Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakli

8000 so'm


Dars ta'limni tashkil etishning asosiy shakli

 

 

Slayd 1

Dars- ta’limni tashkil etishning asosiy shakli

Slayd 2

Reja:
Ta’limni tashkil etish shakllari.
Ta’lim shakllarining yutuq va kamchiliklari.
Ta’lim turlari.
Xulosa.

Slayd 3

Ta’lim ijtimoiy hodisa bo’lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta’lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o’ynagan. U to’plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta’minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta’lim mukammal holatda bo’lmagan, balki dars ming ming yillar mobaynida vujudga kelgan.

Slayd 4

Individual
Sinf-dars
Seminar va amaliy tajriba
Ta’limni tashkil etish shakllari

Slayd 5

O’quv yurtning tarixan taraqqiy etish davrida ta’limni tashkil qilish shakllari turlicha bo’lgan. Ta’limni tashkil etish shakllari ma’lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan.
Xvi asrning oxiri va Xvii asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya. A. Komenskiy (1592 – 1670) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf – dars tizimini yaratdi.
Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta’limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi.

Slayd 6

Ya. A. Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida, o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Slayd 7

Ta’lim shakllarining yutuqlari va kamchiliklari.
Individual ta’lim shakli bir qancha yutuqlarga ega. Ushbu ta’lim shaklida o’quvchining bilim darajasi, salohiyati, o’zlashtirish ko’rsatkichidan kelib chiqqan holda dars jarayoni tashkillashtiriladi. Dars jarayoni uchun ajratilgan unumli foydalaniladi. Yakkama – yakka dars o’tish jarayonida, o’quvchining qaysi mavzularda oqsayotgani va qaysi sohada muvaffaqiyatga erishayotganini nazoratga erishayotganini bemalol kuzatish mumkin.
Ammo ushbu ta’lim shaklining ham o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Masalan, o’quvchi individual ta’lim shaklida tez zerikib yoki charchab qolishi , omma oldida o’z nutqini erkin ifoda etolmaydigan, raqobat va musobaqa ruhida tarbiyalanmagan bo’lib qolishi mumkin. Barchaga ma’lumki, har bir o’quvchi o’zidan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchi bor bo’lsagina o’sha o’quvchiga havas qilib yoki undan o’zib ketish maqsadida ham jon-jahdi bilan o’qiydi.

Slayd 8

Sinf-dars ta’lim shakli ham bir qancha ijobiy tomonlarni o’zida qamrab oladi. Birinchidan, ushbu ta’lim shakli guruh bo’lib dars o’tishga mo’ljallangan. Shunga ko’ra dars jarayoni musobaqa tarzida amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, o’quvchi o’zidan yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchidan o’zib ketish maqsadida ham o’qiydi. Raqobat bor yerda rivojlanish bo’ladi. Bundan tashqari, dars jarayoni ham qiziqarli bo’ladi. O’quvchilar jamoa oldida fikrini ifodalashga harakat qiloladi.
Ammo, bu ta’lim shaklining ham kamchiliklari mavjud. Sinf ko’p miqdordagi o’quvchilardan tashkil topganligi sababli ajratilgan vaqt barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashga yetmaydi. Sinfda bilim ko’rsatkichi turli xil bo’lgan o’quvchilarning bo’lganligi sababli, o’quv materiallari o’rta darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mo’ljallangan bo’ladi. Bundan past va yuqori o’zlashtiruvchi o’quvchilar aziyat chekishi mumkin. O’qituvchi sinf-dars ta’lim shaklida o’quvchilarning diqqat-e’tiborini birdek jalb etib, tutib turolmasligi mumkin, lekin individual ta’lim shaklida buni bamalol uddalash mumkin.

Slayd 9

Seminar va amaliy dars shaklida ham o’quvchilar guruh holida bo’lishadi. Ushbu jarayonda o’quvchilar aktiv, o’qituvchining esa passiv bo’lishi talab etiladi. Ya’ni, bu jarayonda o’quvchilar o’qigan va o’zlashtirgan ma’lumotlarini amalda tadbiq etishadi. Hozirgi kunda o’quv muassasalarida ushbu uuldan keng foydalanilmoqda. Ko’proq talaba va o’quvchilarning o’zlarinini o’qishga va izlanishga undab, uni amalda dars jarayonida namoyon etishini talab qilgan holda yaxshi natijalarga erishilmoqda. Chunki shu narsa ma’lumki, inson eshitgan narsasining 5 % ini, o’qiganining 10% ini tajribada sinab ko’rishi orqali ma’lumotning 40% ini, boshqalarni o’qitish orqali esa 90% ma’lumotni eslab qolishi mumkin ekan. Shu sababli dars jarayonida o’quvchilarning mavzu yuzasidan tayyorlanib kelib, shu mavzu bo’yicha o’z sinfdosh va guruhdoshlariga dars o’tib, prezentatsiya qilib bersa, o’z bilimini ham mustahkamlab oladi.

Slayd 10

Maktabgacha ta’lim
Umumiy o’rta ta’lim
O’rta-maxsus kasb hunar ta’lim
Oliy ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Maktabdan tashqari ta’lim
Ta’lim turlari

Slayd 11

Seminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg’ulotlar. Seminar mashg’ulotlari o’quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o’rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo’lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.
Mavzu o’rganilgunga qadar o’qituvchi o’quvchilar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. Kirish mashg’ulotida u o’quvchilarni materialning mazmuni, qilinadigan ishning xarakteri bilan qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi seminar uchun topshiriq beradi va tayyorlanish uchun adabiyot ko’rsatadi. Bir xil vazifalar hamma uchun umumiy bo’ladi, boshqa vazifalar ayrim o’quvchilarga yoki 3 – 4 kishidan tuzilgan guruhga beriladi. Bunda hamma o’quvchilar seminar uchun dasturdagi majburiy materiallar minimumini ishlab chiqishlari kerak.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilar adabiyotni o’rganadilar, material yig’adilar, har xil kuzatishlar o’tkazadilar, o’z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminarlar o’qish vaqtida o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va uni o’rganish uchun ajratilgan vaqtga bog’liq. O’quvchilar mashg’ulotlarda axborot beradilar; ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda hamma o’quvchilar ishtirok etishadi. Seminarga puxta tayyorlanish uchun o’qituvchi ayni bir vazifani hammaga yoki bir necha o’quvchiga berishi, ma’ruzachini esa mashg’ulot boshlanishida tayinlashi mumkin.

Slayd 12

Reja:
Amaliy tajriba mashg’ulotlari.
Ekskursiyalar.
Amaliy tajriba mashg’ulotlari. V-Ix sinflarda o’tiladigan amaliy tajriba mashg’ulotlari asosan maktab ustaxonasi va o’quv- tajriba yer uchastkalarida olib boriladi.

Slayd 13

Amaliy tajriba mashg’ulotlari ham o’z xarakteriga ko’ra ikki turga ega:
Maktab ustaxonasida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Maktab tajriba yer uchastkasida olib boriladigan taj­riba mashg’ulotlari.

Slayd 14

Maktabgacha ta’lim 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Umumiy o’rta talim
Boshlang’ich ta’lim (1-4 sinf)
Umumiy o’rta talim (1-9 sinf)

Slayd 15

O’rta maxus kasb hunar ta’lim
Kasb hunar kollejlari
Akademik litseylari
Oliy ta’lim
Bakalavr
Magistratura

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakli” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar