Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

5000 so'm


Applikatsiya-va-mozaika-bilan-ishlash-darslarini-tashkil-etish-metodikasi

Slayd 1

Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Slayd 2

1. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi.2. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.3. Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. 4. Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Reja:

Slayd 3

Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarini o‘tish jarayonida qog‘oz va karton mavzusiga ko‘p soat ajratiladi. Shuning uchun ham ushbu darslarni tashkil etishda o‘quvchilarga qog‘ozning yaratilish tarixi haqida qisqacha ma’lumotlar berishimizga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida barchamizga ma’lumki, o‘quvchilarimizning ko‘pchiligi qog‘oz va karton bilan ishlashadi. Qurish yasash applikatsiyalar bilan ishlash kabi qo‘l mehnati ishlari bilan shug‘ullanganligi uchun yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lganligini ko‘ramiz. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida esa darslikka e’tibor qaratsak, dasturimiz mavzular ketma-ketligi oddiydan murakkabga qarab tuzilganligini kuzatamiz. Aynan dasturda qog‘oz va karton ishlari soatlari yana ham ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin. Qog‘ozning xususiyatlari nimalardan iboratligini tushuntirishdan oldin avvalomi bor qog‘ozning yaratilish tarixi haqida qisqacha ma’lumot berishimiz kerak.

Slayd 4

Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari
1. Qog‘ozni buklash usullari.2. Qog‘ozni bukilgan joyidan yirtish.3. Qog‘ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish.4. Qog‘ozni chiziq bo‘yicha pichoqda qirqish.5. Qog‘ozni qaychi bilan qirqish.6. Andoza bilan ishlash.7. Qog‘ozni yopishtirish.8. Biriktirish usuli.

Slayd 5

Qog‘oz turlari
Narsalarni ixtirolarda, muqovalashda, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulaydir.
Yozuv qog‘ozi
Muqovalashda, narsalarning ustidan yelimlashda, bezak ishlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Oboy gul qog‘ozi
Qo‘l mehnati ishlarida, texnologiya darslarida ko‘p ishlatiladi.
Rangli qog‘ozi
Sirti mayin tuk bilan qoplangan bo‘lib, karton qog‘oz o‘rnida ham ishlatish mumkin.
Baxmal qog‘ozi
Texnologiya darslarida pape-mashe ishlarida keng foydalaniladi
Gazeta qog‘ozi
Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog‘ozlar to‘plami chiqariladi
Rangli va jiloli qog‘oz

Slayd 6

Karton turlari
Karton deb 1 kv m 250 grammdan ortiq bo‘lgan qog‘ozga aytiladi.
Karton qog‘oz
Uni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko‘p shimadi (ko‘pincha yelimdan shishadi). Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkin.
Oq karton
Oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Sariq karton

Slayd 7

Texnologiya darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar olcha, o‘rik, shaftoli danaklari, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu kabilardan keng foydalaniladi. Tabiiy materiallarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan ziyon ekanligini yodda tutishi lozim.

Slayd 8

EkskursiyaEkskursiyani uyushtirishdan oldin uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo‘nalishi, tabiiy materiallarni to‘plash uchun mo‘ljallangan joylar aniqlanadi. Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar quritilgan barglardan applikatsiya ishlari bajaradilar. O‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash ham topshirilsa o‘quvchilarning qiziqishlari yanada ortadi.

Slayd 9

Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik o‘rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng yig‘majild ikkita to‘rsimon ramka o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo‘lsa, o‘simlik issiq va quruq joyga olib quritiladi.
Gerbariy ramkalarida quritish

Slayd 10

Pressda quritish
Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy yig‘majildi o‘rniga ikkita faner listlar o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irilik pressga qancha o‘simlik joylashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan so‘ng qog‘oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.

Slayd 11

Issiq dazmol bilan quritish
Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasiga o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o‘simlik shamollatiladi va quruq joyga qo‘yiladi, so‘ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O‘simlik 2-3 daqiqada quriydi va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan o‘simlik ko‘tarilganda o‘zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi.

Slayd 12

Barglar
Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanoatlari, baliq suzgichlarini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo‘llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi. Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o‘qituvchi rahbarligida ekskursiya jarayonida to‘planadi.

Slayd 13

Urug‘larPredmetlar yasash uchun tabiiy materiallarga qimmatli qo‘shimcha bo‘lib daraxtlar, gullar, sabzavot urug‘lari xizmat qiladi Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishtiriladi. Ulardan ninachi qanotlarini, quyon quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urug‘laridan ko‘zlar yasash mumkin.

Slayd 14

Somon texnikasi Somon texnikasi qiziqarli yo‘nalish bo‘lganligi uchun asta-sekin yoshlar tomonidan ishtiyoq bilan o‘rganiladi. 1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak bo‘ladi. Aynan bug‘doy yig‘ini boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki bandlari alohida yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. 2. Yig‘ib olingan qalamchalar 2-3 soat davomida issiq suvga solib qo‘yiladi va ular ho‘l nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi.

Slayd 15

3. Endigi navbat chizmaga. Qog‘ozga o‘ylangan kompozitsiya chizib olinadi va ushbu eskiz oddiy qog‘ozga ko‘chiriladi. Eskizning har bir qismi alohida-alohida qirqib olinadi.4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya’ni issiq, sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qog‘oz ustidan yelim yordamida yopishtirib chiqiladi.5. Yaratilgan asar janriga ko‘ra, unga ishlov beriladi.

Slayd 16

Loy va plastilin bilan ishlash
Texnologiya darslarida loy, plastilin kabi materiallardan foydalanib, ulardan turli o‘yinchoqlar, jonivorlar, qushlar, mevalar va ertak qahramonlari yasaladi. Plastilindan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U sun’iy plastik massa bo‘lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil: oddiy va murakkab turlari bo‘lib, ularni tayyorlashning bir nechta variantlari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo‘shib bir turli massa hosil qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan massa qo‘lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo‘shiladi.

Slayd 17

Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo‘shib, qo‘lga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo‘yoq massasi qo‘shib va puxta aralashtirib tayyorlanadi.
Uchinchi variant – 1 qism tuproqqa mum hamda plastilin qo‘lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo‘shib aralashtiriladi.
Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qo‘lda ezilgandan keyin boshlash kerak.

Slayd 18

Plastilinga ishlov berish usullari
1. Yumaloqlash – bu olma kabilar shaklini berishdir.
Bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan yasaladi. 2. Oval yasash. Keyin uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.3. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo o‘zgarib turadi. 5. Surish (yamash) – buyumning ayrim qismlarini o‘zaro biriktirish.

Slayd 19

Pazandachilik insoniyatning eng qadimiy san’atlaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshlanadi va shu sohalarning ravnaqiga bog‘liq holda rivojlanadi. O‘zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o‘zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kelib O‘zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavor rezavorlar yetishtirila boshladi. Taomlarning turlari ko‘paydi. Sabzavotlar, mevalar, ko‘katlar ko‘pligi sababli bizning taomlar xushbo‘yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo‘lishini ta’minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti

Slayd 20

Pazandachilik san’ati – o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan inson organizmi uchun zarur bo‘lgan, uning mehnat qobiliyatini oshiradigan, sog‘lom hayot kechirishini ta’minlaydigan turli xil lazzatli, to‘yimli va pokiza taomlar tayyorlash hamda did bilan bezatib dasturxonga berishning muayyan usullari yig‘indisidir. Kishining organizmi normal rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi uchun turli xil oziq moddalar- oqsillar, yog‘lar, uglevodlar (shirin moddalar), mineral tuzlar, vitaminlar- suv va boshqa moddalar bilan ta’minlanib turilishi kerak. Oqsillar hayot uchun eng muhim modda hisoblanadi. Oqsil moddalar asosan go‘sht, baliq, tuxum, don va sut mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi. Oqsil moddalar organizmda yangi hujayralarni hosil qiladi, barcha a’zolarning o‘sishini, rivojlanishini ta’minlaydi va kuch-quvvat beradi. Sut oqsillari organizmda oson hazm bo‘ladi, to‘liq o‘zlashadi.

Slayd 21

Pazandachilik yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar xonasiga yorug‘lik yaxshi tushadigan, hidlardan tozalash uchun maxsus shamollatkich moslamalar o‘rnatilgan bolishi kerak. Uning devorlari kafel bilan qoplangan bo‘lib qo‘l va oshxona idish tovoqlarini yuvish uchun alohida chanog‘i bo‘lishi zarur. Oshxona jihozlarini saqlash uchun mebellar mahsulotlarga ishlov berish va tayyorlangan taomlarni bezash uchun stollar bo‘lishi hamda mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish uchun elektr plita va duxovkalar yong‘inni oldini olish va elektr xavfsizligi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi lozim.
Pazandachilik o‘quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari

Slayd 22

1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin, oldin ishlatilgan elektr asboblari va jihozlarining sozligini tekshirish lozim.
2. Elektr jihozlarini tok manbayiga yuklashda qo‘l quruq bo‘lishi kerak.
3. Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish lozim.
4. Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish kerak.
5. Kastryulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda suyuqlikni to‘ldirib solish mumkin emas.

Slayd 23

6. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog‘ini o‘zidan teskari tomonga qarab ochish kerak
7. Tovadagi qizigan yog‘ga mahsulotni sekin asta, tovaning bir chetidan solish kerak.
8. Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmasdan ehtiyotkorlik bilan solish kerak.
9. Issiq qozon tova idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki moslama bilan ushlash kerak.
10. Oshxona tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak.

Slayd 24

Ovqat va pazandachilik mahsulotlarni pishirishda maxsus kiyimlar- ochiq rangli fartuk va qalpoq kiyish yoki oq ro‘mol o‘rab olish lozim.
Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlar olingan bo‘lishi kerak.
Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlardan foydalanish kerak.
Go‘shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus tamg‘alagan- “sifatli taxtakach va pichoqlardan foydalanish kerak.
Ish o‘rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza saqlashga harakat qilish lozim.
Xona jihozlarining saranjomligi va ozodaligini ta’minlash lozim.
Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash kerak.
Chiqitlarni maxsus qopqoqli idishga solib o‘z vaqtida chiqarib tashlash kerak.

Slayd 25

Sabzavotlarni ovqatga ishlatishdan oldin ularning sifati tekshirib olinadi hamda ularga birlamchi ishlov beriladi. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Saralash – yuvish-archish-qayta yuvish-to‘g‘rash
Saralash – sabzavotlardan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida har bir taom uchun sifatiga, katta-kichikligiga va me’yoriga ko‘ra saralanadi.
Yuvish- sabzavotlar ishlatishdan avval sirtidagi tuproqlardan tozalanadi
Archish- sabzavotlar ustki po‘stloqlaridan maxsus yoki oddiy pichoqlarda qirg‘ichda archib tozalanadi.

Slayd 26

Qayta yuvish – Sabzavotlar ustki po‘stlog‘idan tozalangandan so‘ng oqib turgan sovuq suvda yuviladi.
Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari. Sabzavotlarni asosiy va murakkab usullarda to‘g‘rash mumkin. Ularni to‘g‘rash uchun oddiy, maxsus pichoqlardan va moslamalardan foydalaniladi. Sabzavotlarni tayyorlanadigan taomga moslab, aso-san tegishli shakllarda to‘g‘rash mumkin. Asosiy usullar sabzavotlardan taomlar va salatlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Murakkab usullar sabzavotlardan turli xil bezaklar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Slayd 27

1. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi sanitariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik qoidalari talablariga javob berishi kerak. Xonaning harorati 19-21 gradusda bo‘lishi kerak. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi yaxshi yoritilishning muhim ahamiyati bor. Yoritish yaxshi bo‘lmasa, mehnat qobiliyati pasayadi, ko‘z toliqadi va shikastlanishi mumkin. Xonalarni iloji boricha quyosh tushishiga qarab och ranglarda bo`yash tavsiya etiladi.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi

Slayd 28

2. Gazlamaga tikish, to‘qish, kesish, yirtish orqali ishlov beriladi.
3. Igna yordamida tikish: (kashta tikish, detallarni birlashtirish orqali tikish)
4. To‘qish: kegay yordamida to‘qish(zamonaviy usulda kegay yordamida to‘qish).
5. Gazlamani qaychi yordamida kesish.
6. Gazlamani qo‘lda yirtish orqali ishlov beriladi.

Slayd 29

Paxta-g‘o‘za deb ataladigan o‘simlik urug‘ini ko‘plab turadigan ingichka tolalar bo‘lib, to‘qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi.
Zig‘ir – poyaning qismidan olinadigan tola bo‘lib, tarkibida sellyuloza va boshqa aralashmalardan iborat bo‘ladi. Zig‘irning xossalari ham paxtanikiga o‘xshash bo‘ladi. Issiqni yaxshi o‘tkazadi, tez quriydi, qizigan dazmolga yaxshi chidaydi, paxtaga o‘xshab yaxshi yonadi.
Jun – bu junli hayvonlarning teri qatlamlaridan olinadi. Namni tez shimib, tez quriydi. Ho‘llab dazmol qilinsa cho‘ziluvchanligi o‘zgaradi, kirishish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun junni dazmollab qisqartirish cho‘zish mumkin.

Slayd 30

Tabiiy ipak – bu ipak qurti o‘raydigan ingichka ip. Ipakka eritmalar ishqorlar ta’sir qilmaydi. Ipak bo‘yalganda tolalariga suv uzoq ta’sir etsa rangi o‘chadi. Quyoshda tez rangsizlanadi. Junga o‘xshab tez yonadi.
Kimyoviy tolali gazlamalar ikkiga: sun’iy va sintetik tolali gazlamalarga bo‘linadi. Sun’iy tolali gazlamalar tabiiy tolali gazlamalarni qayta ishlash orqali olinadi.

Slayd 31

Bu ishlovlarda, quyoshga chidamliligi, g‘ijimlanuvchanligi, kuyaga qarshi chidamliligi, tashqi ko‘rinishi singari ayrim xossalari yaxshilanadi. Viskoza tolali va metall ipli gazlamalar misol bo‘la oladi.
Sintetik tolali gazlamalar esa tabiatda to‘la sifatida uchramaydigan, oddiy moddalarning molekulalarini biriktirish yo‘li bilan olinadi. Ularga: kapron, lavsan, polietilenlar kiradi.

Slayd 32

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 33

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar