Baliqlar ekologiyasi suv muhiti omillari

4000 so'm


Baliqlar ekologiyasi suv muhiti omillari

 

 

Slayd 1

Baliqlar ekologiyasi

Slayd 2

Reja:
Baliqlarning suv muhitidagi ba’zi hayot sharoiti.
Baliqlarning ekologiyalik gruhlari.
Baliqlarning aziqlanish uzgashliklari.
Baliqlarning migratsiyasi.
Iqlimlashtrish.

Slayd 3

Baliqlarning suv muhitidagi ba’zi hayot sharoiti.
Suv yashash muhiti sifatida o’ziga xos sharoit yaratuvchi qator spetsifik xossalarga ega. Baliqlarning hayot arenasi juda katta. Er yuzi 520 mln km2 sathga ega bo’lib, shundan 361 mln km2, ya’ni 71% ni dengiz va okeanlar tashkil etadi. Bundan tashqari, er sathining 2,5 mln km2 yoki 0,5% ni ichki havzalar egallaydi. Yashash arenasining ulkanligi baliqlarning vertikal tarqalishi bilan ham belgilanadi. Okeanning ma’lum bo’lgan maksimal chuqurligi 11000 m, 3000 m chuqurlikdagi okeanlar dengiz suvlari umumiy maydonining 51-58% ni tashkil qiladi. Baliqlar ekvatorga yaqin oblastlardan to qutb oldigacha bo’lgan joylarda yashaydi; ular dengiz sathidan 6000 m balandlikdagi tog’ suv havzalarida va okeanlarda 10000 m chuqurlikda ham uchraydi. Bularning hammasida yashash sharoiti turli-tuman bo’ladi. Suv sharoitini baliqlarga nisbatan ko’rib o’tamiz.

Slayd 4

Daryo, dengiz, kichik ichki suv havzalari suvining harakati doimiy suv oqimiga bog’liq bo’lsa, suvning vertikal harakati uning turli holatda isishiga bog’liq. Suvning harakati ma’lum darajada baliqlarning ham passiv harakatini belgilaydi. Masalan, Skandinaviyaning g’arbiy qirg’oqlarida voyaga etgan Norvegiya sel’dining lichinkalarini Gol’fstrim oqimining bir tarmog’i 3 oy mobaynida shimoli-g’arbiy qirg’oq qismida uvildiriqdan chiqqan losossimon baliqlarning lichinkalari hayotining ko’p vaqtini dengizda o’tkazadi. Daryodan dengizga o’tish, ma’lum darajada passiv, daryo oqimi yordamida bo’ladi. Nihoyat, baliqlar harakatini ma’lum darajada belgilovchi oziq ob’ektlarining – planktonning harakati ham oqim yordamida paydo bo’ladi.
Suv temperaturasining o’zgarishi havo-er temperaturasining o’zgarishidan ancha kam. Aksariyat hollarda baliqlar uchrashi mumkin bo’lgan temperaturaning yuqori darajasi +30 +400S dan past. Ayniqsa, temperaturasining pastki chegarasi xarakterli bo’lib, u okeanlarning sho’r qismida ham -20S dan pastga tushmaydi. Shunday qilib, baliqlar yashash muhiti temperaturasining real amplitudasi 35-450S ga teng. Biroq shunday kichik temperatura tebranishlari ham baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Temperaturaning baliqlarga ta’siri bevosita yoki bilvosita suvning gazlarni eritish xususiyati orqali ham bo’lishi mumkin.

Slayd 5

Ma’lumki, baliqlar poykilotermi hayvonlarga kiradi. Ularning tana temperaturasi gomoyoterm hayvonlardagi singari ko’pmi-ozmi bir zaylda bo’lmasdan, bevosita tashqi muhit temperaturasiga bog’liq.
Suv temperaturasining baliqlarga bilvosita ta’sirini baliqlardagi gazlar almashinuvida ko’rish mumkin. Ma’lumki, suvning gazlarin eritish, ayniqsa kislorodni eritish xususiyati uning temperaturasi va sho’rligiga teskari mutanosibdir. Shu bilan bir qatorda suv temperaturasining ko’tarilishi orta boradi. Shunga ko’ra, kislorodning minimal miqori ham o’zgaradi, kislorod bu miqdordan kam bo’lsa, baliqlar nobud bo’ladi. Karp balig’i uchun bu miqdor 10S temperaturada 0,8 mg/l, +300S bo’lganda 1,3 mg/l, +400Sda esa 2,0 mg/l ga yaqin bo’ladi.

Slayd 6

Slayd 7

Kumja
Har xil baliqlarning kislorodga bo’lgan talabi bir xil emas. Shu belgisiga qarab ularni 4 guruhga bo’lish mumkin:
kslorodni juda (-7 -11 sm3/l) ko’p talab qiluvchilar kumja (Salmo trutta), gol’yan (Phoxinus phoxinus), ilonbaliq (Nemachilus barbatulus),

Slayd 8

Xarius
Ko’p (5-7 sm3/l kislorod talab qiluvchilar: xarius (Thymallus thumallus), golavl (Leuciscus cephalus), tosh baliq (Gobio gobio);

Slayd 9

Oq shoboq
Nisbotan kam (4 sm3/l) kislorod talab qiluvchilar: chovoq baliq (Rutilus rutilus), olabug’a (Perca fluviatilis), ersh (Acerina cernua);

Slayd 10

Lin
Suvda kislorod nihoyatda kam bo’lishiga chidamli, hatto 1/2 sm3/l da ham yashovchilar: zig’ora baliq, lin, tovonbaliq
Karas

Slayd 11

Suv havzalarining muzlashi baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Chunki muz qoplami suvning ostki qatlamlarini ma’lum darajada havoning sovuq temperaturasidan himoya qilib, suv tubigacha muzlashiga to’sqinliq (faqat ba’zi vaqtlarda sayoz joylar tubigacha muzlaydi). Bu holat baliqlar qishda havo temperaturasi nihoyatda past bo’lgan oblastlarga ham tarqalishiga imkon beradi. Muz qatlamining ijobiy ahamiyati anna shunda.
Muz qatlami baliqlar hayotida salbiy rol’ ham o’ynaydi. U soyalob qo’yib, baliqlar oziqlanishida bevosita yoki bilvosita ahamiyatga ega bo’lgan organizmlar faoliyatini yo sekinlashtiradi yoki butunlay to’xtatadi. Bu birinchi navbatda yashil suvo’tlarga va yuqori o’simliklarga tegishlidir.
Muz qatlami suvning havo kislorodi bilan to’yinishini keskin kamaytiradi. Ko’p suv havzalarida qishda chirish jarayonlari natijasida suvda erigan kislorod to’liq sarf bo’ladi. Bu vaqtda suv havzasida o’lat (zamor) deb ataluvchi holat paydo bo’ladi. Masalan, Ob’ havzasida shunday holat kuzatilgan. Bu daryolarin suv bilan ta’minlovchi botqoqliklar gumin kislotaga va temir (II) oksidga boy bo’ladi. Bular oksidlanib, suvda erigan kislorodni tortib oladi. Muz yaxlit bo’lganda bu kislorodning o’rin to’lmaydi.

Slayd 12

Slayd 13

Dekabr oyidan boshlab baliqlar G’arbiy Sibir’ daryolaridan Ob’ daryosiga o’tib, mart oyida Ob’ qo’ltig’iga etib boradi. Bahorda muz erishi bilan baliqlar orqaga qayta boshlaydi. O’lat (zamor) ga qarshi muz yorish (muzni buzish), suv havzalari va ko’llarning oqimini kuchaytirish orqali kurash olib boriladi. Texnika bilan jihozlangan baliqchilik xo’jaliklarida kompressorlar yordamida muz ostiga kislorodga to’yingan suv yuboriladi.
Suvning tovush o’tkazuvchanligi juda yuqori. Tovush signalizatsiyasi juda yaxshi rivojlangan baliqlar bu holatdan yaxshi foydalanadi. U bir tur individlari yoki ikki tur individlari orasida axborot almashinishini ta’minlaydi. Baliqlar chiqaradigan tovushlar exolokatsiya ahamiyatiga ega bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Slayd 14

Forel
Baliqlar hayot muxiti uzgashaligiga qaray kuyidagi ekologik yaki biologik gruhlarga bo’linadi.
Shushik suv baliqlari – bularga 8,3 ming tur kiradi. Ular reofil yaki ag’in suvda yashaydigan forel, podust, xarius, Marinka, limnofil’ yaki turg’in suv havzalarida yashaydigan: taban baliq, lin’, qizil qalash, torta, umumiy shushiq shuvda yaki turg’in suvda yashaydigan sibr osyotra shortan, alabug’a, torta, gustera, sinets baliqlari kiradi. Ulardan ayrimlari gustora, qarakuz, sinets tuzli suvlarga da kiradi.
Baliqlarning ekologik guruhlari.

Slayd 15

Xarius
Marinka

Slayd 16

Sibir osetra
Sho’rton

Slayd 17

Alabug’a
Torta

Slayd 18

Losos
Utkinshi baliqlar – dengizda yashaydigan 125 – 130 tur baliq kiradi. Ularning kupshiligi urchish ushin dengizdan daryoga kiradi: Lasoslar, (semga, keta, garbusha) bakralar (russ osyotri, sevryuga, beluga, ship). Ularni trofik dengiz baliqlari dep ta ataydi. Ulardan ayrimlari (ugor) daryodan urchish ushin dengizga kiradi
Sibir osetra

Slayd 19

Torta
Tuzliraq suv baliqlari ularga suvding tuzliligi kam suvda yashaydigan baliqlar. Bular shushik suv va tuzliroq yarim utkinshi suv baliqlariga bo’linadi. Yarim o’tkinchilar tuzliroq teңiz suvinda yashab, urchish ushin daryoning pastki bulimiga kiradi. (Torta, aqshobaq, sazan, sila, iloqa).
Oq shaboq

Slayd 20

Slayd 21

Seld
Al tuzliroq suv baliqlari hayot davomida dengizning tuzliroq tomonlarida daryolarning dengizga qiyar erlarida qultiqlarda yashaydi. Kaspidagi, Azovtagi kruglyak bachogi, dengiz silasi, katta kuzli puzan, brajnik sel’da.
Bichok

Slayd 22

Akula
Tuzli suv baliqlardan (evrigalin) dengiz baliqlari hayoti davomida dengizda yashaydi. (Akula, tunets, okean seldi) shushik suvda uladi. Ular tumandagisha gruhlarga bo’linadi.
Okean seldi

Slayd 23

Treska
Qirg’oqqa yaqin joydagi baliqlar – ularga 9,1 ming tur kiradi. Bularda pelagial yoki neretik (anchaus, sardiniya, skumbriya), suv tubiga yaqin (treska, piksha, navaga, dengiz tovon balig’i) va suv tubida (skat, kombalalar) yashaydigan turlarga bo’linadi.
Skumbriya

Slayd 24

Skat
Kambala

Slayd 25

Gigant akula
Epipelagik baliqlar ochiq dengiz pelagial bo’limining yuqori qatlamida yashaydi. Bularga gigant akula, uchuvchi baliq, tunets, qilichbaliq, oybaliq va boshqalar kiradi. Epipelagik baliqlar 260 turin tashkil etadi.
Uchuvchi baliq

Slayd 26

Chuqurlikda yashovchi baliqlar okean tubida va qirg’oqqa yaqin joylarda yashaydi. Bular epipelegialning pastidan boshlab eng chuqur 11 ming m gacha bo’lgan muxitda yashaydi. Bu guruhga kiruvchi 2000 tur baliqning faqatgina 10-15 turi 6 ming m chuqurda yashaydiganlar sirasiga kiradi.
Dengizning har xil chuqurligida yashashiga ko’ra quyidagicha bo’linadi: 500 – 700 m gacha mezopelagik, 2000 – 3000 m gacha batipelagik, 3000 m tubandagilari abissopelagik va undan ham chuqur, suvning tubigacha bo’lgan muhitda yashaydigan baliqlar abissal deb ataladi.

