Harakat faoliyatining shakllari va turlari

8000 so'm

Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.

  • Slaydlar soni: 35 ta
  • Fayl formati: PPTX
  • Tili: o‘zbek tili
  • Kategoriya: Pedagogika va ta’lim

Harakat faoliyatining shakllari va turlari

 

 

Slayd 1

Harakat faoliyatining shakllari va turlari.

Slayd 2

Reja:
Harakatlarga o‘rgatish jarayonining tuzilishi
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlari
Harakatlarga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishi

Slayd 3

Chuqurroq o‘rganish
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlari
Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish
Dastlabki o‘rganish

Slayd 4

Dastlabki o‘rganish
O‘rgatishning bu bosqichidagi maqsad harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir
Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‘stlog‘idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi.

Slayd 5

Dastlabki o‘rganish bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari:
A) harakatlarning fazo va vaqt jihatidan yetarli darajada aniq bo‘lmasligi, muskul harakatlarining aniq emasligi;
D) murakkab harakat fazalari o‘rtasida yaqinlikning yo‘qligidir.
B) harakat akti ritmining barqaror emasligi;
C) keraksiz qo‘shimcha harakatlarning mavjudligi;

Slayd 6

Dastlabki harakat malakalarini tarkib toptirishning ko‘rsatilgan xususiyatlarini hisobga olib, o‘rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

Harakat akti haqida bu aktning maqsadini tushunishga asoslangan bir butun tasavvur paydo qilish
Shug‘ullanuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarini yangi harakatlarni o‘zlashtirish uchun kerak bo‘lgan elementlar bilan to‘ldirish
Harakatlarni to‘la bajarishga erishish
Keraksiz harakatlarni, muskullarning keraksiz darajada kuchlanishini yo‘q qilish

Slayd 7

Dastlabki o‘rganish bosqichida topshiriqning bajarib bo‘lish yoki bo‘lmasligi:
Dastlabki malakaning tez hosil bo‘lishi va sifati o‘rganuvchining harakat tajribasining qanchalik boyligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
O‘rganiladigan harakat strukturasining qanchalik murakkabligi;
Strukturaning o‘rganuvchilarning jismoniy imkoniyatlariga qanchalik muvofiqligi bilan belgilanadi.
O‘quvchilarda harakat tajribasining qanchalik ko‘pligi;

Slayd 8

Harakatlarga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida «harakat faoliyati», «harakatga o‘rgatish», «harakat malakasini shakllantirish», «harakat ko‘nikmasi», «oliy tartibdagi harakat malakasi» «qila olish», «tarbiyalash», «rivojlantirish»ga oid nazariy bilimlari va boshqa atamalardan foydalaniladi. Bu kabi atamalar mazkur sohada va, umuman, o‘qitish to‘g‘risidagi fanlarda ko‘p uchraydi.

Slayd 9

Kunlik odatiy sharoitda inson o‘zining ish qobiliyati, uning zaxiralarining faqat bir qismidangina foydalanadi, xolos. Individning harakat zaxirasi deb hisoblangan boshqa qismi organizmga faqat kuchli zo‘riqish qilishda, energiya sarflashda maksimal talablar qo‘yilgandagina namoyon bo‘ladi.

Slayd 10

Hozirgi kunda organizmning funksional zaxiralari, boshqachasiga biologik zaxiralar – hujayra, to‘qima, organlar, tuzilmalar va yaxlit organizmning zaxiralari deb klassifikatsiya qilinmoqda.
Hujayra zaxiralari ish bajaradigan strukturalar soni bilan bog‘liq bo‘lib, organning zo‘riqishida ular soni talab etilgan darajada ortadi. Murakkabroq tuzilgan organizmlarning turli organ va sistemalarning funksional zaxiralari bajariladigan ish hajmi birligi uchun sarflanadigan quvvatning kamayishida, ish shiddati va samarasining ortishida namoyon bo‘ladi.

Slayd 11

Yaxlit organizmning zaxiralari
Har xil murakkablikdagi harakat vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yaxlit reaksiyalarning ortishi va atrof muhitning ekstremal sharoitlarga organizmning tez moslashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Qisqacha qilib aytganda, organizmning funksional zaxiralari, organ yoki funksional sistemalar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortish darajasidir.

Slayd 12

Funksional zaxiralarga
Bioximik, fiziologik, mashq bajarish texnikasidagi va ruhiy zaxiralar kiradi. Fiziologik zaxiralar boshqa zaxiralarga asos bo‘ladi. Fiziologik xizmat tizimlarining faoliyati rivojlanganda boshqa zaxiralar ham ularga qo‘shilib rivojlanadi.
Sportchining funksional zaxiralariga – bioximik, fiziologik, sport texnikasidagi va ruhiy zaxiralari kiradi. Ularning ichida eng asosiysi fiziologik zaxiralar bo‘lib, funksional tizimlarning ishi rivojlanganda boshqa zaxiralar ham rivojlanadi.

Slayd 13

Fiziologik zaxiralar quyidagilarga bo‘linadi:
Jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, chaqqonlik, tezkorlik va egiluvchanlik)ni rivojlantirishdagi zaxiralar.
Turli xil quvvatdagi (maksimal, submaksimal, katta va o‘rtacha) ishlarni bajarishda ishga tushadigan zaxiralar.
Mushaklar va tizimlarimizning ishga tortilish (ishga tushirilishi)ning navbati bo‘yicha funksional zaxiralar.

Slayd 14

Ular uchta guruhga bo‘linadi:
Kundalik hayotiy faoliyatida ishga tushadigan.
Mashq qilish va musobaqalarda ishga tushuriladigan.
Organizmni yashash uchun kurashida ishga tushadigan zaxiralar.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Harakat faoliyatining shakllari va turlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar