XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Rossiya
=== Taqdimot 2 ===
Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya bo‘lib, butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangan edi.
Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi.
Podsho xonadonining o‘zi eng katta pomeshik bo‘lib, 7 mln. desyatina yerga egalik qilardi.
Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85%i qishloqlarda yashardi.
=== Taqdimot 3 ===
XIX asrning oxirlarida yuz bergan jahon agrar inqirozi Rossiya qishloq xo‘jaligiga qattiq ta’sir etgan bo‘lsa-da, mamlakat xalq xo‘jaligi 1880-90 – yillarda yana asta-sekin rivojlana boshladi.
Og‘ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Mayda sanoat ishlab chiqarish va manufaktura o‘sa bordi. Temir yo‘llarning uzunligi oshib bordi.
Sanoat o‘zgarishi tugallangan edi. Binobarin, bu vaqtda mexanizatsiyalashgan fabrika ishlab chiqarishning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 1860-70-yillardagiga qaraganda ancha baland edi.
=== Taqdimot 4 ===
Chet el kapitali mamlakatga tez kirib kela boshladi. Ishchilar soni o‘sdi. Sanoatning rivojlanishini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich, 1881-1892-yillarni, ikkinchi bosqich, 1893-1900-yillarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda qishloq xo‘jaligi jahon agrar inqirozidan katta zarar ko‘rgan edi. 1891-1892-yillarda ocharchilik yuz berdi. Temir yo‘l qurilishi qisqarib ketgan bo‘lsa-da, og‘ir sanoat o‘sadi. Donetsk havzasi va Krivoy Rog o‘rtasida bunyod qilingan temir yo‘l metallurgiyaning rivojlanishiga yordam berdi.
=== Taqdimot 5 ===
Ikkinchi bosqichda Rossiya tarixida katta sanoat yuksalishi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmoqlari qatori og‘ir sanoat o‘sdi. 90-yillarda mamlakat xo‘jaligi ham iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda bank kapitalining roli oshib ketdi. 90-yillardagi sanoat yuksalishi davri umuman olganda  Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy tarixida
yangi davrni boshlab berdi.
1880-90 – yillarda shuningdek, qishloq xo‘jaligi  ham taraqqiy etdi. G‘alla narxining pasayishi to‘xtadi. Qishloq xo‘jalik taraqqiyotining ikkita xususiyati bor edi:
=== Taqdimot 6 ===
Birinchidan, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi “Prusscha yo‘l” dan borayotgan edi. Ikkinchidan, dunyo bozorida g‘alla narxining pasayib borishi Rossiya qishloq xo‘jaligiga qattiq tata’siro‘rsatadi. 70-yillardan 90-yillargacha qishloq xo‘jaligidagi ahvol agrar inqiroz nomini oladi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chetga chiqarish o‘sa boradi. Biroq, g‘alla asosiy chetga chiqariladigan qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘lib qolaverdi.
1880-90-yillarda Qozog‘iston cho‘llariga asosan rus va ukrain dehqonlarini ko‘chirish dehqonchilikning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
=== Taqdimot 7 ===
Rossiya qisqa vaqtda 1898-1901-yillarda neft qazib chiqarish bo‘yicha AQSH dan o‘tib ketdi va dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Chet elga asosan kerosin chiqarilardi. Yuksalish yillarida cho‘yan eritish uch barobar oshdi. Metall eritishda dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Sanoat yuksalishi yillarida mashinasozlik taraqqiy etdi. 80-yillarda mashinasozlik, temir va metallurgiya sanoati yuksalgan bo‘lsa, 90-yillarda bu o‘sish temir yo‘l, parovoz va vagonsozlikda davom etdi.
Ayni paytda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi vujudga keldi. Shu bilan birga hali chet eldan ko‘plab qishloq xo‘jaligi mashinalari keltirish davom etar edi.
=== Taqdimot 8 ===
1890-yillarda iste’mol buyumlari ishlab chiqarish og‘ir sanoatga Bu davr Rossiyaga chet el kapitali juda ko‘p solinganligi bilan xarakterlanadi, ya’ni bu ko‘rsatkich uch barobar oshib, XX asr boshlariga kelib 911 mln. rublga yetdi. Ayniqsa, Fransiya, Belgiyaning kapitali ko‘plab kirib kelgan. Chet el kapitalining asosiy qismi ko‘mir, metallurgiya, neft sanoati va mashinasozlikka sarflandi.
Rossiya sanoatida ishlab chiqarish yiriklashdi va ichki jihozlar bilan uskunalandi. 80-yillarda 1-sindikat bitimlari tuzildi. Masalan, 1886-yilda mix sindikati, 1887-yilda qand sindikati tuzilgan. Ular Rossiyadagi monopoliyalar taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo‘lgan.
=== Taqdimot 9 ===
XX asrga kelib monopolistik birlashmalar tashkil topishi jarayoni kuchaydi.
Metallurgiyada-“Prodamet”, “Truboprodaja”, uysozlikda “Krovlya”, rangli metallurgiyada – “Med”, ko‘mir sanoatida – “Produgol” sindikati, neft sanoatida – “Nobel-mazut” karteli, tog‘-kon sanoatida “Prodrud” sindikati (1907), temir yo‘l sohasida “Prodparovoz”, “Prodvagon” (1901) kabi monopoliyalar paydo bo‘ldi.
1909-yilda 45 sanoat tarmog‘ida 140 ta monobirlashma bor edi. Ularning eng yirigi “Prodamet” va “Produgol” edi.
Rus sanoatiga qo‘yilgan chet el sarmoyalari orasida fransuzlar 1-o‘rinda turgan, undan so‘ng inglizlar, nemislar turganlar.
=== Taqdimot 10 ===
Rossiyada yuz bergan bozor munosabatlariga o‘tish bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlar dvoryanlarning iqtisodiy ahvoliga putur yetkazdi. Pomeshchiklarning olgan vikuplari ham sarflanib ketdi. Kambag‘allashayotgan dvoryanlar eski feodal tartibni xohlar edilar. Ular Chorizmning tayanchi edilar. Rossiya monarxiyasi feodal-dvoryanlar davlati edi.
Korxonalarda ish soatlari 12-13, to‘qimachilikda esa 13-14 soatni tashkil etardi. Kavkaz, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo ishchilari ahvoli yanada og‘ir edi. Ayni paytda ishchilar manfaatlari uchun kurashadigan harakat yuzaga keldi.
=== Taqdimot 11 ===
Ayni paytda ishchilar manfaatlari uchun kurashadigan harakat yuzaga keldi. 1883-yilda G. V. Plexanov “mehnatni ozod qilish guruhi” ni tuzdi. Xuddi shunday guruh sankt-peterburgda bolgar talabasi dmitriy blagoev tomonidan tuzilgan edi. 1885-yili P.Tochisskiy guruhi ham faoliyat ko‘rsatgan. Brusnev guruhi ham ishchilarning himoyachisi bo‘lgan. Shuningdek 80-90-yillarda ijtimoiy harakat milliy o‘lkalarga ham yetib bordi va Ukraina, Bo‘liqboyi, Kavkaz orti, O‘rta Osiyoga tarqaldi. Bu harakat o‘rta osiyoda jadidchilik ko‘rinishida namoyon bo‘ldi.
=== Taqdimot 12 ===
1904-yilda ijtimoiy harakat Piterda qayta jonlandi. 250000 ishchi bo‘lgan poytaxt fuqarolari urushga qarshi qo‘zg‘aldi.
1905-yil 9-yanvar kuni yuz minglab ishchilar xotin-bolalarini olib, podshohga arz qilishga jo‘nadilar. Ammo imperator ularni o‘q bilan qarshi oldi. 5000 dan ortiq kishi o‘ldi va yarador bo‘ldi. “Qonli yakshanba” deb tarixga kirgan bu xunrezlikdan butun mamlakat ishchilari, Moskva, Riga, Varshava, Boku va boshqa joylarda ish tashladilar.
=== Taqdimot 13 ===
XIX asr oxirida Rossiyaning G‘arb davlatlari bilan munosabatlari yomonlashdi. Rossiyaning tashqi siyosatdagi abro‘siga  putur etgan, harbiy qudrati zaiflashgan edi. Xalqaro munosabatlarda, Yevropa siyosati masalalarini hal etishda Rossiyaning roli pasaya boshladi. Bunga sabab Rossiyani Bolqon yarimorolidagi ustunligidan mahrum etilishi bo‘ldi.
Qora dengiz va Bolqon masalasi Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatlarning bosh sababi Serbiya-Turkiya urushi 1876-1877 yillar tugab, 1877-yil fevralida Turkiya bilan tuzilgan sulh shartnomasiga Serbiya imzo qo‘ydi. Chernogoriya esa urushni davom ettirdi. Mart oyida G‘arb davlatlari Rossiyaning tashabbusi bilan Turkiyaga armiyada demobilizatsiya va islohotlar o‘tkazishni taklif qildilar.
Rossiyaning tashqi siyosati
=== Taqdimot 14 ===
Rossiya aynan bir vaqtda demobilizatsiya o‘tkazish haqida munozara boshlash uchun Peterburgga Turkiyadan o‘z vakillarini yuborishni va Bolgariya, Bosniya, Gertsegovinaga ozodlik berishni so‘radi. Ammo Turkiya bu taklifni rad qildi. 1877-yil 12-aprelda Aleksandr II Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi. Plevna va Shipka uchun bo‘lgan janglar ayniqsa, shiddatli bo‘ldi. Usmon poshsho 43 ming turk soldati va ofitseri bilan taslim bo‘ldi. Dekabr oyida Turkiyaning ahvoli og‘irlashdi. 2-dekabr kuni Serbiya unga qarshi urush boshladi. Chernogoriyaliklar bir qancha muvaffaqiyatga erishdilar va 23-dekabrda Sofiyani ishg‘ol qildilar.
=== Taqdimot 15 ===
1878-yil yanvarda butun front bo‘ylab rus qo‘shinlarining umumiy hujumi boshlandi. Turklarning Sulaymon poshsho qo‘mondonligidagi qo‘shinlari tor-mor qilindi. Qarshilik ko‘rsatishga kuchi qolmagan Turkiya sulh so‘rashga majbur bo‘ldi. Yarash sulhi tuzilgandan keyin rus armiyasi Istanbulga qarab yurishni davom ettirdi. Bu esa Turkiyani bosib olinishidan xavotirlangan Angliya va Avstriya-Vengriyani tashvishga soldi. Ular sulh tuzishni talab qildilar, ayni paytda ingliz floti Marmar dengiziga kiritildi, bunga qo‘shimcha ingliz hukumati Rossiya bilan “diplomatik aloqani uzamiz” deb do‘q urdi.
=== Taqdimot 16 ===
Rossiyaning ahvoli ham yaxshi emas edi, armiya bazalaridan uzoqlashib ketgan qurol-yarog‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak tanqisligi vujudga kelgan, turli kasalliklar avj olgan bir sharoitda Rossiya sulh tuzishga rozi bo‘ldi. 1878-yil 19-fevralda San-Stefanoda sulh tuzildi.
Sulhga muvofiq Turkiya hukmronligi ostidagi ko‘plab xalqlar ozodlikka erishdilar. Bu masala ikkinchi marta 1978-yil iyunda Berlin kongressida qayta ko‘rib chiqildi. Ruminiya, Serbiya, Chernogoriya, Bolgariya mustaqil bo‘ldi. Rossiya, Janubiy Ukraina, Bessarabiya, Qrim, shimoliy-G‘arbiy Kavkaz, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylari, janubiy-g‘arbiy Gruziya, shimoliy Armanistonga ega bo‘ldi.
=== Taqdimot 17 ===
XIX asr 70-yillari boshida Rossiya-Yaponiya munosabatlari yaxshi edi. Hatto ruslar yaponlarga qarshi AQSH-Angliya-Fransiya ekspeditsiyasida ishtirok etmadi. Rossiya Saxalingga egalik qilish uchun harakat qilardi. 1875-yil aprelda Peterburgda Saxalingga egalik qilish uchun, Kuril orollarini Yaponiyaga berish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Ammo XIX asr oxiri XX asr boshidagi kapitalistik mamlakatlar o‘rtasidagi dunyo bozorlari uchun kurash bu ikki davlatni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘ydi.
Rossiya-Yaponiya o‘rtasida urush xavfi paydo bo‘ldi. Chor hukumati Manjuriya va Xitoy masalasida yon berishiga qaramay Yaponiya muzokaralarni to‘xtatib, 1904-yil 24-yanvarda urush boshladi.
=== Taqdimot 18 ===
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi bu urush Yaponiyaning Rossiyaga qarshi urushini manfaat deb bilgan davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli sodir bo‘ldi.
Urush adolatsiz, talonchilik, bosqinchilik urushi bo‘lib, u asosan Xitoy va Koreya hududida avj olib ketdi.
Chor Rossiyasi urushga tayyor emasdi. Uzoq sharqda uning 100000 ga yaqin qo‘shini bo‘lib, Vladivostok va Port-Arturda taxminan bittadan diviziya turardi xolos.
=== Taqdimot 19 ===
Yaponiya ham ancha zaif edi. Biroq uni Angliya va AQSH quvvatladi.
Yaponiya asosan dengiz janglarida, to‘satdan hujum orqali ustunlikka erishdi, masalan, Port-Arturga 1904-yil 27-yanvar kechasi hujum qilib, ikkita brononsets va bir kreyserni portlatdilar, ertasi kuni admiral Togo eskadrasi shaharni bombardimon qildi, 17-iyuldan boshlab qamal qilindi va qamal 157 kun davom etdi. General R.I. Kondratenko boshliq himoyachilar yaponlarning generali Nogi boshliq armiyasi hujumlarini barchasini qaytardilar.
1905-yil fevralda general Nogi Mukdenga hujum boshladi. Bu jangda ham ruslar yengildi.
=== Taqdimot 20 ===
1905-yil 15-maydaa Susima yonidagi jangda rus floti tor-mor qilindi. “Varyag”, “Admiral Makarov” va boshqa rus kemalarining matroslari mardlarcha jang qilishiga qaramasdan, Rossiya urushda to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda norozilik boshlandi.
Rossiyaning ichki va tashqi siyosatidagi ahvoli yomonlashdi. Chorizm Germaniya bilan yaqinlashishga intildi.
1905-yil mayda Port-Smutda sulh imzolandi. Unga ko‘ra Rossiya Port-Arturva Dalniy portlaridan, sharqiy Xitoy temiryo‘li va Saxalinning janubidan mahrum bo‘ldi.
=== Taqdimot 21 ===
Rus hukmron doiralarining zulmi ko‘p millatli Rossiya xalqlari yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushdi. Chorizm milliy madaniyat muassasalarini yo‘q qilib, “ruslashtirish” siyosatini o‘tkazdi.
Polshada milliy bank yo‘q qilindi, u “Visla bo‘yi banki” deb ataladigan bo‘ldi. Maktablargina emas, butun ma’muriy tashkilotlar “ruslashtirildi”.
Finlyandiyada Fin pochtasi tugatildi.
Ruslashtirish siyosatiga zo‘r berildi. Hatto Buxoro va Xivaning man-man degan amaldorlari Rossiyaga borib, o‘qib kelishga majbur qilingan edi, “Rus-tuzum” maktablari tuzildi, ularda rus dasturi va tili asoslarida to‘lim berilardi.
=== Taqdimot 22 ===
Umuman XIX asr oxiri va XX asr boshidagi ahvolga nazar tashlarkanmiz, jahon maydonida eski kuchlar o‘rnini Yangilari egallaganini ko‘ramiz, jumladan, ilgari iqtisodiy baquvvat va ilg‘or bo‘lgan davlatlardan Fransiya, Angliya, yosh davlatlar – Germaniya, AQSH, Yaponiya tomonidan qisib qo‘yila boshlandi.
Natijada, yuqorida qayd etilganidek, Angliya-Fransiya davlatlari 1904-yilda bir-biri bilan yaqinlashdilar.
1907-yil 13-avgustda Peterburgda Rossiya bilan Angliya o‘rtasida Eron, Afg‘oniston, Tibetdagi manfaatdor doiralar chegaralarini belgilash to‘g‘risida bitim imzolandi.
=== Taqdimot 23 ===
Angliya-Rossiya bitimidan ko‘zlangan maqsadlardan biri Osiyo xalqlarining o‘sib borayotgan ozodlik harakatiga qarshi, eng avvalo, Eron inqilobiga qarshi kurashmoq uchun ingliz-rus kuchlarini birlashtirish edi.
1907-yili ularga Fransiya ham qo‘shildi. Bu bitim Yevropaning bir-biriga qarshi turgan ikkita harbiy-siyosiy blokka “Antantaga”-Rossiya, Angliya, Fransiya va ularning ittifoqchilari Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiyaga bo‘linishini tugalladi. Bu birinchi jahon urushiga olib borgan yo‘ldagi “muhim” bosqich bo‘ldi. shunday qilib Rossiya birinchi jahon urushiga tayyorlana boshladi.
=== Taqdimot 24 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar