=== Taqdimot 1 ===
ALISHER NAVOIY LIRIK MEROSI. “XAZOYINU-L MAONIY” – LIRIK QOMUS SIFATIDA
=== Taqdimot 2 ===
1. “Ilk devon”iga tavsif. Oqquyunlilar saroyi devoni haqida
2. Dastlabki rasmiy devonlar. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining yaratilish tarixi.
3. Kulliyotning tarkibiy tuzilishi.
4. “Xazoyin ul-maoniy”ga kirmay qolgan she’rlar.
5. Navoiyning forsiy she’rlari haqida umumiy ma’lumot.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
45 ming misraga yaqin turkiy tildagi, 12 ming misradan ortiq fors-tojik tilidagi she’rlar
Musulmon Sharqi she’riyati tarixini Alisher Navoiy lirikasisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Shoirning lirik merosi о‘zigacha yaratilgan fors-tojik va turkiy she’riyatning davomi bо‘lish bilan birga barcha zamonlardagi о‘zbek she’riyatining eng yuksak chо‘qqisi hamdir.
=== Taqdimot 4 ===
I
Ilk devon
1465-1466
Alisher Navoiyning turkiy tildagi she’riyati
II
Oqquyunlilar devoni
1471
III
Badoye’u-l-bidoya
1470-1480
IV
Navodiru-n-nihoya
1480-1490
V
1492-1498
Xazoyinu-l-maoniy
=== Taqdimot 5 ===
1465-1466-yillarda “xattotlar sultoni” nomi bilan mashhur bо‘lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta’liq xatida kо‘chirilgan.
391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas – jami 434 she’r
“Devon”ni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlangan.
=== Taqdimot 6 ===
Navoiyshunos olim Aftondil Erkinov jahon qо‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni о‘rganish asnosida 2012-yilda Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qо‘lyozmasini aniqlab, fanga ma’lum qildi.
=== Taqdimot 7 ===
Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan о‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bо‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunlilar devoni” nomi bilan yuritilmoqda. Oqquyunlilar devoni hozirda Misrning Kohira shahrida saqlanmoqda.
=== Taqdimot 8 ===
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she’rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bо‘lgan Sheroz shahrida kо‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she’r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarje’band.
=== Taqdimot 9 ===
Oqquyunlilar saltanatining asosiy aholisi о‘g‘uz turklari bо‘lgani uchun mazkur qо‘lyozmada Navoiy she’rlari о‘g‘uz lahjasiga moslashtirilib kо‘chirilgan. Masalan, Navoiyning mashhur g‘azali matla’si ushbu devonda quyidagi holatda uchraydi:
Mehr chо‘x kо‘rsatdim, ammo mehribone dopmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone dopmadim
=== Taqdimot 10 ===
Alisher Navoiy devonni g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 harf emas, balki 32 harf (chim, je, gof va lom-alifni ham qо‘shgan holda) bilan tugallash, g‘azallarni devonga joylashtirishda Allohga hamd yoki Payg‘ambarga na’t bilan boshlash, g‘azallarga ma’rifat va mav’iza mavzulariga doir baytlar kiritish, g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borish va albatta devonga janr jihatdan rang-barang she’rlarni kiritishni nazarda tutadi.
=== Taqdimot 11 ===
“Badoye’u-l-bidoya” devoni
11 janrga oid jami 1046 ta she’r mavjud.
g‘azal – 777
musaddas – 2
ruboiy – 85
tuyuq – 10
mustazod – 3
tarji’band – 3
lug‘z – 10
fard – 53
muxammas – 5
qit’a – 46
muammo – 52
=== Taqdimot 12 ===
Ikkinchi rasmiy devoni “( 1480-1490) “Navodiru-n-nihoya” (“Behad nodirliklar”) Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan kо‘chirilgan, unda 862 she’r bor.
=== Taqdimot 13 ===
1980-yillar oxirida Suyima G‘aniyeva ushbu devonning Navoiy muhri bosilgan notugal surat – nusxasini Eron Islom Respublikasidan olib keldi va “Navoiy dastxati” nomi bilan 1991- yilda e’lon qilindi.
=== Taqdimot 14 ===
Alisher Navoiy 1492-1498- yillarda “Xazoyinu-l-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) nomli yirik kulliyot , “Chor devon”ini yaratdi.
7-8 yoshdan 20 yoshgacha bо‘lgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini “G‘aroyibu-s-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”)
20 yoshdan 35 yoshgacha bо‘lgan davrni inson umrining yozi “Navodiru-sh-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”)
35-45 yoshni umrning kuzi “Badoye’u-l-vasat” (“О‘rta yosh gо‘zalliklari’)
45-60 yoshini umrining qishiga о‘xshatib, “Favoyidu-l-kibar” (“Keksalik foydalari”)
=== Taqdimot 15 ===
Shoirning forscha she’rlari “Devoni Foniy“ning bir necha nusxasi
2 Parij
Bu nusxalar orasida Parijdagi 285 raqamli qо‘lyozma nisbatan mukammal hisoblanadi.
1 Tehron
2 Turkiya
2 Hirot
=== Taqdimot 16 ===
Botir Valixо‘jayev “Devoni Foniy” nusxalarini о‘rganib chiqib, ulardagi she’riy janrlar miqdorini quyidagicha deb kо‘rsatadi: 10 qasida, 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 marsiya, 72 qit’a, 73 ruboiy, 16 ta’rix, 373 muammo, 9 lug‘z. Ularning miqdori 1109 ta va umumiy hajmi 6179 bayt.
=== Taqdimot 17 ===
Alisher Navoiyning barcha she’riy merosi 9 devonda jam bо‘lgan bо‘lib, ularning ikkitasi ixlosmandlari tomonidan tuzilganligi Navoiy she’rlariga hamma davrlarda, xususan о‘z davrida ham yuqori darajada ehtiyoj bо‘lganligidan darak beradi.
=== Taqdimot 18 ===
Alisher Navoiy g‘azallarini mavzusiga kо‘ra shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Ishqiy mavzudagi g‘azallar
Tasavvufiy falsafiy mavzudagi g‘azallar
Ijtimoiy mavzudagi g‘azallar
Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar
Hajviy mavzudagi g‘azallar.
=== Taqdimot 19 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuztib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.