Ekologik ta’lim va atrof muhit monitoringi
4000 so'm

Slayd 1
Ekologik ta’lim va tarbiya
Slayd 2
Reja:
Ekologik bilimlarni rivojlanitirish zaruriyati
Atrof muhit holatini o’rganish, tushuntirish va baholash muammolari
Ekologik bashorat va ekologik ekspertiza tushunchalari
O’zbekistonda ekologik ta’lim, tarbiya va uni rivojlantirish masalalari
Slayd 3
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta’siri o’zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod mahalliy va ma’naviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murrakab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, talimiy madaniy va axboriy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini to’g’ri baholash, zarur tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosit bog»liqdir.
Slayd 4
Atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi-monitoring ekologik vaziyatni o’rganish va baholash imkoniyatini berada. Monitoring ko’chma labaratoriyalar, turg’un postlar va maxsus jihozlangan observatoriyalarda olib boriladi. Lekin mo-nitoring tizimi biosfera va uning alohida hududlaridagi ekologik vaziyatni to’g^ri baholash uchun har doim ham etarlicha imkoniyatga ega emas. Natijada atrof muhit holati va mavjud ma’lumotlar o’rtasida farqlar bo’lishi muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof muhitdagi o’zgarishlarni tcf g’ri va ishonarli baholash muammoli vazifadir. Bunday vaziyat O’zbekiston Respublikasi uchun ham tegishlidir va alrof muhit holatini ishonarli baholash uchun monitoring tizimini takomillashtirish lozimdir. Atrof muhit holatini to»g»ri va ishonarli baholash kelajakda yuz berishi mumkin bolgan ekologik o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Insoniyatning atrof muhitga ta’siri ortgan hozirgi davrda ijtimoiy ekologik vaziyatning kelajakdagi o’zgarishlari to’g’risida turli bashoratlar mavjud.
Slayd 5
Slayd 6
Asrimizning 70-yillarida rivojlangan kapitalistik davlatlarda tushkunlik bashoratlari yuzaga keldi. A.Pechchei, O.Toffler, R.Folk, Dj. Forester, D.Medouz va boshqalar ijtimoiy-ekologik tushkunlik vakillari hisoblanadilar. Ularning fikricha hozirgi o’sish suratlari va tabiatga tajovuz saqlanib qolsa XXI asrning birinchi yarmi yakunida ekologik inqiroz muqarrardir. Ekologik inqirozning oldini olish uchun ular ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlarini mintaqaviy yoki jahon miqyosida chegaralash, sekinlatish zarurligini ta’kidlaydilar.
Slayd 7
Dinamik muvozanat bashoratlari tushkunlik bashoratlarga zid ravishda yuzaga keldi. V. Leonfev, B.Xyuz, Ya.Tinbergen, G.Kan kabi bu ycrnalish vakillari rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ishlab chiqarish suratlarini sekinlatib, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini o’stirish uchun sharoitlar yaratishni taklif qildilar. Shuni ta’kidlash lozimki, ikkala yo’nalish vakillari vaziyatning murrakabligi va insoniyatning imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yubormaslikka chaqiradilar.
Slayd 8
Tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal qilish yo’llari bo’yicha ilmiy ishlanmalarni ham bir necha guruhlarga bo’lish mumkin. Demografik konsepsiyalarda ba’zi olimlar (D.Medouz, M.Mearovich, A.King, A.Yerlix va boshqalar) aholi soni o’sishini chegaralash tarafdoridirlar. B.Kommoner, B. Uord, R.Dyubo va boshqalar tabiatni muhofaza qilish masalalarini atrof muhitni ifloslamaydigan texnologiyalar yaratish va ijtimoiy sharoitlarni hisobga olgan holda hal qilishni taklif qiladilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy ekologik bashoratlar ekologik inqirozning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. (Tzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida kelajak ijtimoiy ekologik o’zgarishlarni ko’p yil oldinga mo’ljallangan bashoratlarni ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishda ekologik eksoertiza muhim ro’l o’ynaydi. Ekologik ekspertizaning xalq, xo’jaligining alohida tarmoqlari, ayrim hududlarning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha loyihalarni asoslash jarayonida ekologik nazorat va ekologik xafzizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza hayot muhiti, insonning sog’ligi va tabiiy resurslarga belgilangan normativlardan ortiq darajada salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida loyihalash bosqichida o’tkaziladi.
Slayd 9
Tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mehanizmni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda tabiiy muhitning me’yoridan ortiq ifloslanganligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun jarima va to’lovlar joriy qilingan. Buning natijasida to’plangan mablag’lar turli ekologik tadbirlarga sarflanishi mumkin. O’zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish jarayonida tabiatdan foydalanishning o’ziga xos iqtisodiy mexanizmi shakillanmoqda. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining amaliyotga tadbiq etilishi «Inson va tabiat» o’ryasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirishda muhim ro’l o’ynaydi.
Slayd 10
Tabiatni muxofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekoogik sharoitlarni yaxshilashda ekologik ta’lim tarbiya muhim ro’l o’ynaydi. Turli mamlakatdagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko’p jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatga bog’liqdir. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta’lim va tarbiya bog’chadan oliy o’quv yurlarigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mexr-insonlarga oqibatdir.
Slayd 11
Slayd 12
Ekologik ta’lim tarbiya Bmt, Yunesko va Yunep ning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta’laim va tarbiyani rivojlantirish uchun jaxon, aloxida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o’tqazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo’shishi lozimdir.
Slayd 13
O’zbekiston respublikasida ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish soxasida ma’lum tadbirlar o’tqazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Lekin bu borada kamchiliklar hali ko’p. Jumladan O’zbekiston respublikasining «Tabiatni muxofaza qilish to’g’risidagi» qonunida ushbu masalaga kam o’rin berilgan. Ekologik axborot tizimi yaxshi shakillanmagan. Bu muammolar yaqin yillar ichida ijobiy hal qilinishi lozim.
Slayd 14
XXI asr-ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Xar bir inson ona sayyoramiz tabiatni ziyon yetkazmasdan o’zgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir.
Slayd 15
Yurtimizda jismonan yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishni toza atrof muhitsiz, boshqacha qilib aytganda ekologik xavfsiz tabiiy muhitsiz bir yoqlama tasavvur etib bo’lmaydi. Sog’lom turmush tarzi hamda atrof muhit bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’langandir. Sog’lom atrof muhit, tabiiy muhitning toza va musaffoligi bolalarning sog’lom va yetuk voyaga yetishining asosiy omillaridan biridir.
Slayd 16
Ekologik muammo taraqqiyot, xavfsizlik, aholining turmushi va bevosita odamlar hayotining davomiyligiga ta’sir ko’rsatib, ayniqsa aholining eng yosh qismi bo’lgan bolalar hayotiga katta xavf soladi. Sir emaski, ifloslangan, zaharlangan atrof-muhit birinchi navbatda hali yosh, endi rivojlanib shakllanib borayotgan organizmga katta ta’sir ko’rsatadi, uning fiziologik va ruhiy rivojlanish holatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Slayd 17
Slayd 18
Ayniqsa, hozirgi paytda oilada ekologik omil va talablarga asoslanib sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalalari muhim kasb etmoqda. Bizning nazarimizda, oila – oila a’zolari o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, unga rioya qilish va targ’ib qilish, zararli odatlarni oldini olish, toza musaffo muhitni qaror toptirishning kichik yorqin modeli hisoblanadi. Oila a’zolarining munosabati, xo’jalik yuritish uslubi, tartib-qoidalari va odat-ko’nikmalari oilaning qadriyatlarini belgilaydi
Slayd 19
Ko’p mingyillik jamiyatimiz tarixi shundan dalolat beradiki oilada ma’naviy-ekologik qadriyatlarga va uning qaror topishiga katta e’tibor berilgan. Oxirgi yuz yillikda respublikamiz ekologik tizimiga katta salbiy ta’sir yetkazildi, ajdodlarimizning tabiatdan foydalanish borasidagi xalq udumlari va an’anaviy odob-ahloq qoidalari unutib yuborildi.
Slayd 20
Xalqimiz boy ekologik madaniyatga ega. Asrlar davomida shakllanib kelgan boy milliy ma’naviy qadriyatlarimiz va merosimiz shundan dalolat beradiki, ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz Ona zaminga o’zgacha munosabatda bo’lib, suv, tuproq, havoni qadrlaganlar. Tabiat boyliklari va uning ehsonlarini asrab-avaylab, ulardan tejab foydalanganlar. Ma’naviyatimiz poydevori hisoblangan muqaddas hadislarda: «Englar, ichinglar, isrof qilmanglar», deyilgan. Isrof qilmaslik, uvol, gunoh va me’yor kabi tushunchalarni yaxshi anglab yetganlar va kundalik turmush faoliyatida ularga qat’iy amal qilganlar. Atrof-muhitni, uyni, mahallani, ko’cha-kuyni, shahar, qishloq, ovullarni, bozorlarni, ariqlarni, hovuzlarni toza, saranjon-sarishta tutganlar. Boshqacha aytganda, ekologik ma’naviyatga, ekologik qoida va mezonlarga to’la amal qilganlar. Daraxtzor, bog’-rog’larni yaratilganligi haqida tariximizdan ko’plab ma’lumotlarni keltirish mumkin. Bog’ yaratish san’atiga xalqimiz azaldan ega bo’lgan.
Slayd 21
Xalqimizda yaxshi bir naql bor «Atrof-muhit tozaligi uyning ostonasidan boshlanadi». Har bir xonadonning sarishtaligi, obodligi uning ostonasida, ko’cha-kuy, hovli-joyni toza va saranjom tutishda bilinadi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deganlaridek, ota-onalar bolalarga tabiat in’om etgan suvni asrab-avaylash, tuproq va havoni ifloslantirmaslik, o’simlik-yashillik olamini saqlash haqidagi o’gitlarni doimiy ravishda singdirishlari va ularning hayot mezoniga aylantirishlari talab etiladi. Bolalarimizga, O’zbekiston uchun tobora qadrli bo’lib borayotgan ichimlik suvidan tejab-tergab foydalanish munosabatini shakllantirish ayniqsa, o’ta muhim masaladir.
Ta’kidlash jozki, ayniqsa bizning o’lkamizda yer va suv asosiy milliy boylik bo’lib, xalq farovonligining asosiy manbai hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, inson salomatligi ham millat boyligi hisoblanadi. Binobarin, toza ichimlik suvi har bir oila sog’lom hayot yuritishning muhim sharti hisoblanadi. Bugungi avlod o’sib, ulg’ayib, insonlar hayoti va atrofimizdagi tabiatni asrab-avaylash haqida hal qiluvchi qarorlar qabul qilishi kerak bo’ladi. Oilada ota-onalar, kattalar tomonidan bolaga birlamchi ekologik madaniyat saboqlari beriladi. Tabiatdagi sodir bo’layotgan hodisa va o’zgarishlarning bevosita har bir kishining salomatligiga, ruhiyatiga, kayfiyatiga ta’sirini ota-onalar o’z bolalariga astoydil tushuntirsalar, bola ko’nglida muhrlanib va shunday narsalarni bilishga hamda oqilona hatti-harakatlarga rioya qilishlariga intilishlari oshadi.
Slayd 22
Slayd 23
Avvalombor, bolalarimizda ekologik madaniyat saboqlarini shakllantirishda kattalarning tabiatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabati katta o’rin tutadi. Ota-onalarning atrof-muhit tozaligini saqlashga bo’lgan doimiy e’tibori, say’-harakatlarini ko’rgan va his qilgan bolalar – farzandlar, ular orqasidan ergashishga harakat qilishadi, ulardan namuna va o’rnak oladilar. Oila davrasida birgalikda erta bahorda hovli va ko’chada daraxt ekish, uni parvarish qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, hovlini obod qilish har bir bola uchun yaxshi namuna maktabini o’taydi hamda atrof-muhitga bo’lgan ezgu munosabatini belgilashda zamin yaratadi.
Slayd 24
Ko’kalamzorlashtirish jarayonlariga jalb etilgan bolalarning o’z navbatida estetik dunyoqarashi va tafakkuri kengayib boradi, tabiatdan, uning boy xilma-xil ranglaridan ma’naviy estetik zavq olishi, tabiatga oshnoligi kuchayadi. Gullarni xush ko’rmaydigan bolaning o’zi yo’q. Xonadonimizda madaniy gullarni ko’paytirish va parvarish qilish ekologik tarbiyaning yaxshi unumli vositasi bolalarning ekologik ongini rivojlantiradi. Xonadondagi gullar, yashil o’simliklar o’z navbatida havoni kislorod bilan ta’minlab bolalarimizning toza havo bilan nafas olishni ta’minlaydi. Qizlar ayniqsa gullarga oshno bo’ladilar, o’g’il bolalar esa tirik jonivorlarni parvarish qilishga moyil bo’ladilar. Ota-onalar, ayniqsa ayollar bolalarning erta yoshligidanoq bu moyilliklarni aniqlab, bu yo’sinda ish olib borishlari farzandlarining dunyoqarashini kengayishiga olib kelib, yaxshi natija beradi. Bolalarning maktabda olgan tabiat haqidagi bilim va saboqlarini ota-onalar ularga kundalik hayotda rioya qilishlarini va amalda tatbiq etishlarini tushuntirishlari va kuzatishlari lozim. Farzandlarimiz munosabatida isrofgarchilik alomatlariga aslo yo’l qo’ymaslik, uni oldini olish va tejamkorlik xislatini yoshligidanoq singdirish zarur. Tabiat tuganmas xazina emas, ko’plab tabiat boyliklari tiklanmaydi. Ta’kidlash o’rinliki, bolalik davri inson hayotining ilk, betashvish bosqichi hisoblanadi. Bolalar atrof-muhit va unda ro’y berayotgan hodisalarni anglashga emotsional-hissiy yondashadilar. Buning natijasida ularda, asta-sekin hodisalar mohiyatini ifodalovchi shaxsiy qarash, sifat va mustaqil munosabat shakllanib, ularning ruhiyatida saqlanib qoladi. Tabiatning kuchli tarbiyaviy salohiyatini hisobga olib, oila bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish o’z navbatida bolalarning kuzatuvchanligini, o’rab turgan tabiiy muhitdan estetik zavqlanishini, hamdardlik tuyg’usini, tabiat qo’ynida o’zlarini qanday tutish qoidalari va odobini shakllantirishga, ularning sog’lom, ma’naviy va intelektual rivojlanishiga yordam beradi.
Slayd 25
Ota-onasining atrof-muhitga hatti-harakati bolada qanday munosabat uyg’otadi? Axlat va chiqindilarni duch kelgan yerlarga to’kish, uni yondirish, ayniqsa kuzgi xazonrezgi davrda xazonlarni yoqib havoni bulg’aydigan noxush holatlariga beihtiyor ko’zimiz tushadi. Eng achinarlisi biz ba’zan bu jarayonga bolalarni ham tortmoqdamiz, shu kabi ishlarni ularga buyurib oxir-oqibatda ularni bunday salbiy harakatlarning bevosita ishtirokchisiga ham aylantiramiz. O’z navbatida esa bolalar kattalar harakatidan, munosabatidan o’rnak oladilar. Aksincha, bolalarning atrof-muhitga bo’lgan nojo’ya munosabatiga ota-onalar munosabat bildirishlari va buning salbiy oqibatini tushuntirib, tabiiy muhit tozaligi, havoning musaffoligi avvalom bor bizning salomatligimiz, hayotimiz barqarorligini ta’minlashini astoydil o’qtirishlari lozim. «Toza muhit bu sog’lom hayot muhiti» qoidasini oilaning turmush tarzi va dunyoqarashi, kundalik zaruriyati, amaliy ko’nikmasi va hayotiy ehtiyojiga aylantirish zarurdir. Bolada sog’lom turmush tarzining ilk qoidalarini shakllantirishda ota-onalar atrof-muhitni muhofaza qilish, uning tozaligini saqlash, suv, havo va tuproqni ifloslantirmaslik, tejamkorlik bilan foydalanish har birimizning qonuniy ham insoniy burchimiz ekanligini hayotiy misollariga tayanib astoydil o’qtirishlari lozim.
Slayd 26
Binobarin, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida yer, suv, tabiiy gaz va boshqa resurslardan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanish oilaning daromadiga ta’sir etishini bolalar bilishlari foydadan holi bo’lmas.
Dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim vazifalardan biri hozirgi va kelajak avlod uchun toza, sog’lom, xavfsiz atrof-muhitni yaratish masalasi hisoblanadi. Barqaror rivojlanish zaminida aynan hozirgi va kelajak avlodlar manfaati – bolalar, farzandlarimiz manfaati, ularni xavf ostiga qo’ymaslik, ular uchun toza, sog’lom va xavfsiz atrof-muhit va farovon hayot yaratish masalasi turganligini aytib o’tish joiz.
Tabiatga yaqinlik, ona zaminga muhabbat, jonajon o’lkaning go’zalliklaridan bahramand bo’lish bolalarni ma’naviy-ruhiy jihatdan boyitib nafis didini shakllantirdi hamda muqaddas zamin o’z ona-yurtining farovonligi va tabiatining musaffoligi to’g’risida qayg’urishni o’zlarining burch va mas’uliyatli ekanliklarini yuraklari bilan his etadilar. Tabiatni muhofaza etish, uni boyliklarini avaylash va undan oqilona foydalanishni davrni o’zi talab etib, barchamizni tabiatga yanada e’tiborliroq va mas’uliyatliroq bo’lishga undamoqda.
Slayd 27
Slayd 28
Shundan kelib chiqib quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
bolalarimizda atrof-muhitga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, ularda mas’uliyat hissini uyg’otish va tarbiyalash, tabiat resurslaridan – yerdan, suvdan, energiyadan, barcha xom-ashyolardan ehtiyotkorlik, tejamkorlik va sarhisoblik bilan foydalanish, ya’ni uvolga yo’l qo’ymaslik ko’nikmalarini kundalik hayotda ularga singdirishimiz, bu hatti-harakatlarda shaxsiy namuna amallarini ko’rsatish;
bolalarizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga asosiy urg’u berib, ularda yuksak insoniy fazilat, atrof-muhitga bo’lgan munosabatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik va obod etish sifatlarni qaror toptirish orqali ekologik ma’naviyatni va tabiatga bo’lgan yangi qarashni shakllantirish;
oila muhitida toza ichimlik suvidan samarali foydalanish madaniyatiga qat’iy amal qilish har bir oila a’zolarining ajralmas fazilatiga aylanishi;
oilada bolaning sog’lom turmush va ekologik odobini har tomonlama shakllanishiga, suvni, tuproqni, havoni ifloslantirmaslik, rang-barang o’simlik va hayvonot olamini saqlashga o’z hissasini qo’shish, unga bo’lgan g’amxo’rlik sifatlarini qaror topishiga, shaxsiy ekologik pozitsiyasini tarbiyalashga e’tiborni qaratish;
Slayd 29
Bolalarimizda ekologik huquqning birlamchi kurtaklarini, ya’ni atrof tabiiy muhitga bo’lgan o’z fuqaroviy burch va majburiyatlarini anglab yetishlariga, ekologik xavfsiz muhit insonlarning sog’lom hayot kechirishlariga hamda sanekologik holatining yaxshilashiga zamin bo’lishini tushuntirib borish;
bolalar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda qaror qabul qilayotganlarida, albatta atrof-muhit holatini e’tibordan chiqarmaslikni va uni hisobga olish zarurligini, bolaning atrof-muhitni toza saqlashda ko’rsatgan amallarini ota-onalar doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashi hamda tabiatga qilingan nojuya hatti-harakatning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini o’qtirib borish;
farzandlarimizni bo’sh vaqtlarida bevosita tabiat qo’ynida, hayvonot va o’simlik olamining turli tuman ekanligini anglashi, rang-barang go’zalliklaridan ularni bahramanad qilish borasida imkon qadar birgalikda tabiat qo’yniga sayohatlar uyushtirish. Zero, biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar va barchamiz bolalarimizning barkamol inson bo’lib voyaga yetishiga va ularning o’z ona zaminini naqadar asrab-avaylashga qodir ekanligiga javobgarmiz.
Slayd 30
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Ekologik bilimlarni rivojlantirish zarurati sabablarini tushuntiring
Atrof-muhit holati qanday o’rganiladi va baholanadi?
Ekologik bashorat deganda nimani tushunasiz?
Ekologik ekspertiza nima va u qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
Ekologik ta’lim-tarbiyaning qanday shakillarini bilasiz?
Ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Qachon kapitalistik davlatlarda tushkunlik vaziyati yuzaga kelgan?
Ijtimoiy-ekologik tushkunlik vakillari kim?
Ularning fikricha hozirgi o’sish suratlari va tabiatga tajovuz saqlanib qolsa nima ro’y beradi?
Demografik konsepsiyalarda qaysi olimlar axoli soni o’sishini chegaralash tarafdori bo’lgan?
Slayd 31
B. Kommoner, B.Uord, R. Dyubova boshqalar nimani taklif qilishgan?
Ishlab chiqarishning atrof-muhitga zararini kamaytirishda nima muhim rol o’ynaydi?
Ekologik ta’lim-tarbiyaga e’tibor beradigan tashkilotlar qaysilar?
O’zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirish sohasida qanday tadbirlar o’tkazilgan?
Insolar va hayvonlar hayotida o’simliklarning o’rni qanday?
Yog’ochda inson hayotida kerak bo’ladigan necha turli maxsulotlar bor?
Insonning o’simliklarga ta’siri qanday?
Ota-onaning atrof-muhitga hatti-harakati bolada qanday munosabat uyg’otadi?
Bolalarni ekologik tozalikka o’rgatish bilan nimalarga erishish mumkin?
Ekologik ta’lim tarbiya bizga nima uchun kerak?
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.