmasligi mumkin, natijada global ekologik inqiroz vujudga keladi, deya xulosa chiqarmoqdalar.
Aholisi kamayib borayotgan davlatlarning asosiy muammosi esa hayot davomiyligining qisqarishida, tug’ilish sonining kamayib borayotganida, abortlarning ko’pligida, kasallik va giyohvandlik darajasining yuqoriligida namoyon bo’layotgani aytilmoqda.

Slayd 30

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 31

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Global isishning demografik migratsiyalardagi o’rni” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar