O’simliklar sistematikasi masala va mashqlar
4000 so'm

Slayd 1
O‘simliklar sistematikasi yuzasidan masala va mashqlar yechish .
Slayd 2
Darsning maqsadi: O‘simliklar oilalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi va masala va mashqlar yechishni o‘rganish.
Darsning jihozi: uslubiy qo‘llanmalar, gerbariylar, turli oila va bo‘limlarning tarqqiyot sikli tasvirlangan rasmlar, slaydlar, kodoskop, kompyuter, elektron darslik va filmlar.
Slayd 3
O‘simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o‘simliklarni ta’riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evolyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir.
O‘simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo’lgan o‘simliklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan xarakterlanuvchi alohida guruhlarga bo’ladi.
O‘simliklar sistematikasi o‘simlik turlarining xilma- xilligini va buning sabablarini o‘rganadi.
Slayd 4
Uning vazifasi quyidagicha.
O‘simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o‘rganish.
O‘simliklarni o‘rganishda turli uslublardan foydalanish
Hozirgi zamon o’simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o‘simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga asoslanadi.
Slayd 5
Slayd 6
Amaliy mashg‘ulotda talabalarning kichik guruhlari uchun o‘quv topshiriqlari.
Mashg‘ulot matnida berilgan masala va mashqlarni ko‘rib chiqing
Masala va mashqlarni yechish jarayonida o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan bilimlarni jadvalda ko‘rsating.
Slayd 7
O’quvchilarning bilish faoliyatini axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:
•O’qituvchining ko’rsatmasi yoki tavsiyasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlami topish;
•Qo’shimcha o’quv adabiyotlar bilan tanishish;
•O’rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholash;
•Adabiyot muallifning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo’shgan hissasini aniqlash va baho berish;
•O’quvchilarning o’z xulqi va axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan umumiy xulosasi.
Slayd 8
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1-Masala. Tajribada o’quvchilarga bug’doy urug’ini ichki tuzilishini o’rganish topshirildi. Bunda bug’doy urug’ini uzunasiga kesib o’rganish samaraliroq bo’ladi. Buning sababi nimada.
2-Masala. Bahorda odatda ko’proq ko’k rangli va siyohrangli gullar ochilishini kuzatishgan. Yozda esa ko’proq oq va oq-sariq rangli gullar ochilganini kuzatishgan. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz. Javobingizni izohlang.
3-Masala. Behi, zig’ir,qovun,oshqovoq urug’larida qanday bog’liqlik bor deb o’ylaysiz?
4-Masala. Xlorella quyosh nurini 25-30% ini o’zlashtiradi. Yuksak o’simliklar esa 7-12 % ini o’zlashtiradi. Qaysi birida fotosintez mahsuldorligi yuqori?
5-Masala. Nima uchun ikki urug’pallalilarda o’q ildiz. Bir urug’pallalilarda esa popuk ildiz rivojlangan. Siz buni qanday izohlaysiz?
6-Masala. To‘qay o‘ziga xos tabiat zonasi hisoblanadi. To‘qay o‘simliklaridan bo‘lgan tol, terak, jiyda, yulg‘un kabi daraxt va butalar o‘tin uchun kesib olingan. Natijada esa to‘qayda tarqalgan ilonchirmovuq o‘simligi yo‘qolib ketdi. Sababini tushuntiring?
Slayd 9
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
7-Masala. Moxsimonlarning suvli jarayonda urug‘lanishiga sabab nima?
8-Masala. Kungaboqar, kanakunjut, makkajo‘xori, kanop kabi o‘simliklar bo‘yi 3 metrgacha boradi. Nima uchun ularni butalar qatoriga kiritmaymiz? Sababini tushuntiring.
9-Masala.Mutaxassislarning fikriga ko’ra, agar ular yer yuzida yo’q bo’lib ketganlarida yuz ming tur o’simlik yo’q bo’lib ketgan bo’lar edi?
10- Masala. Olma daraxti gulladi. Bitta olma guli 5 gr LI asalarini ko’tara oladi. Gul o’rnida keyinchalik 200gr LI olma paydo bo’ladi. Gul bandining meva bandiga aylanishidagi sodir bo’ladigan jarayonlarni toping.
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.