=== Taqdimot 1 ===
SINGAPUR TA’LIM TIZIMI
=== Taqdimot 2 ===
Singapur ta’limining dunyo hamjamiyatidagi o‘rni.
Singapur ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston va Singapur davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
1961-yildan 1991-yilgacha Singapur hukumati maktab tizimining mustaqilligi va moslashuvchanligini oshirishga, shuningdek, ta’lim siyosatini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini oshirishga yo‘naltirish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan qator islohotlarni amalga oshirdi.
=== Taqdimot 4 ===
SINGAPUR TA’LIMIDA 4 S:
Communication – muloqot qilish.
Collaboration – hamkorlik qilish.
Creativity – ijod qilish.
01
02
03
Critical thinking – tanqidiy fikrlash.
04
=== Taqdimot 5 ===
SINGAPUR TA’LIMI BUGUNGI KUNGA QADAR 3 BOSQICHNI BOSIB O‘TDI:
Ikkinchi bosqich
Maktablarda sinflar bolalarning qobiliyatiga ko‘ra ixtisoslana boshladi.
Ikkinchi bosqich
Ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlarni “pullash” bosqichi boshlandi.
Birinchi bosqich
Maktablarda o‘qitish uchun asosiy til etib ingliz tili tanlandi.
1959–1979
1979-1997
1997
=== Taqdimot 6 ===
AYNI PAYTDA SINGAPUR TA’LIM TIZIMI UCH BOSQICHDAN IBORAT:
Maktabgacha ta’lim
O‘rta ta’lim
Oliy ta’lim
=== Taqdimot 7 ===
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat budjetining 20 foizi ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Shu bois mahalliy aholi xususiy maktablarga ko‘p ham qiziqavermaydi, aksincha, farzandini barcha sharoitlarga ega davlat maktablarida o‘qitishni afzal ko‘radi.
=== Taqdimot 8 ===
Imtihonlar yakunida bolalar iqtidoriga ko‘ra ingliz va ona tilidan boshlang‘ich, standart hamda yuqori daraja, matematika va tabiiy fanlardan dastlabki va standart darajalardan birini oladi. O‘qish so‘ngida o‘quvchilar bitiruv imtihonini topshiradi va ta’limning keyingi bosqichiga o‘tish uchun PSLE (Primary School Leaving Examination) shahodatnomasiga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
O‘quvchilar imtihon natijalari asosida o‘rta maktabning quyidagi kurslaridan biriga qabul qilinadi:
Maxsus (4 yil);
Texnik (4 yil);
Ekspress (4 yil);
Akademik (5 yil);
Integrallashgan (5-6 yil).
=== Taqdimot 10 ===
Singapur ta’limining yana bir o‘ziga xosligi noodatiy baholash tizimidir. Aksariyat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi to‘qqiz ballik — A1 (eng yuqori), F9 (eng past) baholash mezonlari asosida o‘lchanadi. Bunda A1/A2 (a’lo), B3/B4 (yaxshi), C5/C6 (qoniqarli), D7 (fanni o‘zlashtirganlik uchun eng kam ball) hamda E8/F9 (qoniqarsiz) hisoblanadi. Maktablarda yakuniy reyting natijalari to‘plangan ballar asosida belgilanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Singapurda boshlang‘ich maktab majburiy va pullik hisoblanib, ta’lim xarajati oyiga 9,4 AQSh dollar va yiliga bir marta to‘lanadigan 79,4 AQSh dollarni tashkil qiladi. O‘rta ta’lim uchun ota-onalar har oyda 14,4 dollar va har yil uchun bir marta 115,5 dollar to‘laydi. Universitetgacha bo‘lgan davr ta’limi uchun xarajat oyiga 19,5 dollarni va yiliga bir marta to‘lanadigan 158,8 dollarni tashkil etadi.
=== Taqdimot 12 ===
“Ota-ona va maktab hamkorligi” deb nomlangan maxsus dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
O‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishda ota-onalarga yordam;
Maktab va ota-onalar o‘rtasida samarali ma’lumot almashish;
Turli xil tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, masalan, maktab nashrlari, ota-onalar ishtirokidagi konferensiyalar (“maktab-o‘quvchi-ota-ona” zanjiri);
Muntazam ravishda ota-onalarga o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni taqdim etish;
Maktab qarorlarini qabul qilish jarayonida ota-onalarni jalb qilish.
=== Taqdimot 13 ===
01
Professional o‘qituvchilik;
MILLIY TA’LIM INSTITUTI(MTI)DA O‘QITUVCHILARNI UCHTA YO‘NALISH BO‘YICHA QAYTA TAYYORLASH KURSLARI MAVJUD:
02
Ta’lim vazirligida faoliyat yurituvchi mutaxassis;
03
Maktab ma’muriyati boshlig‘i.
=== Taqdimot 14 ===
Singapur oliy ta’limi dunyoda yetakchilardan sanaladi. Mamlakatda 5 institut, 4 universitet bo‘lib, ularning har birida oliy darajada ta’lim olish kafolatlangan. Shuningdek, mamlakatda 2 ta xususiy universitet hamda bir qancha jahonga mashhur oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.
=== Taqdimot 15 ===
SINGAPURDA OLIY TA’LIM TIZIMI UCH BOSQICHIDAN IBORAT:
03
Doktorantura (2–5 yil).
01
Bakalavriat (3–4 yil);
02
Magistratura (1–3 yil);
=== Taqdimot 16 ===
Chet ellik talabalar Edusave fondi orqali stipendiya olish imkoniyatiga ega. Shuni ta’kidlash joizki, agar talaba grant olmagan bo‘lsa, mamlakatdagi oliy ta’limning narxi nafaqat sharq, balki yevropaning ko‘plab rivojlangan davlatlariga qaraganda kamroq. Shunga qaramasdan, talabalik vizasi bilan o‘qiyotgan chet ellik talaba ishlash huquqiga ega emas, hatto ko‘ngillilar safida ham, barcha vaqtini faqat o‘qish uchun bag‘ishlashi kerak.
=== Taqdimot 17 ===
2008-yilda Akademiya (Maktab direktorlari akademiyasi) Singapur ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim muassasasining yangi tayinlangan rahbarlar uchun “murabbiylik” dasturini ishlab chiqdi.
=== Taqdimot 18 ===
Singapur Respublikasi O‘zbekistonning mustaqilligini 1992-yil 27-dekabrda tan olgan. 1997-yil 8-aprelda esa ikkala davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. 2007-yilda Singapur davlatida O‘zbekiston elchixonasi ochildi. Shu tarzda ikkala davlat o‘rtasida o‘zaro munosabatlar rivojlana boshladi.
=== Taqdimot 19 ===
2018-yil Singapur kompaniyasi hamda o‘sha paytdagi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida Toshkent shahrida “Modern Montessori International” maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
=== Taqdimot 20 ===
2021-yil oktyabrda Toshkentda Singapurning ikkinchi oliy ta’lim muassasasi – “TMC Institute” tashkil etildi. Bu yerda tahsil olayotgan talabalar soni 12,5 barobarga oshdi.
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.