Kasbga yo‘naltirish asoslari va diagnostikasi
8000 so'm

Slayd 1
Kasb va kasbga yo‘naltirish asoslari to‘g‘risidagi ta’limot
Slayd 2
Reja:
Kirish. Kasbga yo‘naltirish diagnostikasining rivojlanishi va va tarixiy taraqqiyoti
Kasb haqida tushunchalar. Kasbni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati
Kasb va kasbga yo‘naltirish qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar
Kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari
Slayd 3
Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar o‘quvchilarning turli sohalar bo‘yicha bilim olishlariga, kasbiy ko‘nikma va bilimlarini shakllantirishlariga, o‘quv tarbiyaviy tadbirlar tizimiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Ta’lim tiziminig barcha bo‘g‘inlarida nazariy bilimlar qatori amaliy ko‘nikmalarni hosil etish dolzarb masaladir. Yoshlar ongida ilm-ma’rifatga, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish professional ta’lim samaradorligi uchun muhim omil hisoblanadi. Xalqimizning boy va betakror tarixi, xalq og‘zaki ijodi, hamda ajdodlarimiz merosida kasb-hunar o‘rganish va o‘rgatish muqaddas qadriyat sifatida ezozlab kelingan.
Oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirishda diagnostik qarashlar kategoryalari asosan oʻquv-tarbiyaviy jarayonda tugʻiladigan qiyinchiliklar oʻrganiladi va ularni bartaraf etish yoʻllari tashkil etiladi.
Slayd 4
Birinchi davr – qadimgi allomalar qarashlaridan e’tiboran Xxi asrgacha davom etgan tadqiqot nazaryalari davri hisoblanadi. Bu davrni falsafiy-adabiy davr deyish mumkin. Bu davrda insonning axloqiy, ijtimoiy tabiatiga taalluqli muammolarni o‘rganishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Ikkinchi davr – Xix asrning oxirlaridan Xx asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, bu davr pedagoglar shaxs tarbiyasini va kamolotini o‘rganish tadqiq etishga o‘z hissalarini qo‘shgan davr hisoblanadi. Chunki bu davrda inson shaxsini klinik sharoitlarda tadqiq qilish uchun tekshiruvlar olib borildi.
Keyingi davr (Xx asrning ikkinchi yarmi –Xxi asr boshlari) experimental davr bo‘lib, bu davrda nemis pedagog olimi Karlxayns Ingenkamp hamda angliyalik psixolog R. Kettel shaxsning ma’rifiy-ma’naviy rivojlanishini o‘rganishga e’tibor qaratdilar.
Kasbga yo‘naltirish diagnostikasining rivojlanish nazaryalarini 3 davrga bo‘lish mumkin.
Slayd 5
Kasbga yo‘naltirish diagnostikasini tizimlashtirish va mukammal kategoryalarni loyhlashtirish uchun turli davrdagi olimlar nazaryalarini o‘rganishgan. Xususan Sharqda kasbga yo‘naltirish diagnostikasi elementlari qo‘llanilganligidan guvohlik beruvchi manbalar mavjud.
Sharqda O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish diagnostikasi elementlari quydagi tarbiya metodlari zamirida qo‘llanilgan:
Tushuntirish: maslahat berish, uzur so‘rash, yaxshiliklar aqida so‘zlash, tug‘ri maslahatlar beraolish, o‘rnak bo‘lish.
Nasihat berish: o‘git, undash, ko‘ndirish, iltims qilish, oq yo‘l tilash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, rahmat aytish, duo qilish.
Namuna bo‘lish: maslahat so‘rash, o‘rnak bo‘lish.
Rag‘bat va jazo: maqtash, olqishlash, tasanno aytish, ta’kidlash, ta’na-gina, tanbeh berish, uyaltirish va boshqalar.
Slayd 6
Sharqda kasbga yo‘naltirish diagnostika elementlari – an’analar, udumlar, rasm-rusmlar, zamirida ham namoyon bo‘lgan. Bunda yosh avlodni aqliy rivojlantirish, bilim , ilm, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lish,
Axloqli qilib tarbiyalash: axloq, xulq, odob, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharmi-hayo, vatanparvarlik va boshqa fazilatlarni shakllantirish;
Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, aqli ish, jismoniy mehnat, imom tarbiya chiniqishi, jismoniy o‘yinlar;
Nafosat tarbiyasi: guzallik, kiyinish madaniyati, muomila madaniyati, saranjomsarishtalik;
Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, flora va faunaga sog‘lom yondashuv;
Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof, foyda, mulk, mulkka egalik, tadbirkorlik;
Huquqiy tarbiya: insonparvarlik, burch, vijdon, tenglik, adolat, to‘g‘rilik, halollik kabi tushunchalarni shakllantirishga katta e’tibor qaratilgan
Slayd 7
Maktabda kasbga yo‘naltirish ishi zarur natijalarni berishi uchun u uzluksiz jarayon bo‘lishi va o‘zaro bog‘langan bir qancha bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim.
Ilk kasbga yo‘naltirish (I-Iv sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o‘z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
Bunga esa bolalarni qo‘ldan keladigan ijtimoiy- foydali mehnatga, o‘quv va o‘yin faoliyatining har xil turlariga jalb etish mumkin.
O‘rta bo‘g‘inda (V-Vii sinflar) maktab o‘quvchilarini ijtimoiy- foydali, unumli mehnatga kirishdilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining aniq sohasiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi.
Navbatdagi bosqichda (Viii-Ix sinflar) o‘quvchilarda tizimlashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo‘ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga bo‘lgan qiziqish shakilanishi lozim, asosi e’tibor yuqori sinf o‘quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy- kasbiy jihatdan bir maqsadni ko‘zda tutganligiga qaratilishi kerak.
Slayd 8
Kasbga yo’naltirishning tarixiy taraqqiyoti. Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo’naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bo’lib. O’z o’tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo’lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Odamzod paydo bo’lishidan boshlab mehnat bilan shug’ullangan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat kevinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy manfaat ko’rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qo’shinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjom lar bilan ta ’m inlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etgan.
XII—XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda hunar ilmi, ko’lami rivojlanishi eng yuqori pog’onaga ko’tarilgan. Har bir xalq ota-bobosidan meros bo’lib, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan o’zining tarixiy-madaniv birligi bilan ajralib, o’ziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan.
Slayd 9
IX—XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqim izning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bo’lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897-yili birinchi aholi ro’yxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko’pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan.
XX asr boshlarida tikuv mashinalarining paydo bo’lishi bilan yangi hunarmandchilik kasbi — tikuvchilik yuzaga keladi. O ‘zbeklarning eng keng tarqalgan uy kasblaridan biri do’ppido’zlikdir. Bulardan tashqari, hunarm andlar teridan har xil buyumlar yasaganlar, poyafzalchilar o’z mahsulotlarini shahar va qishloqlarda yurib aholiga sotganlar. Nonvoylik, qandolatchilik va qassoblik ham asosiy kasblardan bo’lib ularning do’konlari har qadamda uchragan.
Slayd 10
Eramizgacha bo’lgan 900 va 600 yillar oralig’idagi hind vedalarida zargarlar, temirchilar, arqonsozlar, to’quvchilar, bo‘yoqchilar, duradgorlar, kulollar, uy xizmatchilarining turli toifalari, akrobatlar, folbinlar, naychilar, raqqoslar kasb sifatida sanab o’tilgan. Shuningdek, aktyorlar, sudxo’rlar va savdogarlar ham mavjud bo’lgan. Bunday ma’lum otlar ko’p bo’lib, ularning barchasi bugungi kunda kasbiy tashxis qilish yoki kasb tanlash, deb ataluvchi tushunchalarning qadim dan shakllanganligini bildiradi. 1908-yilning yanvarida Boston shahrida o’smirlarga o’z hayotiy mehnat yo’lini tanlashiga yordam beruvchi Yoshlarni kasbga yo’naltirish byurosi o’z ishini boshlagan. Bu byuro faoliyati kasbga yo’naltirish ishlarining asosi sifatida qabul qilingan. Keyinchalik shu turdagi byuro Nyu-Yorkda ham tashkil etildi.
Slayd 11
1922-yilda Germ aniyada «Kasbga yo’naltirish va maslahat to’g’risida»gi Qonun qabul qilingan va shu asosida ushbu tizimni amalga oshirish mezonlarini ifodalovchi «Nizom» tasdiqlangan. Rossiyada kasbga yo’naltirish ishlari Xx asrning dastlabki yillarida amalga oshirila boshlandi. Moskvadagi o’qituvchilar uyining Pedagogika muzeyida turli tipdagi maktab o’qituvchilari kasb tanlashga oid qator izlanishlar olib borganlar. Bunda asosiy e’tibor qaysi kasblarga talab ko’proq bo’lganligiga, ularni tanlashda o’quvchilarning qanday sabablarga asoslanishini tadqiq qilishga qaratildi. 1927-yilda Leningradda tashkil etilgan kasbiy maslahat byurosida amaliy tadqiqotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqotlar ham olib borilgan.
Kasbga yoiialtirish ishlarining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishga P. P. Blonskiy, A. S. Makarenko kabi atoqli rus olimlari muhim hissa qo’shganlar. Ular o’quvehilarni kasbga yo’naltirish ishlarining psixologik-pedagogik asoslarini yaratish, lining keyingi taraqqiyoti uchun sharoit yaratib berdilar.
Slayd 12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Pq-53-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 792-son qarori, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va boshqa hujjatlarda umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarining davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish vazifasi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil 30-aprel. 6 Bo‘lim, 27 bob va 155 modda)ning 42-moddasida «Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash…» huquqlari belgilab qo‘yilgan.
Slayd 13
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi (2022 yil 28-oktyabr. O‘Rq-798-son, 6 bob, 294 modda) to‘g‘risidagi Qonunning 16-moddasida Xodimning asosiy mehnat huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘quvchilarning muayyan kasb o‘rganib, maxsus malakaga ega, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Bunday kadrlar esa, eng avvalo, maktabda shakllanadi.
Slayd 14
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi (2022 yil 28-oktyabr. O‘Rq-798-son, 6 bob, 294 modda) to‘g‘risidagi Qonunning 16-moddasida Xodimning asosiy mehnat huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘quvchilarning muayyan kasb o‘rganib, maxsus malakaga ega, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Bunday kadrlar esa, eng avvalo, maktabda shakllanadi.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.