Pedagogik texnika haqida tushuncha pedagogik texnikani shakllantirish usullari
4000 so'm

Slayd 1
Pedagogik texnika haqida tushuncha pedagogik texnikani shakllantirish usullari
Slayd 2
Reja:
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
Pedagogik texnika xususiyatlari
O‘qituvchining nutq texnikasi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati va texnikasi.
Slayd 3
O‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilimlar va malakalar majmui.
Pedagogik texnika
Slayd 4
Kasbiy ko‘nikmalar
01
Mimika va pantomimik qobiliyat
02
Hissiy barqaror
Imo-ishora, ma’noli qarash
Slayd 5
Savodli va ifodali nutq
Rag‘batlantirish va istehzoli tabassum.
03
Slayd 6
Tushunarli va ta’sirchan nutq
04
Hozir javoblik va psixologik bilimlar
Slayd 7
Mashhur rus pedagogi Anton Semyonovich Makarenko “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoqlikni, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin”, degan edi.
Slayd 8
Psixologik kontakt (aloqa)
O‘quvchining, talabaning o‘quv materialini tushunib, qabul qilishga tayyorgarligi.
O‘qituvchi tomonidan tavsiya qilingan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun ichki aktivligi va tayyorgarligi.
O‘qituvchi va o‘quvchining axloqiy hamkorligi bo‘lib, ularni bir-biriga o‘zaro ta’siridir.
Slayd 9
Shaxsiy pedagogik texnika
O‘qituvchining yoshi, jinsi, ma’lumot turi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Slayd 10
O‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishini, xatti-harakatini, butun gavdaning, bosh, bo‘yin, qo‘llar harakatini to‘g‘ri idora eta olishi, ayrim so‘zlar o‘rnida mimika yoki pantomimik imo-ishoralarni o‘rinli qo‘llay bilishi, hissiyoti, kayfiyati, diqqatini to‘g‘ri boshqara bilishi kerak.
Slayd 11
Agarda o‘qituvchi sinfga, auditoriyaga kirgan vaqtida o‘quvchi va talabaning tayyorgarligi, sinfning tayyorgarligiga e’tibor bermasa, kim qanday holatda o‘tirganligini ko‘zdan kechirmasa, darsning rejasini va mavzusini e’lon qilmasa, bunday dars o‘quvchini tezda o‘qituvchidan sovishiga, uzoqlashtirishiga olib keladi.
Slayd 12
Aktyorlik va rejissyorlik mahorati
Pedagogik texnikani to‘liq egallash uchun o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik mahoratini ham egallashi zarur. Chunki o‘qituvchining faoliyati aktyor va rejissyorning badiiy-ijodiy faoliyatiga yaqindir. Harakat, diqqat, xayol, muomala va boshqalar teatr pedagogikasining asosiy tushunchalari bo‘lib, ularni bo‘lajak o‘qituvchi ham o‘zlashtirishi lozim.
Slayd 13
Teatr faoliyati va pedagogik faoliyatning maqsadi o‘xshashligi bilan yaqinlashtiradi. Har ikkala faoliyatda ham maqsad kishiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi va kishida muayyan tuyg‘ular va kechinmalar vujudga keltirishidir.
Slayd 14
Pedagogik ijodkorlik
O‘qituvchi ya’ni pedagog-dars jarayoni, mashg‘ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
Slayd 15
Pedagoglarning kreativligini (yaratuvchi) ifodalovchi belgilar
Ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish
1
2
3
4
Rag‘batlantiruvchi strategiyalaridan foydalanish
Innovatsion yondashuv va kreativ yondashuv
Kutiladigan natijaga to‘ri g‘oya bilan asoslanish
Slayd 16
O‘qituvchining nutq darajasi
O‘quvchining nutqi aniq, jonli, talaffuzi jihatidan yorqin, ifodali bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini yuksak darajada faollashtirishga qaratiladi. Shuningdek, o‘rinli koyish, hazil, yengilgina istehzo nutqni juda jonlantirib yuboradi va uni o‘quvchilar tez o‘zlashtiradilar.
Slayd 17
Nutq ikki xil texnikadan iborat
Og‘zaki nutq texnikasi
Yozma nutq texnikasi
Bo‘g‘in, so‘zlar, talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarining faollashtiruvchi mashqlarini anglatadi.
Ovozdan foydalanishda nutq texnikasining asosini tashkil qiluvchi nutq apparatlarini yaxshi bilishi kerak.
Slayd 18
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati
Axloqiy madaniyati
Kiyinish madaniyati
So‘zlashish madaniyati
Slayd 19
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda ular qalbiga halollik, go‘zallik, haqiqat, odob-axloq, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi g‘oyalarni singdira olganliklari, xushmuomala bo‘lganliklari uchun ham o‘quvchilar oldida katta obro‘ga egadirlar.
Slayd 20
O‘qituvchilik faoliyatining uch toifasi
O‘qituvchilik faoliyati va ixtisosiga layoqati to‘g‘risida gap borganda muallimlarni shartli ravishda uch toifaga ajratish mumkin
1. Izlanuvchi, ijodkor o‘qituvchi
2. Tayyorgarlik ko‘rishga istagi bo‘lsa-da, o‘z ishini nimadan boshlashni bilmagan o‘qituvchi
3. Ta’lim va tarbiya ishiga tasodifan kirib qolgan o‘qituvchi
Slayd 21
Darsning bilim berishdagi rolini, uning mas’uliyatini sezgan har bir ilg‘or o‘qituvchi mashg‘ulotga puxta tayyorlanib, uning mazmunini boyitadi, tinmay izlanib, o‘qitishning yangi usullarini yaratib, ta’limda qo‘llashga intiladi. Shu yo‘l bilan bir darsni yaxshi bir asar sifatida o‘z o‘quvchilari ongiga singdiradi. Shu tariqa har bir ijodkor o‘qituvchi o‘zining haqiqiy muallimlik mahoratini yaratadi.
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuratib boring!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.