SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Leksik sinonimiya. Leksik omonimiya. Leksik antonimiya. Giponimiya, graduonimiya, partonimiya
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Leksik sinonimiya.
Leksik antonimiya.
Leksik omonimiya.
Giponimiya, graduonimiya, partonimiya.
01
03
02
04
=== Taqdimot 3 ===
Tayanch tushunchalar
Sinonimiya, sinonimik qator (sinonimik uya), dominanta, ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar, nutqiy sinonimlar, antonimiya , antonimik juftlik, kontekstual antonimiya, mantiqiy markaz, omonimiya, leksik omonimiya, omoformalar, so‘z variantlari, paronomaziya, giponimiya, giponim, giperonim, graduonimiya, partonimiya.
=== Taqdimot 4 ===
Leksik sinonimiya
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi (gr. synonymos – “bir nomli”). Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
01
=== Taqdimot 5 ===
Har bir sinonimik qatorda:
Leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo‘yoqlari, subyektiv baho, qo‘llanish doirasi) har xil bo‘ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni — “o‘z erki, haq-huquqiga egalik”ni ataydi, biroq ularda o‘zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham bor. Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli bo‘lsa, ozod leksemasida ko‘tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir.
=== Taqdimot 6 ===
Ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida (“yuz”dan boshqalarida) salbiy bo‘yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo‘yoqning ifodalanish darajasi har xil: u “bet”dan “turq”qa tomon ortib, kuchayib boradi.
=== Taqdimot 7 ===
Qiyos qiling: U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o‘zining qirq yillik umr yo‘ldoshiga o‘xshata olmadi. (M.lsm.), Sherbekning ko‘ziga Xo‘jabekovning aftidan nahs tomayotgandek jirkanch bo‘lib ko‘rinib ketdi (S.An.), U bir ko‘ngli, borib, muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M.lsm.). Devor ustida turgan o‘n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko‘chirib olib, Mulla Norqo‘ziga otardi: “Xu o‘l, turqing qursin” (A.Q.);
=== Taqdimot 8 ===
Ifoda semalari bo‘lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi.
Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta — yuz);
nur, shu ‘la, yog‘du, ziyo (dominanta — nur);
yolg‘iz, yakka, tanho (dominanta — yolg‘iz) kabi.
Bulardan yuz (birinchi qatorda), nur (ikkinchi qatorda) va yolg‘iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;
=== Taqdimot 9 ===
Leksemalarning turkumlik semalari bir xil bo‘ladi, bu hol sinonimlarning bir so‘z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor va ko‘klam (ot), chiroyli va go‘zal (sifat), so‘zlamoq va gapirmoq (fe’l) kabi.
=== Taqdimot 10 ===
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi: Ma’no sinonimlari Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g‘azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari “g‘azabi kelmoq” ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u “achchiqlanmoq”dan “g‘azablanmoq”qa, “g‘azablanmoq”dan esa “qahrlanmoq”qa qarab kuchayib boradi.
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo‘yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo‘ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no — “ovoz chiqarmay miyig‘ida kulish” hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa biroz salbiy bo‘yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo‘yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi.
=== Taqdimot 14 ===
Nutqiy sinonimlar — nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o‘zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko‘rinishlarida (adabiy nutqda ham, so‘zlashuv nutqida ham) qo‘llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so‘zlashuv nutqiga xoslangandir.
=== Taqdimot 15 ===
Kontekstual sinonimiya — til birligi sifatida o‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so‘zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni – idish-tovoq, izolyatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loyni, kosa esa – piyoladan kattaroq idishni ataydi. Demak, biri “material”ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan “idish”ni anglatadi, shunga ko‘ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi “kosa” ma’nosida ham qo‘llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika… xitoy chinnisida moy olib keldi (J.Sh.)
=== Taqdimot 16 ===
Tilda leksik ma’nolari o‘zaro teng bo‘lib, farqlovchi semalari bo‘lmagan leksemalar ham uchraydi: so‘roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar absolyut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda.
=== Taqdimot 17 ===
Sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘zlar o‘zbek tili lug‘at boyligining turli leksik qatlamlariga mansubdir.
Masalan, anglamoq (o‘zb.) — tushunmoq (o‘zb.); go‘zal(umumtil) — suluv (dial.); husn (ar.) — chiroy (f-t.); xat (ar.) — maktub (ar.) — noma (f-t.); kishi (o‘zb.) — odam (ar.); ko‘k (o‘zb.) — osmon (t-f.) — falak (ar.); analiz (r-bl) — tahlil (ar.); tema (r-b.) —mavzu (ar.) kabi.
=== Taqdimot 18 ===
Sinonimiya va polisemiya
Sinonimiya va polisemiya o‘rtasida ma’lum bog‘lanish bor. Xususan, polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: olov yoqmoq va o‘t yoqmoq (sinonimlar: olov va o‘t), quyosh olovi va quyosh harorati (sinonimlar: olov va harorat), olov yigit va g‘ayratli yigit (sinonimlar: olov va g‘ayratli): bunda olov leksemasining “predmet” semasi so‘nib, “belgi” semasi faollashgan.
=== Taqdimot 19 ===
Leksik antonimiya
02
Antonimiya (gr. antionymo – “zid nom”) leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: katta – kichik, yosh – qari, mitti – ulkan, oq – qora va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
=== Taqdimot 20 ===
Masalan, katta va kichik leksemalari umumiy – “sifat”, “ko‘lam” semasi bilan birga, qarama-qarshi – “nisbatan ortiq” (katta) va “nisbatan katta bo‘lmagan” (kichik) semasiga ham ega.
Yoki qish – “yilning eng sovuq fasli”, yoz – “yilning eng issiq fasli”, kirmoq – “ichkariga harakatlanmoq”, chiqmoq – “tashqariga harakatlanmoq”.
Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: issiq – sovuq (harakat), katta – kichik (hajm), erkak – ayol (jins) va hokazolar.
=== Taqdimot 21 ===
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik.
=== Taqdimot 22 ===
Kichik
Кontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi.
O‘rta
Yuqoridagi o‘rta leksemasida kichik va katta leksemalarining qarama-qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim.
Katta
=== Taqdimot 23 ===
Кomplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: rost – yolg‘on, arzon – qimmat, oson – qiyin. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
har xil o‘zakli antonim: katta – kichik, kirmoq – chiqmoq, muhabbat – nafrat;
bir xil o‘zakli antonim: madaniyatli – madaniyatsiz, aqlli – aqlsiz, ongli – ongsiz.
=== Taqdimot 24 ===
Antonimiya hodisasi, asosan, bir so‘z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi.
Sifatlarda:
hajm belgisiga ko‘ra: katta va kichik, baland va past:
harorat belgisiga ko‘ra: issiq va sovuq;
yosh belgisiga ko‘ra: yosh va qari;
xarakter-xususiyat belgisiga ko‘ra: saxiy va xasis, botir va qo‘rqoq, aqlli va ahmoq;
shakl belgisiga ko‘ra: to‘g‘ri va egri;
maza-ta’m belgisiga ko‘ra: achchiq va shirin kabi.
=== Taqdimot 25 ===
Payt, holat, miqdor ma’noli leksemalar doirasida ham antonimiya hodisasi keng tarqalgan:
kecha va ertaga, avval va keyin (payt belgisiga ko‘ra);
tez va sekin, arang va bemalol (holat belgisiga ko‘ra);
ko‘p va oz, mo‘l va kam (miqdor belgisiga ko‘ra) va b.lar.
Bunday leksemalarning sifat va ravish turkumiga mansubligi keyingi yillarda birqadar munozarali bo‘lib qolmoqda.
=== Taqdimot 26 ===
Otlarda:
belgi otlarida: boylik va kambag‘allik, botirlik va qo‘rqoqlik;
qarama-qarshi tomon nomlarida: sharq va g‘arb, janub va shimol;
fasl nomlarida: yoz va qish, kuz va bahor;
sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarda: kecha va kunduz, tong va shom kabi.
=== Taqdimot 27 ===
Fe’llarda:
a) qarama-qarshi harakat ma’nolarini ifodalovchi fe’llarda: bormoq va kelmoq, kirmoq va chiqmoq;
b) sifat yoki ravishdan yasalgan fe’llarda: kengaymoq va toraymoq, ko‘paymoq va ozaymoq, sekinlashmoq va tezlashmoq kabi.
Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkumidagi leksema bilan antonimik munosabatlarga kirishishi mumkin: o‘qigan va bilimsiz, o‘qimagan va bilimli kabi.
Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda biroz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo‘lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).
=== Taqdimot 28 ===
Kontekstual antonimiya o‘zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko‘rish mumkin: Ushoq qand oq tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur.
(A.Navoiy)
Aytur so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt!
(A.Navoiy)
Sichqonlarga nisbatan
Poyloqchiman to‘g‘riman.
Ko‘rsam tekin go‘sht ba’zan
Chidolmayman—o‘g‘riman.(O.Q.)
=== Taqdimot 29 ===
Antonimiya va polisemiya hodisalari o‘zaro bog‘liqdir:
ko‘p ma’noli leksema o‘zining bosh ma’nosi bilan bitta antonimik juftlikka, hosila ma’nosi bilan esa boshqa antonimik juftlikka kirishi mumkin. Masalan: achchiq qalampir va shirin olma birikmalarida achchiq va shirin leksemalari o‘zlarining bosh ma’nolari orqali antonimik munosabatga kirishgan;
achchiq gap va shirin gap birikmalarida esa achchiq va shirin leksemalarining hosila (ko‘chma) ma’nolari antonimiyaga asos bo‘lgan.
=== Taqdimot 30 ===
Leksik omonimiya
03
Leksik omonimiya — leksemalarning ifoda planidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik hodisasi. Masalan, o‘t “olov” – o‘t “maysa”, kamar “qayish, ko‘ndan ishlangan belbog‘” — kamar “daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur joy” kabi.
=== Taqdimot 31 ===
Omonimlar turli grammatik shakllarga kirishi nuqtayi nazaridan yondashib omonim omoleksemalar va omoforma omoleksemalar deb ajratiladi.
Omonim omoleksemalar barcha muqobil grammatik shakllarida teng keladi. Masalan, qovoq- I (ko‘z ustidagi qovoq) – qovoq- II (o‘simlik nomi), chaq- I (zarb bilan yor, parchala) – chaq- II (nayza sanchib ozor ber) kabi.
Omoforma omoleksemalar deb o‘zaro ba’zi grammatik shakllaridagina teng keladigan omoleksemalarga aytiladi: burun- (kishi tanasidagi a’zoning nomi) – burun- (payt ravishi – ilgari), soz- (musiqa asbobining nomi) – soz – (yaxshi) kabi.
=== Taqdimot 32 ===
Giponimiya, Graduonimiya, Partonimiya
04
=== Taqdimot 33 ===
Giponimiya — lug‘at boyligidagi leksemalarning pog‘onali (iyerarxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo‘ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 34 ===
Graduonimiya — leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir turi deb qaraladi va shu qatordagi bosh so‘zga nisbatan belgilanadi. Masalan: “yosh” belgisiga ko‘ra (bosh so‘z ajratib ko‘rsatilgan): buzoq – tana-g‘unajin-sigir; qiz-juvon-ayol, “belgi”dagi darajalanish asosida: chiroyli – suluv-ko‘rkam-zebo; “siljish sur’ati” belgisiga ko‘ra: yurmoq – chopmoq- yugurmoq-yelmoq kabi.
=== Taqdimot 35 ===
Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo‘lak munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun) – kuzov (bo‘lak) – motor (bo‘lak) – g‘ildirak (bo‘lak) va boshqalar. Yana: uy (butun) – xona (bo‘lak) – ayvon (bo‘lak) – koridor (bo‘lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy (ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so‘zlardir. Ayni paytda kuzov (butun) — eshik (bo‘lak) — yukdon (bo‘lak) — oyna (bo‘lak) — bamfer (bo‘lak) qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) — oyna (bo‘lak) — eshik (bo‘lak) qatorida esa xona leksemasi bosh so‘z sanaladi.
=== Taqdimot 36 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar