Yetuklik davri
5000 so'm

=== Taqdimot: Yetuklik davri.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Yetuklik davri
=== Slayd 2 ===
Reja:
Yetuklik psixologik bosqich sifatida.
Yetuklikni davrlashtirish muammosi.
Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va shaxs rivojlanishi.
Yetuklik davrining inqirozlari.
Yetuklik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi.
=== Slayd 3 ===
Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklik uch bosqichga ajratiladi:
Ilk yetuklik
O‘rta yetuklik
Yetuklik (qarilik va keksalik)
01
02
03
=== Slayd 4 ===
Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraligini hisobga olgan holda, yetuklikning quyidagi belgilari keltirib o‘tiladi.
– Jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko‘proq kognitiv takomillashish bilan bog‘langan rivojlanishning yangi xarakteri;
– Yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish;
– Tobelikni bartaraf etish, boshqalar va o‘zi uchun mas’uliyatni his qilish;
– Xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish va boshqalar) shakllanishi.
=== Slayd 5 ===
Gumanistik psixologiyada yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. A.Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlarga intilib, faoliyatlarida yuksak cho‘qqiga erishadilar.
“Kattalik” va “yetuklik” tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas. Yetuklik-hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir. U kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Qadimgi yunonlar bu yoshni va ruh holatini “akme” deb atashgan, “cho‘qqi”, oliy bosqich, gullagan davr degan ma’nolarni anglatadi.
=== Slayd 6 ===
G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi ishtiyoqining funksional avtonomligi bilan belgilanadi. O‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi:
– Tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan;
– Boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik;
– Emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish;
– Borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik;
– O‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish;
– “Hayot falsafasi”, tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va individual xatti-harakatlarga ma’no beradi.
=== Slayd 7 ===
Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Sh.Byuller o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklik davrini beshta bosqichga ajratgan.
1-bosqich: (16-20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan oldin keladi.
2-bosqich: (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) urinib ko‘rinish va izlash bosqichidir. Kasb, umr yo‘ldosh va boshqalar. Bu davrda maqsadlar noreal bo‘lib, o‘zgarib turadi.
=== Slayd 8 ===
3-bosqich: (25-30 yoshdan, 45-50 yoshgacha) – yetuklik davri. Inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini baholay boshlaydi.
4-bosqich: (45-50 yoshdan 65-70) yoshgacha – qartayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi.
5-bosqich: (70 yoshdan keyin) – qari inson, o‘tmishni eslash va tinchlikni xohlash.
=== Slayd 9 ===
Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud yetuklik davrini 7 bosqichga ajratgan.
1. (21-28) yosh hayotiy bazisni egallash
2. (28-35) yosh-topilgan hayot asoslarini tasdiqlash
3. (35-42) yosh-kasbiy maqsadlarga yo‘nalganlik
4. (42-49) yosh-malikali depressiv davr
5. (49-56) yosh-shaxsiy qartayish bilan kurashish
6. (56-63) yosh-donolik
7. (63-70) yosh-o‘z hayotida yana muvaffaqiyatga erishish mumkinligini anglash, “Ikkinchi yoshlik” imkoniyati.
=== Slayd 10 ===
Ilk yetuklik bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish, to‘liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda muhim hayotiy qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’lim olish tugallanadi. Kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi shakllanadi. Ko‘pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo‘lishadi, ota-ona rollari egallanadi va amalga oshiriladi. O‘rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o‘tayotgan ota-onalari va ota-onalari uyidan alohida chiqib, mustaqil hayot kechira boshlaydi. Odatda ular ijtimoiy tomondan moddiy mustaqil emas, kasbiy faoliyatda yuqori darajaga erishganligi tufayli oila boshlig‘i, boquvchisi, jamiyatni boshqaruvchi shaxs darajasiga erishadilar.
=== Slayd 11 ===
Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati insondan ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasini qurish va farzandlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati ichki tomondan mustaqillikka intilish, mas’uliyat hissining kuchayishida ifodalanadi. O‘z hayoti va yaqinlarining hayoti uchun shaxsiy mas’uliyatni anglash, bu mas’uliyatni qabul qilishga tayyorlik-yetuklik davrining psixologik yangiligi hisoblanadi.
=== Slayd 12 ===
A.N.Leontov, D.B.Elkonin tomonidan bolalik davri uchun ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat haqidagi tasavvurlar yetuklik davrida uning ma’nosini chuqurroq tushunishni talab qiladi. Yetuklik davrida yetakchi faoliyat-mehnat faoliyati hisoblanadi. Akmeologiya nuqtayi nazaridan aniqlanishicha, nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishish, bunday faoliyatda insonning kuchlarini maksimal darajada foydalanish nazarda tutiladi. Shunday qilib yetuklik davrida insonning turli faoliyat sohalarida – jismoniy, axloqiy, intellektual va kasbiy sohalarida yuksak natijalarga erishganligini ko‘rishimiz mumkin.
=== Slayd 13 ===
N.A.Ribnikov 1920-yili katta odamlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini Akmeologiya deb atagan. Bu g‘oya akmeologiyaning insonning yetuklik davridagi rivojlanish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadigan mustaqil ilmiy fanga aylanishiga sabab bo‘ldi. Akmeologiya insonning individ sifatida, shaxs sifatida faoliyatning talantli subyekti sifatida, individuallik sifatida ota-ona, fuqaro, turmush o‘rtoq, do‘st sifatida shakllanish sharoitlari, yo‘llari va usullarini o‘rganadi.
=== Slayd 14 ===
A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, yetuk inson “rivojlanishidagi cho‘qqi” yetuklik cho‘qqisi sifatida akme fenomeni-ko‘p qirrali bo‘lib, variativ va o‘zgaruvchandir. Shaxs turli yosh davrlarida cho‘qqiga turlicha erishiladi. Inson hayot yo‘lini kuzatish cho‘qqiga erishishda har bir yosh davrining inson bo‘lg‘usi makroakmesining namoyon bo‘lish shakllari va mazmuniga tayyorlanishda katta ahamiyatga ega. Fan va madaniyatda buyuk iz qoldirgan mashhur insonlarning hayotini o‘rganish, hayotining har bir bosqichida mikroakmelar namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin.
=== Slayd 15 ===
Turli insonlardagi akmelarni solishtirishda shu narsa aniqlandiki, akmening namoyon bo‘lishi lokal-bir faoliyat doirasida va keng-ko‘p sohalarda bo‘lishi mumkin. Masalan: Leonardo da Vinchi va M.V.Lomonosovni olim-ensiklopedist va san’at arbobi sifatida keltirish mumkin. Inson tomonidan akmega erishishga yordamlashuvchi yoki xalaqit beruvchi bir necha omillarni ko‘rsatish mumkin:
=== Slayd 16 ===
– Ijtimoiy makroomillar (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, shaxs yashagan tarixiy davr, ijtimoiy kelib chiqishi, aniq ijtimoiy vaziyat, insonning yoshi, jinsi)
– Ijtimoiy mikroomillar (maktab, oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoasi, oilaning boshqa a’zolarining, o‘qituvchilar, muloqot doirasining ta’siri)
– O‘z-o‘zidan rivojlanish omili, shaxsning o‘z ustida ishlashi, ichki dunyosining uzluksiz faolligi.
=== Slayd 17 ===
G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir. Yetuklik davridagi inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlarga sog‘liqning to‘satdan o‘zgarishi, ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning o‘zgarishini kiritish mumkin.
=== Slayd 18 ===
Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namoyon bo‘lib, ”Ota-ona ildizlaridan bo‘linish” inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish, o‘zligini topish, individuallikni ishlab chiqish, o‘zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash, turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oilasini qurish, kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash. 30 yoshlar – o‘rta yetuklik “Oltin yoshga” o‘tish yuqori darajada ishchanlik davri.
=== Slayd 19 ===
30 yosh inqirozi-to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari bilan bog‘liq, kasbiy faoliyat, oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish bilan bog‘liqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson ilgarigi tanlovlari-turmush o‘rtoq, karyera, hayotiy maqsadlarini qayta baholaydi.Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish kuzatiladi, erta qurilgan oilaning buzilishi, kasbiy qayta yo‘llash.
=== Slayd 20 ===
30 yoshdan keyin-ildizlar va kengayish” – moddiy va yashash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq, xizmat pog‘onasiga ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini tahlil qilish, ilgari rad etilgan o‘z Mengini asta-sekin qabul qilish.
=== Slayd 21 ===
40-yosh inqirozi-hayot o‘rtasining inqirozi bo‘lib, keng tarqalgandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki dunyoning o‘zgarishi-ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan narsalarga befarq munosabat namoyon bo‘ladi. Identiklik inqirozi-o‘ziga o‘xshamaslik, boshqacha bo‘lib qolganini his qilishda ko‘rinadi.
=== Slayd 22 ===
Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining kamayayotganligini his qilish bilan bog‘liqdir. Hayotiy kuchlarning kamayayotganligini anglash – o‘z-o‘zini baholashga va Men konsepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi.
=== Slayd 23 ===
40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida anglanadi. Yoshligi tugaganini anglash, jismoniy quvvatining kamayganligi, rollar va kutilmalarning o‘zgarishi, xavotirlanish, chuqur o‘z-o‘zini tahlil qilish, kayfiyatning keskin tushishi bilan kechadi. Hayotining to‘g‘ri yashaganiga shubhalanish bu yosh davridagi yetakchi muammodir. G.Spixi ayollardagi yosh inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollarning hayot yo‘llari ko‘proq oilaviy davr hodisalari bilan bog‘liq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayishi, “bo‘sh uya” (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).
=== Slayd 24 ===
Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodini saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchanlik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi. Inson inqirozli kechinmalarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayotgan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi lozim. O‘rta yosh inqirozini hal qilish-hayotiy maqsadlarini qayta ko‘rib chiqish, insonga berilgan umrning qisqaligini anglash, hayot sharoitlarini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga, do‘stlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri idrok etish- yangi barqaror davrga olib keladi.
=== Slayd 25 ===
Inqirozlarni muvaffaqiyatli bartaraf etgan insonlarda 50-60 yoshdan keyin kundalik muammolar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yaratiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ishxonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi. Inqirozli kechinmalarning hal qilinmasligi 50 yoshlarda uning yanada kuchayishiga olib keladi. Inson o‘zidagi o‘zgarishlarni rad etib, lavozimidan voz kechgisi kelmaydi. 60 yoshga yaqinlashganda nafaqaga chiqishga tayyorlanish munosabati bilan barcha motivatsiyada o‘zgarish kuzatiladi.
=== Slayd 26 ===
Ilk yetuklik davrida (18-25 yosh) psixik funksiyalarning rivojlanishi xos. Xotira, diqqat, tafakkur, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 30-35 yoshda kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir butunligi davom etadi. 30-33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40-yoshlarda birmuncha susayadi. 41-50 yoshda 36-40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi.
=== Slayd 27 ===
Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35-39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Masalan matematik, fizik, ximik va aniq fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30-34 yosh, geolog, shifokorlarda 35-39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatshunoslarda birmuncha kechroq 40-55 yoshlarda kuzatiladi.
=== Slayd 28 ===
Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. 51-55 yoshda ham tafakkur turlari, diqqat va xotiraning rivojlanishiga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
=== Slayd 29 ===
Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning strukturasida sifat jihatdan qayta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘zli matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishidagi yangi bosqich-muammoni o‘zi qo‘ya olishidadir. Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davrigacha o‘zgarmaydi. Biroq reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarida aniqlanishicha, yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallanmaydi.
=== Slayd 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.