Boborahim Mashrab hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
BOBORAHIM MASHRAB
(1653- 1711 )
Slayd 2
Bog’istoniyning «Tazkirai qalandaron» asarini sinchiklab o’rganish natijasida aniqlangan keyingi ma’lumotlarga ko’ra, Boborahim Valibobo o’g’li Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tug’ilgan.
Slayd 3
BOLA BOSHIDAN…
Shoirning hayot yo’li yoritilgan «Qissai Mashrab» asarida yozilishicha, u bolaligidan majnuntabiat, so’fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. Uning g’ayritabiiy odatlari, gap-so’zlari, yurgan yo’lida aytadigan bayt-u g’azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi.
Slayd 4
TA’LIM-TARBIYA
Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo’liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zo’r ixlos bilan ta’lim oladi, tarbiya ko’radi.
Slayd 5
7 yillik tahsil
Ma’lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshg’arga — Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi.
Islom dunyosining ulug’laridan biri bo’lmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg’ab, unga Mashrab (ma’nosi – ishq sharobini ichgan) nomini beradi.
Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo’ldi va Haqqa yaqin avliyo zot bo’lib yetishdi.
Slayd 6
Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag’on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan.
Slayd 7
IJODIY MEROS
She’rlari «Devoni Mashrab» qissalarida, turli bayozlar va to’plamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 1958 – 1980- yillar oralig’ida uning she’rlari to’plam holida bir necha marta nashr qilingan.
Slayd 8
«Mehribonim, qaydasan»
Mashrabning nisbatan mukammal to’plami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990- yilda «Mehribonim, qaydasan» nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. To’plam shoirning g’azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’ janrlarida yozgan she’rlaridan iborat.
Slayd 9
BILIB OLING!
Har qanday so’fiy biror tariqatga amal qiladi. Tariqat arabcha so’z bo’lib, yo’l ma’nosini anglatadi. Bizning hududlarda qadimdan qodiriylik, yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik tariqatlari mashhur. Bu tariqatlar bir-birini inkor etmaydi, chunki maqsadlari bir — Bir-u bor zot vasliga vosil bo’lish.
Mashrab naqshbandiylik shaxobchasi bo’lmish qalandarlik maslagini tutgan va uni ijodida targ’ib etadi
Slayd 10
Mashrab g’azallaridan namunalar
Slayd 11
“O’ttum” g’azali
Ishq vodisidin bir kecha men hay-haylab o’ttum,
Monandi nayiston guliga o’t qalab o’ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim na ajabdur,
Mino tog’idin akka sifat hakkalab o’ttum.
Ottim fashu dastorini devonalig’ aylab,
Parvona sifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.
Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum…
Slayd 12
“Qalandar bo’l” g’azali
Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.
Og’izdin dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang,
Yomonlardin qochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.
Fasod ahlin quvay desang, (ketiga) bir uray desang,
Bu dargohdin suray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l…
Slayd 13
“O’rtar” g’azali
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabr-u betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
«Nigoro!» deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar…
Slayd 14
Esda saqlang!
“Mashrab” maqolasi – Abdurauf Fitrat;
“Mashrab” asari – Muahammad Ali;
“Singan setor” qissa – Mirkarim osim;
“Mashrab” lirik-dostoni – Oybek;
“Mashrab” romani (tugallanmagan) – Shuhrat.
Slayd 15
Bilasizmi?
1. Mashrab haqida qaysi asarda ma’lumot berilgan?
2. Boborahim Valibobo o’g’li Mashrab qachon qayerda tug’ilgan?
3. Mashrabning ustozi?
4. Mulla Bozor Oxund Mashrabga o’zida bor bilimlarni berib bo’lgach, uni qayerga kimning oldiga yo’llaydi?
5. Kim Mashrabga “Mashrab” – (ishq sharobini ichgan) deb nom beradi?
6. Mashrab qachon qanday vafot etadi?
7. Mashrabning nisbatan mukammal hisoblangan to’plami qachon kim tomonidan chop etildi?
8. “yuzi qizil-oq, ostidagi taylog’i o’ynoqlab turgan”, “asli qalmoq, zoti qirg’iz, lola paypoqli” sahroyi bo’tako’z qizlarni madh etgan shoir?
Tariqat so’zining ma’nosi?
Mashrab qaysi tariqat yo’lini tutgan?
Slayd 16
TASAVVUF VA TASAVVUF ATAMALARI
Tasavvuf ta’limotining maqsadi komil insonni tarbiyalashdir.
Tariqatga kirgan odamni so’fiy, solik, murid, darvesh deb ataydilar.
So’fiy tariqatda pir (murshid)ga qo’l beradi (qo’l berish – bu poklanish uchun ahd) va unga (pirga) inon-ixtiyorini topshiradi, uning ko’rsatmalariga so’zsiz bo’ysunib, poklanish amallarini bajaradi.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.