Slayd 27

Baliqlarning o’sishi va yoshi.
Baliqlarning katta-kichikligi.
Baliqlarning katta-kichikligi har xil bo’ladi. Masalan, kit akulasining uzunligi 20 m, massasi 15 tonna bo’lsa, Filippin atavidagi bichokning kattaligi 10-11 MM bo’ladi.
Baliqning o’sishi. O’sish deb baliqning bir yilda uzunlik va massaga qo’shgan ulushiga aytiladi. Baliqning o’sishi issiqqonli hayvonlardan farqli ravishda umrining oxirigacha davom etadi. Sutemizuvchilarda, qushlarda jinsiy tarafdan etilgandan keyin o’sish to’xtaydi yoki to’xtashga yaqinlashadi. Lekin baliqlarda o’sish jinsiy tomondan etilgandan keyin va birinchi marta tuxum tashlagandan keyin ancha pasayadi. O’sish tezligi baliqlarda abiotik va biotik omillarga bog’liq bo’ladi va asta yoki jadal ravishda boradi.
Ba’zi baliqlarning erkagi – urg’ochisiga qaraganda sekin o’sadi va (gavdasi) kichkinaroq bo’ladi (ilaqa, bichokdan tashqari).
Chexonlarda urg’ochi baliqlarning etilganlari erkagiga nisbatan 1,5-2 marta tez o’sadi. Sila balig’i yozning issiq kunlarida asta, kuzda esa tez o’sadi. Baliqlarning o’sishiga turli faktorlarning ta’siri. Tashqi muhitdagi harorat, yorug’lik, gaz rejimi, suvdagi tirik organizmlar, suvning zichligi, oziq mahsulotlarining tez ushlanish darajasi baliqning o’sishiga bevosita ta’sir qiladi. Oqchabak evropada orqa tomondagilariga nisbatan tushlik tarafida yaxshi o’sadi. Chunki issiq yil mobaynida oziqlanish uzoqqa cho’ziladi. G. Nikol’skiyning (1974) aytishicha sazan Balxashda ovqat organizmlari kam bo’lganligi uchun boshqa joylardagi sazanga nisbatan yomon o’sadi. L.S.Bergning aytishiga semga 2-3 yoshdan keyin dengizga tushgandan keyin 4-5-6 yoshlarida baliq bilan ovqatlanib tez o’sadi.

Slayd 28

Baliq umrining uzunligi.
Bu ko’rsatgich baliqlarda har xil. Afrika, Janubiy Amerikadagi karp simonlarning vakillari 2-3 oy, akulalar, kalugalar 100 yilgacha yashaydi. Shortan, sazan, ilaka, paltus 30 yilgacha umr ko’radi. Baliqlarning yoshi tangachalariga, suyaklariga qarab, ularning yillik xalqalarga asoslanib aniqlanadi.
Baliqlarning yoshini aniqlash G.Monastirskiy, A. Morozov, N. Chugunov, E.Chugumovaning metodlari orqali amalga oshiriladi.

Slayd 29

3. Baliqlarning oziqlanish o’zgachaliklari.
Oziqlanishga ta’rif. Har xil baliq ma’lum bir oziqlik organizmlari bilan oziqlanadi. Oziqlanishiga ko’ra baliqlar yirtqich va yirtqich bo’lmagan turlarga bo’linadi. Yirtqich baliqlarga: losos, treska, cho’rtan, ilakalar kiradi, ular baliq va boshqa organizmlar bilan oziqlanadi. Yirtqich bo’lamagan baliqlar: bentofag, planktofag va o’simlik bilan oziqlanuvchi turlarga bo’linadi.

Slayd 30

Baliqlar ovqat organizmlarini sezish organlari orqali (seldlar, treska va b.) ko’rish (stavrida, ola bug’a, cho’rtan, pelamida) yon chiziqlari yordamida daryo skati, ilaka, beluga, tam sezish (kambala, kalkan, dengiz shaytoni va boshqa) organlari orqali topadi. Ular har xil usullar bilan ozig’ini ovlaydi: kuzatish, quvish yo’llari bilan suv tubidan, suv muhitidan, suv o’simliklari orasidan va boshqa joylardan ovlaydi. Ba’zi baliqlar: piran’ya, yirtqich baliqlar organizmning bir bo’limin yulib olib oziqlanadi.
Oziqlanishda tanlash usuli. Baliqlarda tanlab eyish hodasasi kuzatiladi. Yaxshi ko’rib iste’mol qiladigan organizmlar ovqat spektorining 50-70%ini tashkil etadi, uni almashtirib bo’ladigan oziq 15-30%ni tashkil etib, majburiy oziqlanadigan organizmlar 10%dan osmaydi.
Shunday qilib ovqatlanish, asosiy, ikkinchi darajali va majburiy oziqlanadigan turlarga bo’linadi.
Oziqlanishning yoshga qarab o’zgarishi.
Baliq balalari tuxumdan chiqqandan keyin tashqi muhitdan oziqlanmay embriondagi sariqlik bilan oziqlanadi. Keyinchalik sariqlik va tashqaridagi mayda plankton organizm bilan aralash ovqatlanadi. Bu aralash ovqatlanish deyiladi. Lichinkalarining Tashqi organizmlar bilan ovqatlanishi turli baliqlarda har xil va bir necha kunga cho’ziladi.
Ko’pchilik baliqlarning lichinkalari rivojlanishining boshlang’ich stadiyasida sodda va mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Masalan, aktolstolobning bolalalari (lichinkalari) zooplankton bilan, keyinchalik esa yirik formasi fitoplankton bilan oziqlanadi. Cho’rtanning lichinkasi oldin tsiklop ham dafniya bilan oziqlanib 1,2-1,5 smga etgandan keyin karp baliqlarining lichinkalari bilan oziqlanadi, 5-6 smga etgandan keyin esa faqat baliqlarning bolalari bilan oziqlanadi.

Slayd 31

Oziq etishmaganda cho’rtan, olabug’alarda kannibalizm kuzatiladi.
Yashash joyiga qarab oziqlanishning o’zgarishi. Katta ko’l yoki dengizning barcha joyida baliqning oziqlanishi bir xil bo’lmaydi. Shu bilan birga bir turdagi baliqning oziqlanishi har xil suvlarda ham bir xil bo’lmaydi. Kaspiy dengizining orqa tarafida қisqichbaqasimonlar kruglyak-bichogining ovqatining 29% ini o’rta kaspiyda 6-7%, Janubiy Kaspiyda (Krasnovodsk) 1% ni tashkil etadi. Ozi3lanishda mavsumiy o’zgarish. Baliqlarda organizmlarning rivojlanish tsikliga, migratsiyasiga, mavsumga, baliqqa qulayligi va baliqning fiziologik vaziyatiga bog’liq mavsumga qarab oziqlanishda o’zgarish bo’ladi. Skumbriya Qora dengizda yozda qisqichboqasimonlar bilan oziqlanadi, bahorda va kuzda baliqlar bilan oziqlanadi.

Slayd 32

4. Baliqlarning migratsiyasi.
Xudi boshqa hayvonlarda bo’lgani singari, baliqlar hayot tsiklining turli bosqichlarida ham turli muhit sharoiti zarur. Masalan, urug’ tashlash uchun zarur bo’lgan muhit baliqlar yaylovi uchun zarur bo’lgan muhitdan farq qiladi, xudi shunday qishlov sharoiti ham boshqacha. Shuning uchun ham baliqlar turli-tuman hayot tsikliga mos keladigan muhit axtarib, ancha harakat qiladi. Kichik yopiq suv havzalari (ko’llar va hovuzlarda) yoki daryolarda yashaydigan joy almashtirilishi harakati masshtabi ancha kichik bo’lsa ham u yaqqol ko’rinadi.

Slayd 33

Ayniqsa dengiz o’tkinchi baliqlarida migratsiya juda yaxshi rivojlangan. O’tkinchi baliqlarning tuxum (urug’) tashlash uchun migratsiyasi ancha murakkab va turli tumandir; bu holat dengizdan daryoga (ko’pincha) va daryodan dengizga (kamroq) o’tishga bog’liq. Urchish uchun dengizlardan daryoga (anadrom, migratsiya) ko’pincha losossimonlar, osetrsimonlar, ba’zi bir sel’disimon va karpsimonlar uchun xosdir. Daryolarda oziqlanuvchi va tuxum tashlash uchun dengizlarga o’tuvchi turlar ancha kam. Bunday harkat katadrom migratsiya deb ataladi. Bu ugorlarga xosdir.
Ko’p dengiz baliqlari ham tuxum (urug’) tashlash vaqtida ochiq dengizdan qirg’oqqa qarab yoki qirg’oqdan dengizning chuqur joylariga qarab suzadi. Dengiz sel’dlari, treska, piksha anna shunday baliqlardir.

Slayd 34

Tuxum tashlash uchun bo’ladigan migratsiyalarning uzunligi ham har xil. Masalan, Kaspiyning shimoliy qismida yashaydigan yarim o’tkinchi karpsimonlar daryo bo’yilab bir necha o’n kilometrga ko’tariladi. Ko’p losossimonlar juda uzoqqa migratsiya qiladi. Uzoq Sharq lososi ketaning migratsiyasi joylarda 2000 km va undan ortiq masofagacha bo’lsa-da, nerkaniki (Oncorhynchus nerka) 4000 km. Semga Pechora daryosining yuqori oqimigacha ko’tariladi. Atlantika okeanining g’arbiy qismida tuxum qo’yuvchi evropa daryo ugori urchish joylariga etib borgunicha bir necha ming kilometr masofani o’tadi.
Baliqlar migratsiyasining muddatini boshqa hayvonlardagi singari (masalan, qushlardagi singari) aniq belgilab bo’lmaydi. Bu, birinchidan, baliqlar tuxum tashlash muddatining har xilligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ba’zi baliqlar tuxum tashlash joylariga yarim yil oldinroq keladi. Masalan, Oq dengiz semgasi daryolarga ikki muddatda o’tadi. Kuzda jinsiy mahsulotlari nisbatan kam etilgan individlar o’tadi. Ular daryoda qishlab, kelgusi yili urchiydi. Bular bilan bir qatorda Oq dengiz semgasining daryoga yozda o’tuvchi biologik irki ham bor. Ularning jinsiy mahsuloti yaxshi etilgan bo’lib, ular shu yilning o’zida urchiydi. Keta ham ikki marta migratsiya qiladi. Amurga «yozgi» keta iyun’-iyulda o’tsa, «kuzgi» keta avgust-sentyabr’ oylarida o’tadi. Ketaning har ikala biologik Irki shu yilning o’zideyoq urchishi bilan semgadan farq qiladi. Vobla daryoga bahorda o’tsa, ba’zi bir siglar urchish joylariga kuzda migratsiya qiladi.

Slayd 35

Quyida ba’zi baliqlar turlarining migratsiyasini umumiy ta’riflaymiz.
Norvegiya dengiz sel’DI urchishdan oldin Skandinaviyadan ancha uzoqda, Farer orollarida, hatto Shpitsbergen yaqinidagi suvlarda yashaydi. Qishning oxirlarida sel’dlar to’dasi Norvegiya qirg’oqlariga tomon harakatlana boshlaydi va u erga fevral’-mart oyida etib keladi. Qirg’oqqa yaqin f’ordlarning sayoz joylariga tuxum tashlaydi. Juda ko’p miqdorda qo’yilgan og’ir tuxumlari suv tubiga cho’kib, toshlarga va suvo’tlarga yopishib oladi. Chiqqan lichinkalarining bir qismigina f’ordlarda qoladi. Ko’p qismi Nordkap oqimi (Gol’fetrimning shimoli-sharqiy tarmog’i) bilan Skandinaviya qirg’oqlari bo’ylab shimolga boradi. Bunday passiv migratsiyani lichinkalar juda yoshligidan boshlaydi. 3-4 Oy mobaynida, iyul’ oxiri – avgustning boshigacha ular 1000-1200 km masofani utib, Finimarken qirgoqlarigafa etadi.
Orqaga qaytganda yosh sel’dlar bu masofani aktiv, ammo nisbatan sekin, 4-5 yilda o’tadi. Ular har yili dam qirg’oqqa yaqinlashib, dam ochiq denggizga chiqib janubga tomon harakat qiladi. 4 Yoki 5 yoshda sel’dlar voyaga etadi va o’z tug’ilgan joylariga- tuxum (urug’) tashlash rayonlariga boradi. Shu bilan birinchi «yoshlik» etapi shimolga uzoq sayohati tugaydi. Ikkinchi etap- balog’atga etgan davr- yaylov joylaridan nerest joylariga va orqaga qaytish bilan bog’liq. Uzoq Sharq asoslari misolida o’tkinchi baliqlarning tuxum qo’yish bilan tanishamiz. Ularning dengizdagi voyaga etish davri chuqur o’rganilmagan. Biroq ma’lum fikrlarga qarshi ma’lumki, Tinch okeanining shimolidagi juda katta akvatoriyada lososlar tarqoq holatda emas, balki ma’lum rayonlarda to’plangan holda yashaydi.

Slayd 36

Amurda bu baliqlarning yurishi V. K. Soldatov va uning shogirdlari tomonidan o’rganilgan. Ma’lumki, u erda ikki marotaba yurish aniqlangan: yozda – iyunning oxirida va kuzda – avgust-sentyabrda.
Keta suv oqimi bo’ylab daryoning yuqori qismiga qarab ancha katta tezlikda: sutkasiga 30-35 km, ba’zi joylarda 47 km tezlikda ko’tariladi. Agar Amur daryosi oqimining o’rtacha tezligi 68 km ekanini e’tiborga olsak, bu holatda baliq sutkasiga 115 km masofa bosadi. Baliq daryo yuqorisiga tomon harakat qilganda suvning qarshiligi juda katta bo’lgan irmoqlar, sayoz daryolar, to’siqlardan o’tishga majbur bo’ladi. Balandligi 1 m bo’lgan sharsharalardan baliq sakrab o’tadi. Odatda, to’siq oldidan baliq dam oladi va kuch yig’ib, tiniq suv vaqtida katta tezlikda suzib suvdan sakrab chiqadi. Ko’p vaqtlarda sakrab chiqqan baliq suv sharsharaning qirrasiga tushib qolib, uni suv yana orqaga oqizib ketadi. Dam olgandan keyin u harakatini yana takrorlaydi.
To’siqlardan o’tganda baliq albatta nihoyatda katta energiya sarflaydi. P. Yu. Shmidt fikricha, sutkasiga erkak baliqlar 1 kg tirik massasi hisobiga 103240 kDj, urg’ochilari 113560 kDj energiya sarflaydi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, baliqlar daryoga o’tganda oziqlanmaydi va tanasida yig’ilgan oziq moddalar hisobidan energiya sarflaydi. Bu baliqlar tashqi qiyofasining va fiziologik holatining keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, Amur daryosi bo’ylab yuqoriga ko’tarila borgan sari tanada moy kamaya boradi

Slayd 37

Dengizdan uzoqligi (km)
0
221
570
729
945
1193

Nerest-lovchilar
Nerest-dan keyingilar
Halok bo’lganlar
Moy foizi Erkaklarida
Urg’ochilarida
9,19
11,28
9,14
10,85
5,72
6,58
4,47
5,59
5,03
5,57
2,96
3,89
0,17
1,57
0,41
0,49
Ketatanasidagi moy miqdorining o’zgarish foizi
(G. VNikol’skiydan)

Slayd 38

5. Iqlimlashtirish.
Ovlanadigan baliqlar faunasini sun’iy ravishda qimmatbaho baliqlar bilan boyitish ishlari ancha rivojlangan. Masalan, asrimizning 30-yillarida Qora dengizdan Kaspiy dengiziga 3 mln dona kefal balig’i ko’chirilgan edi. Bu baliq muvaffaqiyatli iqlimlashdi va u 1937 yildan ovlana boshlandi. Kaspiy dengizda (1930 – 1931 yillarda) Qora dengiz kambalasining ikki turi iqlimlashtirila boshlangan edi. Ammo bu ish muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Slayd 39

Sevryuga
Kambala

Slayd 40

Shimoli-sharqiy oblastlarda yashaydigan siglar Ural, Zaural’e, Armanistondagi, Krasnoyarsk o’lkasidagi ko’llarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Bunday ishlar natijasida ayrim joylarda suv havzalarining baliq mahsulotdorligi bir necha marta ortgan. O’rta Osiyodagi katta ko’llardan birida – Issiqko’lda (Qirg’iziston) Sevan ko’lidan 1930 va 1936 yillarda keltirilgan gulmoy (forel’) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan edi. Qizig’i shundaki, Issiqko’lda gulmoy tez o’sib ancha katta bo’ldi. Shu erda leshch ham iqlimlashtirilgan.
Zog’orabaliqni ko’paytirib tarqatish va iqlimlashtirish bo’yicha ham ko’p muvaffaqiyatli ishlar qilingan. U Leningrad, Novgorod oblastlarida, Belorussiyada va Zaural’edagi ko’llarda va boshqa joylarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Tinch okean lososlarini Shimoliy Amerikaning Atlantika qirg’oqlarida iqlimlashtirish muvaffaqiyatli bo’lgani ehtimoldan xoli emas. Keyingi yillarda Janubi Sharqiy Osiyoda o’simlikxo’r baliqlardan oq amur bilan, do’ngpeshona (tolstolobik) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilmoqda. Bu tadbirlardan birdaniga ikki maqsad: suv havzalarining baliq mahsulotini oshirish va ularni o’simliklar bilan qoplanishdan saqlash ko’zda tutiladi. Shimoliy Kavkazdagi sug’orish uchun xizmat qiladigan suv omborlarida do’ngpeshonaning yillik mahsuldorligi 2 ts/ga. Qoraqum kanalining o’simliklar bilan qoplanish masalasi o’txo’r baliqlarni iqlimlashtirish yo’LI bilan birmuncha hal qilinadi. Oq amur qator oblastlarda, jumladan, Volga, Amudaryo, Kuban’, Tsimlyansk suv omborlarida iqlimlashtirilgan.

Slayd 41

Baliqlar chivinga qarshi kurash maqsadida ham iqlimlashtiriladi va ko’paytiriladi.
Amerikaning mayda gambuziya balig’i bizga birinchi marta 1924 yilda keltirilgan edi. Hozirgi vaqtda u butun Zakavkaz’e respublikalarida, O’zbekiston, Turkmaniston Qozog’istonda. Shimoliy Kavkazda keng tarqalgan. Shimoliy Qozog’istonda sovuqqa chidamli irqlari yaratilgan. O’zbekistondagi gambuziya boqiladigan ko’llarning har 1 m2 sathida chivin lichinkalarining soni 200 – 500 tadan 10 – 25 tagacha kamaygan.
Suv havzalaridagi oziqlanish muhitini yaxshilash orqali ularning baliq mahsuldorligini oshirish mumkin. L.A.Zenkevich tashabbusi bilan Kaspiy dengizida Qora-Azov dengizi chuvalchangi bo’lgan nereisni iqlimlashtirish bu erda baliqlar ozig’ining ko’payishiga va baliq mahsuldorligining ortishiga sabab bo’ladi.

Slayd 42

Nazorat uchun savollar:
Abiotikaliq faktorlarga baliqlarning moslashishi
Kislorodga bo’lgan talabiga qarab necha guruhga bo’linadi?
O’lat yoki qalima protsessi deganimiz nima?
Baliqlarning hayot muxiti o’zgashaligiga qaray qanday guruhlarga bo’linadi?
Evrigalinli baliqlar deginimiz nima?
Epipelagik baliqlar deganimiz nima?
Baliqning o’sishi deganimiz nima?
Oziqlanishiga qarap baliqlarning guruhlarga bo’linishi?
Baliqlarning migratsiyasi deganimiz nima?
Anadron va katadron migratsiya deganimiz nima?
O’zbekistonda qaysi baliqlar iqlimlashtirilgan?
Endemik baliq to’rlari deganimiz nima?

Slayd 43

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 44

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Baliqlar ekologiyasi suv muhiti omillari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar