Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya masalasi
4000 so'm

=== Taqdimot: Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya masalasi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya masalasi
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
2. Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar.
3. Amir Temurning odob-axloqqa oid nasihatlari.
4. Mirzo Ulug‘bekning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlari.
=== Slayd 3 ===
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Temuriylar hukmronligi davrida ta’lim-tarbiya, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shildi va ular hozirda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV asrning 50-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etildi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg‘onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movarounnahrga boshqa o‘lkalardan hunarmandlarni olib keltirdi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
=== Slayd 4 ===
Temurdan so‘ng temuriylar davrida mamlakat Movarounnahr va Xuroson davlatiga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Xirot madaniyati, ilm-fan markaziga aylandi. Shohizinda, Go‘riamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog‘lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samarqand, G’ijdivonda madrasalar qurildi. Bu davlatda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Horazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Xirotda Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi. Ali Qushchi astronomiyaga oid “Risola dar falakkiyot” asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang‘ich bilimlarni bayon etdi.
=== Slayd 5 ===
XV asrda tarix fani rivoj topdi, Xofizu Abru “Zabdan tovara” (Tarixning qaymog‘i) kitobini yozib, unda 1427-yilgacha bo‘lgan voqealarni bayon etdi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib “Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo‘shilish joyi” asarida 1471-yilgacha voqealarni bayon etdi. “Ravzatus safo” asarini yozgan Mirxond, “Habibus siyar” asarini yozgan Xondamir asarining bir qismi Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag‘ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqalar qurildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yo‘llab o‘qitish odat tusiga kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o‘rganib, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va dunyoviy ta’limlardan bilim olardilar.
=== Slayd 6 ===
Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar
“Temur tuzuklari”da o‘zi amal qilgan o‘n bir sifatni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirsak, shuning o‘zi ta’lim-tarbiya sohasidagi g‘oyalarni yoshlarimizni tarbiyalashda tadbirkor bo‘lishdan odamlar bilan maslahatlashib, nozik va tarbiya ko‘rgan aqlli kishilar bilan birga kelishib, e’tiqodli, iymonli qilib tarbiyalashda e’tiborni kuchaytirsak foydadan xoli bo‘lmaydi.
Amir Temur o‘zining o‘n bir sifatiga umr bo‘yi rioya qilgan. Shu tufayli el hurmatiga, xalq e’zoziga va yuksak baxtga sazovor bo‘lgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat, sabr-qanoat va burchga sadoqat kabi sifat fazilatlarni o‘zida paydo qilishda ibrat-namuna bo’la olgan. O‘n bir sifat esa quyidagilardan iboratdir:
=== Slayd 7 ===
Birinchi sifat: “Men sifatlarimning eng avvali deb beg’arazlikni tushunaman. Hamma ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambag’aldan ustun qo‘ymasdim”.
Ikkinchi sifat: “Men har doim islomga qat’iy rioya qildim va Alloh toaloning amri bilan ulug‘langan shaxslarga hurmat bilan qaradim”.
Uchinchi sifat: ”Men kambag‘allarga ko‘p xayr-ehson qildim. Har mojaroni va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni jalb qildim”.
To‘rtinchi sifat: “Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkardim. Bunda birovga ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itarmadim. Qur’ondagi Parvardigorning, Allohning amriga bo‘ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatni o‘rinli farz qili bo‘qib oldim va umr bo‘yi barcha yumushlarda unga amal qildim”.
Beshinchi sifat: “Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qo‘yib keldim. Avval Tangri ibodatini ado etib bo‘lgandan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim”.
=== Slayd 8 ===
Oltinchi sifat: “Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim. Xargiz va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odam bo‘lishlikni va kimsaga jabr yetkazmaslikni angladim”.
Yettinchi sifat: “Doimo o‘zimni Ollohning yerdagi mulkiga posboni deb bildim va Parvardigorning uning noiblarining iznisiz ularni saralar etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqarolarga ham birdek xayriya qilishga intildim, hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo‘lgan voqea menga ibrat bo‘ldi. O‘z fuqarolarining mol-mulkiga nisbatan ochko‘zligi uni halokatga olib keldi”.
Sakkizinchi sifat: “Men har doim Tangrining amrini va uning payg‘ambarlarini, hadislarini to‘la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo‘sinlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o‘zimni tiydim. Payg‘ambar va uning sahobalarini o‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb bildim”.
=== Slayd 9 ===
To’qqizinchi sifat: “Men har doim insof bayrog’ini baland ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men insonlar bir onadan tug‘ilgan deb ishonaman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan davlat buyuk bo’ladi”.
O’ninchi sifat: “Men doimo saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni e’zozladim. Bu kishilarni doim majlislarga chaqirdim. Ularni turli masala yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamisha mendan minnatdor edi”.
=== Slayd 10 ===
Amir Temurning odob-axloqqa oid nasihatlari
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay (1336-1405). Temur shaxsiy masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, bilki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati deyarli o‘rganilmay qolgan edi. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi:
“Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning (ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi”. 1.Mustaqilligimizdan so‘ng esa o‘z milliy qadriyatlarimizni, tariximizni haqqoniy o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
=== Slayd 11 ===
Yurtboshimiz Amur Temur hayoti, faoliyati, qoldirgan buyuk merosiga katta e’tibor berdi. “Istiqlol va ma’naviyat” asarida Temurning qoldirgan katta meros haqida yozadi:
“Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug’ bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar, Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim “Kuch -adolatdadir” degan olamshumul, teran xikmatni o’z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?”.
1. Yurtboshimiz Temur va Temuriylarning biz uchun qoldirgan meroslarini yuksak qadrladi va baholadi.
=== Slayd 12 ===
Temurning qanchalik buyuk zot bo’lganligini uning nomiga qo’shilgan unvonlardan ham ko‘rish mumkin. Uning ismiga Ko’ragon (xon kuyovi yoki ko’rkam, toza urug’dan), “Sohibqiron” (yulduz burjlarining baxtli kelishi (kiron)da tug‘ilgan farzan), (Iskandar, Muhammad payg‘ambar , Temur), “Qutbiddin” (zamona peshvosi), “Abo’lmansur” (zafarmand, g‘alaba qozonuvchi) kabi unvonlar qo‘shilib ulug‘langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo‘lgan. Temur tuzuklarida shunday yoziladi: “Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim”.
=== Slayd 13 ===
Amir Temur odob, axloq iymon-e’tiqod, tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan insonlardan bo’lgan. bunga ishonch hosil qilish uchun sohibqiron haqidagi asarlar, uning o’zi yaratgan tuzuklar va o’gitlarni ko’rish kifoya.
Temur o’gitlarini mohiyat va mazmuniga qarab uyiga guruhlarga ajratish mumkin: a) din va shariat, b) davlat va uni idora etish, v) kengash o’tkazish,
g) podsho va vazirlar. Uning odob-axloqqa oid o’gitlarini quyidagicha guruhlashtirish mumkin.
Adolat va adolatsizlik;
Do’st va dushmanlik;
Muomala va shirinsuxanlik;
So’z va ishning birligi;
Botirlik va qo’rqoqlik.
Amir Temurning o’gitlari odob-axloq borasida dastur to’la oladi. Buning katta tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan pedagogika deyish mumkin.
=== Slayd 14 ===
“Kimki bizning shon-shuhratimizni ko`rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”
Amir Temur
Prezident Islom Karimov Amir Temur Tavalludining 660 yilliga bag’ishlan xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qilmoqda.
=== Slayd 15 ===
=== Slayd 16 ===
“Amir Temur” ordeni
=== Slayd 17 ===
4. Mirzo Ulug’bekning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlari
Mirzo Ulug’bek (1394-1449) O’rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan buyuk siymolardan biridir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov Ulug’bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi: “Taqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi”.
10%
20%
=== Slayd 18 ===
1411-yili 17 yoshli Ulug’bek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib belgilanadi. Uning tashabbusi bilan o’lkada ilm-fan, ayniqsa falakiyot ilmi yuksala bordi. U riyoziyot fanini mukammal egallagan va ungacha hech kim unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.
=== Slayd 19 ===
U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik G’ijdivonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda mashhur, bilimli kishilar mudarrislik qildi. Yirik olimlardan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud, Mansur Koshiy, Muhammad Birjoniy, Ali Qushchi kabilar faoliyat ko’rsatdi. Madrasada Ulug’bekning o’zi ham astronomiyadan ma’ruzalar o’qigan.
Madrasa qurdirganidan 4 yil o’tgach, Obiraxmat soyining bo’yida rasadxona qurdiradi. Uning qurilishiga 5 yil ketadi. Kutubxona ochib, mashhur asarlarni yig’adi.
Madrasa bilan rasadxona o’rtasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlaganlarning bir qismi madrasada mudarrislik ham qilishgan. Bu esa riyoziyot va yulduz ilmini yuksaklikka ko’tardi.
=== Slayd 20 ===
Ulug’bekning “Ziji Ulug’bek” asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag’ishlangan “Risolai Ulug’bek” va tarixga oid “Tarixi arba’ ulus” asarlari bor.
Ulug’bek yoshlar ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor beradi. madrasalarda o’qitish tizimini jonlantiradi. O’qish muddati 15-20 yildan 8 yilga tushiriladi. O’quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg’ulotlar o’tkazishni joriy etadi.
Ulug’bek o’qituvchi – mudarrisga katta talablar qo’yadi. Mudarrislar avvalambor, o’zini tarbiyalamog’i, bilim va malakalarni egallamog’i, o’z ustida tinmay ishlashi, darslarni yuqori saviyada o’tishga ahamiyat berish kerak.
=== Slayd 21 ===
U ta’limda darsliklarning o’rnini muhim deb biladi. Shuning uchun darslik mazmuniga katta e’tibor beradi va mualliflar oldiga jiddiy talablar qo’yadi. Darslik hayot haqiqatidan uzoq bo’lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim.
Ulug’bek ta’limga matematika, falakiyot, adabiyot, tarix fanlariga katta ahamiyat beradi.
U o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunar egallagan, jasur, mard bo’lib yetishishlariga alohida e’tibor beradi. U do’stlik va birodarlikni ulug’laydi.
=== Slayd 22 ===
E’tiboringiz uchun Rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.