PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY – PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METADOLOGIYASI VA METODLARI
5000 so'm

ILMIY – PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METADOLOGIYASI VA METODLARI
Pedagogika: shaxs tarbiyasi va rivojlanish to‘g‘risidagi fan hamda ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari
Pedagogika — bu inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash va o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganuvchi ijtimoiy fan. U yosh avlodni komil inson sifatida shakllantirish, ularni ma’naviy, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Pedagogika fani jamiyat taraqqiyoti va inson kamoloti o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Pedagogika fanining mazmuni va mohiyati
“Pedagogika” so‘zi yunoncha paida – bola, va gogike – yetaklayman so‘zlaridan olingan. Bu fan yosh avlodni ijtimoiy maqsadlarga muvofiq tarbiyalash va unga ta’lim berishning mohiyatini o‘rganadi. Pedagogika nafaqat nazariy, balki amaliy faoliyat uchun ham zarur bo‘lgan bilimlarni shakllantiradi.
Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganadi. U shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, insonni mehnatsevar, mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirishga xizmat qiladi.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Fanning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tushunchalar quyidagilardir:
- Shaxs — jamiyat a’zosi, o‘z xulq-atvori, dunyoqarashi va faoliyati bilan ajralib turuvchi inson.
- Ta’lim — bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni.
- Tarbiya — yosh avlodni ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalash jarayoni.
- Bilim, ko‘nikma, malaka — shaxsning nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini ifodalovchi asosiy mezonlar.
- Rivojlantirish — shaxsning intellektual, jismoniy va ruhiy jihatdan o‘sib borish jarayoni.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogika murakkab ijtimoiy hodisa sifatida ko‘plab fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. U quyidagi fanlardan ilmiy asos oladi:
- Falsafa – ta’lim va tarbiyaning nazariy asoslarini shakllantiradi.
- Psixologiya – shaxsning ruhiy jarayonlari va individual xususiyatlarini o‘rganadi.
- Etika va estetika – axloqiy va estetik tarbiyaning asoslarini belgilaydi.
- Iqtisod va sotsiologiya – ta’lim jarayonining ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarini tahlil etadi.
- Fiziologiya va gigiyena – bolalarning sog‘lom rivojlanish omillarini o‘rganadi.
- Madaniyatshunoslik va tarix – insoniyatning madaniy merosi va pedagogik tajribasini yoritadi.
- Tibbiyot va nevrologiya – bolalar rivojlanishidagi biologik va psixofiziologik omillarni tushuntiradi.
Pedagogika fanlari tizimi
Pedagogika o‘z ichiga ko‘plab yo‘nalishlarni oladi, jumladan:
- Umumiy pedagogika
- Pedagogika nazariyasi va tarixi
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi
- Korrektsion (maxsus) pedagogika
- Pedagogik texnologiya
- Ijtimoiy, oila, xalq va qiyosiy pedagogika
- Pedagogik innovatika va neyropedagogika
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Pedagogika metodologiyasi — bu pedagogik muhitning rivojlanishini, ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan bilimlar tizimi. Metodologiya pedagogik tadqiqotlar uchun ilmiy yondashuvni, nazariy asoslarni va tahlil usullarini belgilaydi.
Pedagogik tadqiqot metodlari
Pedagogik tadqiqotlarda turli metodlardan foydalaniladi, ularning har biri maqsadga qarab tanlanadi:
- Kuzatish metodi — ta’lim-tarbiya jarayonini bevosita kuzatish va tahlil qilish.
- Suhbat metodi — o‘qituvchi, o‘quvchi yoki ota-onalar bilan muloqot orqali fikrlar yig‘ish.
- Anketa va intervyu metodi — ma’lumotlarni so‘rovnomalar orqali olish.
- Bolalar ijodini o‘rganish metodi — o‘quvchilarning yozma, badiiy yoki ijodiy ishlari orqali ularning qobiliyatlarini aniqlash.
- Eksperiment metodi — yangi pedagogik yondashuv yoki usulni sinovdan o‘tkazish.
- Test va tahlil metodlari — o‘quvchilarning bilim darajasini baholash.
- Matematik-statistik metod — ilmiy natijalarni raqamli tahlil qilish.
Xulosa
Pedagogika — bu inson tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lib, u shaxsning barkamol rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Pedagogik tadqiqot metodologiyasi va metodlari orqali ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlari, samaradorligi va ilmiy asoslari chuqur o‘rganiladi. Shuning uchun pedagogik bilimlar har bir o‘qituvchi va tadqiqotchi uchun zarur nazariy va amaliy poydevor hisoblanadi.
=== Taqdimot 1 ===
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanish to‘g‘risidagi fan. Ilmiy – pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi va metodlari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01
Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari.
03
Pedagogikaning boshra fanlar bilan aloqasi va fanlar tizimi.
02
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
=== Taqdimot 3 ===
O‘quvchini mehnat qilishga o‘rgat, u nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg‘unlashishga ko‘niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o‘rgatki, uning uchun o‘z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig‘maydigan holat hisoblansin. U mustaqil o‘ylamog‘i, izlamog‘i, o’zini ko‘rsatmog‘i, o‘zining uyg‘onmagan qobiliyatini rivojlantirmog’i, o‘zini sobitli inson qilib yetishtirmog‘i zarur.
A.Disterveg
=== Taqdimot 4 ===
Pedagogika
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – “bola” va gogike — “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika — ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogika o‘qitish va tarbiyalashga e’tibor qaratadi
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
=== Taqdimot 6 ===
Pedagogika o‘qitish va tarbiyalashga e’tibor qaratadi
Tarbiya nazariyasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
=== Taqdimot 7 ===
=== Taqdimot 8 ===
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi.
=== Taqdimot 9 ===
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
shaxs,
tarbiya,
ta’lim (o‘qitish, o‘qish),
bilim,
ko‘nikma,
malaka,
kompetensiya,
ma’lumot,
shakllantirish,
rivojlantirish.
=== Taqdimot 10 ===
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi.
Ana shu nuqtai nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqudorlik mavjud.
=== Taqdimot 11 ===
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
pedagogik g‘oya, qarash ta’limotlarning falsafiy jihatlarini tahlil etadi.
shaxs ma’naviyatini shakllantirish,
insoniy sifatlar, tarbiyalash.
shaxs tomonidan go‘zallikning idrok etilishi, estetik didni tarbiyalash.
Falsafa
Etika
Estetika
=== Taqdimot 12 ===
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishni iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabat-larini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
bolalarning fiziologik, anotomik xususiyat-larini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni o‘rganishga yordam beradi.
Iqtisod
Sotsiologiya
Fiziologiya
=== Taqdimot 13 ===
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, to‘g‘ri shakllantirishga bog’liq g‘oyaiarni taqdim etadi.
shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
pedagogika fani taraqqiyoti, tarixiy tajribani yosh avlodga o‘rgatish uchun bo‘lib xizmat qiladi.
Gigiyena
Psixologiya
Tarix
=== Taqdimot 14 ===
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
shaxsning to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Madaniyatshunoslik
Tibbiy fanlar
=== Taqdimot 15 ===
Pedagogika bola tarbiyasi haqidagi fan
=== Taqdimot 16 ===
Pedagogika fanlari tizimi
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Pedagogika fanlari tizimi
Umumiy pedagogika
Pedagogika nazariyasi
Pedagogika tarixi
Pedagogik mahorat
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi
=== Taqdimot 18 ===
Pedagogika fanlari tizimi
Korrektsion (maxsus) pedagogika
Metodika
Pedagogik texnologiya
Ta’lim menejmenti
Ijtimoiy pedagogika
Oila pedagogikasi
Xalq pedagogikasi
Qiyosiy pedagogika
=== Taqdimot 19 ===
Pedagogika fanlari tizimi
Pedagogik innovatika
Pedagogik aksiologiya
Neyropedagogika
Muzey pedagogikasi
Pedagogik antropologiya
Pedagogik akmeologiya
=== Taqdimot 20 ===
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emas.
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
Pedagogika fani metodologiyasi
Pedagogika fani metodologiyasi- jamiyatning rivojlanishi sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda amaliyoti, ta’lim olish hamda unga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
=== Taqdimot 23 ===
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi.
Suhbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuztib boring!
Slaydchi.uz — ingliz tili, tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.