VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Voleybolchilar o‘yin tehnikasini o‘rgatish va takomillashtirish uslubiyati
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
O‘yin texnikasi haqida qisqacha tushuncha
Holat va harakatlanish texnikasini o‘rgatish.
Hujumkor zarba texnikasini o‘rgatish.
=== Taqdimot 3 ===
Voleybol 1895-yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusеts shtatidagi Хоliоk shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastоr Villam Mоrgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. 1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfrеd Хalstеd bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Vоlеybоl” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” dеgan ma’nоni bildiradi. 1897-yilda tatbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qоidalari quyidagicha edi: Maydoncha chegaralari 7,6 х 15,1 m. To‘rning o‘lchamlari 0,65 х 8,2 m, balandligi 198 smTo‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm, o‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.
Voleybol o‘yinining vujudga kelishi, uning dastlabki qoidalari
=== Taqdimot 4 ===
Voleybol jamoaviy o‘yin turlariga mansub bo‘lib, o‘yinda ikki jamoaning har birida 6 kishi bo‘lishi shart. Zaxiradagi o‘yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo‘lishi mumkin. O‘yinchilarning sport kiyimi – futbolka, trusi va shippak. O‘yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to‘rning balandligi quyidagicha bo‘ladi:
Voleybol o‘yini haqida umumiy tushuncha
=== Taqdimot 5 ===
O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘lib, har bir partiya 25 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 25:25 bo‘lsa, o‘yin 27 ochkogacha davom etadi. So‘nggi partiya (3- va 5-)da o‘yin hisobi “taym-brak” asosida olib beriladi. Ya’ni o‘yindagi har bir harakat natijasiga qarab to‘pni o‘yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo‘lishidan qat’iy nazar jamoaga mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o‘yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. O‘yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar: To‘pni o‘yinga kiritishda: agar irg‘itilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri “qo‘ldan” urilsa; To‘pni o‘yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to‘p irg‘itilsa-yu, lekin urilmasdan tanaga tegsa va hokazo; To‘pni uzatishda: to‘p kaftga tegsa – ilib otilsa, ikki qo‘l ketma-ket tegsa yoki ham tanaga, ham qo‘lga tegsa va hokazo;
=== Taqdimot 6 ===
Voleybol maydon o‘lchami –9 х 18 m, to‘r bilan ikkiga ajratilgan ( to‘rning balandligi 2,43 m – Erkaklar uchun va  2,24 m) qizlar uchun.Maydon oldingi va orqa zona podachi – 3-8 m. Erkin bo‘sh maydon – 3-5 m. Zaxiradan o‘yinga tushadigan maydon.
Voleybol maydonining o‘lchami
=== Taqdimot 7 ===
=== Taqdimot 8 ===
O‘lchami: Aylanasi – 65-67 sm
To‘pning og‘irligi -270-280g.
To‘p ichidagi bosimi 0,30 do 0,325 kg/sm².
Voleybol to‘pining o‘lchamlari
=== Taqdimot 9 ===
Futbolka
Spоrtivni shоrti
Noski
Krossovka
Nakalеnik tizzani shikastlanishini oldini oladi.
Voleybolchilarning sport kiyimi (forma)
=== Taqdimot 10 ===
Voleybol – jamoaviy o‘yin. Voleybol ikki jamoa  o‘rtasida o‘tkaziladi. O‘yin jarayonida har bir jamoada 6 nafar sportchi ishtirok etadi. Maqsadi – qo‘l kuchi yordamida to‘pni to‘r ustida qarama qarshi tomonga yo‘naltirish va raqib jamoasining maydoniga tushirish. O‘yin 5 bolimdan iborat bo‘lib har bir o‘yinga kiritilgan to‘pdan bir ochko yutgan jamoa qo‘lga kiritadi. O‘yin jarayonida hisob 4-bo‘limda 2×2 qayd qilinsa 5-bo‘lim hisob 15 dan qayt qilinadi. Undayam hisob 14×14 ga teng bo‘lsa 2 to‘p nisbatigacha davom ettiriladi. Topni o‘yinga kiritish 1-zonadan amalga oshiriladi va to‘p to‘r ustidan o‘tishi shart. Asosiy hujum zonasi 4-3-2 topni sakragan holda to‘r ustidan zarb bilan amalga oshiriladi.
O‘yin qoidalari
=== Taqdimot 11 ===
O‘yin texnikasi
Hujumkor
zarba
Yiqilyotib to‘pni qabul qilish
To‘pni qabul qilish
To‘siq qo‘yish
To‘pni o‘yinga kiritish
To‘pni sherigiga uzatish
Shiddat
Texnika
=== Taqdimot 12 ===
Oyoqlar yelka kengligida joylashgan va tizzalar bukilgan, qo‘llar oldinda.
Bir oyoq oldinda, bir oyoq orqaroq turadi.
Gavda oldiga egilgan bo‘ladi.
Turish holati qanchalik past bo‘lsa, gavda shunchalik oldinga egilgan bo‘ladi.
Qo‘llar bilak suyaklariga qisilgan bo‘ladi.
Voleybolchilarning turish holati
Yuqori turish holati
O‘rtacha turish holati
=== Taqdimot 13 ===
Yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatish o‘yinning asosini tashkil etadi. Hujumchilarning o‘zaro harakati hujumni tezlashtirish va to‘siqni buzish.
Bu turli kombinatsiyalarni texnikaviy bajarish imkonini beradi, xuddi shunday to‘r ustidan o‘yin tashkil qilinadi.
Yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatish
=== Taqdimot 14 ===
Yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatish texnikasi.To‘p mustahkam turish holati va qabul qilishga ulgurish, oyoqlar va qo‘llar bukilgan qo‘l barmoqlari uchi bilan to‘pni zarur yo‘nalishga uzatish.Ikkinchi to‘pni qabul qilishda qo‘lning kaft qismi bilan qabul qilish va uzatish mumkin emas. Bu o‘yin qoidasini buzish hisoblanadi.
Yuqorida ikki qo‘llab to‘p uzatishni bajarish texnikasi
=== Taqdimot 15 ===
To‘pni to‘r ustidan sakrash orqali uzatish texnikasini bajarish. Tezlanish yugurish (1-2 qadam bilan sakrash orqali bajarish). To‘p uzatishda sakrashning yuqori nuqtasida qo‘llarni faol bukilish va yozilishi orqali bajariladi.
Sakrab to‘r ustidan to‘p uzatish texnikasini bajarish
=== Taqdimot 16 ===
To‘p uzatishni bajarishda qo‘l bilan to‘pni turli yo‘nalishlarga uzatish amalga oshirildi. Qo‘llar doimiy bir tutilishi kerak. Agar bir yelka oldinda bo‘lsa to‘pning yo‘nalishi o‘zgaradi.
Pastdan ikki qo‘llab to‘p qabul qilish va uzatishni bajarish texnikasi.
=== Taqdimot 17 ===
Qo‘lning to‘p bilan uchrashuv holati boshning yuz qismidan boshlanadi.To‘pni uzatish bilaklar egilish hisobiga bajariladi va orqaga harakat bir vaqtni o‘zida egilish ko‘krak va bel qisimlarida boshlanadi.
Maqsadga muvofiq orqa tomon bilan turgan holda to‘p uzatish texnikasi
=== Taqdimot 18 ===
Bu vaziyat aynan voleybol bilan yangi shug‘ullanayotganlarda uchraydi, bzn to‘r oldiga to‘p tushirilganda.
To‘pni musht bilan qabul qilish texnikasi.
=== Taqdimot 19 ===
To‘r oldida yon tomon bilan turish zarur, (o‘ng tomondan kelsa o‘ng qo‘l bilan chap tomondan kelsa chap qo‘l bilan) ba’zan qo‘lning orqasi bilan. Bunda sakrashni hisobga olish zarur, to‘pni to‘r ustida kutib olish uchun.
To‘r ustidan bir qo‘llab to‘p qaytarish texnikasi
=== Taqdimot 20 ===
Voleybol o‘yini to‘pni o‘yinga kiritishdan boshlanadi.Ushbu usul orqali to‘p o‘yinga kiritiladi. To‘pni o‘yinga kiritishsiz musobaqa o‘tkazish mumkin emas.Jamoa qachon hisobni qo‘lga kiritishi mumkinki, to‘p o‘yinga kiritilgandan keyin qaysidir jamoa xatolikka yo‘l qo‘yganda. (Pastdan to‘g‘riga kiritish, Yondan to‘g‘riga kiritish va yuqoridan to‘g‘riga uzatish)
To‘pni o‘yinga kiritish
=== Taqdimot 21 ===
Dastlabki holat – Maydonga to‘g‘ri turish, tizzalar bukilgan, chap oyoq oldinda, gavda oldinga egilgan. Chap qo‘l bilak qismidan bukilgan, to‘pni belning to‘g‘risida tutish. O‘ng qo‘l orqada to‘pga zarba berish holatida. To‘pni yuqoriga 20-30 sm ga uloqtirish va to‘pning tag qismiga zarba berish.To‘pni to‘r ustidan raqib jamoasi maydoniga to‘g‘ri yo‘naltirish.
Pastdan to‘g‘riga to‘pni o‘yinga kiritish.
=== Taqdimot 22 ===
Dastlabki holat – Maydonga to‘g‘ri turiladi chap oyoq oldinda.O‘ng yelka oldinda to‘pni chap qo‘l bilan yuqoriga uloqtiriladi. Tana orqaga engashtiriladi va orqa tomonda turgan oyoq bukiladi, o‘ng qo‘l bilan yuqoridan zarba beriladi.
Yuqoridan to‘g‘riga to‘pni o‘yinga kiritish texnikasi
=== Taqdimot 23 ===
Himoyachi orqa zonada harakatlanadi, raqib tomonidan maydonga yo‘naltirilgan to‘pni o‘z maydoniga tushmasligini ta’minlashi kerak. To‘pni muvaffaqiyatli qabul qilgandan keyin yana himoya maydonida bolishi kerak. Libero o‘yinchisi hujum qilish huquqiga ega emas. Libero o‘yinchisining sport kiyimi o‘z jamoasining sport kiyimidan  farq qilishi kerak. To‘pni qabul qilish yuqoridan va pastdan amalga oshiriladi.
To‘pni qabul qilish (libero)
=== Taqdimot 24 ===
Gavda oldinga yengil egilgan, qo‘llar to‘g‘riga oldinga cho‘zilgan, bilaklar bir biriga birlashtirilgan va pastga cho‘zilgan. To‘pni qabul qilish birlashtirilgan bilaklarning ichki qismida qabul qilinadi. Qabul qilish vaqtida bilaklar bukilmasligi kerak. To‘pning tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘pni kutib oluvchi qo‘l harakatlari ham shunchalik harakatlanishga tayyor bo‘lishi kerak.
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish jarayonini bajarish texnikasi
=== Taqdimot 25 ===
Qachonki to‘p pastdan va to‘pga yetolmaydigan vaziyatlarda keng qo‘llaniladi.
( Bir qo‘l bilan navbatdagi yiqilishda va dumalanish bilan, bir qo‘l bilan oldinga yiqilishda va qaldirg‘och usulida (lastichka)
Yiqilayotib to‘pni qabul qilish texnikasi
=== Taqdimot 26 ===
Bu usul ko‘proq qizlar jamoalarida qo‘llaniladi. Maydonda  joylashgandan keyin to‘pga yetib qabul qilish uchun gavda bukilib, to‘p tomonga qo‘llar cho‘ziladi va tayangan holda to‘pni urish bajariladi keyin boldir bilan maydonga qo‘niladi va orqaga dumalanish bajariladi.
Bir qo‘l bilan boldir va orqa qism bilan dumalanish orqali to‘pni qabul qilish texnikasi
=== Taqdimot 27 ===
Asosan bu usulni o‘rta yoshli voleybolchilar keng qo‘llaydilar. Voleybolchi suvga sho‘ng‘iyotgani to‘p ortida bo‘lib, to‘pni uloqtirgandan keyin maydonga qo‘l tegadi va ko‘krak maydonga teggandan keyin qo‘llarni   egish hisobiga (amatsizatsiyalashtiriladi) oyoq tizzalari egiladi, gavda orqaga egilishda bo‘ladi, qo‘llar bilan oldinga itarilgach oldinga sirpanoladi.
To‘pni bir qo‘l bilan qabul qilish va keyingi harakat  ko‘krak va qorin qismida siljish orqali to‘pni qabul qilish texnikasi.
=== Taqdimot 28 ===
Bu hujumni yakunlashda eng mmuvaffaqiyatliuslub, aynan shu usul jamoani ko‘proq g‘alabaga  etaklaydi.
Hujumkor zarba
=== Taqdimot 29 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar