SIYOSIY PARTIYALARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI, USTAVLARINING

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
SIYOSIY PARTIYALARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI, USTAVLARINING ASOSIY JIHATLARI
=== Taqdimot 2 ===
Fuqarolik jamiyati qurish va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda tajribalari, islohotlarning yangi bosqichini boshlab bergan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, uning mantiqiy davomi bo‘lgan Yangi O‘zbekistonning  2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni amalga oshirishimiz lozim.
=== Taqdimot 3 ===
Siyosiy partiyalar bugunga kelib, dunyoning rivojlangan davlatlarida xalq bilan hokimiyat o‘rtasida asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lgan demokratik institutga aylandilar.
=== Taqdimot 4 ===
Ko‘rib chiqiladigan masalalar
Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi.
Siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalari.
Partiya dasturining tashqi va ichki funksiyalari.
Aholining ijtimoiy guruhlari va qatlamlarini aniqlash.
Saylov hududini “Ijtimoiy portreti” ishlab chiqish.
Siyosiy partiyalarning ustavlarining asosiy jihatlari.
=== Taqdimot 5 ===
Siyosiy partiyaning o‘zi nima?
Siyosiy partiya nega kerak?
Siyosiy partiyalar qachon paydo bo‘lgan?
Bugungi kunda mamlakatimizda qanday siyosiy partiyalar mavjud?
Siyosiy partiyalar faoliyati qonunchiligimizda qanday tartibga solingan?
=== Taqdimot 6 ===
Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi
Siyosiy partiya — ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotdir.
Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi hisoblanadi va ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
=== Taqdimot 7 ===
Siyosiy partiyalar XVII-XVIII asrlar inqiloblari davrida paydo bo‘la boshlagan.
Markaziy Osiyoda siyosiy partiyalar XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan.
=== Taqdimot 8 ===
Oʻzbekistonda siyosiy partiyalar
Oʻzbekiston
Xalq demokratik partiyasi
1991-yil
1-noyabr
Oʻzbekiston Adolat sosial demokratik partiyasi
1995-yil
18-fevral
Oʻzbekiston
Milliy tiklanish demokratik partiyasi.
2008-yil
20-iyun
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi.
2003-yil
15-noyabr
Oʻzbekiston Ekologik
Partiyasi.
2019-yil
8-yanvar
=== Taqdimot 9 ===
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydi.
Siyosiy partiyalarga a’zolik faqat yakka tartibda qayd etiladi.
Bir partiyaning a’zosi ayni vaqtda 2 partiyaga a’zolikka qabul qilinmaydi.
Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra
=== Taqdimot 10 ===
Siyosiy partiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlari
Partiya Dasturi – siyosiy partiyaning mafkurasini, uning maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi.
Partiya Ustavi – siyosiy partiyaning tashkiliy jihatdan faoliyat yuritishini belgilab beruvchi, Adliya organidan ro‘yxatdan o‘tgan va partiya a’zolari uchun normativ hujjat hisoblanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalari
Partiya a’zolarini yagona maqsad sari birlashtiradigan hujjat –  partiya dasturidir.
Partiyaning ijobiy imijini shakllantirish.
Fuqarolar ommasi orasidan. salohiyatli tarafdorlarni ajratib olish.
Partiyaga a’zo bo‘lish hamda dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirishda ishtirok etish.
Partiyaning siyosiy o‘ziga xosligini ta’minlashi.
Partiya tarafdorlarini yagona maqsad sari jipslashtirish.
=== Taqdimot 12 ===
Partiya dasturining tashqi va ichki funksiyalari
Dastur – partiyaning ijobiy imijini shakllantirish maqsadida jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatadi. (Bu – tashqi funksiya hisoblanadi).
Dastur – partiyani tashkiliy jihatdan birlashtirish uchun asosiy mafkuraviy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. (Bu – ichki funksiya hisoblanadi).
=== Taqdimot 13 ===
Partiya dasturining tashqi funksiyalari
Reklama funksiyasi – partiya dasturidagi maqsad va vazifalari aholi uchun tushunarli hamda jozibador bo‘lgan shaklda tuzilgan bo‘lishi kerak.
Tashviqot funksiyasi – saylovlarda siyosiy partiyani iloji boricha ko‘proq saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
O‘zligini belgilash funksiyasi – partiyaning siyosiy individualligini belgilashi, uni boshqa partiyalardan ajralib turadigan va partiyalararo raqobat uchun asos yaratadigan bo‘lishi kerak.
Siyosiy shiorlarni dasturiy vazifalarga aylantirish funksiyasi – o‘zining ijtimoiy negizi manfaatlaridan kelib chiqqan holda, partiya bajarishga erishadigan amaliy vazifalarni belgilaydi, partiyaning amaliy faoliyati dasturlarini belgilashga konseptual asoslarni yaratadi.
=== Taqdimot 14 ===
Dasturiy hujjatlarning asosiy ichki funksiyalari
Yo‘naltiruvchi funksiyasi – barcha partiya a’zolari uchun asosiy yo‘nalishlar va vazifalarini belgilaydi hamda yagona maqsad sari yo‘naltiradi.
Birlashtiruvchi funksiya – partiya a’zolarining tashkiliy birdamligi, ularning g‘oyaviy e’tiqodlari va siyosiy o‘zligini, partiyaning siyosiy mafkurasini aniqlashtirib olishni ta’minlaydi.
Yetakchilik funksiyasi – siyosiy partiyalarning saylanuvchi organlariga va partiya yetakchilariga partiyaning barcha tashkilotlari va a’zolari faoliyatiga rahbarlik qilish va deputatlik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun g‘oyaviy asoslarni beradi.
Rag‘batlantiruvchi funksiyasi – partiya a’zolarini partiya dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilish va amaliy ro‘yobga chiqarishga chorlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
Ijtimoiy guruhlar manfaatlari asosida quyidagilar aniqlab olinadi
Partiyaning ijtimoiy ideali – davlat va jamiyat taraqqiyotida erishish lozim bo‘lgan oliy maqsad.
Dasturiy ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlari – partiya ijtimoiy negizining uzoq muddatli manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan aniq iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalar.
Tegishli vazifalarni – eng samarali hal etish uchun partiya taklif qilayotgan chora-tadbirlar.
Partiyaning – davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy masalalariga nisbatan nuqtayi nazari.
=== Taqdimot 16 ===
Aholining ijtimoiy va demografik tarkibini o‘rganish, uning asosiy ijtimoiy guruhlarini aniqlash
Aholining ijtimoiy va demografik tarkibini o‘rganish, uning asosiy ijtimoiy guruhlarini aniqlash.
Aholining mehnat, iqtisodiy va boshqa turdagi band bo‘lganlar guruhlari.
Band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi.
Ishlamaydigan pensionerlar (yoshi, nogironligi va hokazo bo‘yicha).
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari.
=== Taqdimot 17 ===
Iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani o‘rganish
Tegishli hududlarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish.
Ushbu tashkilotlar, ularning xodimlari va biznes-tuzilmalar egalari duch keladigan muammolarga e’tibor berish.
Ushbu tashkilot va korxonalar tegishli hududdagi aholiga tug‘dirayotgan muammolari (atrof-muhitning ifloslanishi, yuqori darajadagi shovqin, yuk avtotransportining ko‘p qatnashi va hokazolar).
=== Taqdimot 18 ===
Uy-joy kommunal xizmat va obodonchilikning holatini baholash
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mavze va mahallalar ichki koʻchalarining holati.
Aholiga yoʻlovchi transporti va aloqa xizmatini koʻrsatish darajasi.
Savdo, umumiy ovqatlanish va hokazolarning holati.
Tegishli hududda jamoat tartibi va huquq-tartibotning holati.
Quyidagilarni tavsiflovchi axborotni toʻplash va umumlashtirish:
Asosiy kommunal xizmatlar hamda koʻp kvartirali uylarni boshqarishning darajasi va sifati.
=== Taqdimot 19 ===
Aholining asosiy manfaatlarini o‘rganish
Aholining asosiy ijtimoiy guruhlari (aholining umumiy sonidan 10% va undan ko‘proqni tashkil etuvchi) manfaatlari, hayotiy ehtiyojlari, qadriyatlari, istaklarini aniqlash.
Ushbu manfaat va ehtiyojlarning amalga oshganlik darajasi va aholining asosiy guruhlarining bu darajadan qoniqishini baholash.
Aholining fuqarolik huquqlari, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy ehtiyojlarini amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi omillarni quyidagi yo‘l bilan aniqlash.
=== Taqdimot 20 ===
Siyosiy partiyalarning ustavlarining asosiy jihatlari
01.
Partiyaning nomi, maqsadi va vazifalari;
Partiyaning tuzilishi;
Partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari va tartibi;
Partiya a’zolarining huquq va majburiyatlari;
=== Taqdimot 21 ===
02.
Partiya va uning tashkilotlari rahbar organlarining vakolatlari hamda ularni tuzish (chaqirish) tartibi, ularning vakolat muddatlari;
Partiya rahbar organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi;
03.
Partiya va uning tashkilotlari mablag‘larini shakllantirish hamda boshqa mol-mulkini sotib olish manbalari;
Partiya rahbar organi joylashgan manzil;
Partiya ustavi va dasturini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
=== Taqdimot 22 ===
Siyosiy ijtimoiylashuv vazifasi
Fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish va ularni siyosiy hayotda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish.
=== Taqdimot 23 ===
Targ‘ibot funksiyasi
Aholi orasida partiya dasturiy maqsadlari hamda uning siyosiy pozitsiyasini tushuntirish.
=== Taqdimot 24 ===
Ijtimoiy integratsiyalashuv funksiyasi
Partiyaga xayrixoh insonlarni uning dasturiy maqsadlari atrofida birlashtirish.
=== Taqdimot 25 ===
Siyosiy rekrutlash funksiyasi
Siyosiy jihatdan faol va obro‘li fuqarolarni partiya saflariga jalb qilish.
=== Taqdimot 26 ===
Kommunikativ funksiya
Aholining turli guruhlari bilan ularning manfaatlari, kayfiyatlari va istaklarini aniqlash va hisobga olish maqsadida hamkorlik qilish.
=== Taqdimot 27 ===
Ilgari surilgan deputatlikka nomzodlarni saylov kampaniyalari davrida qoʻllab-quvvatlash
Qoʻllab-quvvatlash funksiyasi
Partiyadan
Ilgari surilgan deputatlikka nomzodlarni saylov kampaniyalari davrida qoʻllab-quvvatlash
Partiyadan
=== Taqdimot 28 ===
Safarbar etish funksiyasi
Partiyaning barcha tarafdorlarini uni ham saylov kampaniyalari davrida, ham saylovlar oraligʻidagi davrda qoʻllab-quvvatlashga safarbar etish.
=== Taqdimot 29 ===
Alohida e’tibor qaratish kerak
Partiya ustavini shakllantirishda, avvalambor, partiyalarning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lgan “markaziy kengash – mintaqaviy kengash – tuman (shahar) kengashi – partiya boshlang‘ich tashkiloti” tizimining aniq faoliyat yuritishini ta’minlash.
=== Taqdimot 30 ===
Boshlang‘ich tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishni aniq boshqarishni ta’minlash lozim. Bunda eng maqbul holat har bir mahalla (saylov davrida – har bir saylov uchastkasi) hududida partiya boshlang‘ich tashkilotining bo‘lishiga erishish kerak.
Boshlang‘ich tashkilotlar faollari partiyaning ichki va tashqi siyosat, mamlakatni isloh qilish va demokratik modernizatsiyalashning asosiy masalalari bo‘yicha pozitsiyasi haqida yaxshi bilishi lozim.
Partiyaning yuqori organlarining boshlang‘ich tashkilotlar bilan ish olib borishi va boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini batafsil rejalashtirish zarur.
=== Taqdimot 31 ===
4. Tuman (shahar) darajasida boshlang‘ich tashkilotlari faollarini aholi orasida ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib borish ko‘nikmalariga o‘rgatishni muntazam asosda tashkil etish lozim.
5. Partiya a’zolari nafaqat ushbu partiyaga o‘z ovozlarini kafolatlangan tarzda saylovlarda berish uchun kerak, balki saylovchilar va aholi o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borishi uchun zarur.
=== Taqdimot 32 ===
Tizimli hamkorlik zarur
Partiyadan saylangan deputatlarning “partiya fraksiyasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari – tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari–deputatlar mahallada” tizimi doirasida vertikal bo‘yicha o‘zaro hamkorligini tashkil etish maqsadga muvofiq.
=== Taqdimot 33 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SIYOSIY PARTIYALARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI, USTAVLARINING” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar