Jamiyatning falsafasiy tahlili
8000 so'm

Slayd 1
Jamiyatning falsafasiy tahlili
Slayd 2
Jamiyat tushunchasi
Jamiyat fanga malum tizimlar orasida eng murakkabi
Boʻlib, uni oʻrganish jiddiy qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Jamiyat hayoti juda faol boʻlib, har bir xalq oʻzining
Alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining
Barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada
Uzviy bogʻliqki, bazan turli vaziyatlarda
Belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar oʻrin
Almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va
Subyektiv omil ayniqsa muhim rol oʻynaydi
Slayd 3
XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga keldi.
Madaniy-tarixiy tiplar tushunchasi sosiologiyaga N. Ya. Danilevskiy tomonidan kiritilgan boʻlib, u tarixni «oʻziga xos sivilizasiyalar»ning oʻzaro munosabatlari sifatida tasavvur qilgan. Bu sivilizasiyalarning rivojlanishi etnik guruhlarning til jihatidan birligi va sivilizasiyani tashkil etadigan xalqlarning siyosiy mustaqilligi; (ular bir tipning asoslarini boshqa tipga oʻtkazmaydilar, lekin boshqa oʻtmishdagi va hozirgi sivilizasiyalar tasirini his qiladilar); barcha sivilizasiyalarning etnik jihatdan rang-barangligi va rivojlanish jarayonining birligi (ular oʻsish, qisqa muddat ravnaq topish va tanazzul bosqichlarini boshdan kechiradi) kabi qonunlar bilan belgilanadi.
Danilevskiyning gʻoyalari keyinchalik Shpengler va Toynbi konsepsiyalarida rivojlantirildi, lekin ularning ilmiy asoslarini P. A. Sorokin taklif qildi.
Madaniy-tarixiy tiplar gʻoyasi
Slayd 4
P. A. Sorokin
Taniqli faylasuf P. A. Sorokin (1889-1968) tarix falsafasining rivojlanishiga kuchli tasir koʻrsatdi. U jamiyatga individlar va ijtimoiy guruhlarning oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyati bilan belgilanadigan bir-biri va jamiyat bilan oʻzaro munosabatlari natijasida vujudga keladigan integral yaxlitlik sifatida qaragan. P. A. Sorokin jamiyatni gorizontal, vertikal yoʻnalishlarda va fluktuasiya (tebranish) tarzida murakkab harakatda boʻlgan ijtimoiy-madaniy tizimlarning rang-barangligini tan olish nuqtai nazaridan tavsiflagan. P. A. Sorokin sosiologiyasida oʻtmish va hozirgi sosiologiya fanining muhim gʻoyalari uygʻun birlikda jamlangan va ifodalangan.
Slayd 5
Jamiyatning vujudga kelishi haqida ajdodlarimiz hayotining arxeologlar topgan va odamlarning koʻplab avlodlari bosib oʻtgan murakkab va fojialarga toʻla tarixiy yoʻldan dalolat beradigan izlarga qarab xulosa chiqarish mumkin. Shunga qaramay inson va jamiyat kelib chiqishining toʻliq manzarasi fanda hanuzgacha yaratilmagan. Jamiyat kelib chiqishining diniy talqini ham (u oʻz mifologiyasini haqiqat deb tan olishni talab qiladi), idealistik konsepsiya (oʻzining spekulyativligi tufayli) va materializm (ilmiy dalillar yetarli emasligi bois) ham asosli etirozlar uygʻotadi. Kant materializmdan inson ruhining tabiatini tushuntiruvchi tamoyil sifatida foydalanish hech qachon mumkin emas, deganida, malum manoda haq edi. Ammo, daliliy malumotlar ozligiga qaramay, biz jamiyatning vujudga kelish manzarasini ancha aniq yaratish imkonini beradigan ilmiy dalillarga ishonch bilan qarash lozim deb hisoblaymiz.
Jamiyat – Tushunchasining vujudga kelishiga doir qarashlar
Slayd 6
Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar
Bu nazariyaga koʻra mehnat, soʻngra burro nutq inson jamiyatini yaratgan.
Bunday qarashlar mehnat va mehnat qurollari markscha nazariyasi doirasida amalga oshirilgan.
Z. Freyd inson vijdonini uning kelib chiqish manbai deb hisoblagan.
Inson hayotida mehnat qurollarining ahamiyatini rad etmagan holda, bu farazni tasdiqlovchi aniq ilmiy dalillarga duch kelmadik.
Slayd 7
Hozirgi koʻrinishda jamiyat takror ishlab chiqarish, oʻzini oʻzi boshqarish va oʻzini oʻzi tashkil etish ichki mexanizmlariga ega boʻlgan tarixan muayyan, yaxlit va barqaror tizim sifatida namoyon boʻladi. Jamiyat – bu odamlarning shunday bir birlashmasiki, uning yaxlitligi ijtimoiy ishlab chiqarish, yani odamlarning ishlab chiqarish, oʻz hayotini quvvatlash va takror ishlab chiqarishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bilan taminlanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish – vaqtda davom etadigan va vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan jarayon (takroriy ishlab chiqarish). Ayni vaqtda u oʻzgaruvchanlikni, muayyan ijtimoiy dinamikani (yani sof ishlab chiqarishni) oʻz ichiga oladi. Koʻrsatilgan omillarning birligi, bir tomondan, anana, ijtimoiy merosga, boshqa tomondan esa, amaliy va manaviy tajribaning oshishi va toʻplanishiga asoslanadi. Ijtimoiy dinamika, jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqarishda va odamlar xulq-atvorini boshqarishda toʻplangan tajribani saqlash va kelgusi avlodlarga qoldirish usullarini takomillashtirish bilan taminlanadi. Tajribani baham koʻrishning muhim vositalari – til, namoyish etish, oʻrnak koʻrsatish va eng muhimi – tajribani oʻzlashtirayotgan odam qaysi xalq vorisi boʻlsa, shu xalqning ijtimoiy boyligi va madaniy mulki hisoblanadi.
Iqtisodiy kichik tizim.Ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi
Slayd 8
Moddiy ishlab chiqarish
Iqtisodiy Tizim moddiy va manaviy ishlab chiqarishni hamda moddiy va manaviy xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiy kichik tizim ishlab chiqarish faoliyati va kishilarning bu jarayondagi munosabatlari shakllarining majmuidir. Har bir jamiyat oʻz mavjudligi va rivojlanishi uchun zarur tabiiy boyliklarga ega. Ammo ijtimoiy boylik inson mehnati bilan yaratiladi. Ajdodlar yaratib qoldirgan boyliklarni saqlash va ulardan foydalanish hamda jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ijtimoiy boylikning oʻsishiga olib keladi. Buning natijasida mulk instituti ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim vositasi va ragʻbatlantiruvchi omili sifatida vujudga keladi. Dastavval kuch huquqi, obroʻ va odatga tayangan mulkiy munosabatlar keyinchalik yuridik shakl-shamoyil kasb etadi. Rivojlangan koʻrinishda mulk ijtimoiy boylikning malum ulushiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanish huquqini anglatadi. U turli shakllarda mavjud boʻlgan va hozir ham mavjud boʻlib,bu ijtimoiy ishlab chiqarishning shaklini ham belgilaydi.
Slayd 9
Xodimlar, ularning mehnati va ishlab chiqarish vositalari – mehnat qurollari va vositalari ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarish moddiy-texnika vositalari va ularni ishga solishga qodir boʻlgan odamlar majmui jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida odamlar oʻrtasida turli-tuman munosabatlar yuzaga keladi. Ularning orasida tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish-texnologik munosabatlar texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyati rivojlanish darajasiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻlsa, tashkiliy-iqtisodiy va ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosan ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulk shakllari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy iqtisodiy munosabtalar
Slayd 10
Manaviy kichik tizim
Odamlarning manaviy faoliyati jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar boʻlib, ular oʻz tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha koʻrinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy manaviy faoliyati muhim rol oʻynaydi. Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat koʻrsatadi.
Manaviy ishlab chiqarishda iqtisodiy kichik tizim qonuniyatlari, yani jamiyatning xoʻjalik jarayonlari oʻrtasidagi takrorlanuvchi muhim-zaruriy bogʻlanishlar oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Ularning qatoriga ehtiyojlarning yuksalish qonuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish qonunlari, qiymat qonunini kiritish mumkin.
Slayd 11
Madaniyat inson faoliyati bilan uzviydir. Uning taraqqiyoti mada- niy-tarixiy ijodda individlar va ijtimoiy guruhlar ishtiroki bilan belgilanadi. Sivilizasiya – oʻz-oʻzini quvvatlovchi oʻzgarmas jamiyat, ijtimoiy statika manbai. Madaniyat – ijtimoiy dinamika manbai, u tarix talabiga javob berish va ijtimoiy oʻzgarishlarga zamin yaratishga qodir shaxslarni shakllantiradi va ayni vaqtda oʻzi ham mazkur shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Xulosa
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.