SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
So‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Sifat o‘qitish metodikasi.
Ot o‘qitish metodikasi.
Fe’l o‘qitish metodikasi.
Son o‘qitish metodikasi.
01
02
03
04
Olmosh o‘qitish metodikasi.
05
=== Taqdimot 3 ===
So‘z turkumlarini o‘qitish metodikasining vazifasi
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish.
=== Taqdimot 4 ===
So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
Leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari).
Morfologik (so‘zning turli shakllari tizimi).
Sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi.
=== Taqdimot 5 ===
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
So‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat)
Qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
O‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
Gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
Shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
=== Taqdimot 6 ===
Ilk bosqich: boshlang‘ich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab guruhlanadi.
4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
3-sinfda «So‘z turkumi» tushunchasi shakllantiriladi.
so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlar ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi tanishtiriladi.
Otlarning egalik va kelishiklarda o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklarda turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
=== Taqdimot 7 ===
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
=== Taqdimot 8 ===
Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarini 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha tahlil qiladi: nima? – gul, bu so‘z narsani bildiradi, ko‘plikda – gullar, bu – ot; guldor so‘zining so‘rog‘i qanday? narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so‘zining so‘rog‘i nima qildi? harakatni bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi – gullamadi, bu-fe’l.
=== Taqdimot 9 ===
Otni o‘rganish metodikasi
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.
=== Taqdimot 10 ===
Otni o‘rganish vazifalari quyidagilar:
«ot» haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
kim? va nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni bir-biridan farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
Ayrim otlarning bosh harf bilan yozilishi;
otlardagi son kategoriyasini tanishtirish;
otlarda egalik qo‘shimchalari;
otlarning kelishiklar bilan turlanishi;
o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish;
so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
=== Taqdimot 11 ===
Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar) ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi.
=== Taqdimot 12 ===
#2. Sifatni o‘rganish metodikasi
O‘quvchilar
1-va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar;
3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi;
4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi.
=== Taqdimot 13 ===
Sifat birinchi bosqich;
belgi
rangi, mazasi
Shakli, xilma-xil xususiyat
(qanday?) olma – qizil, shirin
qanday?, qanaqa?
=== Taqdimot 14 ===
Sifatni o‘zlashtirishlari uchun mashqlar:
so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash;
aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish;
matndan kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z birikmasini topib) aytish va yozish;
tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish
=== Taqdimot 15 ===
Ikkinchi bosqich
Asosan ikki vazifa: «Sifat» tushunchasini hakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi.
Uchinchi bosqich
Sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish bilan bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi.
=== Taqdimot 16 ===
SONNI O‘RGANISH METODIKASI
Boshlang‘ich ta’limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
=== Taqdimot 17 ===
Son boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
2-sinfda nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi;
3-sinfda “Son – so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishi, otga bog‘lanib kelishi va sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganish kerakligi;
=== Taqdimot 18 ===
Son boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarni otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi.
=== Taqdimot 19 ===
Sonning sanoq va tartib ma’nolarini bildirishini.
Son nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishini.
Son otga bog‘lanib kelishini.
Son gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishini.
Sonlarni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishni.
Og‘zaki va yozma nutqda sonlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olishni.
Sonlarga shakldosh so‘zlar topishni.
Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan almashtirishni.
=== Taqdimot 20 ===
Fe’lni o‘rganish metodikasi
Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi.
Fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi.
=== Taqdimot 21 ===
Harakatni bildirgan so‘zlar mavzusini o‘rganishdan boshlanadi (1-sinf, o‘quv yilining 2-yarmi) . Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yuguryapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish.
Fe’lga so‘roq berishga o‘rgatish yuzaki bo‘lmasligi, o‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so‘roqlarini berishni bilishlari zarur.
=== Taqdimot 22 ===
Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmunga mos so‘zlar bilan to‘ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?… (pishadi) , sabzavotlar nima qiladi?… (yetiladi) , daraxt barglari nima qiladi?… _ (sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?… (dam olyaptilar), ,..(o‘ynayaptilar) , … (ishlayaptilar)
=== Taqdimot 23 ===
Here you could write your exercise
1-sinfda
2-3 sinflarda
=== Taqdimot 24 ===
3-sinfda
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar o‘rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun “o‘qish darsida kimlar o‘qidi? Shokir ham o‘qidimi? Kim so‘zladi? Alisher so‘zladimi? Barno kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi? Hozir kiring tushuntiryapti? Hozir Tohir gapiryaptimi?” kabi savollardan ham foydalaniladi.
=== Taqdimot 25 ===
4-sinfda fe’lni o‘rganish:
Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqidagi tushunchani berish; fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli va bo‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
Zamon qo‘shimchalarining haqidagi ko‘nikmani hosil qilish.
Qo‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi ma’lumotlar.
=== Taqdimot 26 ===
Xulosa chiqariladi:
Fe’llar zamon bilan o‘zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon.
Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hozirning o‘zida, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
O‘tgan zamon fe’li nima qildi?so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar. So‘roqdan lining leksik ma’nosi ham bilinib turadi.
=== Taqdimot 27 ===
Olmosh o‘rgatish metodikasi
Boshlang‘ich ta’limda faqat kishilik olmoshlari o‘rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘rgatiladi.
=== Taqdimot 28 ===
Kishilik olmoshlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi:
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi;
kishilik olmoshlari so‘z turkumi; – kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko‘plikda ifodalaydi;
ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo‘shimchalari men, sen olmoshlariga qo‘shilganda o‘zakdagi n tushib qoladi; n olmoshiga -ga, -da, -dan qo‘shimchalari qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar ber.
=== Taqdimot 29 ===
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin: – Men “Jimjiloq” hikoyasini o‘qidim. – Sen qaysi hikoyani o‘qiding. – U “Nihollarning nolasi” hikoyasini o‘qidi. Suhbat o‘tkaziladi: – Birinchi gapdagi otni toping. – “Jimjiloq” nimaning nomi? – Hikoya oti-chi? – Shu gapda kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni toping. Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar