SHAXSNING PSIXIK BILISH JARAYONLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Shaxsning psixik bilish jarayonlari
=== Taqdimot 2 ===
Tafakkur. Tafakkur operatsiyalari.
05
Diqqat va uning turlari.
03
Reja:
01
Xotira. Xotira qonuniyatlari.
04
Sezgi haqida umumiy tushuncha.
02
Idrok va Xayolning xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
“Diqqat- ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishidir”. P.I.Ivanov.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan “bu nima gap refleks” deb ham ataydi.
=== Taqdimot 4 ===
F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolinlar fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi birmuncha tig‘izlanadi.
=== Taqdimot 5 ===
K.D.Ushinskiy “Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi” degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi.
=== Taqdimot 6 ===
Diqqatning turlari (aktivligiga qarab)
=== Taqdimot 7 ===
Diqqatning xususiyatlari:
Diqqatning ko‘chuvchanligi
Diqqatning bo‘linishi
Diqqatning ko‘lami
Diqqatning kuchi
Diqqatning barqarorligi
=== Taqdimot 8 ===
Sezgilar haqida umumiy tushuncha
Bizga ta’sir etib turgan tevarak olamdagi narsalar va voqea hodisalarning xilma-xil xossalari mavjud. Bu xossalar:
ko‘rish
eshitish
hid bilish
tam bilish
his qilish
va shu kabi boshqa sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi.
=== Taqdimot 9 ===
Demak, sezgi organlarimizga ta’sir etadigan narsalar va voqea-hodisalardagi ayrim xossalarning miyamizda bevosita aks etishi Sezgi deb ataldi.
Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vu­judga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qo‘zg‘ovchi deb ataladi, uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi.
Masalan: quyoshning nurlari, svetofor ishoralari, kitobdagi rang, katta-kichikligi kabi voqea hodisalar  ko‘zlarimiz uchun qo‘zg‘ovchilardir.
Quyosh nuridan ko‘zlarning qamashishi, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash, kitobdagi turli xil ranglarni ajratish bu qo‘zg‘alish hodisasidir.
=== Taqdimot 10 ===
Sezish jarayoni quyidagicha sodir bo‘ladi:
1) narsa yoki hodisa sezgi organ(retseptor)lariga ta’sir etib tegishli sezuvchi nerv uchlarini qo‘zg‘aydi;
2) hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish o‘tkazuvchi nerv yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziga o‘tadi;
3) va bu nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni sezgiga aylanadi;
1
2
3
=== Taqdimot 11 ===
Yuqorida ko‘rganimiz sezish jarayonining 3 bosqichi I.P. Pavlov tomonidan analizator deb atalgan. Demak, har bir analizator sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan(1), o‘tkazuvchi yo‘ldan va bosh miya (2) po‘stining markaziy hujayralaridan(3) iborat bo‘ladi. Yuqoridagi biror qism zararlansa sezgi hosil bo‘lmaydi. Har bir sezgi odatda xush yoki noxush tuyg‘ular bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional tomoni deb ataladi. (Masalan: shirindan rohatlanish, issiq taomdan ko‘ngil behuzurlanishi).
=== Taqdimot 12 ===
Ekstraretseptorlar tashqi sezgi organlari
Sezgi organ(retseptor)lar joylashuviga ko‘ra:
ko‘rish,
eshitish,
hid bilish,
ta’m bilish,
mushak harakati va organik sezgilar
Proprioretseptorlar
muskul, pay sezgilari
Mushak harakat sezgi (kinestetik),
Muvozanat sezgilar (statik)
Interoretseptorlar ichki sezgi
Ichki organlardagi jigar, o‘pka, meda-ichak, nafas olish va qon aylanishdagi sezgilar.
=== Taqdimot 13 ===
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok
=== Taqdimot 14 ===
Idrok- deb sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
=== Taqdimot 15 ===
I
S
F
Odam hozirgi idrokidan hosil bo‘lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko‘radi.
Agar hozirgi idrokdan hosil bo‘lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga to‘la mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi.
I.I.Sechenovning ta’kidlashicha
=== Taqdimot 16 ===
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi.
Masalan, qovunni idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko‘rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta’m bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning perspektiv tomonini tashkil qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Har bir idrok tarkibiga kishining o‘tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.
=== Taqdimot 17 ===
Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo‘yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar retseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog‘lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchi sifatida xizmat qiladi.
A
C
B
=== Taqdimot 18 ===
Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitlikligidadir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.
A
C
B
=== Taqdimot 19 ===
Xayol
Xayol – deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Xayol tafakkur singari yuksak darajada rivojlangan bilish protsesslari jumlasidan bo‘lib, u insonlargagina xos jarayondir.
Xayol inson faoliyatining turli sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Chunki mehnatning natijasini aniq tasavvur qilmasdan turib kishi ishga kirishmaydi.
Mehnatning bo‘lajak natijasini xayol yordamida oldindan ko‘ra bilish esa inson faoliyatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tub farqi bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday mehnat jarayonida xayol faol ishtirok etadi.
Xayol ayniqsa badiiy, ilmiy, adabiy, texnik, konstruktorlik faoliyatlari, umuman ijodiy faoliyatning eng muhim tomoni bo‘lib hisoblanadi. (Masalan: stul yasash)
=== Taqdimot 21 ===
Tafakkur o‘xshab xayol ham muammoli vaziyat, ya’ni ehtiyojlarni qondirish uchun yangi-yangi usullar qidirish jarayonida vujudga keladi. Boshqacha aytganda, ehtiyojni qondirish uchun ehtiyoj sezayotgan narsani aniq, ravshan tasavvur qilish lozim bo‘ladi.
Xayol jarayoni orqali borliqni aks ettirish aniq obrazlar shaklida, aniq tasavvurlar shaklida bo‘lsa, tafakkur jarayoni orqali aks ettirish tushunchalar orqali bo‘ladi. Ko‘pincha biror ehtiyojni qondirish uchun qilinayotgan faoliyat jarayonida xayol va tafakkur baravar ishtirok etadi, ya’ni har bir harakat fikr yuritish orqali amalga oshirilishi bilan birga, harakat usullari yaqqol tasavvur qilib ham turiladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hal qilinishi lozim bo‘lgan narsa qanchalik noaniq, noravshan bo‘lsa, xayolning roli shuncha ortadi yoki aksincha. Xayolning yana qimmatli tomoni shundaki, yetarli bilimga ega bo‘lmasdan turib ham muammoli vaziyat paytlarida qaror qabul qilishi va uni bajarishga yo‘l topishi mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
Xayol jarayoni
=== Taqdimot 23 ===
Xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
Agglyutinatsiya – “yelimlash” degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi.
Masalan: yalmog‘iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari  va boshqalar.
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir.
Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
=== Taqdimot 24 ===
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir.
=== Taqdimot 25 ===
Xotira – atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon.
Professor E.G‘oziev
=== Taqdimot 26 ===
Xotira turlari
=== Taqdimot 27 ===
Xotiraning nerv fiziologik asosini assotsiatsiyalar tashkil qiladi. Assotsiatsiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o‘zaro bog‘lanishidir.
Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog‘lash orqali amalga oshiriladi.
“Muvaqqat nerv bog‘lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o‘zimizda ham bo‘ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo‘lmasa harflar, so‘zlar va fikrlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan bog‘lanishlar-ki, bu bog‘lanishlarni psixologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar”.
=== Taqdimot 28 ===
Yondoshlik assotsiatsiyasi – bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo‘ladi.
O‘xshashlik assotsiatsiyasi – hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o‘rtasida ma’lum o‘xshashlikka  aytiladi
Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi – hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o‘rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo‘lganga aytiladi.
Inson xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi:
=== Taqdimot 29 ===
Xotira turlari
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya”darsligida quyidagi klassifikatsiya uchraydi.
Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so‘z mantiq xotira.
Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
=== Taqdimot 30 ===
Esda olib qolishda qo‘llaniladigan usullar!
Puxta esda qoldirish, avvalo, axborot qanday idrok qilinganligiga bog‘liq. Materiyani idrok qilishda qancha ko‘p sezgi a’zolari qatnashsa, u shuncha tez va puxta esda olib qolinadi.
Bolaning esda biror narsani mahkam olib, qolishni xohlovchi pedagog, bola sezgi a’zolarini mumkin qadar ko‘prog‘ini-ko‘zi, qulog‘i, iloji bo‘lsa hidlash va ta’m bilish a’zolarini esda tutib turish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak deb yozgan edi psixolog K.D. Ushinskiy.
=== Taqdimot 31 ===
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi.
=== Taqdimot 32 ===
Esda olib qolish va unutish tezligiga ko‘ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
tez esda qoldirib, sekin unutish;
tez esda qoldirib, tez unutish;
sekin esda qoldirib, sekin unutish;
sekin esda qoldirib, tez unutish.
=== Taqdimot 33 ===
Xotiraning sakkiz qonunini quyidagi shaklda ko‘rsatib o‘tilgan:
Anglanganlik qonuni
Qiziqish qonuni
Ilgarigi bilimlar qonuni
Eslab qolishga tayyorlik qonuni
Assotsiatsiyalar qonuni
Birin-ketinlik qonuni
Kuchli taassurotlar qonuni
Tormozlanish qonuni
=== Taqdimot 34 ===
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo‘lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans: “Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak” deganda, albatta, olinayotgan ma’lumotga jonli qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz, va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o‘zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo‘la oladi.
=== Taqdimot 35 ===
Eslab Qolishga Tayyorlik Qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, psixologiya  o‘qituvchisi Sobirov Yangiboyning barcha darslari sizga doimo ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o‘rganib chiqaman”, deb o‘zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo‘ladi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, ayni aniq xona o‘sha erda ro‘y bergan hodisalarni ham eslatadi.
A
=== Taqdimot 36 ===
Birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibda yodda aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar Qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Tormozlanish qonuni. Xar qanday muayyan ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o‘chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko‘rish kerak.
=== Taqdimot 37 ===
Tafakkur deb narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
P.I.Ivanovning darsligida “tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to‘liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradi” deb ta’riflanadi.
M.V.Gamezo tomonidan “tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi” ekanligi bayon qiladi.
=== Taqdimot 38 ===
“Tafakkur – ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni tahlil va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir”.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta’rif keltiriladi.
Tafakkur shakllari quyidagilarda ifodalanadi:
Hukm
Xulosa chiqarish
Tushuncha
=== Taqdimot 39 ===
Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat:
Analiz;
Sintez;
taqqoslash;
Abstraksiyalash;
Umumlashtirish;
Tasniflash;
Tizimga solish.
=== Taqdimot 40 ===
Hukm – narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr deb ataladi.
Chin hukm – narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko‘rsatilgan hukmdir.
Xato hukm – moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilgan hukm.
=== Taqdimot 41 ===
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi:
Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi. Temir metalldir. Demak, temir ham elektr tokini o‘tkazadi.
Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi.
=== Taqdimot 42 ===
Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.
=== Taqdimot 43 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SHAXSNING PSIXIK BILISH JARAYONLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar