VI-XI ASRLARDA ARABLARNING IJTIMOIY TUZUMI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
VI-XI asrlarda arablarning ijtimoiy tuzumi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Islomning paydo bo‘lmasdan ilgari Arab xalqlari
=== Taqdimot 4 ===
Arablar tarixi odatda uch davrga :
1) Makka-Madina davriga Islom dini paydo bo‘lmasdan ilgari Arabiston va islom dinining paydo bo‘lish davriga (VI-VII asrlar); 2) Damashq (Suriya) davriga – Ummaviylar dinastiyasining idora qilish davriga (661-750) va
3) Bog‘dod (Eron-Mesopotamiya) davriga – Abbosiylar sulolasining idora qilish davriga (750-1055) bo‘linadi; Abbosiylar sulolasining idora qilish davri xalifaliklarning turklar tomonidan bosib olinishi bilan tugadi.
=== Taqdimot 5 ===
Arab xalifaliklarning turli siyosiy markazlari bilan bog‘liq bo‘lgan bu uchta xronologik davriga arab feodalizmining rivojlanishi ham asosan muvofiq keladi. Birinchi davrda arab jamiyatida feodallashuv jarayoni endi boshlanayotganligi namoyon bo‘ladi. Ikkinchi va xususan, uchinchi davrda Yevropa feodalizmining fe’l-atvorli xususiyatlari tarkib topdi.
=== Taqdimot 6 ===
Hudud jihatidan Yevropaning to‘rtdan bir qismiga teng keladigan juda katta yarim orol bo‘lmish Arabiston yarim orolining ko‘p qismi suvsiz cho‘l va sahrolardan iboratdir, ammo dehqonchilik qilish mumkin bo‘lgan yeri ozdir. Shuning uchun Arabiston aholisining ozchilik qismigina o‘troq hayot kechirar va dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi. Arablarning ko‘pchiligi esa ko‘chmanchi badaviylardan iborat bo‘lib, qo‘y, echki va tuya boqar edi.
=== Taqdimot 7 ===
Arablarning ko‘pchiligi esa ko‘chmanchi badaviylardan iborat bo‘lib, qo‘y, echki va tuya boqar edi. Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay bo‘lgan o‘lkasi janubiy – g‘arbiy viloyat – Yaman yoki “baxtli Arabiston” bo‘lib, bu yerda qadim zamonlardayoq muttasil ravishda birining o‘rnini ikkinchisi olib kelgan bir necha yirik quldorlik davlati bor edi.
=== Taqdimot 8 ===
Xijozning (yarim orolning Qizil dengiz bo‘ylab cho‘zilib ketgan qambar qismining) esa faqat ayrim vohalaridagina dehqonchilik qilish mumkin edi. Yarim orolning eng katta qismi Najd sug‘oriladigan yerlari juda kam bo‘lgan g‘oyat katta yassi tog‘likdan iborat bir joy bo‘lib, faqat chorvachilik uchungina yarar edi.
=== Taqdimot 9 ===
VI-VII asrlardagi arablarning ijtimoiy tuzumida hali urug‘chilik belgilari kuchli edi. Arablar ko‘chmanchi (badaviy) arablar ham o‘troq arablar ham juda ko‘p urug‘ va qabilalarga bo‘lingan edi. Xun olish bor edi. Urug‘ning boyroq a’zolari qurbsizroq qarindoshlariga iqtisodiy jihatdan yordam berishi lozim edi. Har bir qabilaning o‘z diniy marosimi bor edi. Qabila va urug‘larning boshida shayx va saidlar turib, hokimiyat faqat shularning qo‘lida edi.
=== Taqdimot 10 ===
Islom dinining paydo bo‘lishi, mohiyati va xalifalikning dastlabki yillardagi
=== Taqdimot 11 ===
Muhammad(s.a.v)ning eng yaqin vorislari-xalifalar, arab harbiy jamoasining saylab qo‘yiladigan boshliqlari bo‘lib, ular diniy, harbiy va xalq hokimiyatni o‘z qo‘llariga olgan edilar. Ularning qarorgohi Madina shahri edi. Bu xalifalar kelib chiqishlari jihatidan Muhammad(s.a.v)ning qarindoshlari yoki yaqin do‘stlari edi.
=== Taqdimot 12 ===
632-661-yillarda birin ketin xalifalikni Abubakr, Umar, Usmon va Ali idora qildi. Bular ichida ikkinchi xalifaning Umarning
(634-644) idora davri juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Xuddi shu Umar zamonida Arablar Suriyani, Falastinni, Misrni, Eronni bosib oldilar.
=== Taqdimot 13 ===
Arablar bu davrda bir qancha ajoyib g‘alabalarni ko‘lga kiritdi. Ular Suriyada 636-yilda Yormiq daryosi bo‘yida 637-yilda Kadisiya va Nexavan shaharlari 638-yilda Quddus yonida Vizantiyaliklarni 642-yilda qadimiy Yekbatanlar yaqinida eronliklarni tor-mor keltirdi. Arablarning Vizantiya va Eron bilan bo‘lgan jangida katta muvaffaqiyatlarga erishuvi ularni ruhlantirib, Yangi istilolar qilishga ruhlantirdi.
=== Taqdimot 14 ===
Hukmronlikning dastlabki vaqtlarida xalqni soliq bilan uncha qiynamadi. Ular bo‘ysundirilgan aholiga diniy erkinlik va bir qadar siyosiy avtonomiya berdi, idora qilish funksiyasini ko‘pincha mahalliy diniy jamoalarni boshliqlariga topshirdi. Ammo shu bilan birga ular turli yengilliklar berib, aholini musulmonlikni qabul qilishga qiziqtirdilar. Islom dinini qabul qilganlar arablarning o‘zi singari barcha soliqlardan ozod qilindi.
=== Taqdimot 15 ===
Arablarning harbiy boshliqlari bu yerda yashab turib, Suriyadagi yuqori sinfning zeb-ziynatli hayotini tez o‘zlashtirib oldi. Suriyadagi katta yer egalaridan va quldorlardan o‘rnak olib, ularning o‘zi ham yerlarni batamom xususiy mulk qilib tortib ola boshladi, qullar asray boshladi. Bunday arablar uchun “Madina qarilar”ning oddiy patriarxal hayoti maroqsiz va eskirib qolgandek ko‘rinardi.
=== Taqdimot 16 ===
Xalifalikning iqtisodiy yuksalishi va parchalanishi
=== Taqdimot 17 ===
Abbosiylar davrida Old va o‘rta Osiyoning shuningdek, Shimoliy Afrikaning juda keng hududida ma’lum vaqtgacha tinchlik va xavfsizlik qaror topishi natijasida xalifalik iqtisodiy jihatdan g‘oyat taraqqiy topdi. Bu davrda dehqonchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Sholi, paxta, shafran keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlari edi. Juda keng atirgul plantatsiyalari, parfyumeriya (atir-upa yelliklar) uchun maxsus essensiya berar edi.
=== Taqdimot 18 ===
Arablar qimmatbaho nasldor ot va tuylar urchitardilar. Bu yerda jun, ipak va gazlamalar yaxshi navli po‘lat qurol (mashhur Damashq po‘lati) shishalar va oynalardan yasalgan buyumlar zargarlik va attorlik buyumlari ishlab chiqarilardi. Arab savdogarlari yiroq Shimolgacha, Yuqori Volgagacha va hatto Baltika dengizi qirg‘oqlarigacha savdo qilardilar. Arablar savdosida qul savdosi katta o‘rin tutardi. Bu qullar asosan Osiyolik, Yevropaliklardan iborat edi.
=== Taqdimot 19 ===
Arablar hukmronligining ilk davrida ancha yengil tortgan xalifalik mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og‘irlasha boshladi. Dehqonlar qisman natura shaklida (mahsulot bilan) va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar to‘lardi. Amaldorlarning o‘z boshimchaligi va jabr-zulmi dehqonlarning huquqsizligi va himoyasizligi ularni haqiqatda yarim qul holiga solib qo‘ygan edi. Xalifalikda qullarning ahvoli juda og‘ir edi.
=== Taqdimot 20 ===
756-yilda Qurdoba amirligi ajralib chiqqandan keyin (929-yildan boshlab u xalifalikka aylandi) VIII asr oxiri IX asr boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi, IX-asrning o‘rtalarida Misr mustaqil bo‘lib qoldi. (Bu yerda avvalgi tulunlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969-yildan e’tiboran Misrni mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi. IX va X asrlarda Eron ajralib chiqdi, avval Sharqiy Eron (Xuroson), keyin esa, G’arbiy Eron ajralib chiqdi.
=== Taqdimot 21 ===
Bu davlat X asrning boshida qariyb oxirigacha yashadi. Eron turklaridan iborat kuchli G‘aznaviylar davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti G‘azna shahri bo‘ldi. 945-yili Erondagi Shia feodal xonadonlaridan biri bo‘lgan Buiylar xonadoni Bog‘dodni bosib olib, xalifalikni qolgan yerlarini uzoq vaqtgacha idora qildi.
=== Taqdimot 22 ===
1055-yilda saljuq turklardan bo‘lgan To‘g‘rulbek Sulton deb e’lon qilingan. Shundan keyin xalifalar qo‘lida faqat diniy hokimiyatgina qoldi. Mana shunday o‘ziga xos “Sharq papalari” sifatida xalifalar Bog‘dodda uzoq vaqtgacha, mo‘g‘ullar istilosigacha, ya’ni 1258-yilgacha yashab kelgan.
=== Taqdimot 23 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“VI-XI ASRLARDA ARABLARNING IJTIMOIY TUZUMI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar