=== Taqdimot 1 ===
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
01
02
03
Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik, huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, bir qator omillar Respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi.
=== Taqdimot 4 ===
Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilishishini talab qilardi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi.
=== Taqdimot 5 ===
Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashki-lotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga konstitutsiyaviy maqom berilishi konstitutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi.
=== Taqdimot 6 ===
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama ikki oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi.
=== Taqdimot 7 ===
Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lgan XI-sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil
8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.
=== Taqdimot 8 ===
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U “Mustaqillik Dekla
ratsiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qilib, mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan edi.
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinadigan yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi.
=== Taqdimot 10 ===
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakat bop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadimiy makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham “Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur yedi”.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kelajakda qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Uning dolzarb bo‘lib qolishining bir qator obyektiv va subyektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning obyektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi obyektiv sababi – ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi.
=== Taqdimot 12 ===
Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‘ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‘lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi.
=== Taqdimot 13 ===
I.A.Karimov O‘zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o‘zlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an’analariga tayanishdan iborat bo‘ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
=== Taqdimot 14 ===
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko‘pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo‘liga o‘ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo‘li: 1) kapitalistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo‘nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat’iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo‘llari (modellari) ancha keng ko‘lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o‘z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog‘i zarurligi ma’lum bo‘ldi.
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbekistonning demokratik jamiyatni barpo etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o‘zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat’iy amal qilinishi ta’minlanadi. “O‘zbek modeli” tushunchasi avvalo, O‘zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.
=== Taqdimot 16 ===
Taraqqiyot modellarining o‘ziga xos yo‘nalishlari va xususiyatlari:
“O‘zbek modeli” – O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish,“Amerika modeli” – Erkin bozor munosabatlari,“Fransiya modeli” – davlatning roli kuchli,“Nemis va shved modeli” – ijtimoiy yo‘nalish ustuvor, “Lotin Amerikasi va Afrika modeli” – Iqtisodni barqarorlashtirish, “Sharqiy Yevropa modeli” – Iqtisodiyotda “Shok terapiya” usulidan foydalaniladi, “Yaponiya modeli” iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o‘rni bilan belgilanadi, “Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong)” – ijtimoiy soha va eksportni rag‘batlantirish. Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo‘ladi.
=== Taqdimot 17 ===
“O’zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o‘xshab ketadi. Nemislarga o‘xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o‘tkazildi. 1) 1993–1994- yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy so‘m muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohoti 1991–2001-yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda. Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligini butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l tajriba sinovidan o‘tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ma’lumki, taraqqiyotning ― o‘zbek modelining mohiyati asosiy g’oyalari eng dastlab Davlatimiz rahbarining ― O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li nomli fundamental asarida ko‘rsatib o‘tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g’oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi prezidentimizning O’zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, ― O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida nomli asarlarida taraqqiyotning ― o‘zbek modelining asosiy mazmunini, o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.
=== Taqdimot 19 ===
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo‘nalishlari uyg‘unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o‘z aksini topgan.
Iqtisodning siyosatdan ustunligi
“Birinchi tamoyilimizda, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – avval-iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg‘a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.
=== Taqdimot 20 ===
Ikkinchi tamoyil – bu davlatning bosh islohotchi ekanligi.
Davlat bosh islohatchi
02
Jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi ta’minlanadi.
Qonun ustuvorligi
Aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoyalash.
03
04
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish
“Shok terapiyasi” asosida emas, balki evolyutsion tadrijiy asosda, puxta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati
Jamiyatda qonuniylikning g‘alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Xususan, Konstitutsiyaning
11-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyiliga asoslanadi”, deb belgilab qo‘yilgan.
=== Taqdimot 22 ===
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarning takomillashishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillarida vujudga kelgan siyosiy partiyalar o‘z faoliyatida o‘zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, tinchlik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g‘oyalarga, axloqiylik va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi Qonuniga va boshqa hujjatlarga muvofiq, shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar.
=== Taqdimot 23 ===
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishidir. Bu holat demokratik yo‘lga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir. Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir.
=== Taqdimot 24 ===
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991-yil 1-noyabrda tashkil topgan. Partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov. A’zolari soni: 520 mingdan ortiq. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.
=== Taqdimot 25 ===
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) – 1995-yili
18-fevralda tashkil topgan. Partiya Siyosiy Kengashi raisi: Bahrom Abduhalimov. A’zolari soni: 430 mingdan ortiq. Partiyaning rasmiy nashri “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.
=== Taqdimot 26 ===
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘z MTDP ) – 1995-yil 3-iyunda tashkil topgan. A’zolari soni: 358 mingdan ortiq. Partiya Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov. Partiyaning matbuot nashri – “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat.
=== Taqdimot 27 ===
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan. Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Hayitov. A’zolari soni:
1 mln.dan ortiq. Markaziy nashri –“XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
=== Taqdimot 28 ===
O‘zbekiston ekologik partiyasi
2019-yilning 8-yanvar kuni tashkil etilgan. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomurodov. A’zolari soni: 453 mingdan ortiq. Markaziy nashri “Oila va tabiat” gazetasi. Rasmiy internet sayti: www.ecouz.uz. Ekologik harakat boshqa partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga erishishi lozimligi taklif etildi va ushbu taklif amaliyotga joriy qilindi.
=== Taqdimot 29 ===
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston 1991-yil 1-sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi.
=== Taqdimot 30 ===
Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi
Birinchi davr: 1991-1994-yillar
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994-yil 23-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994-yil 25-dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994-yil 25-dekabrda, 1995-yil 8 va 22-yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.
=== Taqdimot 31 ===
Ikkinchi davr: 1995-2004-yillar
Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‘nalishiga aylandi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritdi, 130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Parlament nazorati bir palatali Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Uchinchi davr: 2005-yildan hozirgi paytgacha
Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z ishlariga kirishdilar.
=== Taqdimot 32 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. Dunyo davlatchiligi tarixida davlat boshqaruvining monarxiya va respublika shakllari mavjud bo‘lib, respublika boshqaruv shakli o‘z navbatida parlamentar respublika va prezidentlik respublikasi ko‘rinishlariga ega. Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Prezident so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “oldinda o‘tiruvchi” ma’nosini bildiradi.
=== Taqdimot 33 ===
Hukumat
Bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunga binoan u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
=== Taqdimot 34 ===
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990 – 1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev (2003–2016) lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimida faoliyat olib bormoqda.
=== Taqdimot 35 ===
Sud hokimiyati
Sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog‘i bo‘lib, uning asosiy vazifasi odil sudlovni ta’minlash va amalga oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi amalga oshiradi. Respublikamizda sud tarmog‘i quyidagilardan tashkil topgan: jinoyat ishlari bo‘yicha sud, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, iqtisodiy sud va ma’muriy sudlar. Respublikada sud organlarining faoliyati “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 36 ===
Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarining Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi – sud organlarining vakolatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” bilan mustahkamlangan.
=== Taqdimot 37 ===
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. 2000-yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘ldi. Sud ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi.
=== Taqdimot 38 ===
2016-yil 21-oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4850-sonli Farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko‘rsatiladi:
– sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi;
– fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish;
2017-yilda esa sud – huquq sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, Oliy xo‘jalik sudi Oliy sud tarkibiga qo‘shilib, yagona sud hokimiyati oliy organi Oliy sud qayta tashkil etildi. Sud sohasida ma’muriy va iqtisodiy sud kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi.
=== Taqdimot 39 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.