MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
=== Taqdimot 2 ===
RЕJA:
1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.
2. Narx shakllanish uslublarini tanlash.
3. Narx strategiyalar.
=== Taqdimot 3 ===
Bu raqobatning, resurslarni qayta taqsimlashning, shuningdek kapital harakatining vositasidir.
NARX
NARX
Tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
=== Taqdimot 4 ===
Mahsulotnıng narxıga xarıdor unı olıshga tayyorlıgı va mahsulotnıng naflıgı ta’sır ko‘rsatadı.
=== Taqdimot 5 ===
Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
=== Taqdimot 6 ===
NARX – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak.
Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
=== Taqdimot 7 ===
Nıma uchun tovar narxı unıng sıfatını o‘lchaydıgan ko‘rsatkıch sıfatıda namoyon bo‘ladı?
=== Taqdimot 8 ===
01
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.
02
Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.
Nıma uchun tovar narxı unıng sıfatını o‘lchaydıgan ko‘rsatkıch sıfatıda namoyon bo‘ladı?
03
Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.
=== Taqdimot 9 ===
Xarajatlar asosida
01
Kombinassiyalangan
02
Talabga mo‘ljallangan
03
Raqobat asosida mo‘ljallangan
04
NARXNI TASHKIL ETISH USLUBLARI:
=== Taqdimot 10 ===
NARX BAJARADIGAN BA’ZI BIR VAZIFALARNI KO‘RIB CHIQAMIZ:
Narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarning taqsimlanishidir.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
=== Taqdimot 11 ===
Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta‘minlash funksiyasi;
2. Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi;
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi;
4. Raqobat vositasi funksiyasi;
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi.
=== Taqdimot 12 ===
NARXLARNI QUYIDAGI BELGILAR ORQALI TURKUMLASH MUMKIN:
A) Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari:
Ulgurji;
Chakana;
Xarid va boshqalar.
B) Boshqarısh darajası va usulları jıhatıdan farq qıluvchı hamda davlat tomonıdan tartıbga solınısh darajasıga qarab narxlar:
Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar;
Erkin narxlar;
Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar.
C) Narxning boshqa xillari:
Bozor narxi;
Xalqaro narxlar va h.k.
=== Taqdimot 13 ===
Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar – bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar. Ularga:
Talab asosida shakllanadigan;
Taklif asosida shakllanadigan;
Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi.
=== Taqdimot 14 ===
Qa’tiy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qa’tiy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuvga ko‘ra).
=== Taqdimot 15 ===
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi:
=== Taqdimot 16 ===
Boshqariladigan narxlar
Darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning orasida eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin.
=== Taqdimot 17 ===
Bazis baho
Tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Xarid qilish
Sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Jahon bahosi
Tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Monopol baho
Monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.
=== Taqdimot 19 ===
Transfert bahosi
Bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa bo‘limlarga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.
Harakatlanuvchi narx
Shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).
=== Taqdimot 20 ===
Sirpanuvchi narx
Bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorlanadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan kema). Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Doimiy narx
Bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.
Vaqtinchalik (mavsumiy) narx
Bu vaqtning ma’lum davrida (mavsumda) amal qiluvchi narx.
=== Taqdimot 21 ===
Narx sıyosatı
Narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – tadbirlari yig‘indisi;
Narx strategıyası
Narxni belgilash va o’zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir.
Narx taktıkası
Qisqa muddatli xarakterga (narxga chegirma, narxga ustama) va bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
=== Taqdimot 22 ===
NARX SIYOSATINI BOSHQARISH MAQSADLARI QUYIDAGILARDIR:
=== Taqdimot 23 ===
BOZORNİNG TURİGA BOG‘LİQ HOLDA AUKSİONLAR, BİRJA KOTİROVKALARİ NARXİ FARQLANADİ:
Auksion – tovarlarni raqobatli sabdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi.
Birja kotirovkalari – bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
=== Taqdimot 24 ===
Zararsizlik va maqsadli foyda
Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx hisob-kitobi.
Talabga yo‘naltirilganlik
Ko‘pgina korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, tovarning iste’molchi tomonidan xaridorlik yuzasidan qabul qilinishi deb hisoblaydilar, ya’ni gap tovarning foydaliligi va uning narxga sezgirligi haqida boradi.
NARXNI BELGILASHDAGI ASOSIY YONDASHUVLAR:
=== Taqdimot 25 ===
Raqobatchilarga yo‘nalganlik
Joriy narxlar darajasi asosida narxlarni belgilayotganda korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga kamroq e’tibor beradi.
“Yetakchi orqasidan quvish” usuli
Bu hoda tovar narxini belgilash bozordagi yetakchi raqobatli muhitning narxi asosida, tovar va uning sifati, differensiatsiyasi asosida amalga oshiradi.
O‘rtacha bozor narxlari usuli
Hisob-kitoblar «o‘rtacha bozor narxlari» bo‘yicha raqobatchilik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 26 ===
NARXLAR TOVARNI YANGILIK KO‘RA QUYIDAGICHA KLASSIFIKATSIYALANADI:
Qaymog‘ini olish strategiyasi.
Bozorga yorib kirish.
Psixologik narx.
Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx.
Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlar.
Tebranib turuvchi narx.
Uzoq muddatli narx.
Egiluvchan narx.
Ustunlik narx.
Kelishilgan narx.
Tashqi savdo oborotini ta‘minlovchi narx.
=== Taqdimot 27 ===
NARX BELGILASH STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISHNING BESH BOSQICHI MAVJUD:
Narx belgilash maqsadlarini shakllantirish;
Narx belgilashning umumiy siyosati;
Narx belgilash strategiyasining o‘zi;
Narx belgilash strategiyasini amalga oshirish;
Narxlarni moslashtirish.
=== Taqdimot 28 ===
Past narxlar strategiyasi
Past narxlar strategiyasi tovar sotib oluvchilar uning qiymatini idrok etadigan darajadan pastroq, ya’ni tovarni o‘z narxidan ko‘ra pastroq baholashni belgilashni ko‘zda tutadi.
Past narx strategiyasi
Past narx strategiyasi sifatli o‘rtadan past (lekin yomon emas) tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi va ularga uzoq muddatga past darajadagi narxni o‘rnatishni ko‘zda tutadi.
=== Taqdimot 29 ===
O‘rtacha narxlar strategiyasi
Bu strategiya narxlarni xaridorlar tomonidan tovar qiymatini idrok etilishi darajasiga ko‘ra belgilashni ko‘zda tutadi, ya’ni narx tovarning haqiqiy qiymatiga mos ravishda belgilanadi.
O‘rtacha narxlar stretegiyasi
O‘rtacha narxlar stretegiyasi korxonada yuqori narxlar stretegiyasini ham, past narxlar strategiyasini ham qo‘llash imkoni qolmaganda foydalanadi.
=== Taqdimot 30 ===
O‘zgarmas narxlar strategiyasi
Bu strategiyada firma o‘z tovari narxini iloji boricha o‘zgartirmaslikka intiladi.
O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi
O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq bozorda, individual bitimlar tuzilganda uchraydi.
=== Taqdimot 31 ===
Imtiyozli narxlar strategiyasi
Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto, tannarxidan arzonroq narx belgilaydi.
Do‘lonlar bu strategiya
Do‘lonlar bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erishadilar.
=== Taqdimot 32 ===
Narx yetakchiligi strategiyasi
Firmalar tovar yoki xizmatga bozor narxini belgilovchi va raqobatchilar ergashishga majbur bo‘ladigan narxlar o‘zgarida tashabbus ko‘rsatuvchi narx yetakchisi sifatida chiqadi.
Narx yetakchilari
Narx yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z narxlarining barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va barometric narx lideri – bozor sharoiti o‘zgarishlariga yetakchi narxining o‘zgarishli moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar hisoblanadi.
=== Taqdimot 33 ===
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi
Ushbu strategiyani qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la olmaydi.
Narxlar ulushi
Bu strategiya narxlari tajovuzkorona ravishda tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 34 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar