SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
So‘z o‘zlashtirish. Leksemalarning ishlatilish doirasi
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
O‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam so‘zlari.
So‘z o‘zlashtirish.
So‘z o‘zlashtirish usullari.
So‘z o‘zlashtirishning chet so‘zlarni qo‘llashdan farqlari.
01
03
02
04
gul
=== Taqdimot 4 ===
Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam — o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.
O‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam so‘zlari
01
=== Taqdimot 5 ===
Tarixdan bizga yaxshi ma’lumki,o‘zbek xalqi, eng qadimgi turkiy urug‘ va qabilalardan o‘sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o‘zbek-arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-qirg‘iz va o‘zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo‘lgan.
=== Taqdimot 6 ===
Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam — o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.
olma
=== Taqdimot 7 ===
O‘z qatlam – o‘zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o‘zbek so‘zlaridan iborat qismlari.
Umumturkiy so‘zlar o‘zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy birliklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling:
bosh (o‘zb.) bas (qoz., qoraq.) – bash (qirg‘., turkm.);
Til (o‘zb., qoz., qirg‘.) dil (turkm., ozarb., gagauz.);
tog‘ (o‘zb.)
too (qirg‘.)
tav, tau (qoraq., qoz.)
dag‘ (turkm., ozarb.)
=== Taqdimot 8 ===
O‘zbek tili leksikasidagi umumturkiy so‘zlarning o‘ziga xos fonetik va semantik belgilari bor.
Fonetik belgilari:
a) so‘zlarning ko‘pchiligi bir yoki ikki bo‘g‘inlidir:
bir bo‘g‘inli so‘zlar: yer, ko‘l, kul, qo‘l, ko‘z, tosh, bir;
ikki bo‘g‘inli so‘zlar: qizil, qora, ikki, olti, old, oltin, ota, ona.
uch bo‘g‘inli so‘zlar juda kam: qo‘llanma, birlashma, qo‘rg‘oshin, qumursqa, kabi;
=== Taqdimot 9 ===
b) so‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlar qatorlashib kelmaydi;
d) so‘z oxirida undosh tovushlar yonma-yon qo‘llanishi mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi: yeng, old, ort, ost, ust, ont, umr, uzr, avj, qirq kabi;
e) ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘ini to‘la ochiq (u-ka, u-mid), boshi yopiq (ta-roq,da-g‘al), oxiri yopiq (ol-tin, o‘r- dak), to‘la yopiq (bay-ram, bay-roq), ikkinchi bo‘g‘ini esa boshi yopiq (o-ta, o-na) va to‘la yopiq (ol-tin, ku-mush, si-gir) strukturali bo‘ladi;
=== Taqdimot 10 ===
f) ikkinchi bo‘g‘in hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari keng tarqalgan: ik-ki, yet-ti, bo-la, ar-pa, bol-ta kabi;
g) so‘z tarkibida ikki unli yonma-yon kelmaydi; f, h, j, j(dj), ts undoshlari esa umuman qo‘llanmaydi;
h) r, 1, v, ng, g, g‘, d, z undoshlari so‘z boshida uchramaydi;
i) e, o‘ unlilari so‘z oxirida ishlatilmaydi (ayrim undov so‘zlar bundan mustasno);
j) urg‘u ko‘pincha so‘z oxiriga tushadi.
=== Taqdimot 11 ===
Semantik belgilari: umumturkiy so‘zlarning aksariyati ko‘p ma’nolidir:
bosh — 1) “odamning boshi”; 2) “ko‘chaning boshi”;
3) “ishning boshi”;
4) “bosh agronom”;
ko‘z – 1) “odamning ko‘zi”; 2) “uzukning ko‘zi”;
3) “taxtaning ko‘zi”;
4) “derazaning ko‘zi” kabi.
=== Taqdimot 12 ===
Morfologik belgilari:
a) umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tilining barcha so‘z turkumlarida uchraydi;
b) turlanadi va tuslanadi;
d) o‘zak va affiks morfemalar erkin va standart bo‘ladi: ko‘zim, ko‘zing, ko‘zi, ko‘zni, ko‘zning, boraman, borasan, boramiz kabi;
e) so‘z tarkibida prefikslar qo‘llanmaydi;
Ko‘z
=== Taqdimot 13 ===
2. Sof o‘zbek so‘zlari — o‘zbek tilining o‘zida yasalgan leksemalar. Ular o‘z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor:
a) semantik usul – ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko‘k (rang) — ko‘k (osmon), yetti (son) — yetti (ma’raka nomi), yupqa (sifat) – yupqa (ot: ovqatning bir turi) kabi;
=== Taqdimot 14 ===
b) affiksatsiya usuli. Bunda o‘zak va affikslar turli til materiallari bo‘lishi mumkin, ammo ularning qo‘shilishi o‘zbek tili tarkibida yuz beradi, o‘zbek tilining so‘z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so‘zlar o‘zbek tilining o‘z qatlami birligi sanaladi.
=== Taqdimot 15 ===
Masalan:
bosh (umumturkiy) + -la (o‘zb.) — boshla (o‘zb.),
temir (umumturkiy) + -chilik (o‘zb.) — temirchilik (o‘zb.)
jang (f-t.) + -chi (o‘zb.) — jangchi (o‘zb.),
madaniyat (ar.) + -li (o‘zb.) — madaniyatli (o‘zb.),
obuna (r-b.) + -chi (o‘zb.) — obunachi (o‘zb.),
be-(f-t.)+bosh(umumt.) — bebosh (o‘zb.) + -lik(o‘zb.) — beboshlik (o‘zb.),
bil (umumturkiy) + -im (o‘zb.) — bilim (o‘zb.) + -don (f-t.) — bilimdon (o‘zb.) kabi.
=== Taqdimot 16 ===
O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi.
Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), bahodir (mo‘g‘.), afandi (turk.), ravshan (sug‘d.), traktor, avtobus (r-b.) kabi. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX—X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan:
a) arablar istilosi;
b) islom dinining keng tarqalishi;
d) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;
e) madrasalarda arab tilining o‘qitilishi;
f) turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi;
g) olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi kabi.
=== Taqdimot 18 ===
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkiblarida qanday xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi?
daraxt
uzum
=== Taqdimot 19 ===
a) so‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon qo‘llanish hollari uchraydi: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, mis kabi;
b) ra’no, da’vo, ta’na, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, mo‘tabar kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingi unli kuchli va biroz cho‘ziq talaffuz etiladi;
d) jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, san’at so‘zlarida bo‘g‘inlar ayirib talaffuz qilinadi;
=== Taqdimot 20 ===
e) semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi: avliyo, aza, azon, vahiy, avrat, axloq, axloqiy, xulq, fikr, tafakkur kabi; ilmga, adabiyot va san’atga oid tushuncha nomlari ham keng tarqalgan: amal (matematikada hisob turi), rukn, vazn (adabiyotshunoslik. atamalari), riyoziyot(matematika), adabiyot, san’at, tabiiy ot (fan va soha nomlari) kabi;
f) so‘zlarning lug‘aviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi: ilm, muallim, olim, ulamo; fikr, tafakkur, mutafakkir kabi.
=== Taqdimot 21 ===
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor:
a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi;
b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmi- ning) keng tarqalganligi;
d) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi;
e) Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi;
f) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik kabi.
=== Taqdimot 22 ===
Hozirgi o‘zbek tilida tojik-fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, arra, avra-astar, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand),
sifatlar (badbo‘y, badjahl, baland, baravar, barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, ozoda, toza),
ravishlar (bajonidil, banogoh, do‘stona, tez, bazo‘r, astoydil, chunon), bog‘ovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham),
undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin) uchraydi.
=== Taqdimot 23 ===
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda:
so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g‘isht, go‘sht, daraxt, karaxt, do‘st, past, kaft, farzand kabi. (Umumturkiy so‘zlarda bu holat kam uchraydi);
kuchsiz lablangan “o” unlisi so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanadi: ohang, nobud, bahor, obodon, peshona kabi.
=== Taqdimot 24 ===
3. Ruscha-baynalmilal so‘zlar — o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, syujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya kabi.
=== Taqdimot 25 ===
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning aksariyati ot va son turkumlariga mansubdir: institut, universitet, drama, zavod, fabrika (otlar), million, milliard, trillion (sonlar), gramm, kilogramm, litr, millimetr, santimetr, kilometr, sekund, tonna kabi. Bu qatlamda kalka usulida o‘zlashtirilgan sifatlar ham bor: simmetrichnuy – simmetrik, psixologicheskiy – psixologik, biologicheskiy – biologik kabi.
=== Taqdimot 26 ===
So‘z o‘zlashtirish boshqa til so‘zlarining o‘zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon, yuqorida ko‘rilganidek, o‘zbek tili leksikasining o‘zlashgan qatlamini yuzaga keltirgan.
So‘z o‘zlashtirish
02
=== Taqdimot 27 ===
So‘z o‘zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko‘rinishidir: xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar bir tildan ikkinchi tilga so‘z va atamalarning o‘tib turishini taqozo qiladi. O‘zbek tiliga arab, tojik-fors va rus tillaridan so‘z o‘zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir bo‘lgan.
=== Taqdimot 28 ===
So‘z o‘zlashtirishning ikki yo‘li bor:
Jonli so‘zlashuv orqali so‘z o‘zlashtiriladi. Bunda boshqa til so‘zlari o‘zbek tiliga mahalliy aholining og‘zaki nutqi orqali o‘tadi. Masalan, ruscha rami(paмы), klubnika, podnos so‘zlari o‘zbek tilining jonli so‘zlashuvida rom, qulupnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o‘zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o‘zlashgan.
=== Taqdimot 29 ===
Boshqa manbalar orqali so‘z o‘zlashtiriladi. Bunda boshqa tildagi matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish yoki o‘zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so‘zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo‘ladigan o‘zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, syujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so‘zlar shu yo‘l bilan o‘zlashtirilgandir.
=== Taqdimot 30 ===
So‘z o‘zlashtirish usullari ham ikki xil bo‘ladi:
1. O‘zicha olish.
2. Kalkalab olish.
So‘z o‘zlashtirish usullari
03
=== Taqdimot 31 ===
1. O‘zicha olish. Bunda boshqa tildan o‘zlashtirilayotgan so‘z hech qanday o‘zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o‘zgarishlar bilan olinadi. Masalan: g‘o‘za (f-t.), gul (f-t.), poya (f-t), kaptar( f-t: kabutar); balo (ar.), bil’aks (ar.), davlat (ar.), muallim ( ar. muallim); direktor (r-b.), rektor(r-b.), institut (r-b.), metro (r-b.), cho‘t ( rus. ), cho‘tka ( rus. щётка) kabi.
=== Taqdimot 32 ===
2. Kalkalab olish. Bunda boshqa tildagi (masalan rus tilidagi) so‘zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o‘zbekcha so‘z yasaladi va shu so‘z bilan boshqa til (masalan rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos qiling: yarimo‘tkazgich – ruscha полупроводник, ilmiy-ommabop – ruscha научно-популярный kabi. Kalkalashning bu turi to‘liq kalka sanaladi, chunki unda boshqa til so‘zining ifoda materiali o‘zbek tili materiali bilan to‘liq almashtirilgandir.
=== Taqdimot 33 ===
Ba’zan boshqa til so‘zining bir qismi o‘zgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa o‘zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo‘g‘it – rus. микроудобрение, ultratovush – rus. ультразвук, rekordli – rus. рекордный kabi. Kalkalash­ning bu turi yarim kalka hisoblanadi.
=== Taqdimot 34 ===
To‘liq va yarim kalkalar so‘z o‘zlashtirishning grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunda boshqa til so‘zlarining ma’noli qismlaridan nusxa ko‘chirilishi orqali so‘z yasaladi. Ammo tilda ba’zan yangi so‘z yasalmay, azaldan mavjud bo‘lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma’nosini yuklash orqali ham ma’no o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
=== Taqdimot 35 ===
O‘zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi. Masalan, til so‘zi “so‘zlashuv quroli” nomi sifatida ruscha язык so‘ziga ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi yazik so‘zining “asir” ma’nosini o‘zbek tilidagi til so‘zi bilan ifodalashga turtki bo‘lgan: “Qo‘mondonlik Ostonaqullar keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi”. (A.Rahm. Ellik bir bahodir.)
O‘zbek tilidagi o‘zak leksemasida “so‘zning o‘zagi” ma’nosining paydo bo‘lganligi ham ruscha корень leksemasining “корень слова” ma’nosiga asoslangandir.
=== Taqdimot 36 ===
So‘z o‘zlashtirishning chet so‘zlarni qo‘llashdan farqlari
04
=== Taqdimot 37 ===
So‘z yoki ma’no o‘zlashtirilishini chet so‘zlarni qo‘llashdan farq qilish kerak. So‘z yoki ma’no o‘zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o‘zi uchun zarur bo‘lgan leksik-semantik birliklarni o‘zlashtiradi. Chet so‘zlarni ishlatish hodisasi esa g‘ayri qonuniydir, chunki o‘zbek tilining o‘zida biror so‘z mavjud bo‘lgani holda, uning o‘rnida chet so‘zni ehtiyojsiz, maqsadsiz qo‘llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslarning o‘z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.
=== Taqdimot 38 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar