Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi

8000 so'm


Didaktika pedagogik ta'lim nazariyasi

 

 

Slayd 1

Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi

Slayd 2

Reja:
Didaktikaning maqsad va vazifalari
O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.

Slayd 3

Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi
Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmog’i. Ta’lim nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismdir.
Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmog’i. Ta’lim nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Didaktika grekcha «didasko» – o’qitish, «didaskol» – o’rgatuvchi. «Didaktika»ning so’zma-so’z tarjimasi – ta’lim nazariyasi. Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan.

Slayd 4

Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy (1592 – 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy «Hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati», deb tushundi.

Slayd 5

Didaktika
«Nima uchun o’qitish kerak?»;
«Nimani o’qitish kerak?»;
«Qanday o’qitish kerak?»;
«Kimlarni o’qitish kerak?»;
«Qayerda o’qitish kerak?»;
«Nimadan foydalanib o’qitish kerak?»

Slayd 6

Didaktika
Umumiy didaktika o’z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog’langan bo’lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o’qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o’quv fanini o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Slayd 7

Didaktika
Xususiy didaktika – muayyan o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo’llarini o’rgatuvchi metodika fanlari hamda pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri. U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina takomillashib boradi.

Slayd 8

Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo’yadi.
Didaktikaning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.

Slayd 9

Didaktikada ta’limni tashkil etishning:
Umumiy masalalari,
O’qitish jarayonining mohiyati,
Ta’limning mazmuni,
O’qitish qonuniyatlari,
O’qitish tamoyillari,
Metodlari,
Tashkiliy shakllari yoritiladi.

Slayd 10

O’qitishning vazifalari:
Ta’limiy
Tarbiyaviy
Rivojlan-tiruvchi

Slayd 11

Didaktikaning asosiy kategoriyalari
Ta’lim,
Ta’lim jarayoni
Ta’lim prinsiplari
Ta’lim metodlari
Ta’lim shakllari
Ta’lim vositalari
Bilim, ko‘nikma, malaka
O‘qitish, o‘qish

Slayd 12

Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar yuzaga chiqadi.
Ta’lim jarayoning mohiyati

Slayd 13

Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, o’quvchilardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o‘qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani.
Ta’lim birinchidan, o‘qitish, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.

Slayd 14

«Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi, xatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, xulqiga ta’sir etadigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar majmuasining shakllanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.

Slayd 15

Ta’limni tashkil etuvchilar:
Maqsad;
Mazmun;
Shakl,
Usul;
O‘qituvchi shaxsi;
O’quvchilardagi dastlabki bilim;
O‘qitishning moddiy-texnik bazasi
Uslub;

Slayd 16

Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida

Slayd 17

O‘rgatuvchi kishilarning faoliyati o‘rgatuvchi faoliyat yoki o‘qitish deb, o‘qiydiganlarning faoliyati esa o‘quv faoliyati yoki o‘qish deb ataladi.

Slayd 18

O‘qitish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, diqqati, tafakkuri, xatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tekshirib borish va hokazolarda o‘z ifodasini topadi.

Slayd 19

O‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jaryoni bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv-tarbiyaviy materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.

Slayd 20

O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
O‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
Uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;
Hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash

Slayd 21

Eslab qoldim:
__________
Menuchun muhim:
__________

Qollayman:
__________

«Aktivator – 3, 2, 1» metodi

Slayd 22

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 23

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar