Buyuk geografik kashfiyotlar davri tarixi
4000 so'm

Slayd 1
Buyuk geografik kashfiyotlar davri tarixi
(XVI asr ikkinchi yarmi– XVII asr yarmi)
Slayd 2
Yermak yurishlari – G’arbiy Sibirning zabt etila boshlanishi asnosida kashf etila boshlanishi. I.Yu. Moskvitin, B.D.Poyarkov va Ye.P.Xabarov sayohatlari. Baykalning kashf etilishi. S.I.Dejnov va F.Alekseev kashfiyotlari. Frensis Dreykning dunyo bo’ylab sayohati. L.V.Torres, A.Tasman va V.Yanson kashfiyotlari. Avstraliyaning kashf etilishi. Geografik kashfiyotlarning kitoblar, xaritalar ko’rinishida umumlashtirilishi.
Slayd 3
Bu davrda rus sayohatchilari va konchilari tomonidan Sibir o’zlashtirila boshlardi. Oq dengiz qirg’oqlariga o’rnashgan pomorlar qutbdagi orollarni (Shpitsbergen va boshqalar) ocha borib kichik yelkanli kemalarda davomli safarlarga otlanganlar. 1579 Yoki 1581 yilda Yermak Sibirning ichkarisiga safar qila boshladi. 1587 Yilda uzoq vaqt Sibirning poytaxti bo’lib qolgan Tobolsk qo’lga kiritildi.
Slayd 4
Yevropalik sayyohlarning bu davrda yana Kolumb tomonidan kashf etilgan yerning shimolidan o’tib Osiyoga yangi yo’l topishga urinishlari Shimoliy Atlantika va Arktikani o’rganishni jadallashtirdi. D.Deyvis Atlantikadan Tinch okeaniga olib boradigan shimoli-g’arbiy yo’lni qidirib uchta sayohatni amalga oshirdi, 1587 yil bo’g’oz kashf etdilar (uning o’z ismi bilan atalgan). G.Gudzon Shimoliy Amerikaning Arktika qismidagi ekspeditsiyalari vaqtida uning nomi bilan atalgan bo’g’oz, qo’ltiq va daryoni kashf etdi.
Slayd 5
Gollandiyalik dengizchi V.Yanszon 1606 yilda Avstraliya (Keyp-York yarimorolining g’arbiy qirg’oqlari)ni kashf etdi. 1642 Yilda A.Tasman o’zining nomi bilan atalgan orolni kashf etdi, birinchi bo’lib Avstraliyani janub tomondan aylanib o’tib, u quruqlikning yaxlit massivi (maydoni) ekanini isbotladi. Bu mintaqada suzib yurib L.Torres Yangi Gvineyaning janubiy qirg’oqlarini va u bilan Avstraliya o’rtasidagi keyinchalik uning nomini olgan bo’g’ozni kashf etdi.
Slayd 6
Bu kashfiyotlar shuning uchun buyuk deyiladiki, ular xaritada bir qator yangi qit’alar paydo bolishiga olib keldi va oxir oqibat yevropaliklarning atrof olam haqidagi tasavvurlarini butunlay o’zgartirib yubordi. G.N.Maksimov (1991) ta’kidlaganidek, bu davr boshlanishiga to’la asoslangan holda 1492 yilda Amerikaning kashf etilishiga olib kelgan Xristofor Kolumbning birinchi sayohati olinadi. U aynan shu kashfiyot eng yuqori iqtisodiy, siyosiy, etnografik va ilmiy ta’sirga ega boldi deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, bu davrning nihoyasi deb XVII asrning oxirini, janubiy dengizlarda, Shimoliy Osiyoda yirik kashfiyotlar tugallangan
Slayd 7
Yana bir to’liq va ishonchli dunyo xaritasi antverpenlik flamand Abraxam Orteliyning «Yer sharining manzarasi» kosmografiyasida keltirilgan. (1570 Yil). Unda ham xuddi Ptolomey xaritasidagi kabi «Janubiy yer» ko’rsatilgan. Agar Ptolomeyda «Noma’lum janubiy yer» (Terra Australis inkognita) Afrikaning davomi bo’lib, janubda ekvatoroldi kengliklarida (taxminan 15 daraja janubiy kenglik bo’ylab) Hind okeaniga tutashgan bo’lsa, Orteliyda «hali ma’lum bo’lmagan Janubiy yer» butun yer sharini o’rab olib, biroz yuqoriroq kenglikka chekingan olovli yerni ham bu materikning yarim oroli deb hisoblashgan. 1577-1580 Yillarda ikkinchi dunyo aylana sayohatni (ayni vaqtda birinchi ingliz dunyo aylana sayohatini) amalga oshirgan Frensis Dreyk Olovli Yer Janubiy materikning turtib chiqqan joyi emas, balki dengiz qaroqchisiga bepoyon bo’lib ko’ringan dengizda yoyilib yotgan arxipelag ekanini isbotladi. XIX asrda Antarktida kashf etilgandan so’ng, u bilan Olovli Yer o’rtasidagi keng o’tish joyini dunyo aylana sayohatni boshidan oxirigacha boshqargan birinchi kapitan nomi bilan Dreyk bo’g’ozi deb nomladilar.
Slayd 8
Dreykning sayohatidan so’ng «Janubiy materikning» tashqi ko’rinishi xaritalarda uning qirg’oqlariga ispan va golland sayohatlari natijasida tez sur’atlar bilan kichrayib bordi. 1606 Yilda ispan kapitani Luis Vaes Torresning hozir uning nomi bilan ataladigan bo’g’ozdan o’tishi yangi Gvineya Janubiy materikning turtib chiqqan joyi emas, balki haqiqiy ulkan orol ekanini ko’rsatdi. Bu orol «katta orollar» guruhidan, aslida esa haqiqiy Avstraliyadan bo’g’oz bilan ajratilgan edi. Golland kapitani Abel Tasman o’zining taxmin qilingan janubdagi yerning g’arbiy va janubiy qirg’oqlarida gollandlarning burungi kashfiyotlarini qayta tekshirish va oydinlashtirish, shuningdek uning o’lchami va shaklini aniqlash maqsadida tashkil etilgan birinchi ekspeditsiyasi vaqtida Janubiy materik chegaralarini 800 km janubga siljitib qo’ydi.
Slayd 9
U materik 45 daraja janubiy kenglik ortida mavjud bo’lmay, uning qirg’oqlari 40- 50- kengliklarda joylashganini aniq ko’rsatib berdi (Yerni 1984 yilda kashf etdilar). Tasman Mavrikiya oroli bilan Tonga oroli o’rtasida joylashgan barcha yerlar qutbga qadar cho’zilgan Janubiy materik bilan bog’liq emasligini isbotladi. Tasmanning birinchi safari xizmati, shuningdek Vandimenov Yeri (hozirgi Tasmaniya) va u orol deb emas, Janubiy materikning bir qismi (yarimorol) deb hisoblagan Yangi Zelandiyaning kashf etilishi bo’ldi.
Slayd 10
Tasmanning ikkinchi ekspeditsiyasi (1644 yil) gollandlar tomonidan topilgan barcha «yerlar» (Vandimenov Yeridan tashqari) yagona materikning – Yangi Gollandiyaning qismlari ekanini isbotladi. Tasman ekspeditsiyasi uning qirg’oqlari (sharqiy qismini istisno etganda) katta qismini tekshirdi.
Ammo hozirgi Avstraliya shimoliy qirg’oqlariga tushgan birinchi yevropaliklar Tasman ekspeditsiyasi a’zolari emas, balki Villem Yanszon ekspeditsiyasi gollandlari edi. Bu ekspeditsiya XVII asrning boshida G’arbiy Yavadan otlarib, Keyp-York yarim orolini topgan.Villem Yanszon ko’proq qisqartirilgan Yans ismi bilan mashhur. Yangi Gollandiyaning, XIX asr boshlarida qayta nomlangan Avstraliyaning hozirgi ko’rinishiga mos tavsiflar faqat Jeyms Kukning dengiz safarlaridan keyin ma’lum bo’ldi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI RIVOJLANISHI HAQIDA NAZARIYA VA QONUNLAR. AHOLINING TARKIB TOPISHI. AHOLINING HUDUDIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.